Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati


Download 121.46 Kb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi121.46 Kb.
#1525197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Islom kurs ishi (2) yaangi

Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida Respublikamiz don mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida quyidagi texnologik tadbirlar yo’lga qo’yilgan.
Don uyumini barcha turdagi aralashmalardan tozalash. Don qanchalik toza bo’lsa uning saqlanishi ham, ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati ham shunchalik yuqori bo’ladi. Tozalik don sifatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Donni tozalash uchun don korxonalarida turli hajmli va ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan don tozalovchi uskunalardan foydalaniladi.
Donni quritish. Don quritishda namlik shunday ko’rsatgichga olib kelinadiki, bu namlikda don uzoq va sifatli saqlanishi lozim. Quritish uchun korxonalar maxsus quritish uskunalari bilan ta’minlanadi. Sovutish rejimlarini qo’llash. Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishi ko’p jihatdan havo rejimiga bog’liq. Mahsulot saqlanadigan inshootlar tabiiy shamollatilishi, ventilyatsiya yordamida sovutilishi mumkin.
Mahsulotlarni zararli mikroorganizm va zararkunanda hasharot hamda kemiruvchilardan himoyalash. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi. Mahsulotlarni bu ta’sirlardan himoyalash uchun inshootlar dezinfeksiya qilinadi, kimyoviy preparatlar qo’llaniladi. Yuqoridagi barcha masalalarni hal etish sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kadrlarning malakasiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shuning uchun bo’lgusi mutaxassis don, un, yorma va omuxta yem saqlash yuzasidan chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lishi lozim.
Don saqlash omborxonalari turlari. Don omborxonasi-bu gorizontal va qiya polli inshoot bo’lib, bu erda don uyum holida saqlanadi. Saqlash tartibini taminlash uchun salbiy ta’sir ko’rsatadigan atirof muhitdan don uyumlarini himoya qilish, don miqdori va sifatini asossiz yo’qolishiga yo’l qo’ymaslik, hamma don to’plamlarining va ayniqsa urug’liklarni saqlashni maxsus omborxonalarda tashkil etish lozim. Don va urug’lik saqlanadigan omborxonalar don uyumlarining fizik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olib quriladi. Bundan tashqari, omborxonalarga ko’plab talablar qo’yiladi. Jumladan, texnik, texnologik, foydalanish bo’yicha va iqtisodiy talablar. Shunga ko’ra omborxonalar yog’och, tosh, g’isht, temir-beton, temir va boshqa har xil qurilish materiallaridan foydalanib barpo qilinsa maqsadlarga belgilanganligiga, mahaliy sharoitiga, donlarni saqlash muddatiga qarab hamda iqtisodiy imkoniyatni etiborga olinib amalga oshiriladi.
Tosh, g’isht vat temir-betonlardan foydalanib quriladigan don omborxonalarining issiqlik o’tkazuvchanligini hisobga olib, don uyimlarida sodir bo’ladigan keskin o’zgarishlardan qutilish mumkin. Don omborxonalari etarli darajada pishiq va mustaxkam bo’lishi, polga to’kilgan, devorlarga tirband don uyimi bosilishi kerak. Har taraflama to’g’ri bajarilib barpo qilingan don omborxonalaridan me’yorida foydalanilganda zax bo’lmaydi, shu boisdan bug’doy omborxonalarida havoning namligini deyarli yil davomida mo’tadil 60-75% darajasida bemalol ushlab turish mumkin. Bu esa hamma ekin turning bir xildagi namligini 13-15 foiziga to’g’ri keladi. Don omborxonalari xodimlari saqlanilayotgan don uyumlarini har xil kemiruvchilar, qushlar zararkunanda hashoratlar hamda kanalardan yaxshi himoyalanishini taminlashi kerak. Omborxonalar don uyumlarini zararsizlantirish va changlardan tozalash uchun qulay bo’lishi, mehnat sarfini kamaytirish maqsadida mexanizatsiyalashtirish ishlarini olib boorish katta ahamiyat kasb etmoqda. Qishloq xo’jaligida don ishlab chiqarish to’liq mexanizatsiyalashtirilgan bo’lsada, ayrim jamoa, davlat va fermer xo’jalklarida donlarga ishlov berishda texnikaga yetarli e’tibor berishmayapti. Don yerga to’kilgan holda va taralarga solib saqlanadi. Erga to’kib saqlashasosiy usul bo’lib kengroq tarqalgan. Don uyimlarining yaxshi to’kiluvchanlik xususiyati ularni har xil hajimdagi va shakildagi ulkan yashiklarni to’ldirishni osonlashtirishga imkon beradi. Don uyimlari erga to’kib saqlanganda, ularni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib joylashtirish ishlarini to’liq mexanizatsiyalastirish mumkin. Bundan tashqari, ko’pchilik omborxonalar sathi va hajmidan (sig’imidan samarali foydalaniladi. Bu ishlar arzonga tushadi va idish-tara olishga ortiqcha harajat talab etmaydi. Biroq bir qisim urug’larni taralarda saqlashga to’g’ri keladi. Masalan, elita urug’lari, ilmiy tekshirish tashkilotlaridan olinganbirinchi reproduksiyali urug’lar, makkajo’xori urug’lari zavodlarda ishlov berilgandan so’ng, texnik va moyli o’simliklarning mayda to’kiluvchi urug’lari hamda o’t, efir chiqaruvchi ekinlar urug’lari va poliz-sabzavot urug’lari qoplarda saqlanadi. Qoplar pishiq, dag’al gazlamalardan, ichiga gazlama to’qilgan qog’oz qoplardan hamda kraft qoplardan va boshqa turlardan iboratdir.

Download 121.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling