Mundarija: Kirish I. Bob. Manzarali o’simliklarning kelib chiqish markazlari
Download 51.82 Kb.
|
Manzarali o\'simliklarning kelib chiqish markazlari2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi obyekti
- Kurs ishning ahamiyati
Kurs ishning maqsadi: Manzarali va gulli o'simliklarning guruhlanishi, ko'paytirish usullari, o'stirish agrotexnikasi va ularni fitodizaynda qo'llash usullarini o'rganish va olingan ma'lumotlarni o'quv-tarbiyaviy jarayonidagi ahamiyatini tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishning vazifalari: Istiqbolli manzarali o'simliklarni aniqlash; Manzarali va gulli o'simliklarning guruxlanishi va ularga tashqi muhit omillarining ta'siri o'rganish; Manzarali va gulli o'simliklarning urug'idan va vegetativ ko'paytirish yo'llarini o'rganish; Manzarali va gulli o'simliklarni ochiq va yopiq erlarda o'stirish agrotexnikasini o'rganish; olingan ma'lumotlarni o'quv-tarbiya jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilish. Kurs ishi obyekti: Biz mazkur kurs ishini bajarishda botanika va o'simliklar ekperimental biologiyasada umumqabul qilingan uslublardan foydalandik. Kurs ishi predmeti: Ishni bajarish jarayonida asosan manzarali o'simliklar va ularning estetik jihatlari, etishtirish uslublariga bag'ishlangan adabiyotlardan keng foydalanildi. Kurs ishning ahamiyati: Manzarali o'simliklar kishilarga estetik zavq berishdan tashqari, ular shahar va qishloqlarni tutun, ishlangan gaz va hakazolardan saqlashdek juda katta sanitar ahamiyatga moyillikdir. Ko'pgina o'simliklar fitontsidlik (o'simlikdan chiqadigan, bakteriyalarni yo'qotadigan uchuvchati moddalar) xususiyatga ega. Bog' va xiyobonlar shahar havosini tozalovchi o`ziga xos arteriya hisoblanadi. Daraxt va butalar harorat tebranish ko'lamini ma'lum darajada me'yorlaydi, issiq kunlarda havo namligini ko`paytiradi, meliorativ va suv saqlash xususiyatiga ega bo'ladi. Yashil o'simliklar turli xil ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan ayrim holatlarga va ko'cha shovqinlariga qarshi kurashda ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Bu masalalarni muvaffaqiyatli echishda soha mutaxassislari va gulchilik bilan shug'ullanuvchilar o`z bilimlarini yanada boyitish bilan ko`proq tarqalgan manzarali o`simliklarni etishtirish, ularning navlarini ko`paytirish, agrotexnikasini mukammallashtirish va kelajak avlodga estetik tarbiya berish ishlarini olib borishlari haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. Download 51.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling