Elektrovoz transportining asosiy afzalliklari.
Elektrovoz transporti kar’erlarda quyidagi afzalliklari uchun ko’proq tarqalgandir:
Elektrovoz transporti kar’erlarda 40-45 0/00 qiyalikkacha iqtisodiy samarador ishlay oladi;
Elektrovoz transportining foydali ish koeffitsienti 16-18% ni tashkil qiladi;
Elektrovozlar kichik o’lchamli (bazali) buriluvchi telejkalar shaklida ishlanganligi uchun kichik burilish radiusli yo’llarda yaxshi burila oladi;
Elektrlashtirilgan transportda lokomotiv brigadalarning ish sharoitlari bir muncha osonlashadi;
Elektrovozlar xarakatlanmasdan turganlarida, ayniqsa ochiq konlarda yuk ortish va tushirish, yo’ldan-yo’lga o’tish joylaridagi kutish maydonchalarida xamda ma’lum yo’l uchastkalaridagi erkin xarakatlari davomida umuman energiya iste’mol qilinmaydi;
Kamchiliklari:
Karyer suriluvchan ish zaboylarida kontakt tarmog’ining mavjudligi;
Elektrlashtirilgan transportda kontakt tarmog’i tortish va tortish nimstansiyalari qurilishi kabi katta birinchi navbatdagi sarf-xarajatlar talab etadi;
Relslarni qaytish o’tkazgichi sifatida ishlatilishi yo’l xo’jaligiga bir muncha qiyinchiliklar tug’diradi.
Dvigatellarni qizishi bo’yicha tekshirishda belgilangan rejimdagi poezdning tortish kuchi har bir uchastka uchun aniqlanib, elektrodvigatelning elektromexanik tavsifi orqali poezdning harakat tezligi va sarflanadigan tok aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |