Mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o‘tkazish usullari pedagogik muammo sifatida
Texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati
Download 82.9 Kb.
|
20.06.2023.1
Texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
Ta’limning shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonaviy texnologiya ta’limida amalga oshirilayotgan jarayonda mehnatga bo‘lgan munosabatni ijobiy tarbiyalash, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni yuqori, bu esa har bir bolaning hayot bilan aloqasini yanada mustahkamlashdagi asosiy yo‘llardan biri hisoblanadi. Texnologiya darslarida o‘quvchilarni mehnatga ruhiy va amaliy tayyorlash sinfdan tashqari ishlarning asosiy ta’lim-tarbiyaviy vazifalaridandir. Maktabning mahalla va ota-onalar hamda turmush bilan aloqasi kundan kunga mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda, sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar o‘zlarining mustaqilliklari va tashabbuskorlikla-rini namoyish etadilar, ularga jamiyat uchun foydasi tegadigan ishlarni tashkil etish uchun mashg‘ulot rahbari albatta yordam berishi kerak. Texnologiya darslarida sinfdan tashqari tashkil etilgan mashg‘ulotlarda zamonaviy usul va metodlardan samarali foydalangan holda yoritib beriladi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini davom ettirilishi, to‘garak ishlari, jumladan “Mohir qo‘llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik to‘garaklari” kabi to‘garaklar keng tarqalgandir. O‘quvchilarni mehnat faoliyatiga ruhiy va amaliy tayyorlash o‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash orqali amalga oshirilishi kerak.19 Texnologiya ta’limida o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar maktabning butun ta’lim-tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Texnologiya darslarida yuqorida keltirilgan to‘garak mashg‘ulotlaridan tashqari “Biz kelajak bunyodkorimiz”, “O‘zimiz yasaymiz va quramiz”, “O‘yla, izla, top”, “Yumshoq o‘yinchoqlar”, “Sehrli qo‘llar” kabi mashg‘ulotlarning ham ahamiyati katta hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlar komil inson bo‘lishi uchun bolani har tomonlama rivojlantiradi va darslarda olayotgan bilimlarini mustahkamlaydi, hamda amalda qo‘llay olishga yordam beruvchi muhim mashg‘ulot turlaridan biri hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlarda bir vaqtda o‘quvchilarning ham bilim doirasini, hamda dunyoqarashini kengaytiradi, texnologiya ta’limida ta’lim –tarbiya o‘quvchilarni fan-texnika, shu bilan sa’natning boshqa sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish uchun muhim vositadir. Texnologiya ta’limida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar ham boshqa fanlarning uzviy davomidir. Har qanday sinfdan tashqari o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari o‘quvchilarni olgan bilimlarini mustahkamlaydi va yanada fanga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi. Darslarda olgan nazariy bilimlarini texnologiya ta’limida o‘tkazilgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda amaliy ishlab yanada mustahkamlaydi va chuqurlashtiradi. Chunki, amalda bajarilgan har qanday ish nazariy olgan bilimdan ko‘proq inson xotirasida saqlanib qoladi. Shu bilan o‘tkaziladigan har bir sinfdan tashqari ish darsdan tubdan o‘xshamasligi, ya’ni darsni takrorlamasligi muhim. Bu esa bolani yanada ko‘proq o‘z ustida ishlashini ta’minlaydi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo‘ladi, bu yerda ular istalgan ish bilan shug‘ullanishlari, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin. Sinfdan tashqari ishning shakllari ko‘pdir: Ommaviy ish – kechalar, ertaliklar, konkurslar, viktorinalar, ekskursiyalar, ko‘rgazmalar20. Maktablarda texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarni olib borishda turli xil ertaliklar, fanlardan ko‘rgazmalarni tayyorlash kabi ish turlaridan keng foydalanish samarali bo‘ladi. Ommaviy ishning maktablarda konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli bo‘lib, o‘quvchilarni sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabatini ijobiy tarafga o‘zgartiribgina qolmay aynan bir vaqt katta tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Umumiy o‘rta ta’lim maktabning sinfdan tashqari ishlarida tadbirlar tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu esa doimo har bir sinfni bunday tadbirlarda ishtirok etishlari qiyin masala. Shunday ekan har bir sinf o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib fan darslarida ham sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun o‘qituvchida aniq maqsadli, rejali, ya’ni bu mashg‘ulot orqali o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadigan ish turlarini tadbiq qilishi muhim sanaladi. Texnologiya ta’limida boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda zamonaviy va yuksak texnologiyalardan foydalanilgan holda mavzular tanlanishi muhim, bu o‘quvchilarni dunyoqarashini har tomonlama o‘stiradi va qiziqish uyg‘otadi. Har bir tanlangan mavzuni o‘ylashga, ular ustida ixtiro qilishga fikrlarini esa chuqur mulohaza etishlariga yetaklaydigan bo‘lishi zarur. Zeroki biz yosh avlodga ta’lim bilan tarbiyani birdek berar ekanmiz, ularga qo‘yiladigan talablarni ham shunga hamohang tarzda bermog‘imiz zamon talablaridan biridir. Chunki o‘quvchi biz berayotgan ta’lim-tarbiya orqali faqatgina bilim va ko‘nikmalar bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yangi dasturga mos bo‘lgan yangiliklarni o‘zlashtirib borishligi ham muhim vazifamiz. Mehnatga bag‘ishlangan kechalarni har bir o‘quv choragi va yil oxirida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Kechani “Maktab mehnat darslarida nimalarni o‘rganib oldingiz” mavzusi asosida o‘tkazish mumkin. Kechaning maqsadi mehnat darslarida olingan ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, mehnatga muhabbatni singdirishdir.21 Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari kabi turli tadbirlarni bajarish, har bir asbobdan to‘g‘ri foydalanish va ishlatishni o‘rganish mumkin bo‘ladi, texnologiya darslarda ishlatiladigan materiallar hamda jihozlar, asboblar xususida olingan nazariy bilimlarni amalda tekshirishga imkoniyat yaratadi. Bu esa albatta har bir o‘quvchini fanga bo‘lgan qizizqishini uyg‘otadi.Texnologiya darslarida to‘garak ishlarini asosan ko‘rgazmalar, mavzuli albomlar, ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va bajarish kabi ishlar egallaydi. Har bir yuksak darajadagi ko‘rgazmalar o‘quvchilarni estetik didlarini tarbiyalab boradi. To‘garak ishi – “Mohir qo‘llar”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Yosh tabiatshunoslar”, “Quvnoq ustaxona”, “Kichkintoy ustaxonasi” to‘garaklari.Boshlang‘ich sinflardagi to‘garak ishlari o‘quvchilarda umumiy rivojlantirish, o‘zining sodda ijodiy fikrini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo‘lsin.22 Boshlang‘ich ta’lim texnologiya fanidan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarni har tomonlama bilimlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida rivojlantirish ayniqsa, har bir olingan bilimni hayotga tadbiq etishi uchun kerakli faoliyat turi hisoblanadi. Texnologiya ta’limida asosiy to‘garaklar va sinfdan tashqari ishlarni quyidagi turlari; “Mohir qo‘llar”, “O‘yla, izla, top”, “Yosh konstruktorlar”, “Biz kelajak bunyodkorimiz”, “O‘zimiz yasaymiz va o‘zimiz quramiz” va shu kabilar ommabop hamda katta ahamiyatlidir. Texnologiya ta’limida o‘tkaziladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda barcha o‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib shug‘ullanadilar. Har bir ishni boshlashdan oldin jumladan, maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni ham tashkil etishdan avval mashg‘ulot rahbari shu maktabdagi bor bo‘lgan imkoniyatlarni nazarda tutgan holda rejalashtirishi lozim. Maktabda mashg‘ulot yoki tadbirlar uchun alohida xona bo‘lishligi muhimdir, chunki bu turdagi mashg‘ulotlar fan darslariga halal bermasligi kerak, hamda alohida xonada stol-stullar,va kerakli asbob-uskunalar bo‘lishi, o‘quvchilarni tayyorlangan ishlarini joylashtirish uchun shkaflar bo‘lishi kerak. Texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulot o‘tkazish rejasini to‘garak rahbari yoki sinf rahbari hamkorligida bir yil muddatga tuzadilar. Avvalo rejada o‘quvchilar to‘garak yoki sinfdan tashqari ishlarida qanday ish turlari bilan shug‘ullanishliklarini hamda ushbu ish turi orqali qanday bilimlarga ega bo‘lishliklarini hisobga olish muhimligi qayd etiladi. Tuzilgan rejadagi mashg‘ulot ishlari oddiydan murakkabga o‘tishini hisobga olgan holda murakkablik ta’minlash uchun darajasiga ko‘ra mavzular joylashtirib boriladi. Ushbu tashkillangan sinfdan tashqari ishlar rejasida ekskursiya o‘tkazilishi ham ko‘rsatib o‘tiladi. To‘garak ish rejasini maktab rahbarining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tasdiqlab beradi va nazoratga oladi. To‘garak mashg‘uloti haftada bir marta o‘tkazilib, u 1,5 soatdan ortiq davom etmasligi kerak.23 Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar doimo yangi metod va usullarini namoyish qilishdan boshlanadi. Har bir mashg‘ulot a’zosi bu usullarni va harakatlarni takrorlash natijasida o‘rganadilar. Asosiy ishlarni ular bu metodlarni hamda usullarini mukammal bilib olgach mustaqil bajaradilar. Mashg‘ulot a’zolari har bir bajarayotgan ishlarida materiallarga ehtiyotkorlik, tejamkorlik kabi hislatlarni ulug‘lagan holda munosabat bildirishini singdirib borishida rahbarning o‘rni alohida, chunki mashg‘ulot jarayonida ish joyini doimo toza va tartibli saqlashga albatta odatlantirishi zarur. Mashg‘ulotning asosiy oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biri bu; “O‘zing bilib oldingmi - o‘rtog‘inga ham o‘rgat” kabi shiorlar ostida o‘tkazilsa, oz fursat ichida ko‘proq natijaga erishiladi. Yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga kolleksiyalar to‘plash, texnika bilan mustaqil shug‘ullanish, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish kiradi.24 O‘quvchilar ko‘p narsalarni faqat dars vaqtida bajara olmaydilar, bajara olgan vaqtimizda ham ulgurmaymiz, vaqt yetmaydi. Shuning tufayli sinfdan tashqari ishlarni doimo tashkil etib borish ahamiyatli, shu bilan bir qatorda turli usullarda yondashishimiz ham mumkin. Mashg‘ulotlarda bajarilgan ishlarimizning ahamiyati qandayligini tushuntirilib borilsa, yanada yaxshi natijalarga erishiladi. Texnologiya darsidagi topshiriqlarni sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda davom etish ham mumkin bo‘ladi, bu esa muntazam o‘quvchini o‘z ustida ishlashini talab qiladi. O‘quvchilar har bir yangi mashg‘ulotda yani bir narsani o‘rganishni hohlaydilar, chunki ular juda qiziquvchan hamda harakatchan bo‘ladilar. Bu esa ulardan chuqur bilim va mustahkam matonatni orqali qurollantirib boraveradi, shu uchun o‘quv va sinfdan tashqari ish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish zarur sanaladi. Texnologiya ta’limida boshlang‘ich sinflar olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni samarali bo‘lishi o‘ta muhimdir, chunki poydevor aynan boshlang‘ich sinfda qo‘yiladi, u yillar davomida sayqallanib, rivojlanib muhim bir kasb egallashga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Insonni o‘z qo‘li bilan yasagan ishlarida o‘z dunyoqarashini namoyon etadi, badiiy estetik didini yanada oshirishda yetakchi bo‘ladi. Har bir mashg‘ulot o‘z vaqtida, rejali, tartibli o‘tkazilsagina o‘quvchilarning qiziqishlari va havaslari yanada oshib boraveradi. Boshlang‘ich sinfdanoq o‘quvchilarga kelajakda to‘g‘ri kasbni tanlashlari uchun zamin yaratilsa, bu kelajak avlodimiz barkamol bo‘lib ulg‘ayishida,hamda jamiyat rivojlanishida o‘z aksini ko‘rsatadi. “Ma’lumki, fan mutaxassislari o‘rtasida fanlarining o‘ziga xos xususiyatlari, murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o‘rni kabilar haqida turli xil fikr-mulohazalar bahs-munozaraga aylangan jihatlar mavjud. Tashkil etiladigan fan haftaligi esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga xoslikni, yangiliklarni namoyon etishga imkon yaratadi.”25 Maktablarda mana bir necha yillardan buyon har bir o‘quv jarayonlari bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Fan haftaligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishtirib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarni jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or uslublarini takomillashtirishdan iboratdir. Applikatsiya tushunchasi xususiyatlari va materiallariga ko‘ra xilma-xil bajarilish texnikasining o‘xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullarini o‘z ichiga oladi. Har bir material applikatsiyaning bajarilish texnikasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan, qog‘oz, limon, daraxtlar po‘stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi. 26 Aplikatsiya haqiqatan ham juda chiroyli qo‘l mehnati bilan bir asar yaratishdir. Tabiatdagi har bir detalni o‘z o‘rni bor texnologiya darsida. o‘quvchilar bu tabiat hom ashyolaridan ajoyib bo‘lgan narsalar yaratadilar. Applikatsiya – badiiy asar yaratishning eng sodda va oson usulidar. Bunda applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko‘rgazmali qurollar, turli o‘yin uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqchalar, bezaklar va shu kabilarni yaratishda keng qo‘llash imkonini beradi. Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg‘unligini aks ettiruvchi sujetdan iborat bo‘lishi mumkin.27 Biz o‘quvchilarga texnologiya darslarida applikatsiya va dekorativ applikatsiyadan qachon va qanday foydalanish kerakligini to‘g‘ri yetkazishimiz zarurdir. O‘quvchilarga applikatsiyani yasash oson hisoblanadi. Lekin dekorativ applikatsiya yasash birozgina istedod va mehnat yotadi. Applikatsiyani dars davomida ham tayyorlash mumkindir. Ammo dekorativ applikatsiya ko‘p vaqt talab qilgani uchun sinfdan tashqari ishlarda tayyorlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bizga mehnat tarixidan ma’lumki, applikatsiya bundan 2500 yil oldin paydo bo‘lganligi. O‘sha paytlarda applikatsiyadan o‘zlarini kiyim-boshlari va turarjoylarini bezatishda foydalanishgan. Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan, yoqutlar applikatsiya ishida po‘stloqdan foydalanishgan, bo‘yalgan po‘stloqdan qilingan applikatsiyalar bilan ular o‘tovlarini bezashgan. Xanti-mansi, evenk va boshqa shimoliy xalqlar applikatsiyada teri, mato, mo‘yna ishlatishgan. Komi, qozoq, qalmiq, osetin, buryat va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro‘zg‘or predmetlarini bezashda foydalanishgan. Applikatsiya ishida asosiy material qog‘ozdir, dazmollangan yoki kraxmallangan mato bo‘lakchalaridan ham foydalanish mumkin.28 Texnologiya darslarida yuqoridagi nomlari keltirilgan materiallardan tashqari somon, turli quritilgan o‘simliklar va mevalarni danaklari,poliz ekinlarini urug‘lari, turli xil barglardan ham keng foydalansa bo‘ladi. Sinfdan tashqari ishlarda applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarning garmonik o‘sishida muhim ahamiyatga egadir. Sinfdan tashqari ishlar applikatsiya ijodini rivojlantirishga katta yordam beradi. Darsda ulgurmay qoladi o‘quvchilar shu bois sinfdan tashqari ishlarda qobiliyatlarini, e’tiborini va tasavvurini faollashtirish asosida irodalarini tarbiyalab boradi. Texnalogiyada asosan, qo‘l mehnati orqali tasvirni his qiladi, uni chamalab ko‘radi hamda ranglarini butun vujudi bilan sezishni o‘rganadi. Applikatsiyani asosiy ishlarini bajarish sinfdan tashqari ishlarda asosiy e’tiborni uning umumiy kompozitsiyasiga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya ishni muvafaqqiyatli chiqishini ta’minlaydigan applikatsiyalar hisoblanadi. U yosh o‘quvchilar uchun ham oson yasaladigan ish turi hisoblanadi. O‘quvchilarni o‘z dunyoqarashlaridan va bor homashyolariga qarab applikatsiya eskizini tayyorlash ham mumkin bo‘ladi. So‘ngra, ishni nimadan qanday boshlash kerakligini aniqlab aytiladi. Keyin esa tayyorlab olingan materiallar o‘zaro yopishtirib chiqiladi. Geometrik aplikatsiyada bolalar ranglar uyg‘unligini to‘g‘ri tanlashni o‘rganadilar. Ularda estetik did tarbiyalanadi.29 Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarni olib borishda geomterik shaklli applikatsiyalardan foydalanilsa yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun geometrik figuralardan applikatsiya yasash texnologiyasini quyidagicha keltirib o‘tdik: •har bir ishni mavzu va fikrni to‘g‘ri tanlashdan boshlash; •fon uchun ochiq rangdagi qog‘oz tanlash; •tasvir bilan ishlanganda birinchi e’tiborni tanlab olingan mavzuning mazmuniga qarash; •tasvirlangan hodisaning uyg‘unligiga erishish; Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz, ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.30 Bu olib boriladigan ishlar samarasini o‘quvchilarda har bir mavzuga ijodiy yondashganlarida va atroflicha tasavvur qilganlarida namoyon bo‘ladi. Sinfdan tashqari ishlarda uyushqoqlik bilan ishlashga, har bir aytilgan ko‘rsatmalarga rioya qilishga, tashabbuskorlikni ko‘rsatish ko‘nikmalarini ham shakllantirib boradi. Sinfdan tashqari ishlarda ko‘pincha o‘quvchilar tabiiy fan va matematika darslarida foydalanish uchun didaktik materiallar tayyorlaydilar, bu esa darslarda keng foydalanishda amaliy xizmat qiladi. Ko‘p rangli applikatsiyalarni qirqish ancha murakkab ish bo‘lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir. Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo‘lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo‘rtib turgandek yorqin ko‘rinadi. Hammasi o‘ylagan asarga bog‘liq. Fonda joylashgan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarining tabiiy joylashishi va o‘lchamlarining uyg‘unligiga e’tibor berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar oldindan belgilanmay qirqiladi, ayrim detallar esa belgilangan eskizlar bo‘yicha qirqiladi. Ko‘p rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikatsiyalardir. Rassom F.P.Tolstoyni XIX asrning birinchi yarmidagisi luet yaratuvchilarning eng mohir ustasi deyish mumkinligini aytib o‘tgan. Uning 50 tasi luet ishi Ermitajda saqlanmoqda. XIX asrda siluet san’ati G.Narbut, Y.Krutikov va ko‘pgina boshqa rassomlarning ijodida ham o‘z aksini topdi. Applikatsiya san’ati bilan faqat professional san’atkorlargina shug‘ullanib qolmay, balki xalq orasidan chiqqan mohir ustalar ham bu ish bilan shug‘ullangan edilar. Ukraina va Belorussiyada qog‘ozdan naqshli parda-firanklar qirqishgan. Qog‘ozdan kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan. Rassom Y. Lebedeva ham o‘z talantini qog‘ozdan applikatsiyalar qirqishga bag‘ishlagan. Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga yopishtirishgan.31 Texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishda ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga applikatsiya ishlari ham kiradi. Applikatsiya ishida o‘quvchilar mashg‘ulotga oldindan tayyorgarlik ko‘rishadi. Sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar o‘zlarini erkin tutadilar, vaqt ham bemalol bo‘ladi. O‘quvchiga do‘stona munosabat bildirishingiz ham qulayroq bo‘ladi. Mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar doimo keyingi mashg‘ulotda kerak bo‘ladigan materiallarni bilib olishlari zarur. Texnalogiya darslarida o‘quvchilar ishlayotgan materiallariga tejamkor munosabatda bo‘lishi, har bir vaqtdan oqilona foydalanishi hamda o‘z ish joyini ozoda, toza saqlashi kerakligini doimo mashg‘ulot rahbari eslatib turishligi lozim. Har bir o‘quv qurollarini ishlatishda albatta, qoidalarga amal qilgan holda ishni bajarish kerak deb hisobladik. Texnologiya darslarida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’lim va tarbiyasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘ta qiziquvchan va ta’sirchan bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar o‘z tasavvurlarini qo‘l mehnatlari yordamida amalga oshiradilar. Shuning uchun doimo qo‘lda tayyorlangan ishlar qadrlanib kelingan. O‘quvchilarga ham qo‘l mehnatini ahamiyatini kengroq tushuntirib borish juda yaxshi natijalarga erishishimizga hamda kelajak yosh avodni vatanga va mehnatga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshishiga zamin bo‘ladi. Download 82.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling