Mundarija: kirish I bob ingliz va o‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari


Download 215.43 Kb.
bet11/22
Sana21.11.2023
Hajmi215.43 Kb.
#1790908
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Ingliz tili va O`zbek tili sehrli ertaklar tipologiyasi Ochilova

1.Maʼlumot berish.
a) qahramon va uning ahvoli haqida xabar berish. Bu vazifa odamlarning ko‘zgu ruhlari haqidagi tasavvurlariga borib taqaladi. “Gullar siri” ertagida bosh qahramon ko‘zgu yordamida yaqinlarining ahvolidan xabar topadi va ularga yordam berish uchun yo‘lga otlanadi.
b) qahramonga uzoqdagi sevgilisi haqida maʼlumot berish. Bu funksiyani “Malikai Gulizor” ertagida ko‘rish mumkin.
v) dunyo voqealari haqida maʼlumot berish. Ushbu funksiyaga ega oyna aksariyat hollarda oynai jahon deb nomlanadi.
2. Qahramon hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqatni taqdim etish. Sehrli oynaning bu xususiyati “Kenja qiz” ertagida namoyon bo‘ladi.
3. Uzoqdagi narsani yaqinroqqa ko‘chirib olib kelish. “Sultonxon” ertagida qahramon qo‘rg‘onini oyna yordamida boshqa joyga ko‘chiradi.
4. Yolg‘onchining sirini fosh etish. “Kuno‘g‘il va Oypari” ertagida oyna rost gapirganni ko‘rsatib, yolg‘onchini ko‘rsatmaydi va shu bilan yolg‘onchi fosh bo‘ladi. “Djek va oltin tamakidon” (Jack and his golden snuff box) ingliz xalq ertagida oltin tamakidon g‘aroyib obrazi ishtirok etadi.Bosh qahramonga otasi tomonidan taqdim etilgan va faqatgina boshiga kulfat tushganda foydalanish taʼkidlangan bu buyum ochilganda ichidan 3 ta kichkina odamcha chiqadi va egasining 3 ta tilagini amalga oshiradi. Sehrli tamakidon Djekka qiyinchiliklarni yengib o‘tishga va murod-maqsadiga yetishiga yordam beradi. O‘zbek xalq ertaklarida uchramaydigan bu tilsim predmet asosan G‘arb xalqlari madaniyatiga xos bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu bobda faqatgina ingliz hamda o‘zbek xalq afsona va sehrli ertaklarida uchraydigan baʼzi sehrli tig‘li predmetlar talqinidagi o‘xshashliklar va farqli jihatlarga eʼtibor qaratildi, xolos. Holbuki, bunday mushtaraklik va farqlilikni boshqa sehrli predmetlar obrazlantirilishi misolida ham kuzatish mumkin. Ingliz folklorida sehrli xususiyatlarga ega qurollar obrazi alohida eʼtiborni tortadi. Ulardan eng mashhuri bu – sehrli qilich. To‘g‘ri, u qilichdan foydalangan har bir xalqning folklorida uchraydi. Shunday bo‘lsa-da, qiyoslanayotgan xalqlar folklorida sehrli qilich obrazining qadimgi animistik, magik va fetishistik qarashlar asosida bir emas, bir necha badiiy vazifalarda talqin etilgani ko‘zga tashlanadiki, shunisi bilan ular boshqalardan farq qilib turadi.
Aytaylik, ingliz folklorida shoh Artur haqida yaratilgan afsona va ertaklarning syujetida jang manzaralari keng o‘rin tutganligi bois ularda o‘sha davr uchun asosiy jang qurollaridan hisoblangan qilich obrazi markaziy o‘rin egallaydi.
Arturni epik timsol darajasida tasvirlash uchun, uning xususiyatlarini bo‘rttirish maqsadida unga tegishli qilich – jang quroli sehrli sifatida aks ettiriladi. Arturning qilichi toshga suqilgan bo‘lib, uni faqat Arturgina toshdan sug‘urib ola biladi. Bu bilan jang quroli ruhan o‘z egasining ruhi bilan bog‘liq bo‘lishi to‘g‘risidagi qadimiy animistik qarashlarga ishora seziladi. Bunday qarash izlari o‘zbek xalqining “Qilichbotir”, “Qilichqora” singari sehrli- fantastik ertaklari, “Alpomish” dostoni syujetida ham mujassamdir.
O‘zbek qahramonlik eposining eng qadimiy va mukammal namunasi bo‘lmish “Alpomish” dostonida bosh qahramon Hakimbek bobosi Alpinbiydan qolgan o‘n to‘rt botmonli yoy yordamida Alpomish nomini oladi. Bu yoyni faqat Alpomishgina ko‘tara olardi. Arturning o‘ziga tegishli qilichni toshdan sug‘urib olishi yoki Alpomishning bobosidan qolgan va har kim ko‘tara olmaydigan o‘n to‘rt botmonli parli yoyni yerdan dast ko‘tarishi, shuningdek, Gomerning “Odisseya” dostonida ham Odisseyning hech kim qo‘liga olish uchun kuchi yetmagan yoyni ko‘tarishi kabi epik syujetlar zaminida qadimgi insonlarning jang qurolllarining haqiqiy egasi bo‘lishi, ularning ruhi bir-biriga bog‘liq bo‘lishi haqidagi qarashlar o‘z aksini topgan. Arturning qilichi tasvirlangan ayrim afsona variantlarida bu qilichning sinishi va Artur “Lady of the Lake ”dan yangi Ekskalibur (Excalibur) qilichini olishi aytiladi. Baʼzan yana Ekskalibur – bu o‘sha toshdagi qilich deb ham taʼkidlanadi. Qilich va uning qini o‘z egasini hamisha jismoniy zarardan himoya qilgani tasvirlanadi.
Artur afsonalarining baʼzi variantlariga qaraganda, Arturga tegishli beshta sehrli qurol bo‘lgani va taʼkidlanadi. Bular:

  1. Excalibur – Qirol Arturning sehrli jang qilichi;

  2. Clarent – Qirol Arturning tinchlik qilichi (u “the Coward's Blade” deb ham nomlanadi. Bu qilichni keyinchalik Mordred o‘g‘irlaydi va shu bilan Arturni o‘ldiradi);

  3. Carnwennan – Qirol Arturning xanjari;

  4. Rhongomiant – Qirol Arturning nayzasi;

  5. Caliburn – Artur toshdan tortib olgan qilich.

Ingliz folklorining yana bir nodir durdonalaridan biri bo‘lgan “Beowulf” eposida ham sehrli qilich obrazi uchraydi. Bu qilich “Hrunting ” deb nomlanadi. Bu qilich yordamida Beovulf Grendelning onasi bilan kurashadi va uni qilich yordamida yengadi.
Ingliz xalq ertaklaridan bo‘lmish “Molly Whuppie” ertagida ham sehrli qilich obrazi uchraydi va u devga tegishli bo‘lib, devning bor kuch-qudrati shu qilichda mujassamlashgan bo‘ladi. Dev qilichdan ayrilsa, kuch-qudrat ham uni tark qiladi. Bu motiv bevosita o‘zbek xalqining “Qilichqora” va “Qilichbotir” ertaklarida qahramonning joni uning qilichi bilan bog‘liqligi motiviga o‘xshashligi bilan eʼtiborni tortadi.
The king said: “Well, Molly you are a clever girl, and you have managed well, but if you would manage better and go back and steal the giant`s sword that hangs on the back of his bed , I would give your eldest sister my eldest son to marry”. Agar Molli qilichni devdan tortib olsa qirol uning opasini o‘z o‘g‘liga nikohlab berishni vaʼda qiladi. Molly Whuppie devdan qilichni tortib olishga muyassar bo‘ladi.
Yana bir ingliz xalq ertagi bo‘lgan “Jack the giant killer” ertagida ham sehrli qilich obrazi uchraydi. Uning ko‘magida Jek ikki boshli devlar bilan jang qilib, ularni shu qilich bilan yengishga muvaffaq bo‘ladi. Ertakda bu qilichga “sword of sharpness”, yaʼni “o‘tkirlik qilichi” deya taʼrif keltirilgan. Bu qilich o‘tkirlikda tengi yo‘q bo‘lib har qanday dushmanni yenggan. Mazkur fikr quyidagi misolda o‘z tasdig‘ini topadi.
Jack at length got a cart – rope and cast it over the two heads of the giant, and drew him ashore by a team of horses, and then cut off both his heads with his sword of sharpness and sent him to King Arthur”. Bu qilich yordamida ertak qahramoni ikki boshli devni yengib, uni qirol Arturga yuboradi.
“Childe Rowland” ertagida ham qilich g‘aroyib predmet sifatida gavdalantirilgan bo‘lib, Childe Rowland ning otasidan yodgorlik hisoblanadi. Bu qilichning sehrli xususiyati shundaki , u o‘z egasini doim g‘alabaga olib boradi va uni qo‘liga olib kurashgan kishi hech qachon yengilmaydi. “But he begged, and he
begged, till at last the good queen let him go, and gave him his father`s good brand that never struck in vain. And as she girt it round his waist, she said the spell that would give it victory”.
He fought with the King of Elfland with the help of this brand. “… and rushed to meet him with his good brand that never yet did fail. They fought, and they fought and they fought, till Childe Rowland beat the King of Elfland down on to his knees, and caused him to yield and beg for mercy”. Misoldan ko‘rinadiki, bu sehrli qilich yordamida Childe Rowland Elfland qiroli bilan kurashadi va uni yengib, singlisini qutqaradi.
Ingliz xalq ertaklarida uchraydigan sehrli tig‘li predmetlardan yana biri sehrli pichoq bo‘lib hisoblanadi. “Red Ettin” nomli ingliz xalq ertagidagi sehrli pichoq o‘z egasining ahvolidan darak yetkaza olish xususiyati bilan ajralib turadi. Uning ko‘rinishiga qarab, uzoqdagi egasining hol-ahvolidan oilasi voqif bo‘lib turishadi. Quyidagi misolda buni ko‘rish mumkin. “Then he took his brother aside, and gave him a knife to keep till he should come back, desiring him to look at it every morning, and as long as it continued to be clear, then he might be sure that the owner of it was well, but if it grew dim and rusty, then for certain some ill had befallen him”.
Demak, pichoqning ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, uning egasi ahvoli ham yaxshi hisoblanadi. Aksincha, pichoq egasining boshiga kulfat tushgan bo‘lsa yoki u betoblanib qolsa, pichoqning ko‘rinishi o‘zgaradi va zanglay boshlaydi. Ertak bosh qahramoni mana shu pichoqning holatiga qarab o‘z akasining ahvolidan xabardor bo‘ladi.
O‘zbek folklorida ham pichoq, xanjar, qilich, shamshir, o‘q-yoy, qaychi, bolta singari g‘aroyib xususiyatli tig‘li predmetlar obrazi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Aytaylik, “Qilich botir” va “Qilichqora” ertaklarining har ikkalasida bosh qahramonlarning joni ularga tegishli qilichda bo‘lishi, dushman shu qilichni qo‘lga kiritish orqali ularni yengishga harakat qilishi hikoya qilinadi. Aynan mana shu motivni ingliz xalq ertagi Molly Whuppie da ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari o‘zbek xalq ertaklaridan “Olov polvon” va “Zaharli qilich” ertaklarida ham qilich predmetining obrazlantirilishi kuzatiladi . “Olov polvon” ertagida qahramonning xohishi bilan qinidan sug‘urilgan qilich qirq gaz cho‘zilib, o‘z-o‘zidan harakatga kelib, raqib kuchlar boshini tanasidan judo qiladi. “Zaharli qilich” ertagida esa qilich ko‘z ochib yumguncha qirq gaz uzayib, dushmanni qulatadi va domiga tortadi. Bu ertaklardagi sehrli qilichning xususiyatlari ingliz xalq ertaklari bilan qiyoslaganda farqlanadi.
Sehrli pichoq obrazi qatnashgan ertaklarda uning otadan kenja o‘g‘ilga meros qoldirilganligiga alohida urg‘u beriladi. Qahramon unga sehrli so‘zlar bilan murojaat qilsa, u inson qiyofasida namoyon bo‘lib, ko‘z ochib yumguncha, har qanday mushkul topshiriqni bir zumda ado etadi. Masalan, “Yernazar va Kimonazar” ertagida pichoqdan “meni kim qo‘liga olsa, o‘shaning quliman”, – degan sado chiqadi va u bir zumda qahramonning istagini bajo keltiradi. Bu motiv “Mulla panqush” ertagida ham uchraydi. “Childe Rowland” ertagida esa qilichning otadan meros bo‘lib qolishini ko‘rdik. Predmetlar farq qilsa ham, motivlar bir- biriga juda yaqin.
O‘zbek xalq ertaklarida uchraydigan yana bir sehrli tig‘li predmet qaychi bo‘lib hisoblanadi. “Boyvachcha va pari” ertagida qaychi yalmog‘iz kampirga tegishli narsa bo‘lib, oyna, taroq kabi sehrli buyumlar bilan birga qahramon qiyofasini ideallashtirishga xizmat ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi insonlarning tig‘li buyumlarga nisbatan eʼtiqodiy qarashlari va animizm belgilari sehrli xalq ertaklarida g‘aroyib predmetlar asosida saqlanib qolgan. G‘aroyib qurollar afsona va ertaklardagi voqealar tafsilotiga sirlilik bag‘ishlab, ularning badiiy taʼsirchanligini oshiradi. Shu bilan birga, ulardagi syujet voqealarining rivojlanib borishiga turtki bo‘ladi va qahramonlar xarakterini ochib berishga yordam ko‘rsatadi.
Tadqiqot jarayonida ingliz va o‘zbek xalq ertaklaridagi sehrli zargarlik va bezak asboblari hamda sehrli tig‘li predmetlar o‘rganildi va taqqoslandi. Sehrli taroq, sochbog‘, oyna, tamakidon, uzuk, sehrli qaychi, pichoq, qilich kabi buyumlar kuzatildi va ular turli badiiy vazifalarda kelishi aniqlandi. G‘aroyib buyumlarning shakli va vazifasi millatlar mentaliteti, madaniyati, urf odatlari va eʼtiqodlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ingliz va o‘zbek xalq ertaklarini tadqiq qilish shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek xalq ertaklarida g‘aroyib buyumlar son jihatdan ingliz xalq ertaklaridagi g‘aroyib buyumlardan ustun turadi. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek ertaklaridagi magik predmetlarning badiiy vazifalarining ham ko‘pligini ko‘rsatadi. Masalan,100 dan ortiq ingliz xalq ertaklari o‘rganilganda faqat bitta sehrli oyna obrazi uchradi va u dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni ko‘rsatish xususiyatiga ega ekanligi ko‘rildi. Ushbu badiiy vazifa o‘zbek ertaklaridagi oynada ham uchraydi. Ammo o‘zbek xalq ertaklarida tilsim oyna obrazi ko‘p uchrashi va vazifalari ham ko‘pligi tasdiqlandi. Sehrli tamakidon obrazi o‘zbek xalq ertaklarida uchramaydi. Chunki bu g‘arb madaniyatiga xos predmet bo‘lib, g‘arbdan sharqqa kirib kelgan hisoblanadi va o‘zbek xalqi orasida keng qo‘llanilgan emas. Sehrli uzuk obrazi har ikkala xalqning folklor namunalarida uchraydi, lekin vazifalari va xususiyatlari jihatidan farqlanishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Ingliz ertaklarida uzukning evriltirish xususiyati kuzatilmadi.
Ushbu bobning maqsadi ingliz va o‘zbek ertaklaridagi sehrli taqinchoqlar va bezak asboblarini o‘rganish, taqqoslash va ularning o‘xshash hamda farqli jihatlarini tadqiq qilish edi. Tadqiqot jarayonida har bir xalqning 100 dan ortiq ertaklari tahlil qilindi va ulardagi tilsim predmetlar taqqoslandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, har ikkala xalq ertaklarida sehrli taqinchoqlar va bezak asboblari mavjud bo‘lib, ular turli shakl va badiiy vazifalarda keladi hamda ularning o‘xshash va farqli jihatlari mavjud.



Download 215.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling