Mundarija: Kirish I bob «Kalendar» atamasining paydo bo’lishi. Zamonaviy kalendarlar
Download 122.71 Kb.
|
2.2 KALENDARLAR HAQIDA
Biroq kalendar yilining o’rtacha uzunligi tropik yil uzunligiga iloji boricha yaqinroq, teng bo’lishi uchun oddiy va kabisa yillarining o’zaro munosabatini qanday bo’lishini belgilash birmuncha murakkab vazifadir. Tropik yilining uzunligini o’rtacha hisoblaganda 365, 2440 o’rtacha shamsiy kunga teng deb qabul etsak, unda 365 kunlik oddiy yil 0, 24220 kun qisqa bo’lib qoladi. Bu murakkab vazifaning qanday hal etilganini navbatdagi mavzularda ko’ramiz. Vaqtning kun, oy va yil kabi uchala tabiiy o’lchov birliklarini bir-biriga moslashtirishga qaratilgan urinishlar Kalendarning uchinchi turini – qamariy – shamsiy kalendarini keltirib chiqargan. Bunga misol qilib vavilonliklarning, yaxudiylarning , qadimgi yunonlarning, qadimgi xitoy, qadimgi rimliklar va boshqa Xalqlarning kalendarlarini keltirish mumkin. Bu kalendarning vazifasi kunlar va oyni yilga moslashtirishgan qaratilgan bo’ladi. Qamariy-shamsiy kalendar hozirgi paytda yahudiylik dinida diniy bayramlarning qachon kelishini hisoblash uchun, shuningdek Isroil davlatida ko’llaniladi. Ularning dini ham, kalendari ham ancha murakkab kalendar hisoblanadi. Unda yil har biri 29 va 30 kunlik 12 qamariy oydan iborat bo’lsa-da, lekin quyoshning harakatini hisobga olish uchun unga vaqti-vaqti bilan qo’shimcha o’n uchinchi oyga ega bo’lgan kabisa yili qo’shib turiladi. Bu Kalendarning oddiy, ya’ni o’n ikki oylik yillari 353, 354 yoki 355 kundan, kabisa, ya’ni o’n uch oylik yillari esa 383, 384 yoki 385 kundan iborat bo’ladi. Shu yo’l bilan har oy boshlanishining yangi oy tugilishiga deyarli aniq to’g’ri kelishiga erishib boriladi. Buyuk olim Abu Rayxon Beruniy: “Ilm-fan Kishilarning hayotiy extiyojlarini kondirish zaruriyatidan paydo bo’ldi”,- deb yozganidek, jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida Kishilarda vaqtning kun va tunga nisbatan yirikroq o’lchov birligini yaratishga extiyoj tugiladi. Kishilar bunday o’lchov birligini Oy fazalarining o’zgarishidan, Oyning ko’rinma harakatidan topganlar. Shuning uchun ham qadimgi xalqlar orasida paydo bo’lgan kalendarlar avvaliga faqat Oyga asoslanib tuzilgan. Bunday kalendarlar qamariy kalendarlar bo’lib, ular qadimgi xalqlar dinida, ayniqsa sharq xalqlarining dinlarida katta ahamiyat kasb etgan. Bu kalendar islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarda doimo amal qilib keladi. Astronomiya faniga ham dastlabki tamal toshi sharqda vujudga kelib, bu yerlik munajjimlar Oyni o’rganishda, ayniqsa uning ikkita bir xil fazalari o’rtasidagi vaqtni aniqlashda katta yutuklarga erishganlar. Oyning yer atrofida quyoshga nisbatan bir marta to’lik aylanib chiqishh vaqti sinodik oy deb nomlanadi. Sinodik oy davrining birmuncha aniqroq belgilanadigan payti uning oy boshiga (yangi oyga) to’g’ri keladigan paytidir. Biroq yangi boshini, yangi oy tugilishini quyosh tutilgan paytlardagina aniqlash mumkin. Quyoshning tutilishi esa juda kam kuzatiladigan xodisadir. Shuning uchun oyning yangi oy fazasiga eng yaqin bo’lgan boshqa fazasini tanlab olishga, ya’ni yangi oy tug’ilganidan keyin uning ingichka o’roq shaklida birinchi marta ko’rinishini kuzatishga to’g’ri kelgan. Oyning harakatidagi, o’zgarishidagi bunday xolatini qadimgi yunonlar neomeniya deb atashgan. Buni biz hozir shartli ravishda yosh oy deylik. Yosh oyni biz oqshom paytlarida botib ulgurmasidan bir necha daqiqa ilgari ko’ra olamiz. U bizga alfavitimizdagi teskari “S” harfiga o’xshab ko’rinadi. Qamariy kalendar bo’yicha vaqt hisobi olib boruvchi barcha xalqlar kalendar oyining boshlanishi deb yosh Oy birinchi marta ko’ringan kunni hisoblashadi. Yangi oy tug’ilishidan yosh oy ko’ringuncha (neomeniyagacha) o’tgan vaqtning qancha bo’lishi ham astronomik, ham ob-xavo sharoitlariga bog’liqdir. Bu vaqt xronologiyada o’rtacha 36 soatga teng deb hisoblanadi. Bir necha ming yillar mukaddam ikkita quyosh oy oralig’ida 29 yoki 30 kun o’tadi deb aniqlanilgan. Shuning uchun sinodik oyning uzunligini avvaliga 29,5 kundan iborat deb hisoblashgan va qamariy kalendar yilining oylari esa navbatma-navbat 29 va 30 kundan almashib turgan. Lekin har bir yangi qamariy oyning birinchi kuni osmonda yosh Oy birinchi marta ko’ringan kundan boshlanishi albatta shart bo’lgan. Vaqtning oyga nisbatan yirikroq birligiga bo’lgan extiyoj qamariy yilni keltirib chiqargan. Qamariy yil 12 qamariy oydan iborat bo’lib, u taxminan 354 kunga tengdir. Kalendarning barcha toq oylari 30 kundan, barcha juft oylari esa 29 kundan iborat. (“Hijriy qamariy kalendar oylari” jadvaliga karang). Shunday qilib, qamariy kalendar yili ham qamariy yil singari 354 kundan iborat bo’ladi. (6x30+6x29=354) Biroq, biz sinodik oyning haqiqatda 29,5 kunga teng bo’lmay, balki 29,53059 kundan (yoki 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,8 soniyadan) iboratligini bilamiz. Shuning uchun oylarni 29 va 30 kundan hisoblaganda kalendar oyidagi 29,5 kundan ortiqcha vaqt asta-sekin to’planib borib, natijada u ham qamariy oyning, ham qamariy yilning boshlanishi – birinchi kunini Oyning yangi oy fazasidan (yoki neomeniya xolatidan) uzoqlashtirib yuboradi. Bu xatto 10 yilda deyarli 3,67 kunni Tashkil etadi va yangi kalendar yilining yoki oyning boshlanishi yangi oy tugilishidan ancha orqada qoladi. Bunday noqulayliklardan kutilish uchun vaqti-vaqti bilan kalendarni tuzatib turishga qaror qilingan. Buning uchun ayrim qamariy yillarga ko’shimcha 1 kun qo’shib turiladi. (Zulxijja oyig’a). Yil 355 kunni tashkil etadi. Bunday yillarni shamsiy Kalendarning 366 kunlik yillari singari kabisa yillar deb ataymiz. Shunga ko’ra qamariy kalendar yillari gox 354 kundan, gox 355 kundan iborat bo’ladi. Shu yo’l bilan oylar hamda qamariy yillarning boshlanishi osmonda yangi Oy ko’ringan kunga to’g’ri kelishiga erishilgan. Kabisa tizimini tanlash, ya’ni qaysi qamariy yillarni 355 kundan hisoblash zarurligini aniqlash kerak bo’lgan. Hozir ishlatilayotgan barcha qamariy kalendarlar 8 yillik davrga ega bo’lgan “turk sikli” ga yoki 30 yillik davrga ega bo’lgan “arab sikli” ga asoslanadi. “Turk sikli” ga asoslangan qamariy kalendar bo’yicha 354, 36706 kunlik 8 ta qamariy yil taxminan 2835 kundan iborat bo’ladi. Lekin 354 kunlik 8 ta oddiy qamariy yil esa 2832 kunni Tashkil etadi, xolos. (ya’ni u 3 kuncha ozdir). Shunga ko’ra, oradan sakkiz yil vaqt o’tganda qamariy kalendar yilining boshlanishi oy boshiga yoki xech bo’lmasa neomeniyaga to’g’ri kelishi uchun unga yana uch kun ko’shish kerak bo’ladi. (354 x 5 + 353 x 3 = 2835 kun). Sikl doirasida kabisa yillarining 2,5 va 7 yillarga to’g’ri kelishi ma’qul topilgan. Chunki har yil oxiridagi xatolik yarim kundan oshmasligi kerak. “Arab sikli” ga asoslangan qamariy kalendar bo’yicha 354, 36706 kunlik 30 ta qamariy yil taxminan 10631 kunni tashkil etadi. Biroq har biri 354 kundan bo’lgan 30 ta oddiy qamariy yil esa faqat 10620 kunga ega. Shuning uchun har 30 yilda oy boshi deyarli aniq 11 kun kechiqadi. Demak, 30 yillik siklning 11 yiliga bittadan kun ko’shish kerak bo’ladi. Unga bu siklning 19 ta oddiy yili 354 kunga va 11 ta kabisa yili 355 kunga ega bo’ladi. Bu kalendar siklida ham qaysi yillarni kabisa yili deb hisoblash masalasida “turk sikli” dagi kabisa yillarini aniqlash qoidasiga amal qilingan: agar sikl boshida xatolikni nolga teng deb hisoblansa, har kalendar yilining oxiridagi xatolik 0,5 kundan oshmasligi kerak. Shuning uchun bu 30 yillik sikl ichida 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26 va 29 yillarni kabisa yili deb hisoblash ma’qul topilgan. Kabisa yillarini vuqoridagi tartibda belgilashda, shuningdek har kalendar oyining birinchi kuni va yangi yilning boshlanishi neomeniyaga, ya’ni osmonda yangi Oyning birinchi kuniga to’g’ri kelish qoidasiga ham albatta rioya qilinadi. 30 yillik davrga asoslangan Kalendarning aniqligi juda vuqori. Bunda xatoliklar yig’ilib bir kunga yetishi uchun, taxminan, 3 ming yil kerak bo’ladi. Xulosa Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, turkiy xalqlarning asosiy taqvimi muchal hisobidan iborat boTgan yilning o’n ikki oyi Abu Rayhon Beruniy keltirgan nonilar bilan atalgan. Biroq Abu Rayhon Beruniy turkiy xalqlarda qadim zamonlardan buyon biror voqea asos qilib olingan «Tarix boshi» deb atalgan, raqam bilan hisoblab kelinadigan yil hisobi to’g’risida maTumot bermaydi. Shu bilan birga yuqorida aytilgan o’n ikki oyning kunlar miqdori, oddiy va kabisa yili, yilning boshlanishi, yangi kunning. qachondan hisoblanishi ham aytilmaydi. Har holda qadimgi turkiy xalqlarda ham Yaqin va Olrta Sharqdagi boshqa kalendarlarda bo’lgani kabi yil boshi bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Chunki qadimgi turkiy xalqlar qo’llagan muchal yilining birinchi kuni bahorgi tengkunlikdan hisoblanadi. Mahmud Qoshg’ariy «Devonu lug’ot at-turk» asarida turkiy xalqlarning kalendarlari haqida qisqacha to’xtab ohadi, Mahmud Qoshg’ariv ham Abu Rayhon Beruniy kabi qadim zamonlardan beri davom etib kelayotgan tarix boshi (era)ga to’xtalib o’tmaydi. Olim faqat Abu Rayhon Beruniy keltirgani kabi yilning o’n ikki oyini beradi. Mahmud Qoshg’ariy turkiy xalqlarda kunlarning nomi yo’qligini, arablar kelgandan keyingina kunlar hafta ichidagi kun nomlari bilan aytilishi odat tusiga kirganligini qayd etadi. U muchal tarkibiga kirgan o’n ikki hayvon nomini sichqondan boshlab to’ng’izgacha sanab o’tadi. Ayrim olimlarning fikricha, turkiy xalqlarda tarix boshi (era) bo’lgan va u turk hoqonligining 571-yilda o’rnatilishidan boshlanadi. deydilar. Bu fikrni isbotlash uchun Urxun-Enasoy yozuvlarida bitilgan qabr toshlaridagi bitiklarga murojaat qilaylik. Jumladan, Kultegin yodnomasi shunday tugallanadi: «Kultegin qo’y yilida o’n yettinchi kunida uchdi. To’qqizinchi oyning yigirma yettisida azasini o’tkazdik. Binosini, naqshini, bitiktoshini Maymun yilida, yettinchi oyning yigirma yettisida butunlay tugatdik. Kultegin qirq yetti yoshida vafot etdi». Yuqoridagi sanani Xitoy yilnomalari bilan qiyoslab hisoblanganda milodiy 731-yilning 27-fevrali kelib chiqadi. Download 122.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling