Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


 MOL GO’SHTINI NIMTALASH VA SUYAKLARIDAN AJRATISH


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

1.2. MOL GO’SHTINI NIMTALASH VA SUYAKLARIDAN AJRATISH 
Uzunasiga ikkiga bо‘lingan mol gо‘shtini nimtalash uni bо‘laklarga bо‘lish, 
suyaklardan ajratish, pay va paychoqlaridan tozalash kabi ketma-ket bajariladigan 
jarayonlardan iborat. Gо‘shtni nimtalash va suyakdan ajratishdan maqsad, 


12 
pazandalikda u yoki bu taom uchun ishlatishga mо‘ljallangan gо‘shtni olishdan 
iborat. 
Gо‘shtlar isib ketmasligi uchun harorati 10 S dan yuqori bо‘lmagan xonalarda 
nimtalanadi va suyakdan ajratiladi. Agar korxonaga mol gо‘shti о‘zunasiga ikkiga 
bо‘lingan nimta holida kelsa, old va son bо‘laklarga ajratiladi. Ajratish chizig‘i 
molning oxirgi qovurg‘a suyagi bilan 13 va 14 umurtqa suyagi oralig‘iga tо‘g‘ri 
keladi. Bunda old qismiga hamma qovurg‘a suyaklari о‘tib, son qismida peshnob 
gо‘shti, bel. umurtqa suyaklari gо‘shti bilan ajraladi (2-rasm).[17] 
Old qismini bо‘laklash natijasida qо‘l, bо‘yin, yelka umurtqa bо‘laklar kesib 
ajratiladi. Qо‘l bо‘lagini ajratish uchun gо‘shtni ich qismi bilan stol ustiga qо‘-
yiladi, chap qо‘l bilan gо‘shtni boldir suyagidan bir oz kо‘tarib о‘z chegarasi 
bо‘ylab tо‘sh, qovurg‘a usti gо‘shti kesiladi. Sо‘ngra bо‘yin umurtqasi bilan 
umurtqa suyagi birlashgan yeridan suyagi chopilib bо‘yin bо‘lagi gо‘shti bilan 
kesib ajratiladi. Yelka umurtqa suyagini bо‘laklash uchun: umurtqa suyagi ustidagi 
gо‘shti va qovurg‘a suyagi ustidagi gо‘shti chegarasi bо‘ylab kesilib qovurg‘a 
suyagi kо‘ndalangiga chopiladi va katta taliq qismi ajratiladi. Tо‘sh kemirchak 
suyagi bilan qovurg‘a. suyaklari birlashgan izi bо‘yicha suyagi kesilib qovurg‘a va 
tо‘sh bо‘laklarga ajratiladi. 
Suyaklarni ajratish —bu gо‘shtni suyaklardan shilib olishdir. Bu jarayon diqqat 
bilan bajariladi. Suyaklarda gо‘sht qolmasligi, ajratib olingan gо‘sht bо‘laklarida 
chuqur kesilgan joylar bо‘lmasligi kerak. Pichoq gо‘shtga 10 millimetrdan ortiq 
botirilmasligi kerak. 
Gо‘shtlarni pay-paychoqlaridan tozalashda lahm gо‘sht ustidagi paylar
kemirchak suyaklar, osilib turuvchi gо‘sht bо‘laklari, gо‘sht ustidagi pardalari 
qattiq bо‘lsa shilib tashlanadi, ortiqcha yog‘lari ajratiladi. Agar chetlarida notekis 
burdalari bо‘lsa kesiladi. Tо‘qimalar orasidagi birlashtiruvchi yupsa pardalar va 
ustki 
pardalari 
tozalanmaydi. 
Gо‘sht shaklini о‘zgartirmasligi uchun 
(deformatsiyalanmasligi uchun) uning pardalari tozalanadi. Tozalangan gо‘shtdan 
porsiyalarga taqsimlangan yarim tayyor mahsulatlarni tayyorlash osonlashadi. 


13 
Qо‘lni suyaklardan ajratish uchun stol ustiga tashqi tomoni bilan qо‘yilib, kurak 
suyagi ustidagi gо‘shti tozalanib, yelka suyagi va kurak suyagini birlashtiruvchi 
payi kesilib kurak suyagi ajratiladi. Sо‘ng‘ yelka suyagi ustidagi gо‘shti uzunasiga 
kesilib yeuyagidan to- 
1-rasm. Mol gо‘shtini bо‘laklarga bо‘lish chizmasi 
a—suyak nomlari: 1—kurak; .2—yelka suyagi; 3— tirsak suyagi; 4— toz suyagi; 
5— tо‘sh suyagi;, 6— umurtsa suyagi; 7— umurtqaning turtib chiqqan suyagi; 8— 
qovurga suyaklari; 9— to’sh suyagi; 10— boldir suyagi; 11—yettita bо‘yin 
umurtqa suyagi; 12—о‘n uchta umurtqa suyagi; 13—qovurg‘a; 14—oltita bel
umurtqa suyagi; 15—dumg‘aza. 
b — bо‘laklar nomi: 1— «о‘l bо‘lagi (a — yelka, b — yelka oldi siyem-lari); 
II—bо‘yin qismi; III— yelka sismi (salin talik.): IV— qo-vurga qismi; V— tsh 
kismi; VI- pushti mag‘iz; VII— soy qismi (a — sonning ichki bо‘lagi; b — 


14 
sonning yon bо‘lagi; v — sonniig tashqi bо‘lagi; g — sonning yuqori bо‘lagi); 
VIII—bel sismi (yupka talik, sismi); IX—peshnob kurak osti bо‘lagi to- 
zalanadi, bilak suyagi bilan birlashgan yeridan paylari kesib, yelka suyagi ajratib 
olinadi. Ajratilgan gо‘sht ikkiga —yelka gо‘shti va yelka orti gо‘shtiga ajratiladi. 
Bо‘yinni suyakdan ajratish uchun bо‘yin umurtqa suyagi izi bо‘yicha ingichka 
pichoq yordamida kesib gо‘shtidan ajratiladi. Qalin talik, bо‘lagini suyaklardan 
ajratish uchun umurtqa suyagi turtib chiqqan yeridan taqab umurtqa suyagi 
tomoniga qarab chuqur kesiladi, sо‘ng qovurg‘a suyagi usti bо‘ylab shu usulda 
suyaklari ajratilib qalin taliq gо‘shti ajratiladi. Qovurga bо‘lag gini suyaklardan 
ajratish uchun stol ustiga. tashqi qismi bilan qо‘yilib har bir qovurg‘a suyagi izi 
bо‘yicha suyakka taqalgan holda kesib qovurg‘a suyagi shilib olinib lahm qovurg‘a 
gо‘shti hosil qilinadi. Tо‘sh bо‘lagini suyaklardan ajratish uchun stol ustiga qо‘yib 
ich tomonidan tо‘sh kemirchak suyagi sо‘ng tо‘sh suyagi о‘z ichi bо‘yicha kesib 
ajratib olinadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling