Mundarija: Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot


Download 1.79 Mb.
bet3/20
Sana05.01.2022
Hajmi1.79 Mb.
#228184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
To'lqin kurs loyiha transportdan

Transport mashinalar tasnifi. Kon korxonalarida qo’llaniladigan barcha transport mashinalari xarakatlanish usuli bo’yicha ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga uzluksiz ishlaydigan transport vositalari kiradi. Bunday qurilmalarda ish xarakati uzlsiksiz bo’lib, odatda, uzoq vaqt davomida o’zgarmay qoladi. Ikkinchi guruhga uzlukli ishlaydigan transport vositalari kiradi. Ularda yuk tashish ma’lum xarakat bo’yicha davriy ravishda amalga oshiriladi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ularni ishga tushurgandan keyin ish xarakati avtomatsik ravishda bajariladi. Uzlukli ishlaydigan qurilmalarda esa, odatda, xarakatni boshqarish talab qilinadi.

Konveyyer va skrepyer transporti, odatda, «eltish», temir yo’l transporti - «tashigich», kariyyerdan yuqoriga klet, platforma yoki skipda chiqarish transporti - «ko’tarish» deb ataladi.

Uzluksiz ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:

- barcha ko’rinishdagi konveyerlar (kurakli, tasmali, plastinali, kovshli va x.k.);

- uzluksiz sim arqonli tashigich (vagonchalarda temir iz bo’ylab);

- osma sim - arqon yo’llari qurilmalari;

- pnevmatik va gidravlik transport qurilmalari;

- gravitatsion transport, ya’ni yukni yo’naltiruvchi (nov, quvir va h.k) lar bo’ylab og’irlik kuchi hisobiga tashish qurilmalari.

Uzlukli ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:

- lokomotiv transporti;

- avtomobil transporti;

- temir iz bo’ylab o’ziyurar tashigichlar va o’ziyurar vagonchalar;

- skreper qurilmalari;

- temir iz bo’ylab uchli sim – arqon tashigichlar.




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling