Mundarija kirish I bob. Morfoogiya
Hisob soʻzlari yoki numerativlar
Download 0.6 Mb.
|
Alaydarova Dilnoza kurs ishi
Hisob soʻzlari yoki numerativlar
Sanoq sonlar hisob – numerativ soʻzlar bilan birgalikda otga bog’lanib keladi. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi soʻz oʻrtasida qoʻllanilib, bu narsaning oʻlchovini bildiradigan soʻzlar hisob soʻzlar sanaladi. UNUTMANG! Hisob soʻzlari asosan ot soʻz turkumiga mansub. Hisob soʻzlari sanoq son va ot oʻrtasida kelib, son bilan birgalikda bitta gap boʻlagi vazifasida keladi. M.: bir hovuch suv, 2 qop un, besh yashik olma. Oʻzbek tilida hisob soʻzlarning ishlatilishi juda keng va xilmaxildir. Eski hisob soʻzlari: Botmon (16 kg 365 gr): Uch botmon bug’doy oldi. Qadoq (400 gr): Qassobdan yarim qadoq goʻsht olib kel. Jon: Oilada toʻrt jon odam bor. Tanob ( 8,33 sotix): Qishloqda toʻrt tanob yeri bor. Gaz: Toʻrt gaz boʻzini olib ketishibdi. Sarjin: Har kuni besh sarjin oʻtin sotadi. Paysa ( taxminan 50 gr): Ikki paysa goʻsht boʻlsa edi. Taxta: Bir necha kunlik ishdan soʻng besh taxta qog’oz tayyorlandi. Yumaloq: Toʻrt yumaloq pamil choy oldi. Mahal (vaqt): Besh vaqt namoz. Dorini ikki mahal iching. Pud: Ellik pud paxta sotdi. Tosh: Manzilga qadar ikki tosh yoʻl qoldi. Soʻlkavoy: Bir soʻlkavoy pul oldi. Enlik: Onasigga ikki enlik xat ham yozmaydi-ya. Chaksa ( taxminan 5 kg): Nosfurush kechgacha bir chaksa nos sotdi. Misqol ( taxminan 4,25 gr): Oltin tanga bir misqol atrofida ekan. XX asrda rus tili ta’sirida kirib kelgan hisob soʻzlari: gektar, kubometr, kilovatt-soat, sotix, pachka, millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr, kilo, sentner, tonna, gradus, par, ekzemplyar. 1. Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob soʻzlar: dona, nusxa, bosh, tup, nafar. 2. Butun, guruh, yoki toʻdaning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob soʻzlar: burda, parcha, varaq(bet, sahifa), og’iz, luqma, siqim, tilim (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq, nimta, toʻg’ram, poy, boʻlak, shingil. 3. Toʻdalab, guruhlab koʻrsatuvchi hisob soʻzlar: gala, toʻp, guruh, toʻda, dasta, bog’(bog’lam), quchoq, shoda, gruppa, hovuch. 4. Juft predmetlar hisobini koʻrsatuvchi soʻzlar: juft, par(a). 5. Og’irlikni oʻlchash uchun ishlatiladigan hisob soʻzlar: gramm, kilogramm, litr, pud, tonna, sentner, misqol, qadoq, botmon; taxminiy hisobni bildiruvchi hisob soʻzlar: piyola, kosa, qoshiq, choynak, qop(xalta), quti. 6. Uzunlik oʻlchovini bildiruvchi hisob soʻzlar: qadam, qarich, quloch. 7. Yosh hisobi uchun qoʻllanadigan hisob soʻzlar: yashar, yoshdagi, yoshli. 8. Vaqt oʻlchovini bildiradi: asr, yil, oy, kun, kecha-kunduz, hafta, daqiqa, soat, soniya. 9. Qiymat (pul) hisobini bildiruvchi hisob soʻzlar: soʻm, tiyin, miri, paqir, dinor. 10. Ish-harakat miqdorini bildiradi: marta// martaba// marotaba, karra, qatla, sidra (bular tartib sonlar bilan ham qoʻllaniladi). Qiziquvchilar uchun. Bir soʻzi qoʻllanishi, vazifasi va ma’nosiga koʻra ayrim hollarda boshqa sanoq sonlardan farqlanib turadi. Bu soʻz uch xil holatda kelishi kuzatiladi: 1) tub soʻz shaklida; 2) qoʻshimchalar bilan birga; 3) ayrim soʻzlar bilan birga. Bir sanoq soning tub soʻz shaklida kelishi. Bunda quyidagi ma’nolarda keladi: 1) sanoq manosini anglatib, predmetning belgisini ifodalaydi: Yana bir kitobni oʻqishim kerak. Yodda tuting. Agar bir soni otga bog’lanib, aniq miqdoriy koʻplikni ifodalasa, gap urg’usini oladi. 2) noaniqlikni ifpdalab, gumon olmoshi ma’nosida keladi. M.: Keng yag’rinli bir oʻzbek yigiti soʻzlay boshladi. Yodda tuting. Agar noaniqlikni ifodalasa gap urg’usini olmaydi. 3) fe’lga bog’lanib, harakatning belgisini ifodalab keladi. M.: Mashina bir lapangladi-da, oldinga intildi. 4) istak, xohish ma’nosini ifodalab keladi: Ertaga bir hordiq chiqarsam. 5) predmetlarning bir turda yoki jinsdosh ekanligini hamda “bir xil” degan ma’noda keladi. M.: Egizaklarning boʻyi, yuzi, qilig’i bir. Tiling bilan koʻnglingni bir tut. Behruz bilan Doniyorning yoshi bir. 6) ma’noni kuchaytirib keladi: Kecha bir yomg’ir yog’di. 7) takror kelib ayiruv bog’lovchisi vazifasida keladi va navbatmanavbat yuzaga kelgan voqeani ifodalab keladi: Bir qor yog’adi, bir yomg’ir. Izoh. Bunda u bog’lovchi sanaldi. Bir soʻzi ba’zi qoʻshimchalar yoki yuklamalar bilan qoʻllanganda: 1) egalik qoʻshimchalarini olib, oʻxshashlik ma’nosini ifodalaydi: U ham mening bir/im. 2) joʻnalish kelishigi qoʻshimchasini qabul qilib, tub soʻz holiga kelib, ravishga koʻchadi va birgalik ma’nosini ifodalaydi: Humoyun bilan birga keldim. 3) chiqish kelishigi qoʻshimchasini qabul qilib, tub soʻz holiga kelib, toʻsatdan boʻladigan voqeani ifodalab, ravishga koʻchadi: Bola birdan yig’lsb yubordi. 4) -day yasovchisini olib, holat ravishiga aylanadi: Ota-ona farzandlariga birday qaraydi. 5) -ov jamlovchi son qoʻshimchasini olib, batamom tub soʻz holiga kelib, gumon olmoshiga aylanadi hamda noaniq shaxs ma’nosini ifodalaydi: Hovlida sizni birov kutyapti. 6) -oq elementini qabul qilib, tub soʻz holiga kelib, zidlov bog’lovchisi vazifasida keladi: Qor yog’yapti, biroq havo iliq. 7) -akay qoshimchasini olib, “butunlay”, yoki “tamoman” ma’nolarini ifodalaydi: Mashina birakay toʻxtab qoldi. 8) -or/-on qoʻshimchalarini oladi: Biror voqea yuz berdimikan? Ba’zan bu soʻzdan keyin -ta qoʻshimchasi qoʻshilib kelishi mumkin: Bironta insonga ishonmaslik – bu fojea. 9) -gina yuklamasini olib, chegaralash ma’nosini ifodalaydi. Bunda u bog’langan soʻz chegaralab koʻrsatiladi: Darsga birgina Azamat kelmagan. 10) ham yuklamsini -am shaklida qabul qilib, belgini kuchaytirib keladi: Havo biram sovuq. Bir sonining ayrim soʻzlar bilan birga kelishi. Bunda: 1) rov, pas (nafas), zum,zamon, payt, yil, vaqt, oy, kun kabi soʻzlar bilan birga kelib payt holi vazifasida keladi: Uyga birrov kirib oʻtamiz. Doʻstim, meni birpas kut. 2) necha, qancha, sidirgʻa, sidra, oz, muncha, qadar soʻzlari bilan kelib, ot yo fe’lga bog’lanib, aniqlovchi yoki hol vazifasida keladi: bir necha kitob, bir sidra kiyim, biroz ishlamoq. 3) nima, narsa soʻzlari bilan kelib noaniqlikni bildiradi: Uyning qorong’i burchagida bir narsa g`imirlagandek boʻldi. 4) qator, talay soʻzlari bilan kelib predmetning belgisini ifodalaydi: Talabalarga bir qator sharoitlarni yaratib berishdi. 5) xil soʻzi bilan kelib, “bir turdagi” yoki “g’alati” degan ma’nolarni ifodalab keladi: Uning bir xil qiliqlari oʻtirganlarning ensasini qotirdi. Bir xil koʻylak oldik. 6) bari, ba’zi, har, qay(si) soʻzlaridan keyin kelib, qoʻshma soʻzni tashkil etadi: ba’zi bir, qay(si) bir sifat vazifasida, har bir belgilash olmoshi, baribir ( ega+kesim munosabatidan kelib chiqqan) – kirish soʻz yoki soʻz - gap vazifasida qoʻllaniladi. Bir soʻzining juftlanib kelishi mumkin. Bunday vaqtda u kelishik (ma’nosini yoʻqotib qotib, qolgan kelishik), egalik qoʻshimchalarini oladi: bir-biri, bir-biriga, biri-biriga kabi. Shuningdek, birin-ketin, birin-sirin kabi juft soʻzlarning oldingi qismi boʻlib keladi. Unutmang. Bir soʻzi yakka holda takror kelsa, ravishga koʻchadi: Jonon kelar bir kecha, bir-bir bosib astagina. Oldingi qismi chiqish kelishigi shaklida boʻlsa, yakka, yagona ma’nolarini bildiradi: Birdan bir orzum oʻqishga kirish. Bir soʻzi oʻrnida ishlatiladigan soʻzlar. Oʻzbek tilida bir soʻzi oʻrnida nutq talbiga koʻra ilk soʻzi qoʻllanishi mumkin: Boychechak bahorning ilk darakchisidir. Shuningdek, bir soʻzi ma’nosida yakka, yolg’iz, yagona, tanho kabi soʻzlar ham kelishi mumkin. M.: Otabek Yusufbek hojining yolg’iz (yakka-yu yagona) oʻg’li. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling