Kurs ishimizning maqsadi. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini o‘stirishda kichik guruhlarda ishlashni tashkil qilishni o‘ziga xos shakllari va usullarini amalda qo‘llashni o‘rgatishdan iborat.
Kurs ishimizning ilmiy o‘rganilganlik darajasi.Dialеktik o‘qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o‘qitish-ning individual yo‘nalishli usuli (A.A.Yarulov), evristik o‘qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Biblеr, S.Yu.Kurganov), loyihali o‘z-o‘zini rеflеksiya (G.P.Shеdrovitskaya) va boshqa rus olimlarini misol kеltirishimiz mumkin.
Ona tili ta’limining bosh maqsadi – og’zaki va yozma nutq ko’nikmasini, to’g’ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirishdan iborat. Ona tili darslarida o’quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma usullarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir o`qituvchidan qaysi fan, qanday dars turidan qat’iy nazar har bir dars jarayonida bevosita o`quvchining o`g`zaki va yozma nutq salohiyatini rivojlantirib borish talab etiladi. Kompetensiyani ona tili darslarida qo‘llash usullarini o‘rganish va dars jarayonlariga tatbiq etish biz pedagoglarning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Bu borada tilshunos olimlarimiz va pedagoglarimiz ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
I BOB. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini o‘stirish.
1.1. O‘zbek adabiy tili bo‘yicha kichik guruhlar bilan ishlashga doir texnologiyalarning o‘quvchilar fikrlashiga ta’siri.
O‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo‘llari
O‘qish darslarida o‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo‘ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |