Mundarija kirish I bob fransuz adabiyotidagi she’riy janrlarga xos xususiyatlar
Download 418 Kb.
|
М.ЖУРАЕВА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- 2. 3. Musallas va uchlik janrlariga xos xususiyatlar.
- II bob yuzasidan xulosa
- III BOB FRANSUZ VA O’ZBEK ADABIYOTIDAGI SHE’RIY JANRLARNING MUSHTARAK VA FARQLI JIHATLARI 3. 1. Oda va qasida janrlari tipologiyasi .
Birinchidan, qasidalar nafaqat mashhur kishilarga bag`ishlandi, balki mashhur joylar, narsalar madhiga keng o’rin berildi (M.Shayxzoda “Toshkentnoma”, E.Vohidov “Qo’llar”, “Inson”) . Binobarin, Maqsud Shayxzoda o’zining Toshkentga bo’lgan qaynoq mehrini “Toshkentnoma” dostonida kuyladi. E.Vohidov “Inson” qasidasida yaratuvchanlik ishqi bilan yongan insonni, “Qo’llar” qasidasida uning qo’llarini madh etdi. Ikkinchidan, zamonaviy qasidalar barmoq vaznida yozila boshlandi. Uchinchidan, zamonaviy qasidalar ijtimoiy mazmun bilan boyidi. To’rtinchidan, qasida mazmuni doston janriga ta’sir ko’rsatdi, qasida dostonlar yaratildi. 2.2. Marsiyaning mumtoz va zamonaviy she’riyatdagi takomili Marsiya – bu lirik poeziya janrlaridan biri bo’lib, ma’yus, xazin, o’ychan, qayg’u, g’amgin ruhdagi lirik she’r yoki qo’shiqdir. “Marsiya ” – arabcha so’z bo’lib, “yig’lash”, “yig’i berish” degan ma’nolarini anglatadi. Xalq ogzaki ijodida marsiyalar “yig’i” deb ham ataladi. Insonlar qalbida tug’ilgan qayg’u va alamni, javobsiz muhabbatni, ayriliq iztirobini, o’tib borayotgan umr, yo’qotish, qalbdagi azobli va xazin tuyg’ularni ifodalagan. Qadimda “marsiya” ko’pincha, biron yaqin kishining vafoti munosabati bilan yozilgan motam qo’shiqlari shaklida yuzaga kelgan. Mumtoz adabiyotda marsiyalar podshohlarga, yaqin qarindoshlarga bagishlangani ma’lum. Yozma manbalarda marsiya haqida ma’lumotlar va namunalar berilgan: Narshaxiyning “Buxoro tarixi” Siyovushga bag’ishlangan marsiya, Mahmud Qoshgariyning “Devonu lugotit-turk” asarida Alp Er To’nga marsiyasi, Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiyga bag’ishlangan marsiyasi; Navoiyning vafotiga esa Xondamir o’z marsiyalarini bitganlar. Xondamir o’z marsiyasida Navoiy vafoti munosabati bilan xalq boshiga tushgan musibatni quyidagicha ifodalaydi: O’limidan har bir uyga tushdi motam, Favti uchun har burchakdan chiqdi figon, Temir bo’lsa, tosh bo’lsa xam bagri yondi Bu dahshatli musibatni bildi zamon.
Alp Er To’nga o’ldimi, Yomon dunyo qoldimi, Zamon o’chin oldimi, Endi yurak yirtilur. Zamonaviy she’riyatda marsiyaning talqiniga nazar solsak, XX- asrning 20-30 yillirida o’zbek lirikasida marsiyaning dastlabki namunalari paydo bo’ldi. Hamzaning Tursunoyga, Cho’lponning o’zbek qizlari taqdiriga bag’ishlangan she’rlarida marsiyaga xos qayg’u motivlari, g’amgin kayfiyat o’z ifodasini topdi. Keyinchalik Oybek, Hamid Olimjon va boshqa shoirlar o’zbek elegiyasining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. Bunday marsiyalarda ko’pincha qandaydir xalq qahramoni yoki xalq arbobining vafoti tufayli kishilar boshiga tushgan tashvish va g’amlar ifodalangan. Va shuningdek, o’sha qahramonlar yoki arboblar insoniyatning ulug maqsadlari va xalq ishi yo’lida halok bo’lganligiga alohida urg’u berilib, kishilarni ruhlantiruvchi g’oyalar ilgari surilgan. Xamzaning “Tursunoy marsiyasi” asaridagi quyidagi misralarni keltirish mumkin: Menga motam tutib qora bog`lamang, Tengu tushim nozik bag’rin dog`lamang! Tursunoydek yovuq seving, singillar, To’kis bilim ko’rmay turmush chog`lamang! Cho’lponning marsiyalarida esa shohlar va amaldorlar, ustozlar vafotiga atab yozilgan marsiyalar ko’p uchraydi. Bu jixatdan shoirning Mahmudxo’ja Behbudiy xotirasiga bag`ishlangan marsiyasi, ayniqsa, mos keladi. Murabba’ janrida yozilgan ushbu marsiyada Behbudiyning pok xotirasi ulug’langan. Cho’lpon uning qabrini izlagani, biroq buning ilojsiz ish ekanini o’ziga xos she’riy tarzda talqin etadi: Belgisiz qabringni qora tunlarda Amalimning shamin yoqib izladim. Qizil va pok qoning islarin sochgach, Kuchsiz qo’yi yurishimni tezladim. Amalimning yulduzikim ko’z tikdi Qora, jirkanch, o’lim koni – erlarga. Savol berdim: “Yo’qotganim qayda?” – deb O’zimni ham yutmoq bo’lgan yerlarga. Qo’lingdagi tutam- tutam gulini Qabring topib, sochmoq uchun tirishdi. Gul o’rniga zahar tilar muhitda Uning qilgan bu ishlari bo’sh ishdi Men-da ojiz u muhitning oldida Kabring topib, ko’z yoshimni to’kmakka Oq kallalik qora devni so’kmakka Shuning uchun yulduz kabi yarqirab Elda qolgan isming bilan turamen. Shul ismni eslab chizgan yo’lingdan Yiroq ketmay, qimirlamay yuramen. Aziz otam, qo’limdagi gullarning Motam guli ekanini bilmaysen. Shodlik guli ko’pdan beri so’lganin Yer ostida pok ruhing-la sezmaysen. Ana, sochdim qalbimdagi gullarni, Termak uchun chaqiraman qullarni... Mirtetmirning G`afur G`ulom vafotiga bag`ishlab yozgan marsiyasida ulug` shoirni xotirlash ruhi ustuvorlik qiladi. Rauf Parfi zamonaviy o’zbek she’riyatida marsiyaning yaxshi namunalarini yaratdi. Uning “Abdullajon” marsiyasi harbiyda vafot etgan jiyanining xotirasiga bag’ishlab yozilgan: Qushlar, qushlar, qator-qator Qushlar, uyga qaytingiz. Abdullajon qaytmas... zinhor, Yor-do’stlarga aytingiz. O’ynar bo’ron, o’ynar bo’ron, O’ynar mening boshimda. Endi yo’qdir Abdullajon Yigirma besh yoshinda. Yo’llar uzun, yo’llar uzun, Kunlar ham ko’p cho’zildi. Qonli yoshlar to’kdi ko’zim, Jigar-bag`rim ezildi.... Mazkur marsiya Rauf Parfining jiyani, maqsadsiz afg’on urushi qurboni Abdullajonning xotirasiga bag`ishlangan. Yigirma besh yoshida yorug` olamni tark etgan Abdullajon navqiron yigit yoshida umri xazon bo’lganidan lirik qahramon qayg`uga botadi. Bunda tabiat va inson ruhiy olamidagi kontrast holatlar orqali shoir shu qayg`uga to’la onlarni aks ettiradi. Ya’ni osmondagi qator qator tizilgan qushlar qaytadi, biroq o’zga yurtga uchib ketgan Abdullajon qaytmaydi. “Yo’llar uzun” deganida ham shoir o’zga yurtga jon olib jon bergan yigitlarni, jumladan, Abdullajonni nazarda tutadi. Zero, “yo’llarning uzunligi”, qayg’uli “kunlarning cho’zilganligi” lirik qahramon kayfiyatidagi mahzunlikni ifoda etadi. Ko’rinadiki, o’zbek mumtoz adabiyotidagi marsiyalar o’zining maxsus badiiy shakliga ega emas. Udar badiiy shaklni boshqa janrlardan, jumladan, g’azal, musammat kabilardan “ijaraga” olib turadi. Masalan, Nodiraning “Firoqnoma” marsiyasi muashshar’ – o’nlik shaklida, Uvaysiyning farzandi vafotiga bag’ishlangan “Sog’indim” radifli marsiyasi g`azal shaklida bitilgan. Qolaversa, mumtoz she’riyatdagi marsiyalar, asosan, aruz vaznida bitilgan. Zamonaviy o’zbek she’riyatidagi marsiya Sharq mumtoz va jahon adabiyoti o’zanlaridan o’sib chiqqan. Marsiya va jahon she’riyatidagi qadimiy va navqiron janr bo’lgan elegiya xususiyatlarining bir biriga uyg’unlashuvi, sinkretlashuvi natijasida zamonaviy adabiyotdagi marsiya shakllanib, takomil topdi. Zamonaviy o’zbek adabiyotidagi marsiyalar a’anaviy barmoq vaznida bitilishi, mahzun ruhi bilan hozirgi she’riyat janrlar tarkibini to’ldirib turadi.
Musallas arabcha uchlik degan ma’noni bildiradi, musammatning dastlabki turi, uch misrali bandlardan tarkib topuvchi she’r shakli; uch misrali band. Musallas she’r shaklida dastlabki band misralari o’zaro qofiyalanadi (a-a-a), keyingi bandlarning dastlabki ikki misrasi o’zaro, uchinchi misrasi esa birinchi band bilan qofiyalanadi. Xuddi shu shakl musallasning janr qonuniyatini belgilab beradi. O’zbek adabiyotida musallas she’r shaklining har bir bandidagi misralari o’zaro (a-a-a, b-b-b, v-v-v...), har bir bandi o’rama (a-b-a, v-g-v, d-e-d...) tarzida mustaqil qofiyalanuvchi, shuningdek, bandlararo kesishgan (a-b-a, b-v-b, v-g-v...) qofiyalanish tartibidagi ko’rinishlari ham uchraydi. A.Husayniy musallasni “ustodlar she’rida kamina nazariga tushmagan” she’r shakllari qatorida sanaydi. Darhaqiqat, bu janrda Atoyi, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi shoirlarimiz she’r yozmaganlar. Musallasning ommalashuvi adabiyotimizning keyingi davrlariga to’g`ri kelib, uning yaxshi namunalari Uvaysiy, Hamza (Nihoniy) kabi shoirlar ijodida uchraydi. Xususan, Hamzani milliy ozodlikka chorlovchi “Dardiga darmon istamas”, “Uxlama, o’zbek eli, asri taraqqiy vaqtida” kabi she’rlari musallas janrida bitilgan. G`arb adabiyotida bunga muvofiq terstina atamasi ishlatiladi. U quyidagicha qofiyalanadi: a-b-b, d-e-e.....yoki a-b-a, d-e-d.... yoki a-a-a, b-b-b. E’tibor berilsa, musallas va terstina qofiyalanish tartibi jihatidan farq qiladi. Biroq bandlardan tashkil topishida mushtaraklik mavjud. Terstinada ham bir band o’zaro qofiyalanadi. Bu kabi qofiyalanish shakli o’zbek adabiyotida masnaviyga xosdir. Har bir badiiy asar hayotning katta yoki kichik umumlashtirilgan manzarasidir. Shu sababli adabiy asarning mazmunida uning g’oyaviy mazmunidan tashqari hayotiy mazmun ham bor. Adabiy asarlarning janr xususiyatlari mazmun bilan yoritiladi. Ya’ni mazmun janrni hosil qilishda etakchilik qiladi. Janr haqida so’z ketganda adabiyotshunoslikda o’nlab asarlarga duch kelamiz: Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi” (T., 1995), I. G`afurovning “She’riyat – izlanish demak”, ( T.,1984), J. Kamolning “Lirik she’riyat” (T., 1986) “Uslublar va janrlar” (T., 1972) kabi asarlarida she’riy janrlar nazariyasi va tarixi tadqiq etilgan. Rus olimi N.Stepanov “Janr o’zgarmaydigan yoki manguga shakllangan emas, u o’sib va o’zgarib, nafaqat mazmunni to’ldirib, balki o’z strukturasini ham o’zgartirib boradi” deydi. Darhaqiqat, uchlik ham alohida janr hisoblanadi. Uchlik she’rning janr tabiatini ochib berish, ularning maydonga kelish manbaasi va omillarini belgilash o’zbek adabiyotshunosligining muhim yo’nalishlaridan xisoblanadi. Uchlik – oxiriga etmagan lirik kompozistiya yoki bandli she’r. O’zbek she’riyatidagi uchliklarning o’zbek xalq og’zaki ijodi va mumtoz adabiyoti namunalari bilan bog`liqligi, uch qatorli asar ham she’r deb atalmasligi, buning uchun o’ziga xos poetik struktura bo’lishi lozim, kam so’z yordamida teran mazmun ifodalash ijodkordan uzoq yillik izlanish va mahorat talab qiladi. XX asrning so’nggi choragidan boshlab, o’zbek she’riyatida shakl va mazmun o’zgarishlari kuchaya boshladi. Shuningdek, uchlik she’r shakli Oybek, Mirmuhsin, A.Muxtor, Shuhrat, G`.G`ulom, R.Parfi, O.Matjon, O.Hojieva, A.Obidjon, F.Afro’z kabi shoirlarning barmoqda yozilgan she’rlarida ham qo’llangan. Keyingi yillar o’zbek she’riyatida ham uch misradan iborat badiiy shakl yuzaga keldi. Xususan, F.Afro’z va A.Obidjonning bu boradagi ijodiy izlanishlari ahamiyatli. “Tasbeh”, “uchchanoq” deb ataluvchi bu poetik shakllarda xokkuning xususiyatlarini kuzatish mumkin. Bu, avvalo, uch misra tugalligida ko’rinadi. Qolaversa, mazmunda ham ko’zga tashlanadi. Farqi shundaki, o’zbek she’riyatida uchliklarda bo’g`inlar misralararo miqdori xokku bilan mutanosib emas. Har xillik nuqtayi nazaridan mos kelishi mumkin. Misol uchun, F.Afro’z uchliklarida misralardagi bo’g`inlar miqdori bir xilda emas. Ayni paytda qofiyalanish erkin she’rdagi kabi ohangdoshlikka asoslanadi. Shaklan ular sochmani eslatadi. Farqi shundaki, sochmadagi poetik fikrlar gap shaklida ifoda etilsa, bunda misra tarzida beriladi. Anvar Obidjon bunday she’rlarini “uchchanoq”, “uchpaxsa” deb ataydi. Ularda yumor ruhi bo’lib, a a b shaklidagi qat’iy qofiyalanish tartibiga ega. Ma’lumki, keyingi yillar she’riyatida uchlik bandlardan tashkil topgan she’rlar ko’plab yaratilmoqda. Bular hali janr darajasiga ko’tarilmagan. Sababi, janrning o’z talablari bo’ladi. Ya’ni uning tuzilishi, qofiyalanishi, mazmuni qat’iylik kasb etadi. Biroq hozirgi she’riyatdagi izlanishlar natijasida yuzaga kelayotgan she’rlarni ko’proq badiiy shakl tarzida baholash mumkin. E.Shukurning ham bu yo’nalishdagi ijodiy izlanishlari yangi poetik shakllarni yaratish yo’lidagi dadil qadamlardir. Farida Afro’z bu boradagi shakl izlanishlarini “tasbeh” deya nomlaydi. Mazkur termin diniy mohiyat kasb etadi. Islomda tasbeh deyilganda “Subhonolloh”, “Alhamdulillah”, “Ollohu akbar” tushuniladi. Qolaversa, uchliklarning mazmunan fardga yaqinligi hayotiy, axloqiy fikrlarga boyligi va tugalligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga musallas janridagi she’rlarning har bir bandi uch misradan tarkib topadi. Dantening “Ilohiy komediyasi” ham shaklan uchlik bandlardan tuzilgan. Ko’rinadiki, zamonaviy o’zbek she’riyatida bu badiiy shaklning paydo bo’lishi tasodifiy emas. Farida Afro’z she’rlari silliq o’qilishi, esda qolishi va ma’nodorligi bilan ajralib turadi. Uning uchliklari zamirida shunday nozik ma’no tovlanishlari bor-ki, bunday ijod namunalari ajnabiy xokkusevarlarni ham befarq qoldirmasligi tayin. Uchliklarni har qaysi ijodkor har xil ataganlar. Anvar Obidjon “uchchanoq”, F. Afro’z “uchlik”, “tasbeh”, Abdulla Sher esa “xokku” deb nomlaganlar. Har bir uchlikda ma’lum ma’no va poetik ta’sirchanlik mujassam: Sendan go’zal gul yo’q dunyoda Senday xushbo’y, sendayin mayin Otamning qabrini yashnatgan yantoq. Farida Afro’z uchliklari she’r ma’noli chiqishi uchun salkam dostondek hajmga ega bo’lishi shart emasligini isbotlab berdi. Har bir uchlikning botiniga kira olgan inson tangrining qudratiga tasanno aytadi. Har bir voqelikda ma’lum bir ishora borligini anglab etadi. Tariq ekdim chumchuqdan qo’rqmay, Qo’rquvlarim tariqday sochdim, To’ying endi nokaslar. Uch misra she’rni har xil talqin qilish mumkin. Shugina uchlikdagi poetik ma’no atrofida uch-to’rt band she’r bitish xam mumkin. Ammo, bunday holatda uchlikdagi o’ta ta’sirchan estetik jilo yo’qoladi. “Farida Afro’z jahon adabiyoti bilan o’zbek adabiyotining aloqalarini qo’ldan kelgancha rivojlantirishga urinayotgan va binobarin, jahon adabiyotining ilg`or tamoyillaridan o’rganishga harakat qilayotgan faol ijodkorlarimizdan biridir” – deb yozadi akademik Baxtiyor Nazarov10. Haqiqatdan, shoiraning uchlik shaklidagi ijodiy izlanishlari yaxshi samaralar berayotganligini yuqoridagi fikr tasdiqlab turadi. Shoira yozadi: Bugun tongda tirik uyg`ondim, Bir kosa suv ichdim... Shukr...11 (4) Inson hayoti haqidagi hayotiy xulosa uchlikda mujassam. Zero, yorug’ dunyoda yashash insonga berilgan eng buyuk ehsondir. Ertalab tongda uyg`onish esa shu hayotning davom etayotganligidan darak berib turadi. Shu bilan birga unda shukronalik hissi barq uradi. Inson har bir o’tgan daqiqasida umr yugurikligini his qilib yashashi kerak. Xalqimizda “Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q” degan go’zal maqol bor. Shu hikmatli so’z mohiyati quyidagi uchlikda o’z ifodasini topgan: Men seni juda ko’p axtardim, Dunyoni gir kezdim, tashna, bemajol, Oldimdan oqqan suv12. Binobarin, dastlabki satrni o’qigan she’rxon nimani dunyoni kezib axtarish mumkin, degan fikrga boradi. Shoira izlayotgan narsa esa inson qadri. Zero, qadr-qimmat “tashna”, “bemajol” axtarishga arzigulik, insonning insonligini eslatib turuvchi bebaho ma’naviy boylikdir. Xalqimizda “O’t balosidan, suv balosidan, tuhmat balosidan asrasin” degan dono fikr bor. Nazarimizda, bular orasida insonning ma’naviy hayotini ostin-ustun qiladigani – tuhmat balosi bo’lsa kerak. F.Afro’zning yana bir uchligi shu haqiqatlardan so’zlaydi. Tuhmat, buncha toshlaring zil, Axir nedan yaralgansan, ayt, Og’irdirsan Yaratganga ham13 . “Tuhmat toshlari” she’riyatimizda ko’p-ko’p ishlatilgan esa-da, bu yerdagi ma’no yanada teranlik kasb etgan. “Tuhmat toshlari” insonni ruhan ezadi. Shu bois shoira ularni zilga qiyos etadi. Shoira shu fikr bilan cheklanmaydi. Tuhmat nafaqat insonga, balki Yaratuvchiga ham og’irlik qiladi. Shoir uchliklarida ramziy-majoziy ma’nolar ifodasi yorqin kuzatiladi: So’zga chiqdi so’zamol to’ti, Bulbub bo’ldi, sayradi, chunon, Ammo ismi hamon To’tixon. Bunda to’ti va bulbul poetik obrazlari ham aslida inson tiynatini ochib berishga qaratilgan. Chunki to’ti biyron, bulbul esa kuychi. Hech qachon to’ti bulbul bo’la olmaydi. Do’stni faqat o’zing topasan, Dushman esa o’zi keladi. Ikkovisiz yashab ham bo’lmas. Yuqoridagi uchlik umuminsoniy mazmunga ega. Zero, do’stni insonning o’zi topadi, dushman esa nogahonda paydo bo’ladi. Biz dushmanimizga qarab o’zimizni taftish qilamiz. Yashab turgan hayotimiz yaxshilik va yomonlik kurashi asosida qurilgan ekan, hamisha yaxshilikning ustun bo’lishi uchun harakat qilamiz. Bu daryoda hurlar ham, Itlar ham cho’milaveradi. Shunday buyuk daryodir bu Ishq 14. Binobarin, ishq talqinida shoirlarning tashbehlari bisyor. Shoira ularni takrorlamaslikka intiladi. Ijodkor Ishqni buyuk daryoga qiyoslaydi. Daryoda esa hurlar ham, itlar ham cho’miladi. Shoira talqinicha, “Ishq oldida shoh va gado teng”dir. Yuqorida tahlil etganimiz uchliklar mazmundorligi, hayotga hamohangligi, hikmatomuz mohiyatga egaligi va ixchamligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu Eshqobil Shukur va Farida Afro’z ijodiy izlanishlari she’riyatimizning jahon adabiyoti bilan bo’ylashishi yo’lidagi ezgu harakatlar ekanligini namoyon etib turadi. Ko’rinadiki, jahon she’riyati badiiy-estetik tajribalaridan ijodiy foydalanish asosida, aniqrog’i, xokku va tanka janrlari ta’sirida keyingi yillar o’zbek she’riyatida uchlik (uchchanoq, tasbeh) badiiy shakllari, sonet janri taraqqiy etdi. Bu shakllar mazmunan va shaklan xokku janri talablariga mos keladi. Bu jihat ularning mazmuniy tugalligidan tashqari, qofiyalanishi, bo’g’in tuzilishida ham namoyon bo’lgan.
Ko’p asrlik o’zbek she’riyati sahifalari nazardan o’tkazilsa, bir qator lirik janrlar tadrijiy taraqqiyot bosqichini bosib o’tganligi ayonlashadi. Jumladan, qasida janri 11 asrdan hozirga qadar bir qator shakl o’zgarishlariga uchradi. Ya’ni qofiyalanish tartibi, vaznida yangilanishlar yuzaga keldi. Biroq mazmunan maqtov, madh ruhini saqlab qoldi, kengaydi va ijtimoiy mavzularni qamrab oldi. Marsiya janri haqida ham shu fikrlarni aytish mumkinki. Marsiya dastlab xalq she’riyatida paydo bo’ldi, mumtoz she’riyatda rivojlandi, zamonaviy adabiyotda badiiy takomil topdi. Garchi bu janr o’zining qat’iy qonuniyatlariga ega bo’lmasa-da (muayyan qofiyalanish tartibi, vazniga ega emasligi), mazmunan katta o’zgarishlarga uchragan emas. Qayg’uli she’r sifatida hozirga qadar o’zbek she’riyatida yashab kelmoqda. Musallas janrining tug`ilishi, asosan, XIX asr oxiri XX asr boshlariga to’g`ri keladi. Uning mumtoz shakli o’zining qat’iy qofiyalanish tartibiga va vazniga ega. Musallas taraqqiyotining zamonaviy bosqichida esa uchlik nomi ostida rivoj topdi. Uchliklar musallas kabi bandlardan tashkil topishi barobarida barmoq vaznida yaratilishi ham an’anaviylashdi. Qolaversa, fard janri kabi uch misra bir asar darajasidagi janr mohiyatini ham kasb etdi. III BOB FRANSUZ VA O’ZBEK ADABIYOTIDAGI SHE’RIY JANRLARNING MUSHTARAK VA FARQLI JIHATLARI 3. 1. Oda va qasida janrlari tipologiyasi. Qasida o’zbek adabiyotining an’anaviy va yashovchan janrlaridan biridir. Janrning tadrijiy taraqqiyoti kuzatilsa, dastlab Yusuf xos Hojib ijodida yuzaga keldi. Sakkokiy ijodida badiiy takomilga erishdi. Alisher Navoiy qasidalarida mazmun yangilanishi yuzaga keldi. Hozirgi o’zbek shoirlari qasidani xalqimizni madh etuvchi, Vatanni ulug’lovchi, ulug` ayyom kunlarini tarannum qiluvchi janrlarga aylantirdilar. Maqsud Shayxzodaning “Toshkentnoma”, Sulton Akbariyning “Mening mahallam”, Erkin Vohidovning “O’zbegim” kabi asarlari yangi zamon qasidachiligining yaxshi namunalaridir. Yangi qasidalarda an’anaviy qasidalarning bir qator “temir qoidalari” buzilib zamonga moslashtirildi, tasvir imkoniyatlari kengaytirildi. Shoir Abdulla Oripovning “Momo oftob” she’r qasidasidan bir parcha: Oftobim, shu munis zaminni zinxor Mexru shafqatingdan etma mosuvo. Do’stlar safida shod tarona aytib, Men xam dildan senga qilurman xitob: Senga topinurman, ey Momo oftob. Shoir Erkin Vohidov o’zining butun ijodi davomida millatning o’zligini anglatish, o’z sha’ni, or-nomusi, erku ozodligi uchun kurashga chorlash yo’lidan bordi. “O’zbegim” qasidasi o’z davrida millatning ma’naviy ehtiyoji tarzida dunyoga kelgan va xalqning ayni paytdagi o’zligini anglash uchun yangilanayotgan xohish-istagini ifodalagan edi. Qasida 60-yillar boshlarida millatning ko’nglida milliy or-nomus, milliy iftixor tuyg`usi darchasini ochib yubordi. Natijada bu she’r odamlarda o’ziga ishonch, qat’iyat, milliy g’urur paydo qildi. Bu haqida filologiya fanlari doktori Abdulhakim Sha’riy Juzjoniy shunday yozgan edi: “Bundan ko’p yillar muqaddam, o’zbek millatining g’ururi, milliy ruhiyati, milliy o’zligini o’ldirish va uning madaniy yodgorliklarini yo’qotishga qaratilgan totalitar tuzum tomonidan olib borilayotgan mustamlakachilik siyosati avj olgan bir paytda Erkin Vohidovning aruz vaznida yozilgan “O’zbegim” nomli qasidasi tarix nidosi singari nafaqat O’zbekiston hududida, balki barcha o’zbeklar yashaydigan o’lkalarda keng ko’lamda yangrab ketadi va ko’p yillar hukm surib kelgan sukutni sindirib, oz vaqt ichida o’zbek xalqining milliy faxriyasiga aylandi”15 . Qasida ming asrlik tarixga ega o’zbek xalqiga madh aytish bilan boshlanadi. Uzoq yillar davomida xalqimiz boshidan kechirgan jabru zulm, bosqinlar birma bir qalamga olinadi. Xalqning ma’rifatli, mard o’g’lonlari, ularning dunyo sivilizastiyasi rivojiga qo’shgan hissasi satrlar qatidan joy oladi va shoirning yuksak mahoratidan ko’ngillar to’riga ko’chadi. Yog’di to’rt yondin asrlar Boshingda tiyri kamon, Umri qurbon, mulki toroj, Yurti vayron, o’zbegim. Davr zulmiga va lekin Bir umr bosh egmading, Sen – Muqanna, sarbador – sen, Erksevar qon, o’zbegim16. Bu satrlar nafaqat xalq qalbidan joy oladi, balki ijod ahliga katta adabiy-estetik ta’sir qiladi. “Tezlikda undan ilhomlanib, uning vaznu qofiyasida yoki unga o’xshatib qasidalar, g`azallar va boshqa janrlarda she’rlar yozila boshladi. Jumladan, afg`onistonlik o’zbek shoirlari undan chuqur ilhomlandilar”17 . Afg’on shoirlaridan Ashraf Azimiy, M.O.Labibnnig “O’zbegim” she’rlarini eslash kifoya. Oradan ozgina vaqt o’tib yaratilgan Erkin Vohidovning “Bu qo’llardir”, “Inson” kabi qasidalari xalqimizning yorishayotgan ruhiyatini ishonchli kurash yo’liga olib chiqdi va poeziyamizda janrning go’zal namunalari sifatida o’rin topdi. Shoirning “Inson” qasidasi falsafiy qasidalarga mansub bo’lib, undagi fikrlar salmog`i juda ulkan, keng qamrovli. Shu jihati bilan janr imkoniyatlarini mislsiz darajada kengaytirib yubordi desak, ortiqcha maqtov bo’lmas. Unda Sharq donishmandlarining inson va uning tabiati haqida asrlar davomida to’plangan eng asosli mulohazalariga keng o’rin berilgan. O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ta’biri bilan aytsak, “Har bayt – bir bong, har bayt – bir armon. Faryodu fig`on”). Qasidadagi quyidagi baytlar insonning er yuzidagi eng buyuk mavjudot ekanligini yana bir bor ta’kidlab turibdi: Shams – dil taftingdadur, Sayyoralar kaftingdadur, Keng jahon zabtingdadur, Bog`bon o’zing, posbon o’zing. ...Mash’ali fikrat – sening, Ham changali vahshat sening, G`ayratu g`aflat sening, Javlon o’zing, uryon o’zing18. Qasidani o’qib amin bo’lasizki, bu shunchaki madhiya emas. “Insonning insonlarga, Odam Ato bilan Momo Havo zurriyotlariga Buyuk ogohlantirishi, da’vati bilan dalolati. Mashhur xalq san’atkori ushbu da’vatni kutilmagan yuksak ohang va avji baland pardalarda ommaviylashtirdi”19. Erkin Vohidovning qasidalari bu janrning mavqeini yangi davr o’zbek she’riyatida mustahkam muhrladi. Ayniqsa falsafiy qasidalarning butun insoniyat, uning o’tmishi va buguniga aloqador muhim fikrlarni ifodalashda cheksiz imkoniyatlarga egaligini e’tirof etdi. Bunda, albatta, bu janrga murojaat qilgan ijodkorning saviyasi, dunyoqarashi, qaysi mavzuda qasida yozishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Erkin Vohidovning bu janrga murojaat qilishi esa zamonasining faylasufi sifatida Vatan, inson va uning taqdiri, baxti haqidagi falsafiy qarashlarini bayon etishda uning yuksak so’z san’atkori ekanidan dalolatdir. E.Vohidovning “Qo’llar” nomli qasidasi ham o’z samimiyati va hayotiy asoslarga egaligi bilan o’quvchilar qalbiga kirib bordi. Qasidada “inson taqdirini o’zi qo’l bilan yaratadi” degan hikmat bor. Shoir bu mazmunni tazod san’atidan mahorat bilan foydalanib ochib bergan. Jahonda toki bunyodsen Ki, nomi odamizodsen, Yurakdek tinmagan aslo Bu qo’llardir, bu qo’llar. Shoir nazdida “zamin bunyodi” ham, “olamga g`azal baxsh etgan” ham, “misqoldan tog` qilguchi” ham qo’llardir. Ammo “zaminning barbodi”, “odamning ajali” ham shu qo’llardadir. Jahon da’vosini etgan, Jahondin lek ochiq ketgan, Iskandar ilki beda’vo Bu qo’llardir, bu qo’llar. Shoir qasidada qo’lni maqsadga eltguvchi vosita sifatida obraz darajasiga ko’taradi. Maqsadning qandayligini esa insonning o’zi tanlaydi. Zamonaviy o’zbek she’riyatida qasida janri takomili va rivojida Oydin Hojievaning alohida o’rni bor. Uning “Istiqlol qasidasi”, “Buxoro taronasi”, “Buyuk karvon”, “Ozod so’z yolqinlari”, “Tavallud taronasi” kabi qator qasidalari o’zbek adabiyoti xazinasini bezab turibdi. “Istiqlol qasidasi” nomidan anglashilib turganidek istiqlol madhiga bag`ishlangan. Bu madh shunchaki maqtov va olqish bo’lmay, necha asrlar osha istalgan, kutilgan, kurashilgan shonli istiqlolni kuylash hamdir. Qasidadagi mana bu so’zlarga bir quloq tuting: Karvon elim – xazinasi talangan, Sulton elim, dafinasi talangan, Qasr bo’lding shiftiga o’t qalangan, Taqdir bo’ldi qismati hammol senga, Boshi toshlik so’ray, Istiqlol senga! 20. Misralar mazmunidan qasida mavzusi vatan erki ekanligini anglash qiyin emas. Asar bir-biri bilan mazmunan bog`langan 7 qismdan iborat. Qismlarning hajmi ham turlicha, masalan: 1-qism 5misrali 12 banddan iborat. Har bir band oxirida “Boshi toshlik so’ray, Istiqlol senga!” misralari takrorlanib kelgan. 2- qism esa 1-bandi 5 misrali, qolganlari esa 4 misrali 6 banddan tashkil topgan bo’lsa, 3-qism 4 misrali 14 band she’rdan iborat. Oydin Hojievaning Buxoroning 2500 yilligiga bag`ishlangan “Buxoro taronasi” qasidasi esa mumtoz adabiyotdagi an’anaviy ikkilik shaklida yozilgan. Qasida hajman uncha katta emas, 83 baytdan iborat. Asarda Buxoroning mashhur kishilari, muqaddas qadamjo va obidalari, dongdor shaharlari, muhim tarixiy voqea va afsonalari faxr ila qalamga olinadi. O’lkaning shonli tarixiga badiiy nazar tashlanadi. Iymon bilan yodlagaymiz Buxoroni, “Qubbat ul-islom” kabi ko’ngil oroni. Bu tarix qatlarinda o’chmagan ruhim, Ul ikki yarim ming yoshlik baxt anduhim. Etmish ming avliyoning xoki poki ul, Bahovuddin balogardon panohi ul21. Shoiraning ijtimoiy-falsafiy mazmundagi “Ozod so’z yolqinlari” qasidasi O’zbekiston mustaqilligining 10 yilligiga bag`ishlab yozilgan. Asar 4 misrali 46 banddan iborat. Bandlarning qofiyalanishi qat’iy tartibga amal qilmaydi: a-a-a-a, a-a-a-b, a-b-a-b yoki a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Oydin Hojievaning “Tavallud taronasi” qasidasida esa tuzilish yana ham boshqacha unda muallif 13ta o’zaro mustaqil bandlarni bir-biriga bog`laydi. Bandlar hajmi turlicha, masalan: birinchi band 16 misra bo’lsa, ikkinchisi 9 misrani tashkil etadi. Bu qasidada muallif o’zi tug`ilgan zaminu zamon, o’zini o’rab turgan butun borliqni madh etadi, xalq hayotidan olingan turli obrazlarni lirik sathga olib kiradi. Qasida va G`arb adabiyotidagi odaning asosiy farqi ham XX asr o’zbek she’riyatida aynan mana shu qofiyalanish tarzi va band tuzilishiga ko’ra belgilanadi. Chunki odalardagi qofiyalanish va band tuzilishi qat’iy, ya’ni a-b-a-b-v-v-g-d-d-g shaklida qofiyalangan va 11 misradan iborat bo’lgan. Navoiygacha, Navoiy davri va undan keyin yaratilgan mumtoz qasidalarda esa qofiyalanish a-a, b-a, v-a, g-a tarzida bo’lgan va aruzda yozilgan. Lekin hajm jihatidan cheklanmagan. Yuqoridagi tahlillardan ayon bo’ladiki, oda va qasidaning bir nechta mushtarak va farqli jihatlari bor. Umumiy jihatlari shundaki, har ikkala janr biror kishi sha’niga yoki muhim voqea-hodisalarga bag`ishlangan tantanali she’r. Tafovutlar quyidagilarda ayon ko’rinadi: 1) odalar tuzilishiga ko’ra qasidadan farq qiladi. Odalar o’n bir misrali bandlardan tuziladi. Sharq mumtoz poeziyasida esa qasida ikki misra bir baytdan iborat bo’lgan bo’lsa zamonaviy she’riyat vakillari nafaqat bu an’analarni davom ettirdi, balki shaklni o’zgartirdilar ham; 2) bu ikki janrning qofiyalanish tarzi ham turlicha. G`arb va Sharq mumtoz she’riyatida qofiyalanish bir qadar qat’iy bo’lsa ham, 20 - asrga kelib bu jihat o’zini to’la saqlab qololmadi. Yuqoridagi misollar fikrimizni asoslaydi. 3) vazn jihatidan farqlar mavjud. Garchi janr tabiatidagi tantanavorlik, maqtov kabi xususiyatlari bilan oda Sharq poeziyasidagi qasidaga yaqin tursa ham, tuzilishi, qofiyalanishi, vazni va boshqa jihatlariga ko’ra ular butunlay boshqa-boshqa janrlardir. Download 418 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling