Mundarija: kirish I bob. Amaliyotchi psixolog tomonidan bola rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish


Download 83.46 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2023
Hajmi83.46 Kb.
#1275410
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalarning rivojhlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish

1.2. Bola uchun qulay iqlim yaratish
Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi. O‘smirlarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o‘zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o‘rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko‘rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o‘smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. O‘smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi.
Ularda asosan muloqot – qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishga intilish, o‘zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof-muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, o‘ziga ishonish, xatti-harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, o‘z fikriga ega bo‘lish, mustahkam iroda, o‘z-o‘zini nazorat qilish, halollik, ko‘ngilchanlik kabi qadriyatlar sistemasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. U yoki bu sababga ko‘ra tengdoshlari bilan muloqot shakllanmagan o‘smirda yoshiga nisbatan shaxsning taraqqiyotida orqada qolish kuzatiladi.
O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlari bilan muloqotning rolini kamaytirmagan holda, ba’zan bu muloqotga katta ahamiyat berilishini ta’kidlash joiz. Tengdoshlari bilan muloqot–ontogenezning barcha bosqichlarida bolaning shaxsiy va psixik rivojlanishida muhim hisoblanadi, lekin bola «normal» (axloqan tarbiyalangan) katta kishilar bilan muloqotda bo‘lgandagina, u o‘z funktsiyasini bajaradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda tengdoshlari orasida shakllangan qadriyatlarni tushunish va nazorat qilish ro‘y beradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda jamiyat uchun xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni va qadriyatlarni o‘zlashtiradi.
Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida kattalar bilan norasmiy ishonchga asoslangan muloqotga ehtiyoj bu davrda paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilmalardan biridir.
Hozirgi maktablarda o‘quvchilarning kattalar, tengdoshlari bilan to‘liq muomala muloqotini ta’minlaydigan psixologik sharoitlar yaratilmagan. Shu sababli o‘quvchilarda maktabga, o‘qishga salbiy munosabat, o‘ziga, atrofdagi kishilarga nisbatan noto‘g‘ri munosabat shakllanadi. Bunday sharoitda shaxsning rivojlanishi va unga mahsuldor ta’lim berish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish, o‘quvchilar va kattalar o‘rtasida qiziqarli muloqot uchun imkoniyat yaratishga amaliyotchi psixologlar, sinf rahbarlari, o‘qituvchilar, ota-onalar intilishlari lozim.
Psixologik xizmat faoliyati o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta’lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo‘qotish va oldini olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlangan chetlashishlarni Korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.
Mazkur ishlar o‘quvchilarni maktabda, kollejda va litseylarda o‘qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo‘ljallangandir. Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab, o‘quvchilarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi.
Maslahat berish ishlari - amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo‘lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar ko‘pincha psixologga quyidagi muammolar bo‘yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o‘qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo‘llari, o‘quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo‘llari, o‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish.



Download 83.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling