Mundarija kirish I. bob Etika tushunchasi va uning shakllanishi etiketning jamoadagi o
Ishga doir munosabatlarda telefonda gaplashish etiketi
Download 240.07 Kb.
|
asal 44
2.2 Ishga doir munosabatlarda telefonda gaplashish etiketi
Telefon hamkor, hamkasblar va boshqalar bilan gaplashish vositalari turlarining eng asosiysi hisoblanadi. Oxirgi yillarda respublikada chaqqon (mobil) telefon tarmoqlarining keskin rivojlanishi va vaqt bo‘yicha to‘lov miqdorlarining yildan–yilga arzonlashib borishi biznes masalalarini qisqa muddatda hal qilishda ayniqsa chaqqon telefonlarining aloqa vositasi sifatida ahamiyati yanada oshib boradi. Telefonda gaplashish hamkor va hamkasb biznesmenlarning bir– birlari bilan suhbatlashishlarining bir turi hisoblanadi. Lekin bu shaklning yuzma–yuz suhbatlashishdan farqi shundaki, gaplashayotgan kishilar bir– birlarining yuzlarini ko‘rishmaydi. Shu boisdan ham yuzma–yuz gaplashishga qanday etik talablar qo‘yilsa, telefonda gaplashishga ham xuddi shunday talablar qo‘yiladi. Bundan faqat suhbat davrida bir– birlariga qarab–boqishlariga va chehra holatiga qo‘yiladigan talablar istisno. Bundan tashqari telefon orqali suhbatlashishga quyiladigan eng asosiy etik talablardan biri – bu siz telefon qilmoqchi bo‘lgan hamkoringiz yoki hamkasbingizning vaqtini, ish rejasini buzmaslikni va sizning gaplaringizga qanday reaksiya qilishi mumkinligini hisobga olish lozim, chunki biznesmenlarning ishi juda ham ko‘p, vaqti esa tanqis bo’ladi. Shuning uchun ham to‘satdan qilinayotgan telefon jamlangan fikrlarning bo‘linib ketishiga, ish rejasining buzilishiga, boshqa ishlar uchun vaqt tanqisligiga olib kelishi mumkin. Shu boisdan ham siz qo‘ng‘iroq qilgan masalangiz bo‘yicha rad yoki qo‘pol javobini olishingiz ham mumkin, chunki hamma biznesmenlar ham juda madaniyatli emas. Natijada nafaqat siz gaplashmoqchi bo‘lgan kishining, o‘zingizning ham kayfiyatingiz buzilishi mumkin. Shu sababli ham gaplashmoqchi bo‘lgan hamkor yoki hamkasb bilan qo‘ng‘iroq qilish yoki uchrashish to‘g‘risida oldindan kelishish lozim. Etik qoidalari qo‘ng‘iroq qilgan kishidan birinchi bo‘lib salomlashishni, nima sababdan qo‘ng‘iroq qilayotganligini aytishni va ushbu masala bo‘yicha telefonda gaplashish yoki shaxsan uchrashish uchun qachon vaqti bo’lishi mumkinligini, suhbat qancha vaqtni olishini va gapining oxirida vaqtini olganligi uchun kechirim so‘rashni talab qiladi. Telefonda gaplashish muddatini aniqlash biznesmenlar uchun juda ham katta ahamiyatga ega, chunki siz qo‘ng‘iroq qilayotgan hamkoringiz yoki hamkasbingiz siz aytgan gaplashish muddatiga qarab vaqt ajratadi va rejalariga o‘zgartirishlar kiritadi yoki kechirim so‘rab, hozir vaqti yo‘qligini yoki qachon qayta telefon qilish kerakligini aytadi. Ma’lumki, telefon orqali gaplashishda masalaning hal bo‘lishi ko‘p vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi, chunki telefonda gaplashish qandaydir ma’lumotlarni berish va olish bilan bog‘liq. Shu sababli ham avvaldan notanish tashkilot va kishilarga qo‘ng‘iroq qilishda salomlashgandan keyin o‘zining ismi–sharifini, lavozimini aytishi lozim. Bundan tashqari ma’lumotlar boshqa kishilarga tushunrli bo‘lmasligi uchun ma’lumot berishdan oldin sizni qiziqtirayotgan masalani kim hal qilishi mumkinligini so‘rash kerak, chunki faqat yordam beraoladigan kishiga to‘liq ma’lumot berish mumkin. Agar boshqa tashkilotdan sizga qo‘ng‘iroq qilishgan bo‘lsa, siz ham uning masalasini kim yechishi mumkinligini aytishga harakat qiling! Bundan tashqari yana shuni esdan chiqarmaslik kerakki, siz qo‘ng‘iroq qilayotgan hamkor yoki hamkasb oldida boshqa kishilar bo‘lishi va shu sababli u sizning savollaringizga ochiq javob berishga qiynalib qolishi mumkin. Shu boisdan ham ochiq gapirishga imkoniyati yoki vaqti bo‘lmasa, bo‘sh vaqtini va kechirim so‘rab keyinroq telefon qilishingizni aytishingiz lozim. Suhbatdoshning telefonda ko‘p vaqtini olmaslik va ish rejasini buzmaslik uchun telefon orqali gapirilishi kerak bo‘lmagan gaplarni oldindan rejalashtirish, ularning muhimlik darajasini hisobga olib, so‘zlashish predmetining ketma–ketligini aniqlash lozim. Yana bir narsa esdan chiqmaslik kerakki, kelishilgan vaqtdan erta ham, kech ham qo‘ng‘iroq qilish mumkin emas. Qayta qo‘ng‘iroq qilishda ham yana salomlashib, ismi–sharifi aytilib, shu vaqtda qo‘ng‘iroq qilish to‘g‘risida kelishilganligini eslatib o‘tish kerak. Amaldagi etiket qoidalariga ko‘ra sizga boshqa kishilar qo‘ng‘iroq qilganda u gapirayotgan gaplarga qiziqish bilan qarashni, agar ularning qo‘ng‘iroqlari jamlangan fikrlaringizni va rejalashtirilgan ish tartibingizni buzgan bo’lsalar ham suhbatdoshlarga xayrhohlik bilan qarashni va shirinsuxon so‘zlar bilan gaplashishni talab qiladi. Telefonda gaplashish jarayonida ham qator etiket qoidalariga rioya qilinishi kerak: birinchidan, telefon orqali baland ovoz bilan gapirilmaydi, agar eshitish yomon bo‘lsa, suhbatdoshga eshitilmayapti, qattiqrok gapiring, qayta telefon qiling deyish mumkin emas, chunki bunday gaplaringiz yoningizda o‘tirganlarga yoqmasligi mumkin; ikkinchidan, kim birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa, gapni birinchi bo‘lib tamom qilish u kishining huquqi, chunki siz boshlagan gaplarni suhbatdoshingizga “tamom qiling” deb aytishingiz etiket qoidalariga zid bo‘ladi; uchinchidan, siz bilan boshqa kishi gaplashayotganda telefon uzilib qolsa, qayta telefon qilishni kutish kerak, kim birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa, u qayta telefon qilishi kerak. Chet mamlakatlik hamkorlarga va tanishlarga qo‘ng‘iroq qilishda ham ma’lum bir etiket qoidalariga rioya qilinadi. Chet mamlakatlar korxonalarida xodimlar doimo telefon oldida bo‘lishadi va darrov javob berishadi. Shuning uchun u taraf telefonining ikki marta jiringlashigacha kutish kerak. Agar shu vaqtning ichida javob berilmasa, siz qo‘ng‘iroq qilgan kishi o‘z joyida yo‘q yoki o‘ta band. Chet ellik tanishlarning uylariga qo‘ng‘iroq qilishda u tomonda telefonning besh marta jiringlashigacha kutish lozim; chunki sizning tanishingiz boshqa xonada bo‘lishi va telefonni kelib olguncha ancha vaqt ketishi mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, telefonda gaplashish ma’lumotlar berish – olish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham maxsus bloknotda kim bilan, qaysi sanada va nima to’g’risida gaplashganligi hamda nima to’g’risida kelishilganligi yozilib borilsa, biznesmen uchun juda ham yaxshi bo’ladi. Hozirgi davrni texnika asri deb bejiz aytishmaydi. Yaxshilab atrofga nazar soladigan bo‘lsak, texnik jihozlarsiz ishimiz bitmaydigandek. Shunisi qiziqarliki, hech qancha vaqt o‘tmasdan, bir texnik jihoz o‘rniga yanada qulayroq, texnika estetikasi talablariga javob beradigan chiroyli jihozlar ishlab chiqarilaveradi. Bunday “yangiliklar”ning ijobiy xususiyatlari bilan bizga salbiylik kasb etuvchi jihatlari ham yo‘q emas. Ayniqsa, yoshlarda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘sha “yangilik”dan barchani boxabar qilish uchunmi yoki maqtanchoqlikdan, yoki shunchaki befarosatlikdanmi ba’zida atrofdagilarni texnika taraqqiyoti dan afsuslanish darajasiga kelib qolganini ko‘ramiz. Shu sababli ham, texnik aloqa vositalaridan foydalanish etiketiga amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Avvallambor, raqamlarni terishdan oldin, sizning qo‘ng‘irog‘ingiz yoqadimi yo‘qmi, shuni o‘ylab olgan ma’qul. “Birovni bezovta qilib qo‘ymaymanmi? Men bahona qilib, qo‘ng‘iroq qilayotgan masala birovni bezovta qilishga arziydimi?” kabi o‘zimizga berilgan savol masalani anchayin oydinlashtiradi. Shunchaki bekorchilikdan qilingan qo‘ng‘iroq so‘zlashuv avvalidayoq bilinishi bilan birga, mavzu topolmay g‘iybat, so‘rovnoma yoinki hisobot turiga aylanib ketishi ham mumkin. Telefonda so‘zlashni qanday boshlash lozim? Avvalambor salom berib, so‘ng o‘zingizni tanishtirgandan keyingina kerakli odamni chaqirib berishlarini iltimos qilish mumkin. Agar qo‘ng‘iroq qilingan joy raqamlari to‘liq emasligi yoki go‘shakni olgan odamni tanish qiyin bo‘lsa, “Bu falonchini uylarimi?” – deb so‘rash maqsadga muvofiq. Adashib tushilgan telefon raqamini surishtirish shart emas. Ular bu ma’lumotni berishga majbur emaslar. “Uzr, bu 555-55-55 emasmi?”, deb so‘ragan ma’qulroq. Agar sizga “yo‘q” degan javob berilsa, ularni qayta bezovta qilish va ortiqcha savollar berish sizni noqulay axvolga solib qo‘yishi mumkin. Telefon go‘shagini ko‘targan kishi agar chaqirilayotgan kishi bo‘lmasa, so‘rayotgan odamga buni bildirib, qachon qo‘ng‘iroq qilish mumkinligi, kimga yoki qaysi raqamga murojaat qilishi kerakligini aytishi mumkin. Ammo agar chaqirilgan kishi uzrli sabab bilan kela olmasa, buni masalan, yuvinayotgan bo‘lsa buni telefonda aytish shart emas. “Hozir u kela olmaydi. Bir ozdan so‘ng qo‘ng‘iroq qilolmaysizmi?” deyishning o‘zi yetarli. Xullas, har qanday holatda ham telefon go‘shagini ko‘targan odam qo‘ng‘iroq qilayotgan kishidan o‘z yordamini ayamasligi lozim: “Balki unga biror so‘zingizni yetkazib qo‘yaymi?” qabilida aytish joyizdir. Agar qo‘ng‘iroq qiluvchi o‘z iltimosini aytsa, uni yoddan chiqarmaslik uchun, albatta, yozib olish va so‘zma-so‘z yetkazish lozim. Telefon aloqasi xodimlariga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda mulozamat ortiqchalik qiladi: “Uzr, sizdan bir narsa so‘ramoqchiydim», «Agar malol kelmasa” kabi uzundan-uzoq “shirin” gaplar masalaning aniqlashtirilishiga halaqit beradi. Bunda aniq va ravshan masala bilan murojaat qilinadi. Albatta, tashakkursiz ish bitmaydi. Ammo ko‘rishish va xayrlashish shart emas. O‘zbek mentalitetida kimga murojaat qilishdan qat’i nazar (agar u robot bo‘lmasa) avval salomlashgan durust. Odatiy “Allo” degan so‘zning o‘ ziga“Labbay” ning ishlatilishi ham tinglovchida ijobiy taassurot qoldiradi. Tezkor yordam lozim bo‘lgan paytda qisqa ravishda voqeaning va yordamning mazmuni bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, telefoni bo‘lgan har qanday kishi favquloddagi holatlarda telefonni berib turishi shart. Muhim va nozik masalalar bo‘yicha telefondan foydalanish uchun qo‘shnilarni “guvoh” qilish va o‘z oilaviy muammolarini ovoza qilish yaramaydi. Bunday paytda avtomat telefonidan foydalangan ma'qul. Notanish odamga telefonda “sen”lab murojaat qilish mumkin emas, garchi uning ovozi sizga bolaning ovozidek tuyulsa ham – adashishingiz mumkin. Suhbatdoshni yaqin olib “hola”, “amaki” deb murojaat qilish ham noo‘rin, yaxshisi, “uzr”, “agar malol kelmasa” va boshqa shunga o‘xshash “egasi yo‘q” iboralar bilan munosabatda bo‘lgan durust. “Oppog‘im”, “munchog‘im” kabi erkalovchi murojaatlar ham agar egasini topmasa xafa qilishi mumkin. Qo‘ng‘iroq qilib olib yana o‘zini tanishtirmay “Kim bu?” deb so‘rash madaniyatsizlikdir. Odatda bunday, savolga “Sizga kim kerak o‘zi?” degan javob keladi. Aslida,, ular o‘zini tanishtirishi shart emas, qo‘ng‘iroq qilib bezovta qilgan odamning o‘zi bunday savolga javob berishi lozim. Agar biron-bir odamda baxtsizlik ro‘y bersa, telefonda hamdardlik bildirish yaramaydi, yordam berish uchun unga qayg‘uni yengillashtirish: ruhiy garanglikni olishga harakat qilish, jabrlanuvchini ba’zi zarur ishlarini qilib berish bilan, o‘z amaliyoti orqali namoyon qilish mumkin. Nosog‘lom yoki tashvish tushgan, o‘zi yordamga muhtoj bo‘lgan odam bundan mustasnodir. Telefon suhbatlari bilan bog‘liq ba’zi qoidalarni yodda tutish lozim Telefon qo‘ng‘irog‘iga (ayniqsa ishxonada) darhol javob berishga harakat qilish zarur; Avvalambor, salom berishni unutmaslik va undan so‘nggina iltimos bilan murojaat qilish mumkin; qo‘ng‘iroq qilgan odam agar kerak bo‘lgan odamni topolmasa, biron-bir ma’lumot qoldirish uchun, albatta, o‘zini tanishtirishi lozim; agar telefon raqamining to‘g‘riligi borasida gumoningiz bo‘lsa xotiraga tayanib raqam termaslik kerak; ertalab soat sakkizgacha va kechqurun soat o‘ndan so‘ng qo‘ng‘iroq bilan odamlarni bezovta qilib bo‘lmaydi (agar favqulodda holatlar bo‘lmasa, yoki sizning qo‘ng‘irog‘ingizni kutishayotgan va uyquga yotmaganini aniqbilsangiz); agar suhbatlashayotgan vaqtida telefon aloqasi uzilib qolsa, unda qo‘ng‘iroq qilgan odamning o‘zi qayta qo‘ng‘iroqlashadi; suhbat boshida hech qachon “Kim bu?” deb savol berilmaydi; shaxsiy masalalarni hal qilish, garchi telefonda bo‘lsa ham, begonalar oldida noqulaylik tug‘diradi. Shu bois ham, shaxsiy masala bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilsangiz, avvalambor suhbatdoshingizning bunga bo‘lgan imkoniyati qay darajadaligini so‘rashingiz maqsadga muvofiq; shaxsiy masala bo‘yicha agar u darajada zarur bo‘lmasa, ishxonaga qo‘ng‘iroq qilmagan ma’qul; telefonda gapni qisqa qilishga harakat qilish kerak; agar sizga qo‘ng‘iroq qilgan odam adashib tarmog‘ingizga tushib qolgan bo‘lsa, tavoze bilan javob berishga harakat qiling. Zero ko‘p hollarda odam emas, texnika sabab bo‘ladi. Keyingi adashilgan qo‘ng‘iroqqa javoban, uzr so‘rab raqamni oydinlashtirib olgan yaxshi; mehmonga borganda, telefon zarur bo‘lib qolsa, avval, mezbondan ruxsat so‘rash mezonga nisbatan hurmat belgisidir. Ammo mezbon ham zarur bo‘lmasa, mehmonni suhbat davomida kuzatib turishi shart emas; agar tarmoq besh-olti signaldan keyin ham javob bermasa, trubkani qo‘yib qo‘ygan ma’qul; telefon tarmog‘idagi raqamlarning texnik nosozliklarini yoki o‘zingizni adashib tergan raqamlaringizni hisobga olgan holda buyruq va tavsiyalarni berishdan oldin tarmoqqa ulangan raqamni to‘g‘ri ekanligi borasida aniq ma’lumotga ega bo‘lganingiz ma’qul. Ba’zan bizning nutqimizga yetishmaydigan uchta sehrli so‘zlar – “uzr”, “iltimos”, “rahmat” – telefon suhbatlarida, ayniqsa, qo‘l keladi; noqulay holatga tushib qolishni yoqtirmaydiganlar doimo bir holatni yoddan chiqarmasinlar: hattoki sizga juda yaqin bo‘lgan odamlar ham o‘zini sharoit va ruhiy holatdan kelib chiqqan holda har xil kayfiyatda bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun agar siz hazillashmoqchi bo‘lsangiz, suhbatdoshingizning so‘zlash ohangidan uning kayfiyatini ilg‘ashga harakat qiling va shunga mos ravishda suhbat olib boring; do‘stlar hamda qarindoshlarni telefonda o‘z muammolari, shikoyatlar, kasallik tarixi, turmush o‘rtoq va farzandlarni keltirgan tashvishlari haqida gapirib, tinglovchini qiynash va yangi xaridlarni soatlab muhokama qilish etiketga to‘g‘ri kelmaydi; telefondagi suhbat imkon darajada qisqa, xotirjam va tavoze’li bo‘lishi lozim. Ayniqsa jamoat foydalaniladigan telefonlarda. Boshqalar navbat kutayotganini yoddan chiqarmaslik zarur. Biroq kutayotganlar ham suhbatga turli xil noroziliklari bilan halaqit bermasliklari, shovqin ko‘tarmasliklari kerak. Hozirda tarmoqlarning pulli ekanligi, uyali aloqa vositalaridan foydalanish odatiy tusga kirganligining o‘zi bizni tartiblashtiradi agar suhbatdoshingiz uyali aloqa telefonidan yoki olisdan sizga qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘lsa, unda suhbatning qisqa va lo‘nda bo‘lishiga harakat qiling agarda telefonda suhbatlashayotgan odam g‘azabda, yoki qattiq xafa bo‘lsa ham telefon orqali baqirib, turli dag‘-dag‘alar qilishdan saqlanishi, o‘zini to‘g‘ri tutishga harakat qilishi lozim shoshmasdan telefonda suhbatlashar ekanmiz, yana kimdir qo‘ng‘iroq qilib tusha olmasligi ehtimoli mavjud ekanligini hamisha yodda tutishimiz zarur bekorchilikdan telefonda gaplashish yaxshi emas. Agar dildan suhbatlashish istagi bo‘lsa, uchrashgan ma‘qul. Avtojavob bilan gaplashish. Avtojavob bilan gaplashishni yoqtiradigan odam topilmasa kerak. Ko‘pchilik ovozini yozayotgan tasmadan cho‘chib, go‘shakni qo‘yishadi, boshqalar hayron bo‘lib, o‘zlaricha bir nimalarni ming‘ilashadi, dovdirab aytish lozim bo‘lgan muhim masala – o‘zlarini tanishtirishni va telefon raqamini aytishni unutib qo‘yishadi. Ba’zilar esa, ularning ishonchsiz ovozlaridan kulgiga qolishlaridan cho‘chishadi. Avtojavob bilan gaplashish etiketining qoidalari quyidagilar: qoldirilmoqchi bo‘lgan ma’lumotni oddiy va qisqa bayon qilish kerak; salomlashish shart emas. Agar avtojavob kunda tekshirilishiga ishonchingiz komil bo'lmasa, unda siz qo‘ng‘iroq qilgan soat va sanani aytib o‘tib keting. Shu bilan birga, qachon sizga qo‘ng‘iroq qilishlari lozimligini ham aytish mumkin; avtojavob tasmasiga yozilgan taklifnoma odobsizlik belgisidir. Zero, undan biror – bir ma’no chiqmaydi: avvalambor bu taklif qabul qilinganini bilmaymiz va shu asosda qancha mehmon kelishini va unga tayyorgarlik masalalari noaniqligicha qolaverishi mumkin. Qo‘l telefonlarni qayta baholash qiyin masala. Ammo baribir ma’lum bir vaziyatlar u bir qancha noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Cho‘ntakdagi yon telefon bilan jamoat joylarida, restoran, salon va do‘konlarda ko‘rinish mumkin, ammo kinoteatr, teatr, konsert, dars va ma’ruzalar paytida uning halaqit berishi tabiiy – bunday joylarda telefonni umuman o‘chirib qo‘ygan yoki qo‘ng‘iroqning ovozini vibratsiyaga qo‘yib qo‘yish lozim. XULOSA Davlatimiz madaniy –ma’naviy mustaqilligini ta’minlashda sharqona odob, axloq, milliy qadriyatlar, urf – odat va an’analarimiz asosida tarbiyalash nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti jumhuriyatimizga xorijiy mamlakatlarning sarmoyasi, yangi texnologiyasi, zamonaviy boshqaruv usullari bilan bir qatorda ularning madaniyati, turmush tarsi, dunyo qarashi kabilarni ham olib kelmoqda. Hozirgi rivojlanish bosqichida jamiyatimizning manaviy- axloqiy muhitini ba’zi kuchlar tomonidan buzishga intilishlar borligi sir emas. Kishilarning, ayniqsa yoshlarning ongi, ruhiyati va kayfiyatini milliy istiqlol g’oyasi bilan ta‘minlash, yoshlarning axloqiy darajasini yuksaltirish va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Bu vazifalarni faqat axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirish mumkin. Yangicha yondashuvlarning biri – axloqshunoslikda milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga e‘tiborni kuchaytirish bilan bog‘liqdir. Axloqiy madaniyat yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar ko‘rinishidan biri, bu etiket. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zini tutish qonunqoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, estetik muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan hatti- harakatini taqozo etadi. Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosida qabul qilingan muomala qonun qoidalarini o‘z ichiga oladi. Ishga doir etiketda kasb axloqi tushunchasi mavjud. Kasb axloqi - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi hatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Har bir guruh yoki jamoada etiket qoidalari shu jamoa rahbari va a’zolari tamonidan belgilab chiqiladi. Bir guruhning etik qoidalari yig‘indisi boshqa guruhnikidan farqlanadi. Chunki, etika qoidalari aynan shu jamoa uchun tuziladi. Bu tuzilgan etika esa jamoani jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi, uning yanada bardavom va o‘rnak bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Download 240.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling