Mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o‘tkazish usullari pedagogik muammo sifatida


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘llashni takomillashtirish texnologiyasi


Download 82.9 Kb.
bet9/16
Sana08.09.2023
Hajmi82.9 Kb.
#1674028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
20.06.2023.1

2.3.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘llashni takomillashtirish texnologiyasi
Respublikamizda amalga oshirilayotgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi ta’lim tizimini84 har tomonlama jahon talablari darajasida isloh qilishdan iborat hisoblanadi. Bunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalardan biri o‘quvchilarni davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek; “Har tomonlama keng fikrlaydigan, hayotga tayyor va o‘z mustaqil fikriga ega yoshlar qilib tarbiyalashdir”. Islohotlar natijasi sifatida shakllantiriladigan barkamol shaxsning mustaqil va ijodiy fikrlash sifatlarini tarbiyalash umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining85 muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada o‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarini samarali tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.86
Yosh avlod tafakkurini har tomonlama kengaytirish va chuqurlashtirish barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ta’lim islohotlarining muhim vazifasidir. Bu vazifa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da87 o‘zining aniq; ifodasini topgan. Jumladan ushbu hujjatda “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir”,88 - deb ta’kidlangan. Hukumatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan starategik yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun juda katta ma’suliyatni nazarda tutadi. Shunday ekan ta’limning turli yo‘nalishlariga, korxona va birlashmalarga chinakam bilimdon, tashabbuskor, xalq bilan ishlashni biladigan va xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida ham rivojlantiradigan, fan va texnika taraqqiyotini oldingi marralariga olib chiqishni, tayyorlanadigan mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan kadrlar tayyorlash va tarbiyalash zarurligiga alohida e’tibor berilmoqda. Texnologiya dasrlari va sinfdan tashqari ishlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliy dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning ijodkorligini o‘stirish hamda chinakam hayotga har tomonlama tayyorlash muhim.
Boshlang‘ich maktabda (I-IV-sinflar) o‘quvchilarni mehnat va hunarmandchilik dunyosi, o‘simliklarni parvarish qilish, turli materiallar bilan tanishtirish, oddiy ishlov berish, oddiy mehnat va hunarmandchilik asboblari va mehnat, ish-harakat usullari to‘g‘risida sodda tasavvurlar hosil qilishni ko‘zda tutadi. Bu davrda o‘quvchilar texnologiya darslarida o‘zlashtirgan bilimlar ko‘lamini o‘zlarining hayotiy tajribalarida va oiladagi mehnat jarayonida mustahkamlaydilar va kengaytirib boradilar.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlardan asosiy maqsadi, reja va darslikdan tashqari o‘quvchilarga qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va malakalar berish, ularning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarda ko‘riladigan masalalardan yana biri89 o‘quvchi yoshlarni ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan kasb tanlashga yo‘llashdan iboratdir.90
Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida har bir yoshning sanoat korxonalarida va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida faol, ijodiy ishtirok etishi uchun fan va texnika yuzasidan mukammal bilimga ega bo‘lishi talab qilinmoqda. Chunki har bir yosh o‘zi egallagan91 kasblarining ustasi bo‘lishlik shu kun talabi hisoblanadi.
Har qanday yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi ham dars jarayonida o‘quvchilarni fan sohalarida erishilgan hamma92 yutuqlari bilan xabardor qilish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda beriladigan ilmiy ma’lumotlarning hajmi juda kengayib ketdi. Shuning uchun o‘qituvchi sinfdan tashqari uyushtiriladigan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini bevosita rivojlantirish bilan birga, ularning yoshini 93hisobga olgan holda, mustaqil ravishda qo‘shimcha adabiyotlar tavsiya etishi lozim. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda94 o‘quvchi sharoitini ham hisobga olish muhim omillardan biridir.
O‘qituvchi o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish, undan oqilona foydalanishda ularga yordam berish zarur. Barcha shakllardagi darsdan va maktabdan tashqari ishlarning chuqur ichki mohiyati o‘quvchilarni ijtimoiy foydali faoliyatga faol jalb qilish, ularning tashabbusi va mustaqilligini rag‘batlantirish, individual qiziqishlari, mayl va qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. O‘quvchilarning95 texnologiya fanidan sinfdan tashqari ishlariga pedagogik rahbarlikning xususiyati, ularga faqat dars mashg‘ulotlaridagina emas, balki ijtimoiy tashkilotlar, sinfdan va maktabdan tashqari xar xil tadbirlar, o‘quvchilarni texnik ijodkorlik va qishloq xo‘jalik tajribachiligiga bevosita jalb etish orqali ham tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishni amalga oshirish hamdir.96
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar shakllarini tashkil etish, jumladan, to‘garaklar, ko‘rik tanlov, musobaqa, munozarali bahs, uchrashuv, har xil turdagi o‘yin, ko‘rgazmali chiqish, sayohat va shu kabilardan foydalanish ta’limni samarali amalga oshirishning muhim shakllaridan hisoblanadi.97 Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning fanlardan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi va bu taassurotlar ularning ijodiy qobiliyatlarini o‘stiradi hamda badiiy estetik didini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘z vaqtida rejali, tartibli o‘tkazilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning har bir tadbirlarga bo‘lgan qiziqish va havaslarini yanada oshiradi, ma’naviy, mafkuraviy tasavvurlarini boyitadi.98
Ta’limning noan’anaviy shakli sifatida tashkil etiladigan bahs-munozara, davra stoli, matbuot konferensiyasi muayyan predmetning muhim mavzulari yuzasidan tashkil etilib, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini ilgari surish, uni asoslash hamda himoya qilish qobiliyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi darslarning tashkil etilishida maqsadning aniqligi, shuningdek, o‘qituvchilarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ko‘rgazma va mo‘jizalar maydoni shaklida o‘tkazilayotgan darslar bellashuv xususiyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarni faollikka undaydi.99 Ta’lim metodlari o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o‘quv materialini nazariy amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi.100
Shunday qilib, texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ish jarayonida o‘quvchilar texnologiya darslaridagiga qaraganda unumli mehnat bilan band bo‘lishi ta’minlanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan barcha fikrlar mexnat tarbiyasi asosidagi sinfdan tashqari mashg‘ulotlar vazifalarini quyidagicha ifodalash imkonini beradi. U quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1)texnologiya ta’limi davomida o‘quvchilar olgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, umumlashtirish hamda kengaytirish;
2)unumli mexnatga asoslangan ijodiy faoliyatga o‘quvchilarni jalb qilish;
3)hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari haqidagi tasavvurni kengaytirish;
4)xalq xo‘jaligining zamonaviy ehtiyojlari asosida kasb tanlashga tayyorlash;
5)hayotga va mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish.101
Biz respublikamiz va xorijiy davlatlar pedagog olimlari tadqiqotlari hamda ta’lim tizimlari tahlili hamda o‘z izlanishlarimiz natijasida o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning barcha shakllari juda samarali ekanligini ta’kidlab boryapmiz va amalga oshirmoqdamiz. Yuqoridagi keltirib o‘tilgan fikrlar barchasi mavzuga oid o‘quv metodik adabiyotlarni o‘rganib, olib borayatgan ilmiy tadqiqot ishim qanchalik dolzarbligini ko‘rsatib o‘tdim. Texnologiya darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini yanada oshirish hozirgi kun talabidir.
Yangi iqtisodiy munosabatlar kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha munosabati sharoitida maqsadli shakllantirishdan iborat bo‘lib, ongli va har tomonlama rivojlangan fuqaroni tarbiyalashning tarkibiy qismi hisoblanadi.102 O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash ishlari maqsadli mehnat ta’limining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi. Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti103 munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi. Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash104, umum-insoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi.105 O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash insonning kelajagini,hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega. Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va106 ijtimoiy muhit nuqtayi nazaridan tanlaydi. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda “Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha ta’riflar berilgan.
•Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.
•Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
•Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi.
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqichlari mazmuni quyidagilardan iborat:
1.Maktabgacha ta’lim yoshidagi –I bosqich;
2. Boshlang‘ich kichik yoshdagi (1–4 sinflar) – II bosqich;
3.O‘rta yoshdagi (5–7 sinflar) –III bosqich.
4.Katta yoshdagi (8–9 sinflar) – IV bosqich.107
O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘rsatkich va o‘lchovlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ularning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan shakllantirish kerak. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilishga oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amal ga tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan-sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish108, o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni shakllantirish davri, ya’ni o‘quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini, javobgarlik xislatlarini shakllantirish.109
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. O‘quvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.
2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni o‘qishni tavsiya etish.
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat, san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
5. Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar o‘tkazish.
6. Mehnat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha110 – multimedialar ko‘rsatish.
7. O‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb etish.
8. Kasblar haqida o‘yinlar tashkil etish.
9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti,ishlab chiqarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish.111
Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yo‘naltirish bilan cheklanib qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar va milliy hunarmandchilik kasblariga texnologiya ta’limi darslarida yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat ta’limi va tarbiyasi jarayonida o‘qitiladigan “Loy va plastillin bilan ishlash” ish turiga oid,haykaltaroshlik, kulolchilik, rassomchilik, “Gazlama va ip turlari bilan ishlash” ish turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik, ipakchilik, to‘quvchilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish turiga oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, tadbirkorlik kasb-hunarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish,darslarni xalq milliy qadriyatlari asosida o‘qitishni tashkil qilish lozim bo‘ladi. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning asosiy maqsadi har bir o‘quvchiga individual ravishda kasb yoki mehnat faoliyati sohasini asosan va to‘g‘ri tanlashda yordamlashishdir. O‘quv chilarni kasbga yo‘naltirish umumta’lim maktabi ishining tarkibiy qismidir.
Kasb tanlashga yo‘llash butun pedagoglar jamoasi tomonidan hal etiladigan umum maktab vazifasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu ishda mehnat ta’limi alohida o‘rinni egallaydi. O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni politexnik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli ravishda tanlashga, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan iboratdir.112 Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat:
1.O‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib borish.
2.O‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib, ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tka ziladigan tadbirlarni amalga oshirish.
3.Kasb tanlashga yo‘llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni asosan maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo‘llash.113
Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib,ko‘pincha o‘quvchilar uni mustaqil hal qila olmaydilar. O‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashning farq va metodlarini belgilab beradi. Darslarda kasb tanlashga yo‘llash. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchi larni mehnat mashg‘ulotlarida bajaradigan ish bilan bog‘liq kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasb lar haqida bilim oladilar va tanishadilar. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash. Odatda, ekskursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan kasb tanlash uchun foydalanish mumkin. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo‘llash. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, umumta’lim maktablarni bitirgandan keyin ishlab chiqarish sanoati muassasalarida ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi. Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilar turli kasb egalari bilan tanishadilar.
Kasbni to‘g‘ri tanlash– inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvofaqqiyati ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlashiga bog‘liq.114

Download 82.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling