Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

Pishirilgan vetchina (cho‘chqa son go‘shti). Cho‘chqaning butun son go‘shti 
bir tekis pishishi uchun bog‘lab osib quyib pishiriladi. Cho‘chqa son go‘shti 
qozonga ko’ndalang qo’yilgan tayoqqa boldir suyagi suvdan bir necha santimetr 
chiqib turadigan qilib bog‘lanadi. Cho‘chqa son go‘shti pishgandan keyin terisi va 
suyagidan ajratib, porsiyalarga kesiladi (bir porsiyaga 2-3 bo‘lak). Cho‘chqa son 
go‘shti, kartoshka pyure, yashil no‘xat, qizil sardak yoki madera 'vinosi qo’yilgan 
sardak bilan beriladi. 
Dudlangan cho‘chqa go‘shti xam xuddi shunday pishiriladi va dimlama karam 
qo‘shib beriladi.
Sosiska va sardelka. Sosiska va sardelkani qaynoq suvga solib qaynatiladi: 
sosiska 3- 5 minut, sardelka 7- 10 minut qaynatiladi. Sosiska va sardelkani qattiq 
qaynatish mumkin emas, chunki uning qobig’i yorilib suv shimilib ketadi. Sosiska 
va sardelka pishgandan keyin quritiladi. So’ngra dimlama karam, qizil sardak
kartoshka pyure va yog‘ qo‘shib beriladi. Sosiskalarga gorchitsali piyoz sardagi 
qo‘shib berish ham mumkin. 
Porsiyali qilib berish uchun butun sosiska va sardelkalarning butunlari 
saralanadi. Qolganlari esa solyanka tayyorlashga ishlatiladi. Dozalangan sosiskalar 
ishlatishga qulay. 


27 
Kollageni yetarlicha nozik bo‘lgan go‘sht bo‘laklarinigina qovurish mumkin. 
Dag‘al go‘sht qismlari qovurilganda kollagenning glyutinga aylanishi 
qiyinlashadi. Bu vaqtda esa go‘shtdagi jaqiiy oqsillar koagullanib, suv chiqarishga 
ulguradi, biriktiruvchi to‘qimalarning tolalari yanada qattiqlashadi, kollagenning 
parchalanishi to‘xtaydi va maxsulot quriy boshlaydi, kuyadi, lekin yumshamaydi. 
Shuning uchun tananing bunday qismlarini qovurish yaramaydi. Muskullaridagi 
kollagen yug’on qatlam xolida bo’lgan masalliqlarni urib yumshatish kerak. 
Bunda yarim tayyor masalliq yumshaydi va kollagenning glyutinga aylanishi 
osonlashadi. 
Qo‘y, cho‘chqa va mol go‘shtida kollagen mol go‘shtiga qaraganda uncha 
barqaror bo‘lmaydi, shuning uchun cho‘chqa, buzog’ va qo’y tanasining (ayniqsa 
yoshining) hamma qismlarini qovurish uchun ishlatish mumkin. 
Go‘sht yirik porsiyali va ancha mayda bo‘laklarga ajratib qovuriladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling