Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

 
 
1.Bob. Go’sht va go’sht mahsulotlariga ishlov berish
1.1 Go’shtlarga mexanik pazandalik ishlov berish 
 
Gо‘sht oqsilga juda boy. Uning tarkibida 14,5—23% oqsil, 2—37% yog‘, 0,5—
1,3% mineral mahsulotlar (fosfor, kalsiy, natriy va temir tuzlari), A, D, RR va V 
guruhidagi darmondorilar bor.[17] 
Gо‘sht tо‘qimalari muskul, birlashtiruvchi suyak va yog‘lardan iborat. 
Muskul alohida ipsimon usti yarim tiniq qobiq bilan qoplangan (sarkolemma) 
tо‘qimalardan tashkil topgan. Muskul tо‘qimasi miozin oqsillaridan tashkil topadi. 
Hayvonlar muskul tо‘qimasi oqsillari sifatli bо‘lib, tarkibidagi aminokislotalar о‘z 
xususiyatiga kо‘ra kishi organizmidagi muskul oqsillarinikiga о‘xshash bо‘ladi. 
Shu sababli ular tez hazm bо‘ladi.. Ichki, harakati kam, suyakka yopishgan
umurtqa suyagi atrofidagi ipsimon muskul tо‘qimasi tolalari ingichka va mayin 
bо‘lib, yuqori ozuqali ahamiyatga ega. Bo’yin, qorin, muskul tо‘qimalariniki esa 
qattiq bо‘lganligi sababli dag‘al kо‘rinishga ega bо‘ladi. 
Birlashtiruvchi tо‘qima tо‘liq bо‘lmagan sifati past kollagen va elastik 
oqsillaridan tashkil topgan. Gо‘sht tо‘qimasi tarkibida kollagen va elastin qancha 
kо‘p bо‘lsa, muskul tо‘qimasi qattiq bо‘ladi. Bu xususiyat gо‘sht sifatini 
belgilaydi. 
Yog‘ tо‘qimasi gо‘sht tо‘qimasi kataklariga tо‘ldirilgan yog‘ donachalaridan 
tashkil topib, usti birlashtiruvchi tо‘qima bilan qoplangan,bо‘ladi. Yog‘ gо‘sht 
mazasini yaxshilash bilan birga ularning ozuqali qiymatini oshiradi. 
Suyak tо‘qimasi asosini ossein moddasi tashkil etgan, tarkibi jihatdan kollagenga 
yaqin bо‘lgan maxsus tо‘qimalardan tarkib topgan. Tos suyagi va iliq suyak 
chetlari g‘ovak bо‘lib, uni shakarli deb ataladi. Uning tarkibida qaynatmaga 
xushbо‘y hid, uyushqoqlik beruvchi modda bor. 
Xom ashyo bilan ishlovchi umumiy ovqatlanish korxonalariga gо‘shtlar 
sovitilgan yoki muzlatilgan holda keltiriladi. Mol gо‘shti ikki yoki tо‘rtga 
bо‘lingan holda: qо‘y
;
echki, buzoq— butun holda; chо‘chqa gо‘shti butun yoki 



ikkiga bо‘lingan holda keltiriladi. Kо‘p umumiy ovqatlanish korxonalari yirik 
bо‘lakli yoki porsiyalangan, mayda bо‘lakli, qiymalangan yarim tayyor 
mahsulotlarini oladi. 
Tо‘shtlarni qabul qilishda semizlik darajasi va veterinar-sanitariya kо‘rigidan 
о‘tganligi tekshiriladi, sо‘ng organoleptik yо‘l bilan gо‘shtning sifatliligi 
aniqlanadi. Semizlik darajasi bо‘yicha mol, qо‘y, echki I va II kategoriyali; 
buzoq—I kategoriyali bо‘ladi. Chо‘chqa gо‘shti — gо‘shtli, yog‘li, yog‘i о‘rta 
holda bо‘ladi. 
Gо‘sht yaxshi sifatli bо‘lsa u sovitilganda usti, rangi oq pushti rangdan 
qizg‘ishgacha bо‘lgan quruq qobiq bilan qoplanadi. Elastik bо‘lgan bu tо‘qimada 
qо‘l bilan bosganda hosil bо‘lgan chuqurcha tez о‘z holiga keluvchan bо‘ladi. 
Muzlatilgan gо‘sht yuzi va kesilgan qismi pushti qizg‘ish, bir oz kul rangda 
bо‘ladi. Bu rang gо‘shtdagi muz kristallarining toblanishidir. Gо‘sht qattiq urganda 
taqillagan ovoz beruvchi bо‘ladi. Muzlatilgan gо‘shtning hidi bо‘lmaydi, u 
muzdan tushirilsa, xom gо‘sht va zax hidi paydo bо‘ladi. Muzlatilgan gо‘sht 
sifatini aniqlash uchun qizib turgan pichoqni gо‘shtli qismiga tiqish usuli va kesib 
olib pishirish orqali tekshirish mumkin. Korxonaga kelgan gо‘sht mexanik 
pazandalik ishlovidan о‘tkaziladi. 
Gо‘shtga gо‘sht tayyorlash sexlarida ishlov beriladi. Bu sexlar gо‘sht 
saqlanadigan sovitgichlarga — xolodilniklarga yaqin joylashgan bо‘lishi kerak. 
Sex osma yо‘llar, suyak kesuvchi, gо‘sht qiymalovchi, qiyma aralashtiruvchi, 
kotlet va chuchvara - avtomata, sovitgich shkaflar va shunga о‘xshash moslamalar 
bilan jihozlanadi. Nomexanik jihozlardan: ish stollari, vannalar, javonlar, gо‘sht 
chopuvchi tо‘nkalar va boshqa anjomlar bilan ta’minlanadi. Bu asbob-anjomlar 
gо‘shtlarga pazandalik ishlovi berish ketma-ketligiga asoslanib joylashtiriladi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling