2.3. Manzarali va gulli o`simlik o`simliklarning guruxlanishi.
Dunyoda 250 mingga yaqin gulli o`simliklar turi ma`lum va er yuzida ular keng tarqalgan. Gullar morfologik, biologik va xo`jalik belgilari bo`yicha keskin farqlanadi. Hayotining davomiyligiga ko`ra gulli o`simliklar bir yillik, ikki yillik, ko`p yilliklarga va yopiq maydon o`simliklari, barvaqt etishtiriladigan o`simliklar, doimiy yashil o`simliklarga bo`linadi.
Bir yillik o`simliklarga Xitoy Astrasi, Aterrinum, Agietum, Balzamin, Barxattsi, Begoniya, Gvozdika, Gadetsiya, Koreopsis, Kosmeya, Levkoy, Lobeliya, Petuniya, Sal`viya, Floks, Xushbo`y no`xat, Amarant kiradi.
Ikki yillik o`simliklarga Fial`ka, Turkiya gvozdikasi, Kalakol`chik, Margaritka, Nizabutka, Mal`va getokroza, Shtokroza, Naprestyanka kiradi.
Ko`p yillik o`simliklarga Astel`ba, Astra al`piyskaya, Gayllardiya,
Gipsofilla, Goritsvet, Zolotoy shar, Iris, Landish, Lyupin, Mak, Pion, Primula, Spargina, Sparja, Lola, Nargis, Liliya, Shafran, Georgina, Gladiolus, Kanna, Atirgul, Shipovnik, Sirin, Gerbera, Stachys kiradi.
Yopiq maydon o`simliklariga Gortenziya, Tsenirariya, Gliotrop, Geran, Glaktsaniya, Fuktsiya, Primula, Tsiklamen kiradi.
Barvaqt etishtiriladigan o`simliklarga Amarillis, Magnoliya, Azaliya, Kameliya, Rododendron kiradi.
Doimiy yashil o`simliklar Araliya, Begoniya, Kardelina, Lavr, Lavrovlishniya legstrum, Pal`ma, Fikus, Felodendron, Limon, Apel`sin, Bresklet, Tuya, Asparagus, Kalakolchik kiradi.
Manzarali va gulli o`simlik o`simliklarning guruxlanishi.
2.3.1-Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |