Mundarija kirish I bob. Morfoogiya


Download 0.6 Mb.
bet6/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1638531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alaydarova Dilnoza kurs ishi

Sintaktik belgisi
1. Sonnig asosiy sintaktik vazifasi. Otga bog’lanib, qancha? necha? nechanchi? kabi soʻroqlarga javob boʻlib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida kelishi bilan izohlanadi. M.: Sizlarni koʻrsam koʻnglimdan ikki tilak oʻtadi: biri sizlarni talaba sifatida koʻrish, ikkinchisi farzandlarimni sizlar kabi oʻqib yurishini koʻrish.
2. Ot kesim vazifasida keladi. M.: Men oilada farzandlardan ikkinchisiman.
3. Hol vazifasida keladi. Hol vazifasida kelgan sonlar fe’lga bog’lanadi.
a) tarz holi: Men mavzularni bitta-bitta oʻzlashtirishim shart.
b) daraja-miqdor holi: Kitoblar oʻn mingdan sotildi. Polvonlar davrani ikki aylandi. Otlashganda, otga xos koʻrsatkichlarni qabul qilib, otning quyidagi vazifalarida keladi. Ega: Biri boshqasiga aytdi. Toʻldiruvchi: Biri ikkinchisiga sodiq. Qaratqichli-aniqlovchi: Toʻrtning yarmi ikki boʻladi. Undalma. Toʻrtinchi, yigirmanchiga aloqaga chiqing.
Soʻz birikmasidagi oʻrni. Son odatda bitishuvli soʻz birikmasida tobe soʻz sifatida keladi, hokim soʻz sifatida esa asosan ot keladi. M.: beshta guldon, uchinchi farzand, uchala farzand. Shuningdek, boshqaruvli ( Ikkini beshga koʻpaytir.) hamda moslashuvli soʻz birikmasida (Ikkining yarmi) tobe soʻz sifatida kelishi mumkin5.

II BOB. SON SO‘Z TURKUMI
2.1 Sonning ma’no turlarini belgilash masalasi
Sonllarning ma’no guruhlari.
Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga koʻra dastlab ikki guruhga boʻlinadi:
1. Miqdor sonlar.
2. Tartib sonlar.
Miqdor hamda tartib sonlar ma’lum bir xususiyatlari bilan farqlanadi. Jadvalga e’tiborimizni qaratamiz.


Miqdor sonlar
Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga koʻra quyidagilarga boʻlinadi.
1. Sanoq son
2. Dona son
3. Chama son
4. Jamlovchi son
5. Taqsim son
6. Kasr son
Sanoq son
Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Bosh shakl orqali ifodalangan miqdor nomlariga sanoq sonlar deyiladi.
Xususiyatlari:
1. Maxsus qoʻshimchasi yoʻq, “0” koʻrsatkichli. M.: bir, ikki, oʻn.
2. Sanoq sonlar sonning ma’no munosabatiga koʻra ichki turlarini hosil qilishda asos boʻladi. M.: oʻnta, uchta (dona son), toʻrtdan bir, uchdan ikki (kasr son), beshovlon, yettovlon (jamlovchi son).
3. Sanoq sonlar koʻpincha arab raqamlari bilan yoziladi: 1, 2, 3, 1974.
4. Ta’rifda aytilganidek, predmetni sanab koʻrsatadi. M.: bir, ikki…test.
5.Unutmaslik lozimki, sanoq son hisob soʻzlarga ega. M.: bir qop un.
O‘qing qiziq. Bu olam aniq matematik muvozanat tamoyiliga asoslangan. Bu insonning shuuriga ham son bilan bog‘liq o‘ziga xos “magik” tasavvurlarni shakllantirgan. Masalan, ayrim sonlar sehrli sonlar sifatida talqin qilinadi. Ular: uch, yetti, to‘qqiz, qirq.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling