Mundarija: kirish I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


-jadval.O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlari, 2017-2020 y


Download 0.56 Mb.
bet14/21
Sana19.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1364815
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

2-jadval.O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlari, 2017-2020 y. (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %)
2019 yilda O`zR MB tomonidan respublikada qat`iy pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi natijasida iste`mol sohasida narxlarning umumiy o`sish sur`ati 0,5% ni tashkil qildi.
Umumiy inflyatsiya darajasiga pullik xizmatlar narxlari (20,5% dan 15,5% ga) va nooziq-ovqat tovarlari narxlari (6,3% dan 3,6% ga) o`sish sur`atlarining pasayishi ma`lum darajada ta`sir ko`rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning pasayishi tendentsiyasi saqlanib qoldi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlarining omilli tahlili 2019 yilda inflyatsiya darajasiga xarajatlar inflyatsiyaning (2,1% daraja) va uy-joy kommunal xizmatlari tarifining (4,5% daraja) oshganligi ta`sir qilganini ko`rsatdi. 2019 yilda talab inflyatsiyasidan taklif inflyatsiyasining oshib ketishi qayd etildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari o`rtacha oylik hisobida 1,8% ga, iste`mol baholari esa 0,03% ga o`sdi.
Sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari omillarining tahlili ko`rsatishicha, 2019 yilda real sektorda inflyatsiya darajasiga energiya manbalari baholarining (43,3%), ish haqining (20,3%) va transport xarajatlarining (14,0%) oshishi ta`sir qilgan.
Bugungi kunda sanoat tarmog`ida YaIMning 17% ga yaqini ishlab chiqarilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan sanalgan sanoat tarmog`ini iqtisodiy rivojlantirish uchun sanoat markazlari va hududiy joylashtirishni yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun quyidagi yo`nalishlarga e`tiborni kuchaytirish zarur:

  • kelgusida sanoat tarmoqlarini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish imkoniyatlarini belgilash;

  • respublika viloyatlarining tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy ixtisoslashuvi xususiyatlarini hisobga olgan holda sanoatda ishlab chiqarish majmuini rivojlantirish;

  • sanoat uzellari va markazlarini tumanlarda, tuman markazlarida, kichik shaharlarda ishlab chiqarishning xududiy majmuini tashkil etish va uning rivojlanishini doimo ta`minlash va hokazolar.

Milliy valyuta kursining kelib chiqishi mamlakat iqtisodiy faoliyati muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan savdoni rivojlantirish bilan bog`liq.
Milliy valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta`sir ko`rsatishi bilan ichki iqtisodiyotga ham ta`sir ko`rsatadi. Bunga sabab, milliy valyuta kursining xolati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha soxalarining holati o`rtasidagi o`zaro bog`liqligidir. Milliy valyutaning xarid qilish quvvatini pasayishiga va kursining pasayishi an`anasiga ega bo`lishiga sabab bo`ladi.
Milliy valyuta kursi dinamikasini inflyatsiya darajasi bilan o`zaro bog`liqligi import baholari orasida kursni hisoblashda namoyon bo`ladi. Jahon bozori narxlari o`zida baynalminal qiymatining puldagi ifodasini aks ettiradi.
Import baholari xam milliy valyuta kursini o`zgarishi bilan bog`liq. Ichki savdoda va eksportda ulgurji sotish xajmi yuqori bo`lgan mamlakatda, shu jumladan sanoati rivojlangan mamlakatlarda ulgurji baholar indeksi qabul qilingan va qo`llaniladi. Boshqa mamlakatlarda esa, bu indeksga ko`pgina eksport qilinadigan tovarlar kamayadi.
Inflyatsiyaning holatiga ta`sir etuvchi muhim indikatorlardan biri – bu muomaladagi pul massasi (money supply) hisoblanadi. Inflyatsiya nafaqat milliy valyuta kursiga, balki aholi bandligiga ham o`z ta`sirini o`tkazadi. Misol uchun, 1958 yilda angliyalik iqtisodchi A.Fillips talab inflyatsiyasining grafik modelini taqdim etdi, va quyidagi xulosaga keldi: (Fillips egri chizig`i). Aholi ish xaqi va nobandligi darajalari stavkalarining o`zgarishi, xususan, butun aholidan (Angliyada) 2,5-3 % ishsiz qolishi narxlarning va ish xaqining o`sishini sekinlashtiradi. A. Fillips nazariyasiga tayangan holda, R. Lipsi quyidagi fikrni oldinga surdi: «Inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past bo`ladi».
Hozirgi kunda xam, bir qator rivojlangan mamlakatlarda xukumat tomonidan ishsizlik darajasi yuqori deb baholansa, ushbu ko`rsatkichni tushirish uchun talabni rag`batlantiruvchi byudjet va pul-kredit bo`yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu esa, o`z navbatida ishlab chiqarishning kengayishiga va yangi ish o`rinlarini barpo etilishiga sabab bo`ladi. Mazkur davrda ishsizlik normasi tushadi, ammo, bunga parallel ravishda inflyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Bunday manipulyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Buday manipulyatsiyaviy choratadbirlar mamlakat iqtisodiyotiga tushadigan og`irliklarni kuchaytirib, krizis holatdiga olib kelishi tabiydir. Mabodo, ushbu iqtisodiy nuqsonlarga yo`l qo`yilgan takdirda, xukumat tomonidan kreditga cheklovlar qo`yiladi, mamlakat byudjetidagi xarajatlar qisqartiriladi va hokazo. Ushbu xolda, narxlar tushib, ishsizlik darajasi ko`tariladi. Shuning uchun xam, ko`pgina davlatlar iqtisodiyotni boshqaruv instrumenti bo`lmish pul-kredit siyosatini, uning effektivligini «protektsionizm» siyosatini qo`llagan xolda ish yuritadilar.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling