Mundarija: Kirish I. Adabiyotlar tahlili


Stirolning ishltilish sohalari


Download 24.74 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi24.74 Kb.
#1614620
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mundarija Kirish I. Adabiyotlar tahlili

1.1.Stirolning ishltilish sohalari
Stirol (feniletilen, vinilbenzol, etinil benzol, sinnamen), CH2=CH- C6H5 — aromatik uglevodorod, oʻziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Mol. m. 104,14gr. Suyuqlanish temperaturasi —30,628C°, qaynash temperaturasi 145,2C°, zichligi 906 kg/m³ (20C° da). Metanol, etanol, atseton, efirlar, uglevodorodlar, sirka kislotada eriydi, suvda erimaydi. Oʻzi ham koʻpchilik organik moddalarni yaxshi eritadi. Oʻsimlik smolasi (stiraks)da, natural gaz va boshqa uglevodorod gazlari pirolizi mahsulotlarida, neft maqsulotlarini krekinglash va pirolizlash mahsulotlarida, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir smolalarida, slanets moyida va gʻ.k.da boʻladikimyoviy reaksiyalarga shiddatli kirishadi, polimerlanadi. polistirol, shuningdek, turli sopolimerlar, mas, butadiyenstirol kauchuklar, poliefir smolalar ishlab chiqarish.da qoʻllanadi; stirolning divinilbenzol bilan sopolimerlari ion almashinuvchi smolalar sifatida ishlatiladi.

Stirolning bugʻlari shilliq pardalarga taʼsir etadi, uning havoda ruxsat etiladigan konsentratsiyasi 5 mg/m³. S. sanoatda, asosan, 500—630C° trada suv bugʻi oqimida etilbenzolni katalitik degidrogenlab olinadi.


To‘yinmagan birikmalar hosil boMishi bilan sodir boMadigan degidratatsiya. Ilgari bu usul yordamida tegishli spirtlardan past olefinlar olinar edi, bunda suyuq fazada 100— 160° С sulfat kislota katalizi qollanilgan yoki A1203 katalizatori ishtrokida 350-400° С da gaz fazasidagi jarayon olib borilgan. Kreking va piroliz gazlaridagi S4-fraksiyalardan izobutenni ajratishda yuqoridagi usuldan foydalaniladi. Unda bu usulning bir bosqichi sulfat kislota yoki sulfokationlar katalizida uchlamchi butanolni degidratatsiyalashdan iborat
Bu holatda va degidratatsiya bilan to‘yinmagan moddalar olish usulidan sanoatda ko‘pchilik monomerlar olishda foydalaniladi. Masalan, metilfenilkarbinolni degidratatsiyalab stirol ishlab chiqarish mumkin:
C6H5-CH0H-CH3-+C6H5-CH=CH2+H20
1.3.Degidrogenlanish tavsifi.
Degidrogenlash (de... va gidrogenlash) — organik birikmalardan katalizator ishtirokida vodorod ajra-tib olish reaksiyasi. Elektron almashinish bilan sodir boʻladigan oksidlanishqaytarilish jarayonlariga kiradi. Gidrogenlash uchun yaroqli katalizatorlarning kupi D. uchun ham ishlatiladi. yuqori t-rada boradi. Bosimning oshishi D. jarayoni bilan susayadi. Uglevodorodlarni tarkibida Sg2O3 va MoO3 boʻladigan katalizatorlar koʻproq ishatiladi. Sanoatda foydalanib, yuqori sifatli yoqilgʻi hamda monomerlar oli-nadi. Alyumoxrom katalizatorlari ishtirokida normal parafin uglevodorodlarni degidrogenlab, olefinlar va diolefinlar olinadi. Shu usuldan foydalanib, neft bilan birga chiqadigan yoʻlakay gazlar hamda neft mah-sulotlaridan butadiyen va izopren, bulardan esa kauchuk olinadi.
Degidrogenlash sanoatda keng qoʻllaniladi. Mac, koʻpgina kimyo korxonalariga xom ashyo boʻladigan va erituvchi hisoblanadigan metil spirt uglerod monoksidini pyx-xrom oksidlari (katalizator) ishtirokida gidrogenlab olinadi. Boshqa katalizatorlar ishlatilganda, yuqori spirtlar ham shu usul bilan olinadi. Margarin. yogʻlarni G.ga asoslangan. Kapron, anid (naylon) va b. materiallar ishlab chiqarila boshlashi munosabati bilan oraliq mahsulotlar (fenoldan siklogeksonal, adipin kislota dinitrilidan geksametilendiamin va anilindan siklogeksilamin) olishda G.dan keng foydalaniladi. SO ni turli katalizatorlar ishtirokida gidrogenlab, benzin, qattiq parafinlar yoki kislorodli organik birikmalar olish mumkin. Yuqori bosim ostida azot bilan vodorodni oʻzaro taʼsir ettirib, ammiakni sintezlash ham monomerlar sanoatida kauchuk va smolalarsh sintez qilishda keng qoʻllaniladi. Sintetik polimerlar i.ch.da, stirol va uning hosilalarini olishda, alkilaromatik uglevodorodlardan — etilbenzolni stirolga, izopropilbenzolni metilstirolga aylantirishda degidrogenlashning ahamiyati katta.



Download 24.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling