Mundarija: Kirish I bob «Kalendar» atamasining paydo bo’lishi. Zamonaviy kalendarlar


Download 122.71 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi122.71 Kb.
#1611076
1   2   3   4   5   6   7   8
II BOB HIJRIY YIL HISOBI
2.1 Qadimgi Misr kalendarining o’ziga xos xususiyatlari
Musulmonlar kalendari (Hijriy kalendar) to’liq ma’noda sof qamariy kalendar hisoblanadi. U faqat oy fazalarining o’zgarishiga asoslanadi.Dunyodagi ko’pchilik Xalqlarning qamariy kalendarlari dehqonchilik va boshqa xo’jalik ehtiyojlari ta’sirida keyinchalik qamariy-shamsiy kalendarga aylangan. Masalan, qadimgi vaviloniyaliklar, yaxudiylar, yunonlar, rimliklar avvaliga qamariy kalendardan foydalanganlar, keyinchalik esa yil fasllarining o’zgarishiga moslashtirilgan qamariy- shamsiy kalendarga o’tishga majbur bo’lganlar. Musulmonlar kalendari Hozir ham qamariy-shamsiy kalendarga aylanmay saqlanib qolgan dunyodagi yagona qamariy kalendardir.
Mazkur kalendar Quyoshning harakatiga mutlaqo aloqador bo’lmagan va butunlay Oyning aylanma harakatiga asoslangan kalendar bo’lib, u Hozirgi kunda islom dini davlat dini deb qabul qilingan Yaqin va O’rta sharqdagi Jazoir, Indoneziya, Maroqash, Poqiston va boshqa ko’pgina mamlakatlarda qo’llaniladi. Musulmonlar kalendari VII asrning birinchi choragida Arabistonda paydo bo’lgan va keyinchalik arablar tomonidan boshqa Xalqlarning majburan yoki ixtiyoriy islom diniga kiritilishi natijasida u shu Xalqlar orasida ham tarqalgan. 1917-yilga qadar islom diniga e’tikod qilgan Kavkaz Xalqlari, tatarlar, boshkirdlar, o’zbeklar, tojiklar, turkmanlar, kirgiz va kozoqlar ham mana shu Hijriy yil hisobi, kalendardan foydalanganlar.
Hijriy yil. Hijriy so’zi arabcha – ko’chish so’zidan olingan. Milodiy 610-yilda Makkada paygambarlik nozil bo’lgan Muhammad alayxis-salom (570-632) ummaviy zodagonlarning qarshiligi va tazyiki tufayli o’z izdoshlari bilan 622-yili Makkadan Madinaga (Yacribga) xijrat qiladi. Xijrat milodiy 622-yilning 8 sentabrida yoki qamariy yil Safar oyining 27 kuni sodir bo’ladi. Shu kuni rasulollox va uning izdoshlari Makkadan chiqib ketib, uch kun gorda turgach, Rabiul avval oyining 12-kuni Madinaga kirib boradilar. Xijrat 15 kun davom etadi. Rivoyatlarga ko’ra xijrat haqidagi fikr paygambarimiz xotirasi Muharram oyida tug’ilgan, shuning uchun Hijriy yil boshi Muharram oyining birinchi kunidan , ya’ni xijrat sodir bo’lganidan 56 kun hisoblanishi qonunlashtirilgan. 8 sentabrdan orqaga sanalib 56 kun chiqarib tashlansa, Muharram oyining birinchi kuni Milodiy 622-yilning 16-iyul juma kuniga, aniqrogi 15-iyuldan 16-iyulga (payshanbadan jumaga) o’tar kechasiga to’gri keladi. Musulmonlarda kunning almashuvi chegarasi tun oqshomi hisoblanadi.
Xijratdan o’n yetti yil o’tgach, milodiy 638-yilda halifa Umarning buyrugi bilan mana shu xijrat vaqti – birinchi Muharram (milodiy 622-yil 16-iyulga to’gri keladi) musulmon yil hisobining boshi deb e’lon qilinadi. Mana shu yil hisobi “Hijriy yil hisobi” deb yuritiladi.
Hijriy yil hisobi ikki usulda olib boriladi:
1. Hijriy qamariy yil hisobi; 2. Hijriy shamsiy yil hisobi.
Hijriy qamariy yil. Buni arab yilnomasi, Muhammad alayhissalom yilnomasi deb ham yuritiladi. Qamariy (qamariya) so’zi arabcha qamarun, ya’ni Oy so’zidan olingan bo’lib, yil hisobi Oyning Yer atrofida bir marta aylanib chiqishh davriga ketgan vaqt birligiga asoslangan.
Ma’lumki, Oy yangi ko’ringan nuqtasidan siljib, yana o’sha nuqtasiga – Quyosh qarshisiga qaytib kelishi uchun ketgan vaqt – sinodik Oy davri 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,9 soniyaga teng. Kalendarda yaxlitlikni ta’minlash uchun oy kunlari shartli ravishda 29 va 30 kunlik qilib olingan. Mana shunday hisobda bir yilda Oy Yer atrofini 12-marta aylanib chiqadi va bunga 354 kun ketadi. Ammo Oyning bu kalendariy davri bilan uning sinodik davri (29.12.44.2,9.) orasida tafovut bo’lib, kalendariy oy sinodik oy davridan ortda qolib boradi. Shu sababli kalendariy yil 354 kundan, sinodik oy yili 354, 367 kundan iborat bo’ladi. Oradagi bu farq har 30 yilda 11,013 kunni Tashkil qiladi. Mana shu ortib qolgan 11 kun 30 yillik davrning 11 yiliga (2,5,7,10,13,18,21,24,26,29) kabisa (355 kunlik), qolgan 19 yili oddiy (354 kunlik) tarzida hisoblanadi. Yil kabisa yoki oddiy ekanligini bilish uchun uni 30 ga bo’lamiz. Agar bo’lishdan qolgan qoldiq vuqoridagi 11 raqamdan biriga to’g’ri kelsa, o’sha yili kabisa bo’ladi, qolgan yillar oddiydir. Masalan: 1417 Hijriy qamariy yil oddiy yoki kabisa ekanligini bilish uchun uni 30 ga bo’lamiz. 1417 : 30 = 47,7, 
qoldiq 7. Yuqorida qayd etilgan 11 yilning uchinchisiga teng. Demak, 1417 Hijriy qamariy yil kabisa (355 kunlik) yil ekan. Musulmon qamariy kalendari bo’yicha yil o’n ikki oyga bo’linadi. Qamariy yil oylari fasllar bo’yicha qishdan kuzga, kuzdan yozga, yozdan bahorga va bahordan qishga qarab doimo siljib boradi. Sinodik oyning davomiyligi bilan kalendar yilini tenglashtirish uchun vaqti-vaqti bilan zulhijja oyiga bir kun qo’shilib, 30 kunga yetkaziladi. Bunday yil kabisa deyiladi. (“Turk” va “Arab sikli”ne eslang).
Hozir Hijriy qamariyning 1423-yili bo’lib, uning birinchi muharrami 2002-yilning 15-martidan boshlandi. Hijriy qamariy yil kabisa (355 kunlik), milodiy va Hijriy shamsiy yillar oddiy (365 kunlik) bo’lsa – oradagi farq 10 kun; har uchala yil ham kabisa bo’lsa (355 va 365 kunlik) oradagi farq 11 kun; Hijriy qamariy yil oddiy (354 kunlik), milodiy va Hijriy shamsiy yillar kabisa (366 kunlik) bo’lsa – oradagi farq 12 kunga teng bo’ladi.
Islom diniy an’anasi qamariy yil hisobiga asoslangan bo’lib, diniy muassasalar ishlari shu asosda yuritiladi, barcha diniy ma’raka, marosimlar, bayramlar, urf-odatlar, tarixiy voqealar, adabiy kitobat sanalari, tavallud va rixlat hisoblari va shu kabi bir qator boshqa tadbirlar qamariy asosida olib boriladi.
Albatta o’quvchilarimiz e’tibor berishgan bo’lsa, hijriy qamariy yil hisobiga aloxida to’xtalib o’tganmiz. Bilamizki islom dini besh ustun asosida kurilgan: iymon, namoz, zakot, ro’za, xaj. Mamlakatimizda Konstitusiyaga (31-modda)muvofiq fuqarolarning vijdon erkinligi xuquqi ta’minlangan. Har yili musulmonlar hijriy qamariy hisob bo’yicha ro’za tutib, xaj ziyoratiga boradilar.
Islomda shariat yuzasidan yangi oy ko’rinishiga qarab aniqlanishi lozim bo’lgan kunlar: ro’za tutish uchun Ramazon oyining birinchi kuni, ro’zadan chiqishh uchun Shavval oyining birinchi kuni, xaj va Qurbonlik qilish uchun Zulxijja oyining birinchi kuni. O’tmishda shu kunlarni aniqlashda yangi oyni kuzatish uchun ko’zi o’tkir kishilar ufq yaxshi ko’rinadigan tepaliklarda kuzatish olib borganlar va ularning xabarlari asosida Kalendarning yangi oyi boshlangan. Ana shulardan kelib chiqib yurtimizdagi behisob tepalar yangi oyni aniqlash, azon aytish yoki namoz vaqtlarini belgilash uchun xizmat qilgan desak xato bo’lmas.
O’tmishda musulmon mamlakatlarining astronomlari yangi oyning qachon ko’rinishini oldindan aytib berish uchun Oy va Quyoshning osmondagi vaziyatlarini e’tiborga olib, hisob-kitob qilishgan. Masalan, IX asr boshida buyuk vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy Bag’dod kenglamasi uchun oldindan yangi oyning tuzilish jadvalini tuzgan. Bunda u muayyan kun uchun Quyosh va Oyning botish paytlari hisoblanib, bu vaqtlar orasidagi farq 48 daqiqadan ortiq bo’lsa, yangi oy ko’rinadi degan fikrga asoslangan.
Musulmonlar kalendarini turlicha talkin etib ba’zan kamchiligini ko’rsatishadi. Bu kalendar 1400-yilga yaqin vaqt mobaynida (o’rtada bir kunlik farqni hisobga olmaganda) to’lik amal qilib kelmoqda va shunday davom etadi.
Yer yuzidagi barcha xalqlar, millat va elatlarning o’z urf-odatlari bo’lganidek, Muhammad paygambar musulmonlarni boshqa semit xalqlaridan farqlash, islom dinini o’rnini saqlash uchun qamariy yilga ko’shimcha o’n uchinchi oyni yoki ayrim oylarga ko’shimcha kunlarni ko’shishni butunlay takiklaganlar.
Xadisi sharifda: “Oyni ko’rib ro’zaga kiringlar, Oyni ko’rib ro’zadan chiqinglar, agar xavo bulut bo’lib Oy ko’rinmasa, Sha’bon oyini o’ttiz kun qilib keyin ro’za tutinglar”, - deyiladi. Bu xadisga rioya qilinsa diniy amallar o’z o’rniga tushib ketaveradi.
Hijriy shamsiy yil. Shamsiy (shamsiya) so’zi arabcha shams (un) – Quyosh so’zidan olingan. Shamsiy yil hisobi Quyosh kalendari demakdir. Hijriy shamsiy yil davomiyligi Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishhiga ketgan vaqt bilan hisoblanib, bu vaqt 365 kun 5 soat 48 daqiqa 48 soniyaga teng. Bu yil hisobida ham yaxlitlikni ta’minlash maqsadida uch yil 365 kundan hisoblanib oddiy yil tarzida olinadi. Har to’rt yilda yil kunlarining kasr qismi jamlanib, bir kunga tenglashtiriladi. Shu to’rtinchi yil 366 kunlik, ya’ni kabisa bo’ladi. Quyosh osmon gumbazi sirti bo’ylab o’zining yillik aylanma ko’rinma harakati yo’lida osmonning 12 ga teng maydonini bosib o’tadi. Mana 12 ga teng maydonning har birida to’p yulduzlar turkumi mavjud bo’lib, ular klassik ilmi nujumda burjlar majmui deb ataladi. “Burj”ning lug’aviy ma’nosi rus tilidagi “znak zodiak” ga to’g’ri keladi va u eski turkiy manbalarda tub ipak atamasi bilan atalgan. Har bir burjni nomlashda uning shakli, ko’kda tutgan o’rni va harakat xususiyatlarini aks ettirishga e’tibor berganlar. Hijriy shamsiy yil ham hijriy qamariy yil kabi milodiy 622-yilning 16-iyul kunidan boshlab hisoblangan. Ammo yangi yilning birinchi kuni bahorgi tengkunlik – 21-martga mos keluvchi Hamal oyining birinchi kuni – Navro’zi olamdan – tabiatning uyg’onish vaqtidan nishonlanadi. Oddiy va kabisa yillar nisbatiga ko’ra ayrim yil boshlari 20 yoki 22-mart kunlariga to’g’ri kelishi mumkin. Hijriy shamsiy oylari doim yilning muayyan vaqtlarida keladi, Hijriy qamariy yil oylari kabi siljib yurmaydi.

________________


Iofе V.G. Xronologiya i mеtrologiya. Konspеkt kursa lеkstiy. - T.: 2001.
Qadimgi shamsiy kalendarlardan biri er.av. taxminan to’rt minginchi yillarda Misrda yaratilgan. Nil sohilida joylashgan Misr o’sha vaqtlarda dunyodagi eng rivojlangan va qudratli davlat edi. Misrliklar kalendari kishilarning mehnat va ijtimoiy faoliyati tufayli tabiiy, mavsumiy kalendari zaminida yaratilgan.
Qadimgi Misrning butun xo’jalik hayotida Nil asosiy rol o’ynagan. Nil suvining toshishi bilan mamlakatdagi barcha dehqonchilik ishlari bog’liq bo’lgan. Shuning uchun misrliklar yangi yilni Nil toshqinidan boshlab hisoblashgan. Toshqinning boshlanish vaqtini esa misrliklar osmondagi Sotish yulduzi yordamida aniqlashni o’rganganlar. Nilning toshishini va uning xabarchisi Sotishlining osmonda birinchi marta paydo bo’lishini kutish vaqtni – aniqrog’i kunlarni hamda yillik tabiiy mavsumlarni hisoblash extiyojini keltirib chiqardi. Shunday qilib, misrliklar osmonda Sotishlining birinchi marta ertalab ko’rinishigacha o’tgan kunlarni hisoblashni o’rgandilar. Bu kunlar tashkil etgan vaqt ayni vaqtda Nilning ikki toshqini o’rtasidagi, shuningdek, ikki yozgi Quyosh turishi o’rtasidagi vaqt edi. Bu vaqt - qadimgi misrliklarning yili edi. Bu yil Sotish, Nil va Quyosh yili edi. Misrliklarning birinchi tabiiy kalendari ana shunday yaratilgan. Shu bilan birga bu kalendar vaqtni tropik yillar bo’yicha hisoblash, ya’ni Quyoshning bir turish xolatidan ikkinchi ana shunday xolatigacha bo’lgan vaqtni hisoblash usulidan iborat bo’lgan. Bu o’z navbatida shamsiy kalendar edi.
Misrliklar kalendari nixoyatda oddiy va qulay bo’lgan. Unda Oy xech qanday rol o’ynamagan. Bu kalendarga ko’ra yil 360 kundan iborat, u 12 ta teng oyga bo’lingan. Har bir oy 30 kundan iborat bo’lgan. Bu kalendar oylarining ko’pchiligi turli xududlarga bag’ishlangan va shuning uchun bu oylar shu xududlar sharafiga nomlangan. Abu Rayxon Beruniy bu kalendar haqida shunday yozadi: “Qibtiylar”, ya’ni qadimgi misrliklar boshqa biror millatning haftani ishlatishda eronlik, sugdlik va xorazmliklarga ergashgani bizga ma’lum emas. Chunki qibtiylar, biz vuqorida aytgandek, to mamlakatni Ag’ustus ibn Yuujis (Rim imperatori Avgust er. av. 30 yildan - eramizning 14 – yili) egallaganicha o’ttiz kunni nom - banom ishlatganlar. (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”).
Har bir oy 10 kundan iborat bo’lgan katta haftaga va har biri 5 kundan iborat bo’lgan oltita kichik haftaga bo’lingan. Yil har biri to’rt oydan iborat 3 ta faslga ham bo’lingan edi. Ular Nil toshish, urug’ qadash va yig’im-terim mavsumlaridan iborat bo’lgan.
Misr qohinlari Sotish yulduzining chiqishhini kuzatishni yana ko’p yillar davom ettirib, shamsiy yilining uzunligini aniqlashga va uni 365 kundan iborat, deb belgilashga muvaffak bo’lganlar. Quyosh yilining bu ko’shimcha besh kuni yilning xech qaysi oyida qo’shilmagan. Abu Rayhon Beruniy yana davom ettiradi: “Qibtiylar ortiqcha besh kunni abug’amno” deb ataydilar. Bu so’zning tarjimasi “kichik oy” demakdir.
U qo’shimcha kunlarni misrliklar yil oxirida xudolarning tug’ilgan kunlari sifatida bayram qilganlar. Demak, Misr kalendarining hamma yillari bir xil vaqtda , bir xil uzunlikka ega bo’lgan: ularning hammasi 365 kundan iborat bo’lgan. Bunday kalendar yili avvalgi 360 kunlik yilga karaganda tropik yilning haqiqiy uzunligiga juda ham yaqin edi.
Shunday qilib, eramizdan 4 ming yil mukaddam misrliklar yil uzunligini 365 kun deb belgilashgan. Bu o’sha vaqtdagi Misr astronomiya fanining juda katta yutugi edi. Misrliklarning kalendar yili haqiqiy tropik yildan atigi chorak kun farq qilgan edi, xolos. Lekin, hisob, bari bir to’gri emas edi. Har yildagi xato 6 soatni Tashkil etardi. Ana shu xato tufayli misrliklarning yuz yili davomida quyosh turishi kalendarga nisbatan 24 kun, ming yilda esa 8 oy va yana 2 kun oldinga o’tib ketgan bo’ladi. Natijada Misrliklarning yangi yili (tut oyining birinchi kuni) asta - sekin boshqa barcha oylarga ham to’gri kelib borardi. Shuning uchun misrliklar yili keyinchalik “sayoq”, ko’chib yuruvchi yulduz deb nom olgan.
Misrliklarning kalendar yili tropik yildan deyarli soat (ya’ni 0, 25 kun) qisqa bo’lganligi sababli Sotish yulduzining ertalabki birinchi ko’rinishi har to’rt yilda rosa bir sutkaga kechiqar edi. Bunday farq 120-yilda bir oyni tashkil etardi. Shuning uchun Misr kalendari bo’yicha quyosh turish kuni borgan sari keyingi oylarda, yilning boshlanishi esa tobora keyingi fasllarda (avval baxorga, so’ng qishga, kuzga, yozga va yana baxorga) to’gri kelib borgan. Kalendar yilining boshlanishi 1460-yilda hamma fasllarni bir marta aylanib chiqadi yoki tropik yil bilan kalendar yili o’rtasidagi xato 1460-yilda bir yilni tashkil etadi. (365x4=1460). Ana shuncha vaqt ichida Misr kalendari bo’yicha 1461-yil o’tgan bo’ladi. Shu davrdan boshlab yangi yilning boshlanishi, yana Sotishlining ertalabki birinchi ko’rinishi va yozgi Quyosh turishi kuniga to’gri keladi.
Sotishlining har to’rt yilda bir kun kechiqib chiqishini misrliklar sezmagan, deyish noto’gri. Har to’rtinchi yilga bittadan qo’shimcha kun ko’shib borilsa, vaqt hisobi Quyoshning harakati bilan, tabiiy fasllar bilan muvofiqlashgan, kalendar yilining “sayoqligi” tugatilgan va kat’iy shamsiy kalendar belgilangan bo’lardi. Biroq Misr kalendari islox qilinmagan. Bunga qadimgi misrliklarning diniy qarashlari to’sqinlik qilgan. Ular o’z kalendar yillarining haqiqiy tabiiy yildan qisqaligini bilishgan. Lekin ular o’z xududlariga avvaldan belgilangan vaqtlarda Qurbonlik qilib, bayram qilishardi; ana shu bayramlar yilning doim ma’lum bir vaqtga to’gri kelmay, balki hamma oylarga to’gri kelib turishini va shu yo’l bilan butun yilning, barcha oylarining muqaddas bo’lishini istashgan. Shuning uchun diniy tasavvurdan kelib chiqib fir’avnlar taxtga o’tirib o’z yil hisoblarini o’zlashtirmaslikka, unga qo’shimcha kunlar ko’shmaslikka kasamyod qilar edilar.
Mavzu Misr kalendari tarixi, Nil daryosi haqida ketar ekan, buyuk vatandoshimiz Axmad Kasir Farg’oniyning Misrda Nil daryosi suvini o’lchaydigan asbob yasaganligini aytib o’tish lozim.
Evergetning amalga oshmagan islohoti. Deyarli yuz yil mukaddam 1866-yili arxeologlar Nil soxilidagi Kanop shaxrining qadimiy ibodatxonasi qoldiqlarini kovlash vaqtida bir toshtaxtaga duch keldilar. Unga Misr iyerogliflari bilan va ustiga yunoncha qilib yozilgan ko’p ming yillik qadimgi Misr tarixining so’ngi davriga tegishli, kalendar tarixi uchun ham ahamiyatli hujjat ekan.
Ulkan Misr davlatini forslar zabt etadi, so’ng u Aleksandr Makedonskiy davlatining tarkibiga o’tadi. Eramizdan avval 331-yili Kanop yaqinida barpo etilgan shahar mashxur lashkarboshi sharafiga Aleksandriya (Iskandariya) deb ataladi. Piramidalar mamlakatiga esa Aleksandr Makedonskiy lashkarboshilardan birining nomi bilan ataluvchi yangi hukmdorlar sulolasi - Ptolemeylar sulolasi boshlanadi.
Aleksandriya Misrning poytaxti va butun qadimgi dunyoning madaniy, savdo va ilm - fan markaziga aylanadi. Misr astronomlaridan biri podsho Ptolemey III Evergetga Misr kalendari tuzatishni Quyosh yilidan farqlanmasligi uchun uni “sayoq” kalendardan doimiy, ko’zgalmas kalendarga aylantirishni taklif qiladi. Taklif Evergetga ma’qul tushadi. U Kanopdagi ibodatxonaning katta toshtaxtasiga o’z farmonini o’yib yozuvni buyuradi. Bu farmonni tarixchilar Kanop dekreti deb atashgan.
Eramizdan avvalgi 238-yil 7-martda yozilgan bu dekretda shunday deyilgan edi: “Sotish yulduzi har to’rt yilda bir kun oldinga o’tib ketayotir. Shuning uchun yozgi bayramlar qishki oylarga to’gri kelib qolmoqda. Bundan keyin ham shunday xodisa takrorlanmasligi uchun bundan buyon har to’rt yilda beshta qo’shimcha kundan keyin va yangi yil oldidan yana bitta qo’shimcha, 366 - kun qo’shib borilsin. Shu paytdan boshlab yil vaqti hisobidagi avvalgi kamchiliklarning podsho Everget tomonidan yaxshilab tuzatilganligini hamma bilsin”.
Detergentning bu farmoni aslida kalendar tuzumiga kabisa yilini joriy etish yo’lidagi birinchi o’rinish edi. Agar mazkur dekret amalga oshirilsa misrliklar yilining o’rtacha uzunligi 365, 25 kunni Tashkil etgan bo’lur edi. Xuddi ana shuncha vaqt oradan yana ikki asr o’tganidan keyin dunyodagi boshqa bir mamlakatda joriy etilgan unliy kalendarining bir yiliga roppa - rosa teng bo’lgan. Biroq bu kalendar islohoti ruxoniylarning qarshiligi tufayli o’z vaqtida hayotga tadbiq etilmay qolgan. Qadimgi Misr kalendar yili “adashilgan yil” sifatida yana ko’p yillar saqlanib turgan.
Detergentning Kanop dekretidan so’ng ikki yuz yildan ziyod vaqt o’tgan, Misr yana chet elliklar tomonidan zabt etiladi. Bu safar Misr rimliklar qo’liga o’tdi. Rim imperatori Avgust eramizdan avval 26 yili Aleksandriyada xuddi Everget taklif qilgan kalendarni joriy etadi. Bu tuzatilgan Misr kalendari juda oddiy, sodda foydalanish uchun nihoyatda kulay kalendar edi. Bu kalendar bo’yicha yil 30 kunlik bir - biriga teng 12 ta oydan va 5 ta yoki 6 ta (kabisa yillarida) qo’shimcha kundan iborat. Yil hamisha to’rt oyning 1 kunidan boshlanadi. Bu ajoyib Aleksandrit kalendari afrikalik xristianlar - misrlik koptlar va efiopiyaliklar orasida hanuzgacha saqlanib qolgan. Bu kalendar Hozir ham barcha mavjud kalendarlar orasida eng yaxshi, eng mukammali va eng qulayi hisoblanadi. Insoniyat tarixida jami 200 dan ortiq kalendarlar ishlatilgan. 
Hozirgi kalendar unchalik mukammal bo’lmagan kalendar bo’lib, qadimgi rimliklardan meros qolgandir. Misrliklar kalendari ijod vaqt davomida oy va yil kunlari bir xil ilmakdorga ega bo’lgan. U keyingi barcha shamsiy kalendarlarga asos bo’lib xizmat qilgan.

__________________


Rahmonqulova Z. Xronologiya. A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, - T. : 2006.

Download 122.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling