Mundarija kirish I bob. Morfoogiya


Download 0.6 Mb.
bet2/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1638531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alaydarova Dilnoza kurs ishi

Kurs ishining vazifalari: Ushbu kurs ishining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat.

  • Son so‘z turkumini yoritib berish va ular haqida ma’lumotlar berish

  • yoritib berish

  • Sonning ma’no turlarini belgilash masalasini ko‘rib chiqish

  • Shu bilan birga, sonning morfologik va sintaktik belgisini hamda soning tuzilishiga ko‘ra turlarini o‘rganib chiqish

Kurs ishining obyekti: So‘z turkumlari xususan, son so‘z turkumini o‘rganish, shuningdek, sonlarning yasalishi kurs ishining ob’ekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti:Sonning ma’no turlarini belgilash masalasi kurs ishi predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism: ikki bob, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati, xulosadan iborat.
I BOB. MORFOLOGIYA

    1. So‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi

So‘zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi – morfologiyadir. Ma’lumki, morfologiya bo‘limi tilimizdagi mavjud so‘zlar grammatik, leksik belgilariga ko‘ra so‘z turkumlariga ajratib o‘rganadi. Grammatik belgi. Har bir so‘z ikki xil grammatik belgiga ega bo‘ladi. Morfologik belgi. So‘zlarning egalik-kelishik qo‘shimchalarini qabul qilib turlanishi yoki turlanmasligi; shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qilib tuslanish-tuslanmasligi morfologik belgi sanaladi. Sintaktik belgi. So‘zlarning gap tarkibida so‘z birikmalarini hosil qilib kelishi hamda ma’lum bir sintaktik vazifa bajarishi sintaktik belgi sanaladi.
Morfologiya (yunoncha morphe – «shakl», logos – «ta’limot») so‘z va uning grammatik xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so‘zning morfologik tuzilishi, yangi shakl va ma’nolar hosil qilishi bilan bog‘liq qonun-qoidalar o‘rganiladi. Morfologiyada so‘zlar mushtarak yoki farqli bеlgilari umumlashtirilgan holda turkumlarga ajratib o‘rganiladi. So‘z lеksikologiyada lеksik birlik sifatida, morfologiyada esa grammatik birlik sifatida o‘rganiladi.
So‘zlarning ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, umumiy grammatik ma’no ifodalashiga ko‘ra, guruhlarga ajratilishiga so‘z turkumlari deyiladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling