Mundarija: Kirish. I bob. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini o‘stirish


Download 230.02 Kb.
bet1/11
Sana26.03.2023
Hajmi230.02 Kb.
#1297284
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 Daminova Sevara


Mundarija:
Kirish. ……………………………………………………………………………..2
I BOB. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini o‘stirish………....5
1.1. O‘zbek adabiy tili bo‘yicha kichik guruhlar bilan ishlashga doir texnologiyalarning o‘quvchilarning fikrlashiga ta’siri……………………………..5
1.2. Ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quvchilarga ahamiyati…………………………………………………………..10
II BOB. Kichik guruhlar bilan ishlashning ahamiyati………………………...17
2.1. Kichik guruhlar bilan ishlashda multimedia vositalaridan foydalanish……...17
2.2. Kichik guruhlarda ishlashning turli usullari………………………………….25
XULOSA................................................................................................................32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .............................................................37


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma’lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o‘z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo‘lga kiritishga urinmoqdalar.
Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
Xo‘sh, hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo‘lib qoldi.Bu savolga javob berish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy tarkibiy qismlariga e’tibor qaratish lozim.Ya’ni ta’lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o‘zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi ,hayotimizga kirib kelgan axborot kommunikatsion vositalar,fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o‘zgacha fikrlovchi yoshlarning vujudga kelganliklarini keltirish mumkin.
Undan tashqari, butun dunyoda bo‘layotgan ta’lim sohasidagi islohotlar ham , xususan Janubiy –sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropa va Amerika qit’asidagi 10-15 yildan buyon amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarni keltirish mumkin.Masalan, har uch yilda maktab o‘quvchilarining o‘zlashtirishini baholash bo‘yicha Xalqaro dastur (PISA)jahon mamlakatlari ta’lim tizimi sifatini o‘rganib chiqadi.PISA(Programme for International Student Assessment) dasturining maqsadi 15-16 yoshli o‘quvchilarning maktabda berilayotgan ta’limni qay darajada o‘zlashtirayotgani va ularni inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llay bilishini tadqiq etishdan iborat.PISA dasturi bo‘yicha birinchi tadqiqot 2000-yilda o‘tkazilgan va unda 32 davlat ishtirok etgan.2003-yilda 43, 2006-yilda 57, 2009-yilda 65, 2012-yilda 65, 2015-yilda 70 dan ortiq davlat ishtirok etgan. 2015-yilga dasturda 500 000 mingga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan.
PISA dasturi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan 15-16 yoshli o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matematik savodxonligi va tabiiy- ilmiy savodxonligi sinovdan o‘tkaziladi.
XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an’anaviy o‘qitish usullaridan ko‘ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda tutilganidek, pedagogik va taxborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda.
Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
Pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida tadbiq qilish hozirgi davr talablaridan biri hisoblanadi. Shularni inobatga olib biz o‘z Kurs ishimizning mavzusini “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida kompyuter vositalaridan foydalanish” deb nomladik.

Download 230.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling