Mundarija: Kirish I. Bob. Halqa bilan bajariladigan mashqlar
Buyumlar bilan bajariladigan mashqlarda gimnastikachining
Download 217 Kb.
|
Halqada bajariladigan mashqlar o\'rgatish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uloqtirish harakatlari
Buyumlar bilan bajariladigan mashqlarda gimnastikachining
Harakati. Buyum bilan harakatlanishni ko'rib chiqishda gimnastikachi bilan buyumning o'zaro ta'siri, ya'ni «ginastikachi qiz - buyum» tizimi to'g'risida gapirirish kerak bo'ladi. Buyumlar bilan oddiy harakatlar. Gimnastikachining snaryad bilan doimiy aloqada bajariladigan va sportchining erkin harakatlariga bog'liq bo'lgan oyoqni yuqoriga ko'tarib silkitish, doira va aylanish buyum bilan bajariladigan elementar (oddiy) harakatlarning eng ko'p tipik ko'rinishlari hisoblanadi. Yuqorida aytilgan harakatlami to'g'ri bajarilishi uchun buyumni to'g'ri ushlash muhim ahamiyatga ega. Buyumning turli shakli va tuzilishi ushlashning xususiyatini aniqlaydi. Ko'pchilik buyumlar uchun qattiq va erkin ushlash xarakterli. Qattiq ushlash rurli xildagi silkitish va doiralarda qo'llanadi. Erkin ushlash esa buyumni aylantirishda qo'llaniladi. Ushlashning ushbu ikki turi ham texnik jihatdan o'zaro bog'liq -biri ikkinchisining ketidan qo'llaniladi yoki bitta mashqda birgalikda qo'llanadi. Bitta mashqda birgalikda qo'llashda ikkita asosiy ushlash-lardan hosil qilinadigan ushlashning aralash shakli to'g'risida gapirish mumkin. Uloqtirish harakatlari Buyumni uloqtirish turli sport turlarida qo'llanadigan ballistik harakatlar turlariga kiradi. Har qanday uloqtirish harakatlarini sof biomexanik tuzilishi umumiy holda quyidagiga olib kelinadi. Uloq-tirishni bajarishda harakatlarning ikki asosiy fazalari mavjudligi to'g'risida gapirish mumkin. tezlashish fazasi. Uni bajarish jarayonida (turli mashqlarda biroz farq qilgan holda) kinetik energiya oyoqlarni silkitish yoki depsinish harakatlari hisobiga oshiriladi. buyumni olib otish fazasi. Buyum oladigan impuls unga erkin harakatlanish imkonini beradi. Bunday erkin harakatlanish jarayonida u oldindan belgilangan traektoriya bo'yicha aylanma harakat bilan (yoki usiz) siljiydi. Uloqtirish harakatlarining intensivligi gimnastikachi qizning xususiy harakatlari faolligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Fizika nuqtai nazaridan buyumning uchib chiqish boshlang'ich tezligi silkitish harakati, dastlabki aylanish yoki depsinish jarayonida olingan impulsga bog'liq. Fizikada kuch impulsi deganda kuchlar yig'indisi (F) nazarda tutiladi va u jismga faol o'zaro ta'sirning ma'lum vaqti (t) davomida ta'sir ko'rsatadi: F-1Buyumni tezlashish fazasi energiya hosil qiluvchi rol o'ynashini ta'kidlash zarur. Uloqtirish fazasining qiymati juda > katta, chunki gimnastikachi qiz harakatining aynan ushbu fazasida buyumning uchish traektoriyasi va aylanma harakat xarak-teristikasi yakuniy shakllanadi. Siltash harakatlarida bu fazalar yetarlicha aniq ajralib turadi. Uloqtirishni bajarayotgan gimnastikachi qiz bir vaqtni o'zida boshlang'ich impuls beradi va harakatning yo'nalishi va xarakterini aniqlaydi. Download 217 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling