Tadqiqot obyektini maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, to‘garaklar, ekskursiya, turli tadbirlar va sinflarda o‘tiladigan “Texnologiya” darslari.
Tadqiqot predmeti sifatida sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni texnologiya ta’limida olib borishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar.
Tadqiqotning maqsadi. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarning tashkil etishda zamonaviy texnologiya va metodlardan foydalangan holda, ta’lim sifatini yanada oshirish. Kelajak yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalash, ta’lim-tarbiyani samaradorligini oshirishda faqatgina darslar emas sinfdan tashqari ishlarning ham o‘rni beqiyos. Sinfdan tashqari ishlar ham o‘quvchilarni har tomonlama yuksalishiga amaliy xizmat qilishini namoyon etish.
Tadqiqotning vazifalari. Sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va ularni amalga oshirish;
O‘quvchilarning ko‘p qirrali ishlari natijasida ularning qobiliyatlarini rivojlantirib, faolliklarini oshirish;
Bevosita rahbarlik qilish bilan bir qatorda boshqa o‘qituvchilar va sinf rahbarlar, ota-onalar bilan ham hamkorlikda ish olib borishni tashkillash;
Har bir olib borilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarda erishilgan yutuq va kamchiliklarni nazorat qilib, ularni tahlil qilish;
Tadqiqot o‘tkazayotgan ishning tarbiyaviy maqsad va vazifalarini to‘laqonli aniqlash;
Sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirishda, guruhlashda va ularning mazmuni hamda shakl va usullarini aniqlab, boshqaruvchi shaxslarni to‘g‘ri tanlash yo‘llarini ishlab chiqish;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi Boshlang‘ich sinf texnologiya ta’limida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ta’lim-tabiyaviy ahamiyatini turli metodlarni qo‘llash natijasida yanada takomillashtirilgan, o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga talabchan bo‘lishga, ishonchini oshirishga, maqsadlari sari olg‘a intilishga zamin yaratilgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va ilmiy farazlari. Mavzuni yoritishda asosan o‘zimizdagi tarbiyaviy kitoblar, xalqaro tadqiqotlarga oid ilmiy maqolalar, managrafiya hamda magistrlik ilmiy ishlari, nazariyasi, chet elda chop etilgan kitob va maqolalar birlamchi manba bo‘lib xizmat qildi. Bu ilmiy ishim orqali sinfdan tashqari ishlarning asosiy maqsad hamda vazifalarini har tomonlama ilmiy yoritish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchi, o‘qituvchilari va tashkilotchi mutaxassislari uchun ilmiy metodik tavsiyalar berishda ko‘plab metodlarni ishlab chiqishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |