Temir yo’l transporti haqida umumiy ma’lumot.
Transport texnikasining keyingi taraqqiyoti avtonom bo’lmagan lokomotiv va motorli vagonlarning yaratilishiga olib keldi. Avtonom lokomotivlardan farqli o’laroq bunday noavtonom lokomotivlarda boshlang’ich energiya tashqi manbalardan beriladi. Lokomotiv yoki motorli vagonda ushbu elektr energiya poezdni harakatlantiruvchi mexaniq energiyaga aylantiriladi. Noavtonom harakat tarkibi elektr ta’minotini umumiy energiya tizimidan tortish nimstantsiyalari va temir yo’l ustidan o’tkazilgan kontakt tarmoqlari orqali oladi. Elektrli tortishda lokomotiv quvvati birlamchi dvigatel bo’yicha amalda chegaralanmaydi va shu sababli, elektrovozlar avtonom lokomotivlarga nisbatan o’ta quvvatli bo’lishi mumkin. Noavtonom lokomotivlar tomonidan sarflanadigan energiya elektr stantsiyalarida ishlab chiqariladi.
Temir yo’l ostki qurilma (er osti yo’llarining zamini va suv oqimi uchun ariqcha) va ustki qurilma (ballast qatlami, shpal, rels va mustahkamlovchi qismlar) dan tuzilgan .
2-rasm.Temir yo’l elementlari: 1-metall yostiqcha, 2-mustaxkamlovchi element (qoziq yoki bolьt), 3-relslarni uchlarini maxkamlash bolьtlari, 4-rels, 5-protivougon, 6-shpal, 7-suv qochirish ariqchasi, 8-nakladkalar, 9-ballast qatlami.
Temir yo’l podezdlarining tekis va avariyasiz harakatini ta’minlash uchun mustahkam, pishiq va unda harakat uchun poezdlarni hamda o’z elementlarini ishlash muddatini uzaytirish uchun bir muncha elastik bo’lishi kerak.
Temir yo’lning (bo’shliqqa) joylashishini uning trassasi, plani va profili orqali aniqlanadi. Yo’l o’q chizig’ining yyerdagi (yoki kartadagi ko’rinishi) ko’rinishi yo’l trassasi deyiladi. Yo’l trassasining gorizontal tekislikdagi ko’rinishi yo’l plani deyiladi. Yo’l trassasining vertikal tekislikdagi ko’rinishi yo’l profili deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |