Mundarija: Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot


Download 1.79 Mb.
bet6/20
Sana05.01.2022
Hajmi1.79 Mb.
#228184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
To'lqin kurs loyiha transportdan

SHpallar ikkala rels uchlarini bog’lab yuklamani yoki bosimini shu izlardan ballast qatlamiga uzatishga, zaminga bo’lgan nisbiy bosimni kamaytirishga va x.k. larga xizmat qiladi.

SHpallar yogoch, metall va temir-betondan yasaladi. Yogochli shpallar qarag’ay, kedr va tilog’och daraxtidan tayyorlanadi.

Ko’ndalang kesimiga qarab shpallar brusok va yassi shaklida bo’ladi. Ularning ishlash muddatlarini oshirish maqsadida maxsus moy - antiseptik bilan shimdiriladi. Brusok shakldagi shpallarning qalinligi 120 mm, yuqori qismi kengligi 100 mm, pastki qismi esa 180 mm. Yassi shpallar qalinligi esa 110 mm, kengligi esa mos ravishda 95 va 240 mm bo’ladi. SHpallarning uzunligi 600 mm kenglikdagi temir yo’llarda 1200 mm, 750 mm kenglikda 1500 mm, 900 mm kenglikda 1600 mm, 1524 mm li yo’lda esa 2700 mm bo’lishi kerak.

1 km masofadagi temir yo’lga o’rnatiladigan shpallar soni zamin holatiga, tashilayotgan yuk miqdoriga yoki xarakatdagi sostavning og’irligiga bog’liq ravishda 1524 mm li yo’lga 1440, 1600, 1840, 1920, 2000 dona; 750 mm li yo’lga esa 1500, 1625, 1750, 1856 dona shpal sarflanadi. SHpallar orasidagi masofa 25 sm dan oshmasligi kerak.

Uzoq muddat ishlaydigan magistral yo’llarda temir-beton shpallar ishlatiladi. Bunday shpallarning eng ko’p ishlab chiqarilgani 250 sm uzunlikda 235 kg og’irlikka egadir, bitta shpaldagi beton xajmi 95 litrni tashkil etadi, metall sarfi – 8 kg.

Metall shpallar tez tez ko’chirilib turiladigan temir yo’llarida qo’llaniladi. Temir-beton shpallar alohida hollarda, juda nam, ho’l va uzoq vaqt xizmat qiluvchi yer osti yo’llarda qo’llaniladi.

SHpallar orasidagi masofa rels turiga va lokomotiv-vagonlar og’irligiga bog’liq bo’lib, odatda 0,75-0,9 m oraliqda o’rnatiladi.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling