Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati


Download 121.46 Kb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi121.46 Kb.
#1525197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Islom kurs ishi (2) yaangi

Vaqtinchalik don omborxonalari.
Tayyorlov korxonalariga ommaviy don keltirish davrida, don omborxonalarining sig’imi yetishmaganida maxsus tayyorlangan aspalt yoki boshqa maydonlarda vaqtinchalik omborxonalar va buntlar quriladi. Maydon uchun joylar temiryo’llar, suv yo’llari yaqinida, don omborxonalari, quritish-tozalash va boshqa mexanizatsiyalashgan minoralar yonidan tanlashadi. Korxona hududida maydonlar omborxonalar orasida va ularning devorlariga parallel tarzda 10 m masofada joylashtiriladi. Agar omborxona qurish hisobga olingan bo’lsa, asfaltlangan maydonlardan omborxonalarning pollari sifatida foydalaniladi.
Maydonlarning o’lchamlarini belgilashda mahalliy sharoit va mexanizatsiyalashtirish hisobga olinadi. Bunda uning kengligi 7-14 m, uzunligi esa joyga va joylashtiriladigan don miqdoriga qarab 50 m dan ortiq bo’lmagan holda belgilanadi. Buntlar asfaltlangan maydonlarda yoki zarurat tug’ilganda quruq va yomg’ir suvlari bosmaydigan, o’rab turgan maydondan 300-350 mm ko’tarilgan grunt maydonlarda joylashtiriladi.
Quruq va o’rtacha quruqlikdagi donni vaqtinchlik saqlash maydonlari hamda faol shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan maydonlar atrofi mahaliy materiallardan tayyorlangan devorlar bilan o’raladi. Bunt yuqorisidan brezent bilan yopilib, arqonlar yoki iplar bilan yopilib, arqonlar yoki iplar bilan tortiladi. Shamollatish uchun don yuzasi va brezent orasida joy qoldiriladi.
Nam va ho’l donni joylashtirishda maydonlar ko’chma shamollatish qurilmalari bilan jihozlanadi yoki taxta va garbillardan uchburchak kesimli ventilyasion ariqchalar qilinadi. Donni asfaltlangan va gurunt maydonlarda saqlash tajribasi ko’rsatishicha, ko’pchlik hollarda donning quyi qatlami namlanadi va tomir hosil qilib o’sadi. Buning oldini olish uchun maydon yuzasi donni gruntdan himoyalovchi material bilan qoplanadi.

II BOB Donni saqlash omborlarining turlari
2.1. Donlarni saqlash omborlarida yangi “kanada texnologiyasi“ bo‘yicha
saqlash
Tezkor barpo etiladigan, halqali don saqlagichlar tekis maydonda joylashtirilib, faol shamollatish tizimi, polimer taglik va donni namlikdan saqlash uchun yuza tomondan brezent bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda donni sifat ko‘rsatkichlarini yo‘qotmagan holda 8-10 oy saqlash mumkin (5, 6, 7-rasmlar). Ularni 5-yilgacha ekspluatatsiya qilish mumkin. Bunda faqatgina don massasini namligiga e’tibor berish kerak, ya’ni namlik 15 % dan oshmasligi kerak. Tezkor barpo etiladigan halqali don saqlagichlarning sig‘imi 570 tonnadan 3000 tonnagacha bo‘lishi mu mkin. Ularning diametri 18-33 m bo‘ladi.



3-rasm. Don massasini tezkor barpo etiladigan halqali omborlarda saqlash
Tez barpo etiladigan halqali don saqlash omboriga don massasi shnekli transportyorda halqaning geometrik markaziga joylashtiriladi. Kemiruvchilardan himoya shashkalar yordamida ventilyatsion kanallar orqali amalga oshiriladi. Zarur don massasini olish uchun halqalarning bir qismi olinadi.

a b
4-rasm. a)Tezkor barpo etiladigan halqali omborlarning ventilyatsiya tizimi, b) Donni halqali omborlarga joylash

Download 121.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling