Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati


Don va don mahsulotlarining saqlashning maqsadi, vazifalari va ahamiyati


Download 121.46 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi121.46 Kb.
#1525197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Islom kurs ishi (2) yaangi

1.2. Don va don mahsulotlarining saqlashning maqsadi, vazifalari va ahamiyati
Don va don mahsulotlarini saqlash boshqa ko’pgina tovar mahsulotlari singari murakkab va mas’uliyatli jarayon bo’lib, katta miqdorda moddiy-texnikaviy baza hamda soha uchun malakali mutaxassislarni talab etadi. Don va don mahsulotlari uyumining fiziologik va fizik-kimyoviy xususiyatlari uni saqlashda qiyinchiliklar tug’diradi.
Don tirik organizm bo’lib, don muassasasida turli tuman hayotiy jarayonlar kechadi. Bu jarayonlarning intensivligi atrof-muhit sharoitlariga bog’liq. Mahsulot uyumida kechadigan jarayonlar moddalarning faol almashinuvchi mahsulot uyumining yetarlicha yo’qolishiga hamda uning sifat ko’rsatkichlari tushishiga olib keladi.
Don va don mahsulotlari uyumida mikroorganizmlar hamda zararkunanda hasharotlarning faoliyatini saqlashda ayniqsa qiyinchiliklar tug’diradi. Un va yorma kabi mahsulotlarda mazkur organizmlarning rivojlanishi mahsulotning ko’plab yo’qolishiga, sifat ko’rsatkichlarining pasayishiga, hattoki mahsulotning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin. Mahsulotlar sifatsiz hamda qoniqarsiz sharoitlarda saqlanganda qushlar hamda sichqon-kalamushlar tomonidan ifloslanib ketadi.
Ko’pgina amaliy tajribalar shuni ko’rsatadiki ishlab chiqarish samaradorligini quyidagi usullar bilan oshirish mumkin:
-mahsulot saqlanadigan inshootlarni tubdan yaxshilash va takomillashtirish;
-saqlashga joylashtirishdan oldin mahsulot sifatini izchil nazorat qilish va ularga ishlov berish;
-soxa mutaxassislarining malakalarini muntazam oshirib borish;
-zamonaviy ilg’or texnologiyalarni joriy etish;
-ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va mahsulotdan rasional foydalanish.
Don mahsulotlarining noto’g’ri realizatsiya qilinishi ishlab chiqarishda ko’pgina isroflarga olib kelishi mumkin. Masalan, pivo ishlab chiqarish sanoatida pivobop bo’lmagan arpa navlarining ishlatilishi pivo chiqishi va uning sifatini tushirib yuboradi. Kraxmal patola ishlab chiqarishda makkajo’xorining kremniyli navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki bu navlardan kraxmal chiqishi juda past. Omuxta yem ishlab chiqarishda sariq makkajo’xori o’rniga oq makkajo’xorining ishlatilishi yemning vitaminli tarkibi hamda ozuqaviylik qiymatini o’zgartrib yuboradi.

Download 121.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling