Mundarija: kirish I bob ingliz va o‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
Download 215.43 Kb.
|
Ingliz tili va O`zbek tili sehrli ertaklar tipologiyasi Ochilova
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyo folklorshunosligida xalq og‘zaki ijodi taraqqiyotiga yangi usul, shakllarning kirib kelishi, ayniqsa, ertak syujetlari, motivlari, ertakchilik anʼanalarining qayta idrok etilishi, yangicha talqinga uchrab, insoniyat maʼnaviy ehtiyojlari yo‘lida xizmat qilishi xalq ertaklari, professional ertakchilik, ertak nashrlari va ertak olamiga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirmoqda. Ijodiy imkoniyatlar sarhadining kengayishi kreativ yechimlarning kirib kelishiga turtki bermoqda. Bu holat, o‘z navbatida, sohada amalga oshayotgan ilmiy izlanishlarning dolzarbligini ko‘rsatadi. Zero, insoniyat badiiy tafakkurining yanada takomillashuvi, rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi ertakchilikning milliy o‘ziga xos jihatlarini keng targ‘ib qilish, ilmiy tadqiq etish nafaqat muayyan soha, balki butun xalq ijodiyoti mohiyatini va shu orqali inson ruhiyati, ijod jarayonlari xossalarini yoritishga, asar mazmun-mundarijasini teran anglab yetishga xizmat qiladi.
O‘zbek folklorshunosligida ma'naviy qadriyatlar tizimining ajralmas qismi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi namunalarida, xususan, ertaklarda xalqning tafakkur jarayoni, olamni estetik idrok etish tarixi, yashash tarzining mavjud bosqichlari, urf-odatlari, axloqiy qarashlari mukammal ko‘rinishda badiiy aks etadi. "Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning folklor san'atida mujassam topgani hammamizga yaxshi maʼlum... Folklor sanati, taʼbir joiz bo‘lsa, bu - insoniyatning bolalik qo‘shig‘idir". Shu nuqtai nazarlan ertakchilik, uning ijro jarayoni, turlari, shakllari, ijroning ijrochi tinglovchi psixologiyasiga taʼsiri va aks ta'siri, ertakchi shaxsi, ijrodagi badihago‘ylik, professional ertakchi, ertakchilik maktablari, ertaklarning yozib olinishi, nashrlari, ertak matnidagi barqaror formulalar hamda boshqa poetik san'atlar bilan bog‘liq nazariy masalalarni fundamental tadqiq etish folklorshunoslikning dolzarb ilmiy muammolaridan biri hisoblanadi. Har ikkala xalqning – ingliz va o‘zbek sehrli ertaklari olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, ikkala xalq ertaklaridagi g‘aroyib predmetlar qiyosiy kontekstda o‘rganilmagan. Bu esa olib borilayotgan tadqiqot ishining dolzarbligini yaqqol namoyon etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF- 3850-son "O‘zbek tiling davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi1, 2019-yil 14-maydagi PQ- 4320-son "Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi2, 2019-yil 23-sentyabrdagi PQ-798-son "Respublika baxshichilik san'ati markazi va uning huzuridagi baxshichilik san'atini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi3, 2017-yil 17 fevraldagi PQ-2789-son "Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi4, 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ- 3271-son "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘isida"gi5 qarorlari hamda sohaga tegishli boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Download 215.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling