Mundarija kirish I bob fransuz adabiyotidagi she’riy janrlarga xos xususiyatlar
Download 418 Kb.
|
М.ЖУРАЕВА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransuz adabiyotida Aleksadr Sume (1788-1845)
- Alexandre Soumet
- 1. 3. Fransuz she’riyatida rondo va triolet janri .
- Mort, j’appelle de ta rigueur
- : AVAA- AVVAAV. «Le triolet double» – «Juftlashgan uchlik» deyiladi. B
- I Bob yuzasidan xulosa
- II BOB O’ZBEK SHE’RIYATIDAGI JANRLARNING O’ZIGA XOS BELGILARI 2.1. Qasida va uning taraqqiyoti .
ELEGIYA – (gr. elegos – shikoyat so‘zidan) she’riy janrlardan biri. Meloddan oldingi VII asrda paydo bo‘lgan bo‘lib, she’rning mazmunidan qat’iy nazar elegik bayt usulida yozilgan she’rlar shu termin bilan yuritilgan. Elegiyaning vatani Kichik Osiyodagi Fregiya viloyati bo‘lgan. Janrning nomi shu yerning xalqi tilidagi “elegn” – (“qamish”) so‘zidan olingan bo‘lib, bu toifa asarlar ushbu o‘simlikdan yasalgan musiqa asbobi – fleyta (nay) jo‘rligida ijro etiladi. Dastlab elegiyaning mavzu doirasi juda ham keng bo‘lgan. Unda vatanparvarlik, insonparvarlik, fuqarolik, qahramonlik kabi mavzular ifodalangan. Keyinchalik elegiyaning mavzu doirasi torayib, faqat shaxsiy kechinmalar bilan chegaralanib qoldi. Yangi davr Yevropa adabiyotida elegiya o‘zining an’anaviy shaklini yo‘qotsa ham, biroq mavzusi jihatidan bir daraja qat’iylashdi. Elegiyada falsafiy o‘ylar, og‘ir iztirob va qayg‘u bayon qilinadigan bo‘ldi. Hozirgi zamon adabiyotshunoslik ilmida hazin tuyg‘ularni ifoda etuvchi she’riy asarlar shu nom bilan yuritiladi. Elegiyani bu ma’noda tushunish qadimgi yunonlar uchun tamomila begona. Elegik asarlarda ular aksincha ruhiy tetiklik kayfiyatlarini, botirlik g‘oyalarini, jangovor hislarni talqin etganlar. Biroq elegiyaning xususiyatlarini belgilaydigan asosiy o‘lchov uning mazmuni emas, balki vaznidir. Shu qoidaga ko‘ra «Elegik bayt» deb ataluvchi maxsus vaznda yozilgan har qanday she’riy asarni mazmunidan qat’iy nazar, shu janrga kiritganlar. Elegik baytning birinchi misrasi gekzametr. Ikkichi misrasi – pentametr nomi bilan yuritiladigan besh turoqli vazndan tarkib topgandir. Pentametrning gekzametrdan farqi shuki, uchinchi va oltinchi turoqlaridagi qisqa hijolar tushirib qoldirilgan. Shu sababli misrani ikki teng qismga ajratadigan uchinchi turoqning uzun hijosidan so‘ng pauza qilmoq lozim. Elegiya tabiat xaqida o’ylash yoki xayot va o’lim xaqidagi chuqur shaxsiy tajribalar, talab qilinmaydigan sevgi xaqida falsafiy fikrlarga bag`ishlangan meditastiyani (tafakkur) anglatadigan yoki hissiy tarkibli she’rdir. Unda qayg`u, ko’z yoshlar, mahzunlik kayfiyatlari aks etadi. Ushbu she’r shakli yunon adabiyotida VI asr atrofida paydo bulgan. Miloddan avval bu janr nayning xamroxligida kuylanadigan she’r ko’rinishida bo’lgan. Shunga ko’ra elegiya “elegiac distich” deb nomlangan. Fransuz adabiyotida Aleksadr Sume (1788-1845) bir qator elegiyalar yaratgan. U Kastelnodariyada tavallud topgan, 20 yoshida shoir siftaida tanildi. Uning «Le fanatisme », «L’incrédulité » kabi poemalari katta shuhrat keltirdi. « Clytemnestre», « Saul» (1822), «Cléopâtre » (1824), «Une fête de Neron» (1830) kabi tragediya va elegiyalari opera va teatr saxnalarida namoyish etildi. Alexandre Soumetning eng yaxshi asari uning kichkina «La pauvre fille » elegiyasidir(1814). Zamondoshlari esa shunchaki qoyil qolishgan va bu asar shaklining go’zalligi va insoniy xislatlari tufayli o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Demak, sonet va elegiya janrlari jahon she’riyatida taraqqiyot bosqichlarini o’tkazdi. Fransuz she’riyatida ham bu janrlar rivoj topdi. O’zbek she’riyatida elegiya marsiya sifatida takomil topdi va uning ildizi xalq og`zaki ijodiga borib tutashadi. Sonet esa o’zbek adabiyoti uchun navqiron janr bo’lib, o’tgan asrning 30 yillarida Usmon Nosir ijodiy izlanishlarida yuzaga keldi. Hozirgi o’zbek she’riyatida bu janrning eng go’zal namunalari Rauf Parfi ijodini bezab turibdi. 1. 3. Fransuz she’riyatida rondo va triolet janri. Ma’lumki, har bir milliy she’riyatning o’zida yuzaga kelgan she’riy janrlar mavjud. Jumladan, g`azal arab adabiyotida, ruboiy fors tojik adabiyotida, tuyuq esa turkiy she’riyatda paydo bo’lgan janrlardir. Shu nuqtai nazardan rondo va triolet fransuz adabiyotida yuzaga kelganligini alohida ta’kidlash kerak. Rondo – (fransuzcha rondeau “rond”– dumaloq, doiraviy) qofiyalarning murakkab almashinuvi va takrorlanuvchi qofiyalanmagan naqorati bo’lgan she’r shakli. Rondo – ikki ritmdan iborat 15 satrdan tashkil topgan qisqa she’r. Birinchi qatordagi bir necha so’z yoki iboralar she’rda ikki marta takrorlanadi. Avvalo, bu janr musiqada, ya’ni fransuz musiqasida qo’llangan. Rondo musiqiy janr bo’lib, unda asosiy mavzuni bir-birini farqli epizodlar bilan almashtirish mumkin. Bu eng ko’p uchraydigan shakldir. Aytish mumkinki, rondo o’rta asr va Uygonish davri fransuz she’riyatining bir janri. Ayni choqda musiqaga mos qo’shiq shaklidir. Ballade va virelai bilan birgalikda u uchta tuzatish tuzilmasidan biri hisoblanadi va Fransiyada XIII asrning oxiri XV asr o’rtalarida musiqaga o’rnatilgan she’r turi bo’lgan. Rondo raqs qo’shiqlaridan kelib chiqqan, deyiladi. XV asrning oxirida rondoning yangi turi ixtiro qilindi. Uni yana “rondeau commun” ya’ni “umumiy rondo”, “rondeau classique” ya’ni “klassik rondo” yoki “rondeau à rentrement” ya’ni “qaytuvchi rondo” deb aytish mumkin. She’riyat asrlar davomida sayqallanib, rivojlanib bordi. Muntazam qofiyaga ega she’r yozishdan qochib, zamonaviy – qofiyasiz, misrasiz she’r yozishga o’tildi. “Rondeau double” ikkiyoqlama rondo” yoki “rondel” deb ham ataluvchi bu she’r Charles d’Orléans ijodida ko’rinadi. Bu turdagi rondo 3 banddan iborat. 2 band qofiyali va to’liq bir band naqorat ustiga qurilgan. “Rondeau à quatrains” – “to’rtlik rondo” deb ataluvchi usul 13 qatordan iborat bo’lib, 2 ta to’rtlik va 1 ta quintil-beshlikdan iborat. Birinchi to’rtlik qofiyalarni qamrab olgan, ikkinchi to’rtlik qofiyalarda kesishadi, xuddi oxirgi 2 qator takrorlanganga o’xshaydi .Charles d’Orléans ning “Au retour de dure prison”, “Mort, j’appelle de ta rigueur”, “Le temps a laissé son manteau” kabi asarlari bunga misol bo’la oladi.
Mort, j’appelle de ta rigueur, Qui m’as ma maîtresse ravie Et, n’es pas encore assouvie Si tu ne me tient en langueur : Onc puis n’eus force ni vigueur ; Mais que te nuisait-elle en vie, Mort, j’appelle de ta rigueur, Qui m’as ma maîtresse ravie. Deux étions et n’avions qu’un coeur ; S’il est mort, force est que dévie, Voire, ou que je vive sans vie Comme les images, par coeur, Mort, j’appelle de ta rigueur. Janrning 20 qatorli she’rlardan iborat ko’rinishi Clément Marot va Alfred Musset ijodlarida uchraydi: Dedant Paris, ville jolie, Un jour, passant mélancolie, Je prie alliance nouvelle A la plus gaie damoiselle Qui soit d’ici en Italie. D’honnêteté elle est saisie, Et crois, selon ma fantaisie Qu’il n’en est guère de plus belle Dedans Paris Je ne vous la nommerai mie, Sinon que c’est ma grand amie ; Car l’alliance se fit telle Par un doux baiser que j’eus d’elle, Dedans Paris. O’zbek she’riyatida rondo janridagi she’rlar taniqli shoir Rauf Parfi ijodida kuzatiladi. U jahon adabiyoti, xususan, fransuz she’riyatida qo’llangan rondo (rondel) janrida samarali ijod qildi. Shoir bu janrdagi she’rlariga sarlavha o`rniga janrning nomini yozib qo`ygan. Rondel yoki rondo – (frans. rond – yumaloq) qadimgi fransuz she’riy shakllaridan biri. Unda she’r o`n uch misradan iborat bo’ladi va kesma qofiyaga asoslanadi. Rondelning band tuzilishi ham o`ziga xosdir: birinchi va ikkinchi bandlar to`rt misradan, uchinchi band besh misradan iborat bo`ladi. Bundan tashqari, rondelda ayrim misralar o`z holicha yoki biroz o`zgarishlar bilan takrorlanib keladi. O`zbek she’riyatida rondelning go`zal na’munasini Rauf Parfi yaratgan. Rondelning band tuzilishi, ayrim misralarning takror kelishi shoirga o`z his-tuyg`ularini ta`sirchan ifodalashi uchun yordam beradi. Rauf Parfining “Turkiston ruhi” to`plamiga quyidagi “Rondel” deb nomlangan she’r kiritilgan.
She’r sof ishqiy lirika namunasi bo`lib, hijron azobida sevgisidan ayrilgan oshiqning tuyg`ularini ifoda etadi. She’rda “kapalak” obrazi muhabbat ramzi siffatida talqin qilinadi. Ko’pincha o`zbek adabiyotida “kapalak” shu ma’noda qo`llangan. Kapalakning bir kun ichida yashab umr ko`rishini hisobga olgan holda yuqoridagi she’rda qisqa bo`lgan muhabbat tasvirini anglaymiz. Shoir she’rga aynan shunda poetik mazmun yuklagan bu obrazni o`n uch qatorda to’rt marotaba qo`llaydi. Qisqa umr davomida kapalak ilojsiz. U o`z umrini uzaytira olmaydi. Lirik qahramon ham muhabbatini saqlab qololmagan va “biz asir bo`lmadik lahzaga” deb aytayapti. Shoir bu yerda mutanosib so`zlardan foydalanib bir-biriga yaqin bo’lgan obrazlar kombinatsiyasini hosil qilgan. “Bog`” ishq maydoni , “gul” esa abadiy yetim qolgan muhabbatdir. Beyurak xayrlashish esa muhabbatga quloq solmay ayrilish. Aslida ikki yor ham bir-birini haligacha yaxshi ko’radi. Keyingi satrlarda ham buning isbotini ko’ramiz. Shabnamning sof qadahi sindi, Kulimizni sovurdi falak – Sen mendan ayrilding, men sendan. O`yin tushar rangin kapalak. Suv, tomchi, bulut, shudring-shabnam, yomg`ir, qor, do`l, favvora, quduq, buloq, soy, daryo, ariq, dengiz kabilar suv atributlari sanaladi. Ko’rinadiki, suv evrilishlarga, joyiga ko’ra har xillik kasb etadi. Xuddi shu tafovutlar ularning obrazga aylanishida asos vazifasini o`taydi. “Shabnamning sof qadahi” ning ko’ngilga to`lgan sof muhabbat ramzidir. Qadah, jom, kosa mumtoz adabiyotdan ma’lumki, ishqqa to`lgan yurak ramzi sifatida talqin qilinadi. “Shabnamning sof qadahi” sinishi ko’ngildagi ishqning to`kilib ketishidir. “O`yin tushar rangin kapalak” misralaridagi kapalakka “rangin” sifatlashining berilishi bejiz emas. Oshiq-mashuqalarning ishqi rangin bo’lgan. Quyidagi bandda “bir lahzaning qadahi qoldi” misralari orqali muhabbatdan ko’ngilda uning yuqlari – xotiralari qolganligini anglatmoqda. She’rdagi takrorlar “kapalak” ni bosh obraz darajasiga ko`targan. Asli she’rning yozilishiga sabab ham umri qisqa bo’lgan muhabbatdir. “Xayrlashdik. Beso`z. Beyurak” misralari she’r oxirida yana takror kelmoqda. Demak. Qadah ishqdan bo’shab sinib bo’lgan ekan yurakdan ham nishon qolmadi. Endi vidolashishlar “beyurak” bo’ladi. O`ynar, o`ynar rangin kapalak. Bir lahzaning qadahi qoldi. Xayrlashdik. Beso`z. Beyurak, Buyuk sevgi armoni qoldi… Qanday go`zal, rangin kapalak… “Buyuk sevgi armoni” ifodasi she’r tuguniga yechim topib berganday. Hammasi tugadi. Ammo “qanday go`zal rangin kapalak” misralaridagi ta’riflar oshiqning o`tkinchi muhabbatidan hamon sarmast ekanligini, u uchun sevgisi yiroqlashgan bo’lsa-da baribir go`zalligini isbot qilib turibdi. “Bir lahzaning qadahi” ham oshiq ichmagan, ichishdan voz kechib, yo`qotib qo`yishdan qo`rqayotgan so`nggi bir lahzalik ishq xotiralaridir. Ko’rinib turibdiki, Rauf Parfi oshiq ahvolini o`ta kuchli hissiyot dialektikasi orqali ochib bergan. She’r shakli va takrorlar esa bularni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Rondo Bu xafa kecha kechar, Quvgay uni oftob Bu kecha pardek uchar Qo`ynida majhul sarob. Bu xafa kecha kechar, Kechar ko’ngildan alam. Ul o`zi zahar ichar – Alamsiz qolgay olam. Bu xafa kecha kechar, Kechar g`aflat uyqudan… Uyqu bilmagan kecha, Porlar yana tuyg`udan. Bu chovuq kecha kechar. [21] Shoirning rondolarida, asosan, hijron motivi yetakchilik qiladi. Yuqoridagi “Qaytish” to`plamiga kiritilgan rondoda ham buning guvohi bo’lamiz. Shoir bu rondoda alleteratsiyalardan unumli foydalangan. Ushbu she’r Rauf Parfining “Ko’zlar” to`plamiga ham kirgan. Unda “bu” so`zlari “bul” tarzida qo`llangan. Rondo 1961-yilda yozilgan. Muhabbatsiz kecha qo’ynida noma’lum sarobni olib parday uchadi. Oshiqning xayollari ham shu tahlidda. Muhabbatsiz kechada oshiq xafa. Ishqning ayrilig`i unga zaharday go`yo. Kecha – oshiq muhabbatdan kechgan-u endi uyqusiz to`lg`onadi. Bu kecha uning ko’ziga uyqu kelmaydi. Uyqu bilmagan kecha esa oshiq xayoliga o’tgan tuyg’ularini qayta yodga soladi. Rondolarda shoir azobli oshiq holatini aks ettirgan. Triolet – uchlik bo’lib, dastlab fransuz adabiyotida XIII asrda paydo bo’lgan. U satira va xushchaqchaqlik, ezgulikni ifodalaydigan janrlarga mos keladi. Fransuz shoiri va bastakori (1300 yilda Fransiyaning Reyms shahrida tug`ilgan) Guillaume de Machaut she’riyatida lay, rondo, ballada kabi janrlar qatorida triolet ham o’ziga xos o’rin tutadi. Mazkur janr XIV asrda she’riy san’at yoki ritorikaning yangi ko’rinishi sanalgan. Bu janr namunalari Estash Demansh, Kristian de Pizan, Sharl de Orlean, Fransua Villon, siyosiy notiq Alen Sharte ham va shoir Jan Fruassar ijodida ham kuzatiladi. Triolet (uchlik) – uning takrorlanishi sababli rondoning bir turi deb atashadi. Triolet faqat ikki qofiya ustida 8 bo’g`in, 8 misradan tarkib topgan. Birinchi ikki qofiya oxirida talaffuz qilinadigan yoki qilinmaydigan “e” xarfi bilan tugaydigan qofiya hisoblanadi va mukammal, tugal ma’noni ifodalaydi. Birinchi qator uchinchi qatordan keyin takrorlanadi, bu bilan u qofiyalanadi va yuqorida aytilganlar bilan tabiiy ma’no xosil qiladi. Pastdagi qofiyali ikki misra boshqa misralar bilan boglanmaydi. Nihoyat, 1-2- misra qaytib keladi va peissani yakunlash uchun naqoratdek xor bo’lib kuylanadi. Fransuz she’riyatida Formesning triolet – uchliklari mashhur. Triolet tizimida triolet simple (oddiy uchlik) ko’rinishi ham bo’lib, faqat bitta kvadrat banddan tashkil topgan (8 misra va 8 bo’g`indan). Uchinchisidan keyin birinchisining takrorlanish xususiyati va oltinchisidan keyin 1-2- misraning qaytalashi – bu oddiy uchlikka xos jihatlardan biri. Oddiy uchlikning formulasi quyidagicha jaranglaydi: ABAA – ABAB. Le triolet «doublé en la fin» – «qo’shaloq yakun» uchligi 10 qatordan iborat bo’lib, 8 yoki 10 bo’g`inli 1 banddan tashkil topadi. Ikki qator she’r qo’shilib ettinchi va sakkizinchi qatorni xosil qiladi. «Qo’shaloq yakun» ko’rinishidagi uchliklar quyidagicha ko’rinishga ega: AVAA- AVVAAV.
Pour construire un bon triolet, Il faut observer ces trois choses, Savoir : que l’air en soit follet, Pour construire un bon triolet ; Qu’il rentre bien dans le rôlet Et qu’il tombe au vrai lieu des pauses Pour construire un bon triolet, Il faut observer ces trois choses ! Yuqoridagi triolet Marie Antoine Girard de Saint Amantning «Nobles Triolets» turkumidan olingan. Théodore de Benville ning«A Philis» (Les Cariatides, 1842) poemasi xam uchlik janrida yozilgan: Si j'étais le Zéphyr ailé, J'irais mourir sur votre bouche. Ces voiles, j'en aurais la clé Si j'étais le Zéphyr ailé. Près des seins pour qui je brûlai Je me glisserais dans la couche. Si j'étais le Zéphyr ailé, J'irais mourir sur votre bouche. Ko’rinadiki, triolet fransuz she’riyatida yuzaga kelib, keyin boshqa xalqlar adabiyotida rivoj topgan lirik janrdir. Bu janr mohiyatan o’zbek she’riyatidagi musallasga mos keladi. Sababi, triolet uchlik bandlardan tashkil topadi. Shu jihatdan franquz va o’zbek she’riyatidagi triolet-musallas tipologik tizimi yuzaga kelgan, deyish mumkin. Bu ikki janrnig asosiy farqi, she’riy vaznida kuzatiladi. Chunki o’zbek adabiyotidagi musallas aruzda yoziladi. Triolet esa dunyo she’riyatidagi sillabik va sillabo-tonik vaznlarida yozilishi qayd etilgan.
Jahon she’riyati sahifalari nazardan o’tkazilsa, bir qator lirik janrlarda asarlar yaratilganini kuzatish mumkin. Sonet, oda, triolet, elegiya, xokku, rondo singari janrlardagi asarlar mulohazalarimizni tasdiqlab turadi. Bular orasida rondo, triolet kabi janrlar fransuz adabiyotida shakllangan. Bu janrlar lug`aviy ma’nosi fransuz tilidan olingan, o’zining badiiy shakli, qat’iy qonuniyatlari, qofiyalanish tartibi va vazn xususiyatlariga ega edi. Sonet, oda, elegiya singari janrlarda asarlar yozish esa fransuz she’riyatiga dunyo adabiyoti ta’sirida yuzaga kelgan. O’zbek adabiyotida jahon adabiyoti badiiy estetik tajribalari, shoirlarimizning ijodiy izlanishlari natijasida sonet yuzaga kelgan bo’lsa, elegiya tizimida marsiya, oda mazmunida qasida, trioletga mos musallas va uchliklar yangilanishlarni ifoda etdi. II BOB O’ZBEK SHE’RIYATIDAGI JANRLARNING O’ZIGA XOS BELGILARI 2.1. Qasida va uning taraqqiyoti. Janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun juda muhim hisoblanadi. Mumtoz adabiyotda gazal, ruboiy, doston, noma kabi janrlar; zamonaviy adabiyotda hikoya, roman, drama, she’r kabi janrlar xususiyatlari o’rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq ogzaki adabiyotidagi maqol, qo’shiq, ertak, doston kabi janrlarning o’ziga xos tomonlari talqin etiladi. Jahon adabiyotida esa uchta tur mavjudligi, ya’ni epos, lirika, drama qayd etilgan. Janr deganda, ana shu uchta turdagi asarlar tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlarni tushunamiz. Badiiy adabiyotda qasida – lirik tur janrlaridan biridir. Qasida – arabcha “maqsad”, “niyat” ma’nolarini bildirib, muhim tarixiy voqealar va mashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yozilgan katta hajmli she’r turi hisoblanadi. Qasidalar hajman 12 baytdan bir necha 100 baytgacha bo’lishi mumkin. Qasida g`azal singari a-a, b-a, v-a, g-a tarzida qofiyalanadi. Qasida muhim tarixiy voqealar va mashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yozilgan asardir. Shu bilan birga klassik adabiyotda tabiat manzaralarini ifodalashda, do’stlik, ishq-muhabbat, cholg`u asboblari, fasllar va boshqalarga bag’ishlab ham qasidalar yozilgan. Qasida janrining ilk ko’rinishi marsiya shaklida bo’lgan. Odam Ato tomonidan o’g’li Hobilning vafoti munosabati bilan aytilgan so’zlar mazmunan “qasidai marsiya” ko’rinishida aytilgan. Qasida janrining shakllanishida arab va fors-tojik adabiyotining o’rni katta bo’ldi. IX-X asrlarda yashagan Rudakiy, Amir Muizziy, Abul Hasan Balxiy, Robiya, Abu Mansur, Muhammad ibn Ahmad Daqiqiy, Amir Xisraf Dexlaviy, Unsuriy, Anvariy, Farruxiy, Ismoil as-Saolibiy, Ka’ba ibni Zuhayr, Xoja Salmon va boshqa shoirlar tomonidan yaratilgan qasidalar arab va fors-tojik adabiyotidagi eng go’zal namunalaridan hisoblanadi. XII asrga kelib, turkiy xalqlar orasida ham qasidaning ilk ko’rinishlari yaratila boshlandi. Turkiy adabiyotda qasida janri haqida ilk ma’lumotni Mahmud Qoshg`ariy o’zining “Devonu lug`otit turk” asarida yozib qoldirgan. U qasida janrini “Qo’shug`” deb nomlaydi. Turkiy adabiyotning yirik vakili Yusuf Xos Hojib ham o’zining “Qutadg`u bilig`” asarida qasida janriga alohida to’xtalgan. Yusuf Xos Hojibning mazkur qasidasi turkiy xalqlarning yozma adabiyotida qasida an’anasini boshlab bergani bilan qadrli bo’lganligini ta’kidlash joiz. Ular turkiy qasidaning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatuvchi ilk namuna sifatida beqiyos ahamiyatga molik. XIV-XV asrning birinchi yarmi o’zbek mumtoz qasidachilik tarixida alohida bosqich bo’lgan. Bu davrga kelib, qasidaning turli xil ko’rinishlarida ijod qilgan Sayfi Saroyi, Gadoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy kabi shoirlarning ijodi qasida janrining taraqqiyotida muhim rol o’ynadi. Bu davrda yaratilgan qasidalarning aksariyati “Qasidai madhiya” ko’rinishida bo’lgan. Qasidani maxsus janr sifatida o’zbek mumtoz adabiyotida ilk bor o’z devoniga kiritgan shoir Mavlono Sakkokiydir. Qasida tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: Qasidai tom (to’liq qasida). Qasidai mujarra (chala qasida). Qasida ko’proq shoirlarning ijtimoiy falsafiy qarashlarini bayon etuvchi janr sifatida yashadi. Bunday qarashlar o’z xarakteriga ko’ra 2 katta qismga ajraladi: maqtovlardan holi falsafiy mazmundagi qasidalar; bezakli qasida. Falsafiy qasidalar arab adabiyotida paydo bo’lib, keyinchalik boshqa xalqlar adabiyotida xam yuzaga keldi. Masalan: Nosir Xisrav, Xoqoniy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy – falsafiy qasidalarning ajoyib namunalarini yaratganlar. Bezakli qasida esa Salmon Sajaviy, Sakkokiylar ijodida uchraydi. Alisher Navoiyning mazkur turkumga kirgan qasidasi “Hiloliya” bo’lib, uchinchi devon – “Badoe’ ul vasat” dan o’rin olgan. Qasida tuzilishiga ko’ra to’liq, mavzusiga ko’ra esa madh qasida xisoblanadi. Hajman 91 baytdan iborat. Qasida zamona hukmdori Xusayn Boyqaroning Xuroson taxtiga o’tirishi munosabati bilan yozilgan. Unda Husayn Boyqaro madhiga bag`ishlangan shunday misralar bor: Shohlar shohi demay, ul shohlarning shohikim, Har biri yuz shohlar shohicha tutqay muknatin. Ya’ni, uni shohlar shohi demayman, chunki u har biri yuz shohning shohi bo’lgan shohlarning shohidir. Ko’rinadiki, Navoiy Husayn Boyqaroni shu darajada yuksaklikda madh etadi. Shuningdek, Navoiyning “Tuhfatul-afkor” (“Fikrlar sovg`asi”) nomli falsafiy qasidasi ham juda mashhur. Badiiy adabiyotda qasida – lirik tur janrlaridan biridir. Qasida – arabcha “maqsad”, “niyat” ma’nolarini bildirib, muxim tarixiy voqealar va mashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yozilgan katta hajmli she’r turi hisoblanadi. Qasidalar hajman 12 baytdan bir necha 100 baytgacha bo’lishi mumkin. Qasida g`azal singari a-a, b-a, v-a, g-a tarzida qofiyalanadi. Qasida muhim tarixiy voqealar va mashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yozilgan asardir. Shu bilan birga klassik adabiyotda tabiat manzaralarini ifodalashda, do’stlik, ishq-muhabbat, cholg’u asboblari, fasllar va boshqalarga bag`ishlab xam qasidalar yozilgan. Qasida janrining ilk ko’rinishi marsiya shaklida bo’lgan. Odam Ato tomonidan o’g’li Hobilning vafoti munosabati bilan aytilgan so’zlar mazmunan “qasidai marsiya” ko’rinishida aytilgan. Qasida janrining shakllanishida arab va fors-tojik adabiyotining o’rni katta bo’ldi. IX-X asrlarda yashagan Rudakiy, Amir Muizziy, Abul Hasan Balxiy, Robiya, Abu Mansur, Muhammad ibn Ahmad Daqiqiy, Amir Xisraf Dehlaviy, Unsuriy, Anvariy, Farruxiy, Ismoil as-Saolibiy, Ka’ba ibni Zuhayr, Xoja Salmon va boshqa shoirlar tomonidan yaratilgan qasidalar arab va fors-tojik adabiyotidagi eng go’zal namunalaridan hisoblanadi.
Qasida tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: Qasidai tom (to’liq qasida). Qasidai mujarra (chala qasida). Qasida ko’proq shoirlarning ijtimoiy falsafiy qarashlarini bayon etuvchi janr sifatida yashadi. Bunday qarashlar o’z xarakteriga ko’ra 2 katta qismga ajraladi: maqtovlardan holi falsafiy mazmundagi qasidalar; bezakli qasida. Falsafiy qasidalar arab adabiyotida paydo bo’lib, keyinchalik boshqa xalqlar adabiyotida xam yuzaga keldi. Masalan: Nosir Xisrav, Xoqoniy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy – falsafiy qasidalarning ajoyib namunalarini yaratganlar. Bezakli qasida esa Salmon Sajaviy, Sakkokiylar ijodida uchraydi. Alisher Navoiyning mazkur turkumga kirgan qasidasi “Hiloliya” bo’lib, uchinchi devon – “Badoe’ ul-vasat” dan o’rin olgan. Qasida tuzilishiga ko’ra to’liq, mavzusiga ko’ra esa madh qasida xisoblanadi. Hajman 91 baytdan iborat. Qasida zamona hukmdori Xusayn Boyqaroning Xuroson taxtiga o’tirishi munosabati bilan yozilgan. Unda Husayn Boyqaro madhiga bag`ishlangan shunday misralar bor: Shohlar shohi demay, ul shohlarning shohikim, Har biri yuz shohlar shohicha tutqay muknatin. Ya’ni, uni shohlar shohi demayman, chunki u har biri yuz shohning shohi bo’lgan shohlarning shohidir. Ko’rinadiki, Navoiy Husayn Boyqaroni shu darajada yuksaklikda madh etadi. Shuningdek, Navoiyning “Tuxfatul afkor” (Fikrlar sovg`asi) nomli falsafiy qasidasi ham juda mashhur. Zamonaviy o’zbek adabiyotida qasida janridagi izlanishlar davom etdi. Bu janrning mumtoz adabiyotdagi an’anaviylik xususiyati mashhur tarixiy shaxslar, mashhur voqealar madh etilishi va aruz vaznida yozilishi bilan bog`liq. Zamonaviy adabiyotda esa qasidaning badiiy vazifalari kengaydi.
Download 418 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling