Elektron axborot-ta’lim resursi nima?
Elektron axborot-ta’lim resursi (EATR) – o‘rganish va ta’lim berish uchun qulay tarzda shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta’lim olish darajasidagi o‘quvchi va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan, ma’lum bir fanni o‘rganish uchun mantiqiy ketma-ketlikda shakllantirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir.
Elektron axborot-ta’lim resursi tuzilishi
Ma’ruza matni
Nazariy material
Nazorat dasturlari
Media materiallar
Audio materiallar
Mashq va masalalar to‘plami, so‘rovnoma
Qo‘shimcha materiallar
Didaktik to‘plam
Foto galereya
Ta’lim jarayonida elektron o‘quv vositalaridan foydalanishning nazariy asoslari.
barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish;
o‘qitishning uslub va usullarini individuallashtirish va intellektuallashtirish;
ijodiy qabul qilish va o‘quv-uslubiymaterialning reproduksiyasi;
qo‘llaniladigan didaktik vositalarning muloqotbopligi, kommunikativligi va faolligi;
ta’lim oluvchilarning bilish qobiliyatini yuksak darajada shakllantirish;
innovatsion (ta’lim berishning yangi uslublarini) texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish.
Qo‘llanma – mustaqil ta’lim olish vositasi sifatida
– Ta’lim oluvchi ta’lim olishda o‘zlashtirish jarayonini mustaqil boshqaradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish esa o‘z navbatida sun’iy intellektga ega bo‘lgan ta’lim olish manbasi orqali amalga oshiriladi.
– Elektron dasliklarning qaysi fan yoki sohaga yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, asosiy yo‘nalish boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq natijalarni vizuallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalish joriy va yakuniy natijalarni ko‘rish imkoniyatini berish bilan birga uni tahlil etishga sharoit yaratadi.
Masalan, “So‘z ketidan so‘z kelar”, “Sanashni o‘rganamiz va safar qilamiz” kabiga yaratilgan EATR –
Tarbiyalanuvchi yoshlarni fizialogik xususiyatlarini inobatga olgan holda tayyorlangan;
Biror fan mazmunini ochib berish hamda o‘quv-metodik maqsadlarga erishishga imkon bera oladigan darajada hajmga ega;
fan o‘quv-metodik maqsadlarga erishishga yordam beruvchi ko‘rgazmali elementlarga ega;
materialning monitor ekranidan ko‘rish;
ko‘rgazmalilik darajasining yuqoriligi, interaktiv topshiriqlar, o‘z-o‘zini baholash va nazorat qilish, mustaqil ishlash imknoiyati berilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus sharoitlarning yaratilganligi;
Elektron axborot ta’lim resursining asosiy xususiyatlaridan biri bu- ko‘rgazmalilik darajasining yuqoriligi, mashqlar orqali bilimlarni to‘ldirish va mustahkamlash, DTS talablarini o‘zlashtirishni nazorat qilish, mustahkamlash imkoniyatining mavjudligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |