Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


 GO’SHT QIYMASINI VA UNDAN YARIM TAYYOR


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

 
1.5. GO’SHT QIYMASINI VA UNDAN YARIM TAYYOR 
MAHSULOTLARNI TAYYORLASH 
Go‘sht qiymasini tayyorlash uchun bo‘yin, peshnob, qovurg‘a go‘shtlari hamda 
go‘sht bo‘laklarini tozalash, yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashda chiqadigan 
mayda go‘sht bo‘lakchalari ishlatiladi. Agar go‘sht qiymalagich II kategoriyali 
go‘shtdan tayyorlansa, uning yumshoqlik darajasi va ta’mini yaxshilash uchun 
dumba yog‘i qo‘shiladi. Paylardan tozalangan go‘sht bo‘laklarga bo‘linadi, dumba 
yog‘i bilan birga go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. Go‘sht qiymalovchi uskuna 
ikkita pichoqdan tashkil topgan bir marta, agar bittadan tashkil topgan bo‘lsa, ikki 
marta o‘tkazilishi kerak. O’tkazilgan qiymaga bir oz suv yoki tuz, murch qo‘shib 
aralashtiriladi, urib pishitiladi. Yog‘liq go‘shtga dumba aralashtirilmaydi uning 
hisobidan go‘sht miqdori oshiriladi. Bir kilogramm sof go‘sht qiymasini tayyorlash 


22 
uchun 800 gramm go‘sht, 120 gramm dumba yog‘i, 70 gramm suv yoki sut 
ishlatiladi.[17] 
Sof qiyma massasidan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi. 
Qiymali bifshteks. Dumba yog‘i mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘ralib, 
tayyorlangan mol go‘shti qiymasiga aralashtiriladi va ma’lum porsiyaga bo‘linib, 
qalinligi 2 santimetrdan qilib doyra shakli beriladi. Porsiyasiga 1 donadan 
ishlatiladi. 
Qiymali file. Mol go‘shti qiymasini porsiyaga bo‘linib silindr shakli beriladi. 
Porsiyasiga 1 donadan ishlatiladi. 
Qiymali langet. Mol go‘shti qiymasini porsiyalarga bo‘linib qalinligi 1—1,5 
santimetrdan qilib oval shakli beriladi. Porsiyasiga 2 donadan ishlatiladi. 
Sof qiyma kotleti. Qo‘y go‘shtidan qiyma-tayyorlanib, porsiyalarga
bo‘linadi, oval shakl beriladi, bir uchiga go‘shtidan tozalangan qo‘y 
qovurg‘a suyagi uchi tiqilib, lezonga botiriladi va urvoqqa belanadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling