Mundarija: kirish I bob ingliz va o‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari
Download 215.43 Kb.
|
Ingliz tili va O`zbek tili sehrli ertaklar tipologiyasi Ochilova
UMUMIY XULOSA
Ertak xalq og‘zaki ijodidagi badiiy nasrning eng qadimiy va ommaviy namunasi hisoblanadi. Har bir millatning, xalqning ertagi o‘sha yurtning tarixini, ma'naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e'tiqodini boshqa qardosh el-u elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o‘rganishda muhim manba vazifasini o‘taydi. Ertaklar o‘z janriy tabiatiga xos badiiy-kompozitsion qurilishga ega. Ular bir xil badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi va ijro etiladi. Kirish, boshlanish, tugun, epik sarguzasht va tugallama ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etadi. Ertaklarning an'anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar ertakchiligi uchun mushtarak xususiyat hisoblanadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda Ingliz va o‘zbek sehrli ertaklar tipologiyasini ochib berishga harakat qildik. Mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik : ingliz va o’zbek ertaklar o‘z janriy tabiatiga xos badiiy-kompozitsion qurilishga ega. Ular bir xil badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi. Kirish, boshlanish, tugun, epik sarguzasht va tugallama ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etishi aniqlandi; ertaklarning an'anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar ertakchiligi uchun mushtarak xususiyat hisoblanishi o’rganildi; syujetning soddaligi va elementarligi, kompozitsiyaning ayrim xususiyatlari, ertak ichida ertak shaklida kelishi va epizodning bir necha marta takrorlanishi tahlil qilindi; ertaklar tarkibida komponentlar farqlanishi o‘rganildi; o‘zbek xalq ertaklarimizning badiiy ijod namunasi sifatidagi janr xususiyatlari ko‘rib chiqildi; ertaklar xalq og‘zaki ijodining epik turiga mansub bo’lib, nasrda yaratilishi, faqat ayrim ertak namunalaridagina qo‘shiqni eslatuvchi sheʼriy parchalar uchrashi, «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan” boshlamasi va «murod-maqsadiga yetibdi” yakunlanmasi ertaklarning anʼanaviy belgisi hisoblanishi aniqlandi; xayoliy-fantastik tasvir ertaklar syujetida qo‘llanadigan ustuvor usul ekanligi, ertaklarning umumiy mazmunida IMF formulasi doimiy takrorlanishi, bir ertak I – initsial – boshlanma; M – medial – asosiy qism; F – final – yakunlanmadan iborat bo‘lishi ko’rib chiqildi; - ingliz xalq ertaklari odatdagi o‘zbek tilidan keskin farq qiladi. Ingliz ertaklarining o‘zbek ertaklaridan bir farqi ularning oxiri har doim ham yaxshi bo‘lavermaydi, ba'zi hikoyalar qayg‘uli va hatto shafqatsiz tugaydi. Ular bir-biridan makon, janr va hikoyaning o‘ziga xosligi, ayniqsa personajlar va ularni tanlash usulida farq qiladi. Ingliz tilida yozilgan ertaklar bizda milliy afsonalar, rivoyatlar, balladalar haqida tasavvur beradi, bu boy mamlakat ma’naviy va moddiy madaniyatining alohida unsurlari bilan tanish. Bu bizga Angliya madaniyati va turmush tarzini o‘rganish, uning tarixining turli bosqichlarini o‘rganish imkonini beradi. - har ikkala, ingliz va o‘zbek xalq sehrli-fantastik ertaklarining syujeti sarguzasht voqealar tizimidan iborat. Voqealar rivojida tilsim muhim o‘rin tutadi. Uch, to‘rt, besh, olti, to‘qqiz, qirq singari sehrli raqamlar (uch yo‘l, uch aka-uka, uch opa-singil, uch kecha-kunduz, yetti pahlavon, yetti pari, yetti kecha-kunduz, yetti bosh; qirq kecha-kunduz, qirq bahodir kabi an'anaviy ifodalar), ur to‘qmoq, ochildasturxon, oynayi jahonnamo, hayot suvi, sehrli olma, uchar gilam, bulbuligo‘yo, bir sermaganda qirq gaz cho‘ziladigan qilich, sirli sandiq singari jodulangan sehrli predmetlar ertak sujetidagi motivlar yo‘nalishini belgilovchi muhim badiiy unsurlar vazifasini o‘taydi. - o‘zbek sehrli-fantastik ertaklarning mazmun-mundarijasini tashkil etuvchi motivlar g‘oyat ko‘p va behad rang-barangdir. Ular orasida ayniqsa, sayohat motivi, sarguzasht motivi, sinov motivi, tush motivi, evrilish, befarzandlik, keksalikda farzand ko‘rish, g‘ayrioddiy tug‘ilish va ulg‘ayish, yetimlik, o‘gaylik singari motivlar ko‘p uchraydi; - ingliz ertaklarining qahramonlari ko‘pincha ma'lum bir kasb egalari: dehqonlar, savdogarlar, shuningdek qirollar, ritsarlar va zodagonlar ekanligini ta'kidlashimiz mumkin. O‘zbek ertaklarida bunday qahramonlar ko‘pincha kundalik ertaklarda uchraydi, odatda ular askarlar, dehqonlar, yer egalari, kampir yoki keksa odam bo‘ladi. Ingliz ertaklarida elflar, parilar, trollar, devlar, gigantlar haqida hikoya qilinadi, o‘zbek sehrli ertaklarida esa biz hizr, humo qushi qo‘rqmas botir, yalmog‘iz kampir, mo‘jizaviy ajdar, semurg‘ qushi kabi qahramonlarni ko‘ramiz; - ingliz ertaklarida qahramonlar ko‘proq haqiqiy odamlarga juda o‘xshaydi, o‘zbek ertaklarida esa bu tashqi ko‘rinish va xarakter tavsifisiz jamoaviy tasvirdir, ko‘pincha qahramon o‘zgarmagan har qanday xarakterli xususiyatga ega. Butun ertak davomida ingliz ertaki qahramoni o‘zgarishi mumkin, o‘zining ustun jihatlari va kamchiliklariga ega bo‘lgan oddiy odamdan jamoat himoyachisiga aylanadi; - ingliz va o‘zbek ertaklarini solishtirsak, biz ular orasidagi juda ajoyib farqni ko‘ramiz, bu o‘zbek ertaklari fantastika, sehr, voqealarning kutilmagan burilishlari, taqiqning buzilishiga asoslanganligidadir. Ingliz ertaklari kundalik hayotdan ba'zi kundalik faktlar va voqealarga asoslangan, ya'ni ingliz sehrli ertaklarida juda kam sehr mavjud. O‘zbek sehrli ertaklari esa kuchli mubolag‘aning ishlatilish xususiyati bilann ajralib turadi. Biroq, barcha ertaklar yaxshilik va yomonlikning to‘qnashuvi ustiga qurilgan bo‘lib, u odatda yaxshilikning g‘alabasi bilan tugaydi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ingliz ertaklarida ko‘proq shafqatsiz natijalar, yovuzlik qattiq jazolanadi. O‘zbek ertaklari yanada optimistik yakun bilan ajralib turadi. Ko‘pincha o‘zbek ertagi to‘y ziyofati, butun dunyo uchun ziyofat bilan tugaydi, bu o‘zbeklarning taomga bo‘lgan alohida munosabati uchun hurmatdir. Axir, boy dasturxon - bu butun jamiyat bilan bo‘lgan o‘zbek oilasida farovonlik, baxtning belgisidir. Ingliz ertak qahramoni uchun baxt moddiy boylik orttirishda, o‘zbek ertaklarida esa adolat g‘alabasi targ‘ib qilinadi. O‘zbek ertaklarida kechirim va tavba motivlari ("Ayoz") ham juda tez-tez eshitiladi va ingliz ertaklarida hikoya ba'zan uzilib qolganga o‘xshaydi, ertak tugamaganga o‘xshaydi. Aniq xulosa yo‘q, vaziyatning oddiy tavsifi beriladi; - tadqiqot jarayonida ingliz va o‘zbek xalq ertaklaridagi sehrli zargarlik va bezak asboblari hamda sehrli tig‘li predmetlar o‘rganildi va taqqoslandi. Sehrli taroq, sochbog‘, oyna, tamakidon, uzuk, sehrli qaychi, pichoq, qilich kabi buyumlar kuzatildi va ular turli badiiy vazifalarda kelishi aniqlandi. G‘aroyib buyumlarning shakli va vazifasi millatlar mentaliteti, madaniyati, urf odatlari va eʼtiqodlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ingliz va o‘zbek xalq ertaklarini tadqiq qilish shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek xalq ertaklarida g‘aroyib buyumlar son jihatdan ingliz xalq ertaklaridagi g‘aroyib buyumlardan ustun turadi. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek ertaklaridagi magik predmetlarning badiiy vazifalarining ham ko‘pligini ko‘rsatadi. Masalan, 30 dan ortiq ingliz xalq ertaklari o‘rganilganda faqat bitta sehrli oyna obrazi uchradi va u dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni ko‘rsatish xususiyatiga ega ekanligi ko‘rildi. Ushbu badiiy vazifa o‘zbek ertaklaridagi oynada ham uchraydi. Ammo o‘zbek xalq ertaklarida tilsim oyna obrazi ko‘p uchrashi va vazifalari ham ko‘pligi tasdiqlandi. Sehrli tamakidon obrazi o‘zbek xalq ertaklarida uchramaydi. Chunki bu g‘arb madaniyatiga xos predmet bo‘lib, g‘arbdan sharqqa kirib kelgan hisoblanadi va o‘zbek xalqi orasida keng qo‘llanilgan emas. Sehrli uzuk obrazi har ikkala xalqning folklor namunalarida uchraydi, lekin vazifalari va xususiyatlari jihatidan farqlanishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Ingliz ertaklarida uzukning evriltirish xususiyati kuzatilmadi. - har ikkala xalq ertagining markazida munosabatlar turadi, shuning uchun hikoya har doim bosh qahramon atrofida joylashgan; -o‘zbek xalq ertak janrining o‘ziga xosligi syujetning soddaligi va elementarligini belgilaydi. “Bo‘g‘irsoq” va ingliz ertagi “Johnny Donut” qiyoslandi. Ingliz ertagida Johnny uchratadigan personajlar biroz farq qiladi va ularning soni o‘zbek ertagidan ko‘ra 2 taga ko‘p. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, bu zanjir o‘sib borayotgan inson uchun metaforadir. Avvaliga u ahamiyatsiz xavf-xatarlarga duch keladi, lekin u o‘sib ulg‘aygan sari to‘siqlar qiyinlashadi. Shunday qilib, tadqiqot natijasida o‘zbek va ingliz ertaklarining syujetlari, an’analar asosida o‘rnatilgan klishelar asosida ertaklarning kompozitsion qurilishida o‘xshashlik borligi aniqlandi; - ertaklarda xarakterli ertak formulalari mavjud: boshlanishi, ertak yakuni. Biroq, o‘zbek ertaklarida boshlanish odatda ritmik bo‘lib, bu ingliz ertaklarida qayd etilmaydi; - har ikkala xalq ertagida qo‘llaniladigan adabiy, lingvistik, uslubiy vositalar o‘rtasida o‘xshashlik mavjud. Shunday qilib, takrorlashlardan foydalanish odatiy holdir. -personifikatsiya metaforaning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida ikkala ertakda ham keng qo‘llaniladi. O‘zbek ertaklari doimiy ertak epitetlarini qo‘llash bilan ajralib turadi, ingliz ertaklari esa hissiy, baholovchi epitetlar bilan ajralib turadi; -ingliz va o‘zbek o‘gay qiz turkumli ertaklarining asosiy o‘xshashligi shundaki, ikkala millat ertaklarida ham asosiy funksiyasi to‘rt xil bo‘lgan personajlar ishtirok etadi. Bular – o‘gay qiz, raqib personaj – o‘gay ona, Xulosa sifatihda shuni qayd etish zarurki, ingliz va o‘zbek xalq ertaklarining har biri o‘ziga xos xususiyatlariga ega. O‘zbek xalq ertaklarining deyarli barchasida ezgulik g‘alaba qozonishi ta’kidlansa, ingliz xalq ertaklarida esa bu janrning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Har ikkala xalq ertaklarining strukturasida o‘zaro o‘xshashliklar mavjud bo‘lib, syujet motivlar tizimi obrazlar tarkibi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir xalq ertagida mintalitetga xos milliy kolorid, urf-odat va an’analar, xalqning yashash tarzi, o‘ziga xos dunyoqarashi yaqqol ajralib turadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ingliz va o‘zbek xalq ertaklari yosh avlodni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Download 215.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling