Mundarija kirish I bob. Morfoogiya


Download 0.6 Mb.
bet9/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1638531
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Alaydarova Dilnoza kurs ishi

Taqsim son
Narsalarning miqdorini taqsimlab koʻrsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. Qoʻshimchasi: -tadan (-ta+dan) boʻlib istalgan sanoq son asosiga qoʻshila oladi. M.: ikki+tadan, sakkiz+tadan, oʻn+tadan.
Azim har yelkasiga toʻrttadan odam sig’adigan yigit boʻlibdi. Taqsim son narsa, buyum, predmetni tenglik munosabati asosida taqsimlash ma’nosini ifodalaydi. M.: Bolalarga oʻn/tadan darslik tarqatildi.
Takroriy sonlar ham odatda taqsim son ma’nosini ifodalaydi: Bolalar, maktab bog’iga ikkita-ikkita koʻchat olib keling.
• Taqsim son hisob soʻzlarga –dan shaklida qoʻshiladi: Hasharchilar 80 kg+dan paxta terishdi.
• Bilib oling. Matnda taqsim son oldidan odatda quyidagi soʻzlar keladi:
1) har, har bir, har yil soʻzlar: Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan.
2) yirik miqdorni ifodalovchi son: Amir Temur ikki yuz minglik qoʻshindan yettita alohida-alohida jangovar qism ajratdi.
3) koʻplik shakldagi ot kelishi mumkin: Bola+lar ikkitadan boʻlib safga tizilishdi.
4) jamlovchi son kelishi mumkin: Men ikkoviga bitadan ezilgan shaftoli beraman.
Kasr son
Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar kasr sonlar deyiladi. UNUTMANG! Butun miqdorni bildiruvchi qism (ya’ni maxraj) chiqish kelishigida keladi: oʻndan bir, uchdan ikki. Kasr sonlar, boshqa sonlardan tuzilishiga koʻra farq qiladi, chunki bunda ikki va undan ortiq sonlar tobe munosabat asosida bog’lanadi, shuning uchun ham kasr sonlarni hosil qilishda chiqish, qaratqich hamda bosh kelishiklari qatnashadi. M.: Beshdan ikki, uchning biri,..
Odatda kasr sonlarning maxraji chiqish kelishigida, surati esa bosh kelishik shaklida boʻladi.
Kars sonlar oʻrtasida ba’zan hisob soʻzi yoki otlar kelishi mumkin. Bunda chiqish kelishigining qoʻshimchasi songa emas, balki ot yoki hisob soʻziga qoʻshiladi. M.: Chol kenja oʻg’liga har uchta qoʻy+dan bittasini berdi.
Unutmaslik lozimki, tilimizdagi ayrim soʻzlar kasr son sifatida e’tirof etiladi: Yarim bu soʻz ikkidan bir yoki bir taqsim ikkiga teng, matematik ifodasi esa 21 shaklida yoziladi. Chorak tojikcha (chahor+yek) soʻz boʻlib, toʻrtdan bir yoki bir taqsim toʻrt deb oʻqiladi, matematik ifodasi esa 41 tarzida yoziladi. Nim chorak bu soʻz sakkizdan bir yoki bir taqsim sakkiz deb oʻqiladi. Matematik ifodasi esa 81 shaklida ifodalnadi. Ushbu xabarni eshitib, yarim kechasi otda yoʻlga tushibdi, ESLATMA! Kasr sonlar qatnashgan gapda sal kam, koʻp, moʻl soʻzlari qatnashishi mumkin. M.: Inson oltmish yil yashasa, umrining salkam uchdan bir qismni, ya’ni 20 yil umrini uyquda oʻtkazadi!

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling