Mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o‘tkazish usullari pedagogik muammo sifatida
Sinfdan tashqari ishlarni taskil etishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Download 82.9 Kb.
|
20.06.2023.1
Sinfdan tashqari ishlarni taskil etishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Hozirgi zamonoviy ta’lim innavatsiyasi jarayonida har bir ta’lim turini o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu qatorda texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘rni alohida. Boshlang‘ich sinfda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hayotga bo‘lgan motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Zamonaviy ta’limdagi interaktiv metodlar yaratuvchilik motivini rivojlantirishga katta yordam berib kelmoqda. Texnologiya ta’limida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlardagi har bir zamonaviy usulning maqsadi - guruhdan qisqa vaqt ichida ko‘p natijaga erisha olish, ya’ni o‘quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qanday natijalarni egallagani va nimalarni bilishini aniqlashdan iboratdir. Har bir olib borilgan mashg‘ulot davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan fikrlar hamda g‘oyalar natijasida o‘quvchilarni iqtidorlarini aniqlash lozim. “Aqliy hujum’’ metodi odatda og‘zaki shaklda bo‘lib o‘tadi bunda o‘qituvchi savol beradi, o‘quvchilar esa o‘z fikrlarini birma-bir bayon qilishadi, bunda berilgan savolga hamma o‘z fikrini aytib o‘tishi kerak hisoblanadi. Bu metodda g‘oyalarning hammasini namoyish qilib ko‘rsatib o‘tilmaguncha ularni muhokama qilmaslik kerak bo‘ladi. Mashg‘ulot davomida ushbu metoddagi jarayonning tartibi va maqsadini o‘quvchilarga tushuntirib qo‘yish lozimdir. O‘rta umumta’lim maktab o‘quvchilari ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash uchun o‘qituvchi va tarbiyachilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlar imkoniyatidan keng ravishda foydalanadi. 32 Zamonaviy talim jarayonida maktabdagi texnologiya ta’limida ham sinfdan tashqari ishlar ikki turga bo‘lib o‘rganiladi. Sinfdan tashqari ta’limiy ishlarga maktabda fan yuzasidan tashkil etiladigan ishlar: to‘garaklar, musobaqalar va turli kechalar kiradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning birlamchi asosiy maqsadi hamda birinchi vazifasi o‘quvchilardagi axloqiy, estetik tarbiyasini yaxshilashdan iboratdir. Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar har bir bolani individual qobiliyatini rivojlantirib boradi, fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, bu esa o‘quvchini har tomonlama rivojlanishi uchun bir imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish san’atkorlar, ishchilar, olimlar, dehqonlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. O‘quvchilar turli sohada ishlayotgan kishilar bilan tanishib, ular kabi vatanga, xalqqa xizmat qilish istagi paydo bo‘ladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ixtiyoriy xarakterga ega. Bolalar bunday ishlarga o‘z xohishlari bilan ishtirok etadilar. Bir kishi bir necha tadbirlarda ham qatnashishi mumkin.33 O‘quvchilar o‘z xohishlari va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda turli chora tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarnin muhim ahamiyatlari haqida o‘quvchilarga keng qamrovli tushunchalarni berib borish kerak. Olib boriladigan bu sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning har tomonlama zamonaviy texnologiyar yordamida darslarni yanada chuqur egallashlari uchun mashg‘ulot nomini olib kelmoqda. Texnologiya ta’limidagi olib borilgan sinfdan tashqari ishlar dars jarayonida egallangan bilimlarini yanada kengaytiradi. Sinfdan tashqari ishlari har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga ega hisoblanadi, bu mashg‘ulotlar o‘quvchilarni tarbiyasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Texnologiya ta’limi bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan sinfdan tashqari ishlar o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir.34 Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarda uzoq muddatli tajribalarga asoslanib, sinflar o‘rtasida qo‘l mehnati ko‘rgazmalarini tashkil etish ahamiyatli bo‘lib, unda amaliy o‘quv va ko‘nikmalari doirasida imkoniyatini yaratib beradi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning barcha turlari bir-biriga bog‘liq bo‘lishi, biri ikkinchisini to‘ldirishi kerak. O‘simlik va hayvonlar bilan ishlashga darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlanishi mumkin, ayniqsa tabiatshunoslik bilan qiziqqan o‘quvchilar esa yosh tabiatshunoslar to‘garagiga birlashtirilishi mumkin.35 Boshlang‘ich sinf texnologiya ta’limi haqidagi fan bilan chuqurroq o‘rganish istagini rivojlantirishi har ikkala fanni uyg‘unlashishiga olib keladi. Texnologiyada esa shu narsalarga ijodiy tarafdan yondashiladi. Sinfdan tashqari olib boriladigan mashg‘ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi hamda o‘quvchilarni ham qiziqishlarini hisobga olish kerak. Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga ko‘plab o‘quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar, ikkinchi guruhga guruh doirasida olib boriladigan to‘garak ishlari va uchinchi guruhga tabiatni o‘rganishga qiziqqan yakka tartibdagi o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.36 Maktabdan tashqari mashg‘ulotlar sinflar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazishni nazarda tutadi. Guruh mashg‘ulotlarga “Yosh ijodkorlar”, “Yosh tabiatshunoslar”, “O‘zimiz quramiz va yasaymiz”, “Mohir qo‘llar” klub ishlari kiradi. Bunday tashkiliy ishlarga ilmiy prinsiplami qo‘llash orqali boladagi iqtidorni yanada takomillashtirishga erishiladi. Yangi, zamonaviy ta’lim texnologik vositalarini kiritish, shu borada sinf-dars tizimi sharoitida har bir o‘quvchining individual ishini boshqarish texnik vositalarini tadbiq etish;37 Zamonaviy ta’limda sinfdan tashqari o‘quvchilaming ish malakasini oshirish, fani bo‘yicha olgan bilimini doimiy chuqurlashtirib borish, ta’lim va tarbiyaning umum-psixologo-pedagogik qonuniyatlarini o‘rganish va qo‘llash, bu borada katta jamoa bilan suhbat o‘tkazish ham mashg‘ulot rahbarini pedagogik san’atini egallaganligini ko‘rsatadi. O‘quv mashinalaridan foydalanish bir qator vazifalami hal qilishi ko‘zda tutadi. Ular dasturlangan ta’lim sharoitida o‘quvchilaming mustaqil ishlarini boshqarish ishonchliligini oshiradi, ular o‘z vaqtida o‘quvchilarga o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida axborot yetkazadi. O‘qituvchi mashinalari bir qancha holatlarda (bilim nazorati trenajori) o‘qituvchi va dasturlangan darsliklaming imkoniyatidan ko‘proq didaktik kuchga ega bo‘ladi. Ular dasturlangan ta’limning qo‘llanish doirasini kengaytiradilar.38 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil ijodiy fikrlashni dasturlangan mashina asosida rivojlantirish muhim mustaqil izlanishlami talab qiladi. Bu haqda fikrlashning qandaydir umumiy usullari va aqliy faoliyatning umumiy hususiyatlari to‘g‘risida gapirish zarurdir. Lekin bu bilan o‘quvchilaming faol izlanishlarini, evrestik usullurini doimo qo‘llab quvvatlamaydi. Dasturlangan mashina vositasida o‘qitish paytida mantiqiy va obrazlikni birinchi prinsipini qo‘llash bir oz qiyinchilik bilan bo‘lishi mumkin, sababi dasturning kadrlari asosan yozma matndan iborat bo‘lib, ularga ko‘rgazmali materiallarmi kiritishning imkoni doimo yo‘q bo‘lgan. O‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun unga muammoli holatlar tug‘dirish kerak. Chunonchi, mustaqil yechishga mo‘ljallangan mashinaga kiritilgan savol va topshiriqlar xuddi shunday bo‘lishi kerak. Jamoa bilan ishlash - bu hamma uchun bir vaqtda materialning bir qismini o‘rganish imkonini beradigan o‘qish jarayonini tashkil etish shartlaridan biri hisoblanadi.39 Texnologiya ta’limida o‘quvchilarni bilim, malaka, ko‘nikmalarni rivojlantirish, ijodiy mehnatga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, kasb-hunarga yo‘naltirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish muhim muommolardan hisoblanib kelingan. Shunday uchun boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni ijodiy mehnatga o‘rgatish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda texnologiya darslarining o‘rni juda ahamiyatli sanaladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnatga ijodiy tayyorlash texnologiya ta’limining muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. O‘quvchilarning chuqur va mustahkam bilim olishlari bilan qurollantiradigan fan texnologiya deb e’tirof etiladi. O‘quvchilarni tanlagan kasbiga qiziqtirish, mehnatkash kishilarga hurmatda bo‘lishga o‘rgatadi. Texnologiya ta’limi darslarida hal etiladigan sinfdan tashqari ishlarda ishini rejalashtirish, uni kerakli su’ratda amalga oshirish, o‘z-o‘zini nazorat qilishdek vazifalarini ham o‘rgatib boriladi. Zamonaviy texnologiya darslarida o‘quvchilarini darslardagi ish unumini oshirish bosqichda olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Texnologiya darslari va mashg‘ulotlarida mehnat mashg‘ulotlarining aniqligi, asosligi, uning bola qiziqishiga, iste’dodiga va qobiliyatiga mos kelishi hisobga olinadi. Bunda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, imkoniyatlarini hisobga olish muhim hisoblanadi. Mehnat ta’limida o‘quvchilarning diqqat e’tiborini: -ish harakati me’yori va su’ratiga: -ish sifatini ta’minlovchi omillarga: -buyumni chiroyli qilib bezishga jalb qilib borish kerak.40 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jamoatchilikga, ijodiy tashabbuskorlikga, mehnat kishilarini va mehnat natijalarini hurmat qilishga, mehnat javobgarlikni his etish xususiyatlarini singdirib borish kerak. O‘quvchilarni texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlar orqali ular ongiga ta’sir etishimiz mumkin. Bunda texnologiya fanining tarbiyaviy kuchi o‘quvchining mehnatga munosabatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib qoladi. Har bir o‘quvchi ishtiyoq va qiziqish bilan qilinayotgan mehnati majburan qildirilayotgan mehnatga nisbatan o‘quvchilarning ongiga, hissiyoti va irodasiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘quvchilar biror ijodiy mehnatga kirishishlaridan oldin pedagog o‘qituvchilar zimmasiga quyidagi shartlarni amalga oshirish talablari qo‘yiladi: -yasayotgan buyum yoki predmetning zarurligini tushuntirish: -uni qo‘llash urni va maqsadini tushuntirish: -yasash usullari va jarayonini tushuntirish:41 Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar tayyorlagan narsalar o‘z o‘rnida qo‘llanilishi ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z mehnatlarining foydaliligini ko‘rganlarida, ularda o‘z mehnatlarining natijasidan qoniqish, yana qandaydir foydali, yaxshiroq narsani hosil qilishga intilish hissi kuchayib boradi. Har bir bolada o‘z qobiliyatlariga ishonch, narsalarga doimo ehtiyotkor munosabatda bo‘lishi kerakligini his etadi, chunki bolalar atrofdagi narsalarni qanday mehnat evaziga yaratilganligini anglay boshlaydilar. Mashg‘ulot mazmuniga qo‘yiladigan muhim talablardan biri dars hamda sinfdan tashqari ishlarni hayot bilan chambarchas aloqador bo‘lmog‘i kerakligini anglatadi. Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni faollashtiradi, ayniqsa o‘qitishning zamonaviy bosqichi sharoitlarida bu juda ham muhim va shu bilan birga anchagina murakkabdir ham. O‘quvchilarning olib borayotgan har bir ishidagi unumini oshirishda ijodiy faoliyatlarini bir qator metodlar orqali rivojlantirish kerak. Bu usullarni ba’zilari bilan tanishtiramiz: 1-sinfga taklif etilgan ijodiy ishda doimo o‘quvchining mustaqil ishlashini ta’minlash. 2.Bir maqsadda o‘qitishda umumiy va alohida shakllar bilan birga tarqatma materiallaridan foydalanish. 3.Faoliyat turlarini rivojlantirishda o‘rganilgan material bilan doimiy munosabatni ta’minlash. 4.Dasturning materiali darsda zehnlilikni, tasavvur va shu kabilarni tekshirish maqsadida o‘ziga xos tadbirlar o‘tkazish.42 Zamonaviy texnologiya darslarining muhim xususiyatidan yana biri shundaki, o‘quvchilar mehnat va politexnik bilim va ko‘nikma, malakalarni xilma-xil amaliy ishlarni bajarish, o‘zlariga kerak bo‘lgan va ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan predmetlar yasash jarayonida faol ishtirok etadilar. Download 82.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling