Mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o‘tkazish usullari pedagogik muammo sifatida
Download 82.9 Kb.
|
20.06.2023.1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haydovchi kasbi
- Baliqchi kasbi Baliqchi –baliq mahsulotlarini dasturxonimizga yetkazib beradi. Baliq inson salomatligi uchun zarur oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Bank xodimi
- III BOB. TAJRIBA – SINOV ISHLARINING MAZMUNI VA O‘TKAZISH METODIKASI 3.1. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o‘tkazilgan tajriba –sinov ishlarining natijasi
Kasblar haqida ma’lumot
O‘qituvchi kasbi O‘qituvchi kasbi sharafli kasb. O‘qituvchi bizga bilim beruvchi inson. O‘qituvchidan olgan bilimi bilan inson kelajakda komillik yo‘lini topadi. Buning uchun, albatta, o‘qituvchi berayotgan bilimni chuqur egallash lozim. Haydovchi kasbi Haydovchi erta tongdan kun botgunga qadar odamlarni o‘z manzillariga bexatar yetib olishlari uchun xizmat qiladi. Haydovchi kasbi doim ziyraklik, hushyorlikni talab etadi. Haydovchi mashina, avtobus, tramvay, yuk mashinalarini boshqaradi. Quruvchi kasbi Quruvchi – uy va binolar quradi. Quruvchi qurgan uylarda yashaymiz, binolarda o‘qiymiz, mehnat qilamiz. Quruvchilar qurgan uylar mustahkamligi, shinamligi bilan shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Demak, quruvchilik sharafli kasb. Baliqchi kasbi Baliqchi –baliq mahsulotlarini dasturxonimizga yetkazib beradi. Baliq inson salomatligi uchun zarur oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Bank xodimi Bank xodimlari, davlat va nodavlat banklarining faoliyatini yo‘lga qo‘yadilar. Bankda davlatning pul mablag‘lari aylanishi, fuqarolar mablag‘ining saqlanishi tashkil etiladi.115 Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini yana bir qismini to‘ldirishlariga imkon beradi. Ularning fanga bo‘lgan dunyoqarashini o‘sishi va to‘g‘ri shakllanishiga, kelajakda o‘zlariga munosib kasb-hunar tanlashiga, yetuk komil inson bo‘lib ulg‘ayishiga amaliy yo‘l ko‘rsatadi III BOB. TAJRIBA – SINOV ISHLARINING MAZMUNI VA O‘TKAZISH METODIKASI 3.1. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o‘tkazilgan tajriba –sinov ishlarining natijasi Jamiyatimizning yoshlari yuksak darajada bilimli bo‘lishliklarida, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘rni nihoyatda,beqiyosdir.116 Har bir bolani kelajakda qanday inson bo‘lishida dastlab, olgan bilim va ko‘nikmalari poydevor bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi texnologiya ta’limi bo‘yicha ishlarni amalga oshirayotganda o‘quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday ko‘nikma, bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilishi kerak. Ana shunday holda o‘qituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur bo‘lgan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda muhimi o‘quvchilar mazkur materiallarni tayyorlash jarayonida dastur nazarda tutgan bilim va malakalarni egallab olishlaridan iborat.117 Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida umumiy vazifalar, quyidagi mashg‘ulot turlaridan kelib chiqilib amalga oshiriladi: 1.Karton va qog‘oz bilan ishlash. 2.Gazlamalar bilan ishlash. 3.Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash: a)plastilin va loy ishi; b)urug‘lar bilan ishlash; d)applikatsiya va mozaika ishlari; 4.Loyihalash va modellashtirish: a)badiiy qurish-yasash. 5.Qishloq xo‘jalik mehnati.118 Mehnat ta’limi - bu o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy faoliyatlar jarayonidan iborat bo‘lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko‘nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv119 fanidir.120 Yangi tahrirdan chiqarilgan boshlang‘ich sinf texnologiya darsligi mashg‘ulot daftari bilan birga chiqarilgan. Ushbu darslik o‘quvchilarga birmuncha qulayliklar yaratgan. Asosan ular qog‘oz bilan ishlanadi. Qog‘ozlarni qirqish va buklash yo‘li bilan turli dekorativ gullar, kitobcha uchun muqova tayyorlash. Rangli qog‘ozlardan archa bezaklarini yasash. Rangli qog‘ozlardan o‘yinchoq pirpirak, ikkiga buklangan qog‘ozlardan qirqib, applikatsiya usulida naqsh yasash. Qog‘oz va karton yordamida “Bahorgi guldasta” applikatsiya usulida tayyorlash. Uchiriladigan qog‘oz qush yasash. Qog‘ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Qog‘ozdan turli o‘yinchoqlar yasash kabi mavzulardan iboratdir. To‘garaklarda turli ishlarni bajarish, asboblarni to‘g‘ri ishlatish, darslarda foydalaniladigan materiallar va asboblar bo‘yicha bilimlarni tekshirishga bag‘ishlangan musobaqalar sinfda va sinflararo o‘tkazilishi mumkin. Ish turlarini, tayyorlash texnologiyasining aynan o‘zini qoldirib o‘zgartirish ham mumkin. Hamma topshiriqlarni bajargan o‘quvchilarni maxsus nishon bilan taqdirlash boshqa o‘quvchilarda ham o‘z ustida ishlashiga turtki bo‘ladi. To‘garak va sinfdan tashqari ishlarida ko‘rgazmalar, mavzuli albomlar, ko‘rgazmali qurollarni tashkil etish kabi ishlarni bajarish bolaga zavq bag‘ishlaydi O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini davom ettirilishlarida, to‘garak ishlarini, o‘rni bor. Jumladan “Mohir qo‘llar”, “Yosh ixtirochilar”, “Kashtachilik to‘garaklari” keng tarqalgan. Shunday to‘garaklardan biri “Mohir qo‘llar”ni tashkil o‘zim ham etganman, bu to‘garakka asosan qizlarimiz qatnaydilar121. O‘quvchilarni mehnat faoliyatiga ruhiy va amaliy tayyorlash o‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash orqali amalga oshirilishi kerak.122 To‘garaklarda oz nafar o‘quvchim borligini inobatga olgan holda sinfdan tashqari ishlarga barcha o‘quvchilarimni jalb qilaman. Bu doimo ijobiy natija berib kelmoqda. “Mohir qo‘llar”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Yosh tabiatshunoslar” to‘garaklari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lib, to‘garaklarda o‘g‘il va qiz bolalar bir xil qiziqish bilan shug‘ullana oladilar. Har biri o‘z qiziqishi, kuchi va imkoniyatlariga yarasha ish bilan shug‘ullana oladilar. To‘garaklarni tashkil etishdan oldin o‘qituvchi maktabdagi mavjud imkoniyatlarni chamalab chiqishi lozim. To‘garak uchun albatta alohida xona kerak,bu xona stol-stullar, ma’lum asbob-moslamalar to‘plami, tayyor ishlarni qo‘yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.123 To‘garak ish rejasini to‘garak rahbari sinf rahbarlari hamda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari bilan hamkorlikda bir yilga tuzadilar. Rejada to‘garak qaysi ish turi bilan shug‘ullanishi va shu ish turlari bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Rejadagi ishlar oddiydan murakkabga o‘tishini ta’minlash uchun murakkablik darajasiga ko‘ra mavzular joylashtiriladi. Rejada o‘tkaziladigan ekskursiya va boshqa tadbirlar ham ko‘rsatilishi mumkin. To‘garak rejasini rahbar o‘rinbosari tasdiqlaydi. To‘garak mashg‘uloti rejasi odatda, yangi ish turlarini joriy etadi. Tajriba-sinov ishlarini boshlang‘ich sinf texnologiya ta’limida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli yo‘nalishlarida va metodlardan foydalangan tarzda tashkil etdim. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishda 2022-2023 o‘quv yili mobaynida Beshariq tumani 7-maktabning 2 “B” sinfida amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishning birinchi bosqichida o‘quvchilarning o‘zim texnologiya darsimdagi to‘garak mashg‘ulotlarimda olib borishga hamda ekskursiya tarzida ishlashning asosiy yo‘nalishini belgilab olishni o‘z oldimizga maqsad qilib oldik. Sinfdan tashqari ishlarni “birgalikda” tamoyili bo‘yicha tashkil etishning samarali shakli bu sinf jamoasini birga ijodiy ish qilishida ijobiy natijalarga olib keladi. Chunki har bir o‘quvchi texnologiyada bitta narsa yasashi uchun ma’lum bir vaqt sarflaydi. O‘sha narsani sinf bilan birgalikda , ya’ni butun sinf bitta narsa yasashsa oz fursat ichida yuqori natijaga erishiladi. Bu masalaning ijobiy tarafi hisoblansa, uning keyingi tarafi ham bor. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yasaganimiz kimga qoladi degan fikrlar bildirishi mumkin. Har bir metod o‘z afzalliklari va cheklovlariga ega. Sinfdan tashqari ishlarning bu massiv shakllarini bolalar faoliyatining tabiati bilan farq qiladigan ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh - frontal shakllar. Bolalar faoliyati “yonma-yon” tamoyili bo‘yicha tashkil etilgan, ya'ni ular bir -biri bilan o‘zaro aloqada emas, har biri bir xil ishni mustaqil bajaradi. O‘qituvchi har bir bolaga bir vaqtning o‘zida ta'sir qiladi. Qayta aloqa cheklangan miqdordagi bolalarga beriladi. Umumiy sinf o‘quv mashg‘ulotlarining aksariyati “yonma-yon” tamoyili asosida tashkil etiladi. Ikkinchi guruh bolalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari “birgalikda” tamoyili bilan tavsiflanadi. Umumiy maqsadga erishish uchun har bir ishtirokchi o‘z vazifasini bajaradi va umumiy natijaga o‘z hissasini qo‘shadi.124 “Birgalikda” tamoyiliga ko‘ra, bolalarning juftlik, kichik guruhlar, bo‘lib sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil qilish mumkin. Birinchi guruh o‘qituvchi uchun tashkiliy soddaligi bilan ajralib turadi, lekin jamoaviy muloqot ko‘nikmalarini kam shakllantiradi. Ikkinchi guruh bolalarning hamkorlik qilish, bir-birlariga yordam berish, o‘zlarini qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ajralmas hisoblanadi. Biroq, yosh maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga ko‘ra (ular boshqasida teng huquqli odamni ko‘rmaydilar, qanday muzokara qilishni, muloqot qilishni bilishmaydi)125, jamoaviy shakllarni tashkil etish o‘qituvchidan ko‘p vaqt va ma'lum tashkiliy ko‘nikmalarni sarflashni talab qiladi.126 Bu o‘qituvchi uchun qiyinchilik tug‘diradi, ushbu fikrlarni yuqorida aytib o‘tdim. Ikkala yo‘nalish ham o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi, shuning uchun quyida biz har bir yondashuvning imkoniyatlarini misol sifatida ma’lum bir shakldan foydalanib ko‘rib chiqdik. Bunda o‘quvchilar bilan biz men jamoa bo‘lib birgalikda sinfdan tashqari mashg‘ulotda darsda foydalanish uchun ko‘rgazma yasadik. Bu ko‘rgazmani yasashda tabiiy fan, matematika, ona tili hamda texnologiya fanlarini integratsiya qilgan holda olib bordik. O‘quvchilar bilan tabiiy fandan “Sayyoralar” mavzusini o‘tdik va texnologiyadan yasadik. Hamma birgalikda sayyoralarni plastilindan yasashdi. Ikkita o‘quvchi osmonni zarli qog‘ozdan tayyorladi. Yana bir o‘quvchi quyosh va sayyoralar orasidagi masofalarni yozib yopishtirdi. Jamoa bo‘lib ishlab 45 minutda bitta ko‘rgazmali dars jihozini tayyorladik. Lekin bunda o‘qituvchidan tadbirkorlik , yuksak mahorat talab etar ekan. Har bir bajariladigan ishlarni to‘g‘ri taqsimlay olish ham katta ma’suliyat bo‘ldi. Tayyorlagan Sayyoralarimiz o‘zimizga ham juda yoqdi. Amalda tayyorlangani uchun bu mavzuni o‘quvchilar puxta o‘rganib oldilar127. Texnologiya darslarida “BLIS-O‘YIN” metodi juda samarali metod turlaridan biri hisoblanadi. Bu metod o‘quvchilar harakatlari ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, o‘rganilayotgan predmeti asosida ko‘p xilm-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishga o‘rgatishga qaratilgan. Bu metodni darsda qo‘llash jarayonida o‘quvchilarni 2 guruhga bo‘lib olinadi. Guruhlar aylana shaklida tuziladi va har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar haqidagi ma’lumotlar kubiklar shaklida tayyorlangan predmetlarda aks ettiriladi. O‘quvchilar ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda o‘zlarini mustaqil fikr va mulohazalarini bayon etadilar. Topshriqlar uchun berilgan ma’lumotlar asosida bajarilayotgan amaliy ishlarini ketma-ketligini ham topishlari kerak bo‘ladi. Bu esa o‘quvchida mantiqiy fikrlashni, ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etishni mustaqil ravishda olib borishga undaydi. Shunday ekan, har bir dars jarayonida interfaol va pedagogik texnologiyalarni to‘g‘ri tanlagan holda qo‘llash kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o‘quv hamda sinfdan tashqari ishlarning o‘zagi, maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlashning asosiy yo‘lidir. O‘quvchilarni mehnatga ruhiy va amaliy tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir. Maktabning turmush bilan aloqasi kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda, sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar o‘zlarining mustaqilliklari va tashabbuskorliklarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil etilgan mehnatning go‘zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his etishlariga yordam beradigan yangi shakl va usullari aniqlanmoqda.128 Sinfdan tashqari ishlarning yana bir ko‘rinishi o‘quvchilarni ekskursiyalarga olib borishdir. Sinf rahbarligimdagi o‘quvchilarni Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasiga sayohatga bordik129. U yerda o‘quvchilar tarixiy obidalarni ko‘rdi. Muzey ichidagi turli davrlarga tegishli bo‘lgan ekspanatlarni ko‘rdilar, ular haqida mutaxassislardan ma’lumotlar oldilar. Hammadan ham bolalarga muzey ichidagi turli hayvonlarning ekspanatlari yoqdi. Ular maroq bilan tomosha qilib qayerlarda uchrashlarini ham bilib oldilar, bu esa ularga tabiiy fan o‘tganlarida juda foyda berdilar. Bu sayohatimiz o‘quvchilarda ijobiy taassurot qoldirgani uchun yana ekskursiya tashkillashni sinfdan tashqari mashg‘ulotlar rejasiga kiritdik. O‘tkazilgan to‘garaklar, sinfdan tashqari ishlar , ekskursiya turli metodlar natijasi.
Natijalar tahliliga keladigan bo‘lsak, mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning o‘rtacha o‘zlashtirishi quyidagilardan iborat. 7 nafari 100 foizlik natijaga erishgan bo‘lsa, qolgan 7 nafari 90-99 foizgacha, 4 nafari 80-89 foiz, 2 nafari 70-79 foiz, 1nafari 70 foizdan kam ball to‘play olgan. Qolgan sinflarda natijalar yaxshi tomonga o‘sib bordi. O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar ta’lim-tarbiyaviy ishlarning ajralmas qismi bo‘lib, u bolani har tomonlama rivojlantirishda, darslarda olayotgan bilimlarini yanada mustahkamlashda, amalda qo‘llanishda yordam beradi. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat ta’limi va tarbiyasida bolalarda fan-texnikaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stiradi. Texnologiya ta’limi bo‘yicha olib borilgan sinfdan tashqari ishlar texnologiya darslarining davomidir. O‘quv mashg‘ulotlari bilimlarga qiziqishini o‘stiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo‘llash hamda chuqurlashtiriladi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ish darsda berilgan ma’lumotlarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o‘zining o‘yin, qiziqarli tabiati bilan ajralib turishi muhim hisoblanadi. Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga ishning o‘zlariga ko‘proq yoqqan, o‘zlarini ko‘proq qiziqtirgan turini tanlashlari uchun imkon yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo‘ladi, bu yerda ular istalgan ish bilan shug‘ullanishlari, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin. Sinfdan tashqari ishning shakllari ko‘pdir: Ommaviy ish – kechalar, ertaliklar, konkurslar, viktorinalar, ekskursiyalar ko‘rgazmalardan130 foydalanish juda yaxshi samara beradi. Maktablarda boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni ertaliklar, ko‘rgazmalar tayyorlashni uyushtirish kabi ommaviy ish turlaridan keng foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam e’tibor beriladi. Ommaviy ishning konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va aynan bir vaqtda katta tarbiyaviy imkoniyatlarga egadir. Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o‘z fikri, bilim va ko‘nikmalarini safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarini talab qiladi.131Maktabning tarbiyaviy ishlarida to‘garak va sinfdan tashqari ishlar katta rol o‘ynaydi. Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik o‘quvchilarni har tomonlama harakat qilishga, matnlarni yodlash, jihozlash, bezash ishlarini amalga oshirishga majbur qiladi. Kechalar mavzulari shunday tanlanish kerakki, u o‘quvchilarda har tomonlama qiziqish uyg‘otsin, yoshiga ham mos, ularni o‘ylashga, ixtiro qilishga majbur etishi kerak va faqat mavjud bilim va ko‘nikmalar bilan cheklanib qolmay, kecha mavzusining dasturiga muvofiq yangiliklarni ham o‘zlashtiradi. Texnologiyaga bag‘ishlangan kechalarni har bir o‘quv choragi va yil oxirida o‘tkazish ham maqsadga muvofiq bo‘lar edi132. Kechani “Maktab texnologiya darslarida, to‘garaklarida hamda sinfdan tashqari ishlarda nimalarni o‘rganib oldingiz” mavzusi asosida o‘tkazish ham mumkin. Tadbiq etiladigan kechaning aniq bir maqsadi bo‘lib, u texnologiya darslarida olingan ko‘nikma, bilim va malakalarni mustahkamlash, bolalarda mehnatga muhabbatni singdirish birinchi vazifadir. Mashg‘ulot a’zolari ishlarni bajarish jarayonida oddiy jadvallar, chizmalardan foydalanishga, materiallarga tartibli, tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishga, asboblar hamda ish joyini toza va tartibli saqlashga albatta odatlantirish muhimdir. Mashg‘ulotning har bir a’zosi “O‘zing bilim oldingmi – o‘rtog‘inga ham o‘rgat” degan qoidani doimo yodida saqlashi va amal qilishi kerak. Biz ko‘p narsalarni o‘rganishni faqat dars vaqtida bajara olmaymiz, bajara olgan vaqtimizda ham ulgura olmaymiz. Shuning uchun sinfdan tashqari olib borgan ishlarimiz katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning qiziqishlariga, qobiliyatlariga qarab turli xil ishlarni amalga oshirishimiz mumkin133. Bajarilgan ishlarimizning ahamiyati haqida tushuntirilib borilsa, yaxshi natijalarga olib keladi. Texnologiya ta’limida topshiriqlarini sinfdan tashqari ishlarda qo‘llash o‘qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni talab etadi: har bitta to‘garak ishlarini doimo nazorat qilib, ularni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirib134, tanlagan kasbiga qiziqtirib va o‘quv fanlari mazmunini mukammallashtirib o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi o‘ta muhim jarayon sanaladi. Sinfdan tashqari ishlarni samarali ravishda amalga oshirish boshlang‘ich sinflarda o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini o‘stiradi hamda badiiy estetik didini oshirishda muhim omildir. O‘z vaqtida, rejali, tartibli o‘tkazilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qiziqish va havaslarini oshiradi, ma’naviy, mafkuraviy qarashlarini boyitadi. 135 Tajriba- sinov ishlari davrida texnologiya darsida kichik guruhlarda jamoaviy bo‘lib ishlash ozgina qiyinchilik tug‘dirishini payqadim. O‘quvchilarga o‘zim ham kartonni yelimlashda yodam berdim. Ish yakunlangan guruhlarga o‘zlarining yasagan buyumlarini xolisona baholash va tekshirish, xato va kamchiliklarini topish lozimligini tushuntirdim. Shundan so‘ng qolgan guruhdagi ishtirokchilar ham bir- biraining ishlarini ko‘rib chiqishga jalb qildim. Ikkita guruhlarda yasaliyotgan qayiqning to‘la tugallanmaganligi, qolgan guruhda esa qayiq bitganligini ko‘rdim. Dars yakunida ish jarayoni qanday bo‘lganligi, jamoaviy bo‘lib ishlash qiyin yoki osonligi haqida o‘quvchilar bilan suhbatlashdim. Dars yakunidan so‘ng tajriba- sinov ishlari sifatida guruhlash va loyihalash metodining afzal va me’yoriy natijaga erishilmagan qismlarini quyidagicha tahlil qildim. Kichik guruhlarda ishlash jarayonining sinov ishlarida quyidagi kamchiliklarini kuzatdim: • Vaqtning juda ko‘p qismi tashkiliy ishlar uchun sarflanishini, • o‘quvchilarning ixtiyoriy bo‘linish jarayonida yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar alohida guruh, past o‘zlashtiruvchila alohida guruh bo‘lib olishini, • ish jarayonida o‘quvchilarning ba’zi masalalarda tortishib qolishganini ( sayyoraning rangi, kim qaysi ishni bajarishi) • ishlari yakuniga yetmay qolgan guruhlardan sababini so‘raganimda qismlarga bo‘lib ishlanayotganda boshqa qismning tayyor bo‘lmay qolganligini aytishdi • darsdan so‘ng ham guruhchalardagi raqobatning davom etayotganligi kabi Guruh bo‘lib ishlashning afzalliklari deb: • o‘quvchilar boshqa guruhladan o‘zib ketish uchun birdamlikda harakat qilayotganligi; • past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni ham guuhdagi lider qo‘llab- quvvatlayotganligi; • bajarayotgan ishning sifatli va yaxshi chiqishi uchun harakat qilinayotganligi deb bildim. Ushbu guruhlarga ajratilgan o‘quvchilar bilan birga amalga oshirgan birgalikda metodi yonma-yon metodidan ko‘ra yaxshi natijaga erishildi. Chunki guruh ichida loyihalash jarayonida ish turlari bo‘lib olinganligi uchun yasalgan sayyora individual yasalganidan ko‘ra sifatli chiqdi. Shuningdek darslikda ko‘rsatilgan chizma asosida nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi shakllandi. O‘quvchilarning deyarli barchasi yaxshi baholandi. O‘tkazilgan tajriba sinov -ishidan quyidagicha xulosaga keldik; - o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlash darslarida olgan bilimlarini ularda mana shu mahsulot haqida bilim, ko‘nikma va malakalari shakllanadi; - har bir mashg‘ulotni o‘zgacha yondashuvda va turli metodlar asosida o‘tilsa o‘quvchilardagi tortinchiqlik va hadiksirash sifatlari yo‘qola boradi. - boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinfdan tashqari ish jarayonida qo‘llagan “Blis-o‘yin” va “Birgalikda” metodlari bir qadar o‘zini oqladi. Download 82.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling