Mundarija: kirish I bob ingliz va o‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari
Download 215.43 Kb.
|
Ingliz tili va O`zbek tili sehrli ertaklar tipologiyasi Ochilova
III bob yuzasidan xulosalar
Ushbu bobda syujeti oxshash o‘zbek va ingliz ertaklarini qiyoslab, tahlil keltirishga harakat qildik va shunday mulohazalarga keldik: - har ikkala xalq ertagining markazida munosabatlar turadi, shuning uchun hikoya har doim bosh qahramon atrofida joylashgan; -o‘zbek xalq ertak janrining o‘ziga xosligi syujetning soddaligi va elementarligini belgilaydi. “Bo‘g‘irsoq” va ingliz ertagi “Johnny Donut” qiyoslandi. Ingliz ertagida Johnny uchratadigan personajlar biroz farq qiladi va ularning soni o‘zbek ertagidan ko‘ra 2 taga ko‘p. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, bu zanjir o‘sib borayotgan inson uchun metaforadir. Avvaliga u ahamiyatsiz xavf-xatarlarga duch keladi, lekin u o‘sib ulg‘aygan sari to‘siqlar qiyinlashadi. Shunday qilib, tadqiqot natijasida o‘zbek va ingliz ertaklarining syujetlari, an’analar asosida o‘rnatilgan klishelar asosida ertaklarning kompozitsion qurilishida o‘xshashlik borligi aniqlandi; - ertaklarda xarakterli ertak formulalari mavjud: boshlanishi, ertak yakuni. Biroq, o‘zbek ertaklarida boshlanish odatda ritmik bo‘lib, bu ingliz ertaklarida qayd etilmaydi; - har ikkala xalq ertagida qo‘llaniladigan adabiy, lingvistik, uslubiy vositalar o‘rtasida o‘xshashlik mavjud. Shunday qilib, takrorlashlardan foydalanish odatiy holdir. -personifikatsiya metaforaning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida ikkala ertakda ham keng qo‘llaniladi. O‘zbek ertaklari doimiy ertak epitetlarini qo‘llash bilan ajralib turadi, ingliz ertaklari esa hissiy, baholovchi epitetlar bilan ajralib turadi; -ingliz va o‘zbek o‘gay qiz turkumli ertaklarining asosiy o‘xshashligi shundaki, ikkala millat ertaklarida ham asosiy funksiyasi to‘rt xil bo‘lgan personajlar ishtirok etadi. Bular – o‘gay qiz, raqib personaj – o‘gay ona, «Cinderella»da sehrli vositalar bilan ta’minlovchi sehrgar pari qatnashsa, «Zumrad va Qimmat»da mehribon momo timsollarida namoyon bo‘ladi. «Zumrad va Qimmat» hamda «Cinderella» ertaklarini taqqoslaydigan bo‘lsak, ikkalasida ham mushtarak g‘oya, ya’ni o‘gay qiz ezgulik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Zumrad va Cinderella obrazlarining ertakdagi asosiy vazifalari o‘gaylik va adolatsizlik, yovuzlik va insofsizlikka qarshi chiqishi bilan belgilanadi. Ikki xalq qahramoni ham odobli, o‘ta haqgo‘y, qat’iyatli, adolatparvar, mehnatsevar, garchi o‘gay onalari tazyiqi bilan mungli hayot kechirayotgan bo‘lsalar-da, kelajakka ishonch ruhi bilan yo‘g‘rilgan pokiza qalb egasi. O‘gay qizni tahqirlash turli ertaklarda turli xil tasvirlanadi. «Cinderella»da bu hol o‘gay qizni og‘ir ish bilan band qilib qo‘yish bilan boshlansa, «Zumrad va Qimmat»da esa uzoq manzillarga adashtirib kelish yoki haydab yuborish vositalari bilan aks ettiriladi. Bu ikki ertakdagi yana bir o‘xshashlik – ilohiy yordamchilardadir. Bu ilohiy yordamchilarga parilar kiritiladi. Ikki ertakda ham parilar epik ko‘makchi yoki qahramonga yordamchi vazifasida keladi. Sinderellaning yordamchisi uning cho‘qintirgan onasi –pari bo‘lsa, Zumradga o‘rmonda yashovchi kampir yordam beradi. Biroq kampir hampari bo‘lib, u ham ilohiy kuchlardan foydalanadi. Parilarning o‘z otalig‘idagi qahramonlarni maqsadiga erishtirishi, ularni farovon hayotga boshlashi ertaklarda ularning homiylik xususiyatlarini ochib beradi. Cinderellaning o‘zgarishi va pari timsoli yordamida o‘z baxtini topishi o‘zbek xalq ertagi “Zumrad va Qimmat”dagi kampir timsoli – o‘rmon parisining Zumradga turli sovg‘alar berishi va o‘z baxtini topishida yordam berishi har ikkala millat folklorida o‘xshash jihatlar mavjud ekanligini ko‘rsatib beradi. Har ikkala ertakdagi pari obrazi insonning yaxshiligi behuda ketmasligini, bir kun bo‘lmasa bir kun, albatta qaytishini, ilohiy kuchlar yaxshi odamlarga doimo yordam berishini eslatib turuvchi tarbiyaviy - estetik xususiyatga ega obraz sifatida yuqori qadrlanadi. Download 215.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling