Mundarija kirish I. Bob. Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o’lkashunoslikda tutgan o’rni


Kurs ishining o’rganilganlik darajasi


Download 45.22 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi45.22 Kb.
#1403539
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni

Kurs ishining o’rganilganlik darajasi: O‘lka tarixini o‘rganishda, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, arxeologiya fanini rus olimlari tomonidan O‘zbekistonga kirib kelishi, qolaversa yerli milliy havaskor arxeologlarni ya’ni A.Asqarov, Turdi Mirg‘iyosov va boshqalar tufayli keyinchalik Ya.G‘ulomov boshchiligida o‘zbek arxeologiyasi maktabini tashkil topishi natijasida o‘lkamiz tarixini bosqichma-bosqich o‘rganish boshlandi. Tosh, bronza, temir davri, qadimgi, o‘rta asrlar tarixiy yodgorliklari ochib o‘rganila boshlandi. Qadimgi Xorazm yerlarida, G‘arbiy Buxoro cho‘llarida, ikkinchi jahon urushi arafasida o‘tkazilgan arxeologiyaga oid tekshirishlar bu masalaga aniqlik kiritdi. Shu tariqa Amudaryo va Zarafshon etaklarida cho‘lga aylanib yotgan katta maydonlarda arxeologiyaga oid tadqiqotlar o‘tkazilgan vaqtda bu yerlar qadimgi qal’alar, qishloqlar va shaharlarning vayronalari bilan ular o‘rtasidan o‘tgan qadimgi sug‘orish kanallari izlari bilan to‘la ekanligi bir muncha aniqlandi. Bundan 2100 yil burun O‘rta Osiyoga kelib ketgan Xitoy sayyohi Chjan szyanning ma’lumotlariga ko‘ra «Davon» deb atalgan Farg‘onada 70 ga yaqin katta va kichik qal’alar, 300000 ga yaqin aholi bo‘lib, bu yerda beda, uzum yetishtirilgan va yilqichlik keng rivojlangan. Farg‘onaning Chjan szyan safaridan keyingi davrda qanday bo‘lganligi haqida yozma ma’lumotlar yo‘q, lekin 21 arxeologiya bu hususida ko‘p ma’lumotlarni aniqlab berayotir. Ko‘pincha rus sharqshunoslari O‘rta Osiyodagi qadimgi madaniyatni yo‘qqa chiqarib, bu yerlarda madaniyat faqat Eron davlati ta’siri ostida vujudga kelib, keyinroq Iskandar Zulqarnayn istilosi va umuman yunonlar hukmronligi ta’sirida taraqqiy etgan, so‘ngra yana harobalikka yuz tutib, faqat arablar istilosidan so‘ng islom dini ta’sirida yana ko‘tarilgan degan fikrni ilgari surar edilar. Xorazmda, G‘arbiy Buxoro cho‘llarida va umuman butun O‘zbekistonda arxeologiya yordamida topilgan narsalar va dalillar esa G‘arbning bu uydurmalarini fosh qilib tashladi. Ilgari O‘rta Osiyoning madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalari haqidagi targ‘ibot faqat Eron hamda Old Osiyo bilan munosabat «Eron ta’siri» degan gaplardan nariga o‘tmas edi. Xorazm va Buxoro viloyatida o‘tkazilgan arxeologiyaga oid qazilmalar O‘rta Osiyo xalqlari Rossiyaning Markaziy tumanlari ayniqsa, Volga daryosining xavzasida bo‘lgan davlatlar bilan juda qadimdan muntazam aloqada bo‘lib kelganini ko‘rsatadi. Daliliy ma’lumotlar qadimdan boshlangan bu aloqaning ilgari surilgani o‘rganilmay kelganini ko‘rsatadi.

Download 45.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling