Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


GO’SHT YARIM TAYYOR MAHSULOTLARINI TAYYORLASH


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

 
1.3GO’SHT YARIM TAYYOR MAHSULOTLARINI TAYYORLASH 
Gо‘shtdan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanish usuliga qarab 
sof, urvoqqa belangan va qiymalangan turlarga bо‘linadi. Yarim tayyor 
mahsulotlarni tayyorlash jarayonida kesish, tо‘qmoqchada urish, paychoqlarini bir 
oz kesish, urvoqqa belash, ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash
marinadlash kabi ishlov berish jarayonlaridan о‘tkaziladi.[17] 
Kesish — gо‘sht tо‘qimasi holatiga qarab tо‘g‘ri burchak yoki 40—45° burchak 
ostida kesiladi. Bunda porsiyalangan bо‘laklar yaxshi kо‘rinishga ega bо‘ladi va 
deformatsiyalanishi kam bо‘ladi. 
Tо‘qmoqchada urish. Bо‘laklarga bо‘lingan gо‘sht oldindan suvga bо‘ktirib 
qо‘yilgan tо‘qmoqcha bilan uriladi. Bunda gо‘shtdagi birlashtiruvchi tо‘qima 
g‘ovakligi oshadi, gо‘sht yuzasi tekislanadi, usti dazmollanganday tekislashib, 
bо‘lakka tegishlicha shakl beriladi. Unda bir xil issiqlik ta’s'ir etish imkoniyati 
yaratiladi. , 
Urvoqqa belash. Gо‘shtdagi sharbatning oqishini va namlikning bug‘lanishini 
kamaytirish maqsadida uni urvoqqa belanadi. Urvoqqa belangan mahsulot issiq 
ishlovda chiroyli va mahsulot mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi. Gо‘shtni 
urvoqqa belashdan avval lyezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim tayyor 
mahsulotga yaxshi yopishadi. 
Shpiglash. Gо‘shtning ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash shpiglash 
deyiladi. Shpiglash natijasida gо‘shtning sharbatdorligi, ta’mi va xushbо‘yligi 
oshadi. 


17 
Marinadlash
Gо‘shtlar porsiyalangan yoki mayda kesilgan holda 
marinadlanadi. Natijada gо‘shtning birlashtiruvchi tо‘qimalari yumshaydi, uning 
ta’mi va xushbо‘yligi oshadi. 
Yarim tayyor mahsulot tayyorlashga tozalangan gо‘sht bо‘lagi ishlatiladi. Yarim 
tayyor mahsulotlar yirik bо‘lak, porsiyaga bо‘lingan bо‘lak, mayda kesilgan bо‘-
laklarga ajratiladi. 
Yarim tayyor mahsulot tayyorlashda pushtimag‘iz uch qismga— yо‘g‘on (bosh), 
о‘rta va ingichka (dum) qismlariga bо‘linadi. Har bir pushtimag‘izning har bir 
qismidan о‘ziga xos yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling