Mundarija Kirish I bob. Korxonada moliyaviy natijalar auditi
Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari
Download 149.47 Kb.
|
kurs ishi 50 bet
2. Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning asosiy turi bo‘lib bank krediti, ya’ni tijorat banklari tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko‘rinishdagi kreditlar hisoblanadi. Kredit munosabatlari yuzaga kelishi uchun uning obyektlari va subyektlari bo‘lishi lozim. Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining subyekti bo‘lib xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, kreditlash jarayonida kredit munosabatlarining subyektlari bir tomondan kredit beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida qatnashadilar. Kreditorlar bo‘lib, o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar. Qarz oluvchi – o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini oluvchi tomondir. Bank kreditiga kelsak, kredit munosabatlarining subyektlari bo‘lib, albatta, kredit beruvchi bank va qarzdor bo‘lib turli yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar. Kreditning bu turi asosan banklarning jalb qilingan mablag‘lar bilan ishlashiga bog‘liq. Banklar o‘zida jalb qilingan mablag‘larni ehtiyoji borlarga qayta taqsimlash orqali kreditor sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 80-yillarda qayta qurish jarayonlarining boshlanishiga qadar sobiq SSSRda bank kreditini qarzga oluvchi bo‘lib, asosan, xo‘jalik yurituvchi korxona va tashkilotlar qatnashganlar, ammo xo‘jalik organlari va banklar orasida bank krediti sohasidagi amalga oshgan munosabatlar aksariyat hollarda bir xil turdagi davlat mulkchiligiga asoslangan subyektlar o‘rtasida bo‘lgan. Faoliyat ko‘rsatuvchi banklar davlat banklari bo‘lgan, undan tashq ari sob iq Ittifoq davrid agi xo‘jalik subyektlari tarkibida kooperativl ar va boshqa mulkchilik turlariga asoslangan subyektlar hissasi juda sezilarsiz bo‘lgan. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va bozor munosabatlarining shakllanishi bilan O‘zbekistonda kredit munosabatlari subyektlarining mavqeyi o‘zgardi. Bu vaziyat mulkchilik munosabatlarining chuqur o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Bank sohasidagi mulkchilik munosabatlari qo‘shimcha ravishda „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi Qonun bilan tartibga solina boshlandi. Ishlab chiqarishni dekonsentratsiyalash va davlat tasarrufi dan chiqar ish iqtisodiyotni demonopolizatsiyalash, mulkchilikni xususiylasht irishni O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar asosida to‘g‘ri amalga oshirilishi birinchidan – xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa banklar sonining tez ko‘payishiga, ikkinchidan – ularning ko‘pchiligida egalik qilayotgan davlat mulkchilik shaklini turli xil mulkchilik shakllariga o‘zgartirilishiga olib keldi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida xususiy, davlat, jamoa va kollektiv mulkchiligiga asoslangan korxona va tashkilotlar tuzilishi hamda faoliyat ko‘rsatishiga huquqiy asos yaratildi. Shu bilan birgalikda, aralash mulkchilikka asoslangan korxonalar ham ochilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘ldi. Ayniqsa, hukumat tomonidan xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, ularni xususiylashtirish va faoliyatini erkinlashtirish sharoitida kredit munosabatlari subyektlarining ko‘lami oshib bormoqda. To‘g‘ridan to‘g‘ri kredit, hisob-kitob, kassa xizmati bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunga muvofi q istagan mulkchilik turiga asoslangan bo‘lishi, shu jumladan, xorijiy kapitalni jalb qilgan holda ham tashkil qilinishi mumkin. Kreditlash obyekti – bu qarzga olingan summa va uning qaysi obyekt – tovar-moddiy boyliklar, xarajatlar va hokazolarga yo‘naltirilganligini anglatadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kreditlash tarkibini quyidagicha tasvirlash mumkin: Uch bazaviy element (kreditlash subyekti, obyekti va ta’minoti) umumlashgan holda kreditlash tizimi sifatida harakat qiladi. Lekin boshqa tomondan yondashadigan bo‘lsak, ulardan biri ham yetarli bo‘lishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan fi rma, joriy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha bu kreditni be rishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas. Yana bir misolda ko‘rishimiz mumkin, bir korxona kelajagi juda samarali, istiqbolli va foydali bo‘lgan loy ihani bankka taqdim etib, bu loyihani moliyalash uchun kredit so‘rashi mumkin. Bank ushbu loyiha istiqboliga amin bo‘lsa, yuqori foyda olish maqsadida kredit berishi mumkin. Bu ikkala misolda, birinchi holda faqatgina kreditlash subyektiga, ikkinchi holda faqatgina kreditlash obyektiga e’tibor berilmoqda. Bu hollarda, kreditlash riski yuqori bo‘lib, bank bu mablag‘lardan ajralib qolish ehtimoli bor. Shuning uchun yuqorida sanab o‘tilgan uch bazaviy elementlarga umumlashgan holda e’tibor berish lozim. Endi kreditlash subyektiga yana qaytadigan bo‘lsak, qarz oluvchi mulkchilik turidan qat’i nazar, bank ishonchini qozongan, ma’lum moddiy va huquqiy kafolatlarga ega bo‘lgan foiz to‘lash va kreditni o‘z vaqtida qaytarishga rozi bo‘lgan subyektlar bo‘lishi mumkin. Kreditlash subyektlariga yanada aniqroq yondashadigan bo‘lsak ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin: davlat korxona va tashkilotlari; kooperativlar; ishlab chiqarish subyektlari va savdo tashkilotlari; yakka mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, fer-merlar, mikrofi rmalar, shirkatlar, birlashmalar; boshqa banklar; boshqa xo‘jaliklar xususan hukumat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqalar. Undan tashqari, qisqa muddatli kreditlarni yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tadbirkorlar ham olishlari mumkin. Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faroliyat ko‘rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, banklar banklararo kreditlarda qarz oluvchi subyekt sifatida ham faoliyat ko‘rsatadilar. Tor ma’noda kreditlash obyekti, kredit (ssuda) aynan qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi va kredit bitimi shu obyekt ustida tuziladi. Amaliyotda qisqa muddatli kre ditlar ishlab chiqarish zaxiralarining turli elementlari uchun beriladi. Sanoatda, masalan, banklar xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, taralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va boshqalarni kreditlashadi. Savdoda kreditlashning obyekti bo‘lib, tovaroborotdagi tovarlar hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik xarajatlari; mineral o‘gitlar, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni kreditlashadi. Umuman olganda, qisqa muddatli kreditlar quyidagi 3 ta asosiy obyektni kreditlashga yo‘naltiriladi: tovar-moddiy boyliklar; ishlab chiqarish xarajatlari; hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar. Tovar-moddiy boyliklar yuqori salmoqqa ega bo‘lgan kreditlash obyekti hisoblanadi. Korxona normativdan yuqori bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni ishlab chiqarishni joriy qilganda, mavsumiy korxonalarda tovar-moddiy boyliklar rejadan tashqari qabul qilinganda, import mahsulotlari kelib tushganda, ularning transportirovkasi bilan bog‘liq xarajatlarni, savdo va ta’minot tashkilotlarida normativdan yuqori tovar zaxiralari yuzaga kelganda kreditlarga murojaat etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish bilan mablag‘lar tushishi jarayoni bir-biriga mos kelmaganda, tugallanmagan ishlab chiqarish salmog‘i oshib ketganda, kelgusi davr xarajatlariga, ba’zi korxonalarga yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va korx onani qayta ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni amalga oshirishda kreditlarga murojaat etiladi. Aylanma mablag‘lar odatda debitorlik qarzlari yoki tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanadi. Qurilish uchun „oraliq“ kreditlari bino va inshootlar, ofi slar, savdo markazlari va shu kabilarni qurish uchun beriladi. Aniqrog‘i kredit, bino va inshootlarni qurishda kerak bo‘ladigan qurilish materiallari, qurish jihozlarini sotib olishga, quruvchi ishchilarni yollashga beriladi. Bu kabi kreditlar kredit oluvchining boshqa bir uzoq muddatli ta’minoti ostida beriladi. Xulosa Download 149.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling