Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Yirik bо‘lakli yarim tayyor mahsulotlar


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

Yirik bо‘lakli yarim tayyor mahsulotlar. R o s tb i f —- paylardan tozalangan 
pushtimag‘izning lahm joyidan tayyorlanadi. Bu yarim tayyor mahsulot yо‘g‘on 
yoki ingichka taliqdan tayyorlanadigan bо‘lsa, bir necha yeridan paylari va 
pardalari yuzaki kesilishi kerak. 
Pishiriladigan gо‘sht— sonning son, tashqi, yon qismidan, qо‘l, qо‘l osti, tо‘sh, 
qovurg‘a qismlaridan 1,5—2,5 kg dan tayyorlanadi. 
Porsiyalangan yarim tayyor mahsulotlar. Bifshteks— pushti mag‘izning bosh 
qismidan tо‘g‘ri burchak ostida, porsiyasiga bir bо‘lakdan qalinligi 2—3 sm 
shayba shaklida qilib kesiladi. Bir oz tо‘qmoqchada uriladi. 
Bir oz yumshatilgan bifshteks sonning yuqori yoki ichki qismidan kesilib ikki 
yoqlama yuzaki paychoqlari chopiladi yoki yumshatuvchi mashinadan
о‘tkaziladi. 
File pushtimag‘izning о‘rta qismidan, porsiyasig‘a bir bо‘lakdan, qalinligi 4—5 
sm. qilib, tо‘g‘ri burchak ostida kesilib, silindr shakli beriladi. 
Langet. Pushtimag‘izning ingichka qismidan 40—45° burchak ostida, qalinligi 
1,0—1,5 sm qilib oval shaklida kesiladi. Tо‘qmoqchada bir oz uriladi. Porsiyasiga 
2 bо‘lakdan ishlatiladi. 
Antrekot. Yо‘g‘on yoki ingichka taliq qismidan 1,5—2 sm qalinlikda kesilib, 
tо‘qmoqchada bir oz uriladi, paylari va pardalari' kesilib, uzunroq oval shaklida 
tayyorlanadi. 


18 
Tо‘qmoqlab tayyorlangan zrazi. Sonning yon va tashqi qismidan 1,0—1,5 sm 
qalinlikda kesilib tо‘qmoqchada uriladi, bir chetdan qiyma qо‘yib о‘ralib, mayda 
kolbasa shakli berilib, arqon yoki ip yordamida bog‘lanadi. Qiyma sifatida tо‘la 
pishirib, tozalanib mayda chopilgan tuxum yoki pishirib chopilgan qо‘ziqorin, 
qovurilgan piyoz, urvoq, kо‘kat, tuz, murch aralashmasi ishlatiladi.
Duxovkada pishirishga mо‘ljallangan mol gо‘shti. Sonning yon va tashqi 
qismidan 1,5—2,0 sm qalinlikda kesilgan, tо‘qmoqchada bir oz urilib, 1—2 dona 
hisobida tayyorlanadi.
Romshteks. Sonning ichki yoki yuqori qismidan, qalin yoki yupqa taliq 
qismidan 1,5—2 sm qalinlikda doyra shaklida kesilib tо‘qmoqchada bir oz uriladi, 
paylari kesiladi tuz va murch sepiladi, lyezonga botirilib,qizil urvoqqa belanadi va 
shakl beriladi. . 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling