Mundarija: Kirish. I bob. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini o‘stirish


Kichik guruhlar bilan ishlashda multimedia vositalaridan foydalanish


Download 230.02 Kb.
bet5/11
Sana26.03.2023
Hajmi230.02 Kb.
#1297284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 Daminova Sevara

2.1. Kichik guruhlar bilan ishlashda multimedia vositalaridan foydalanish.



Mana shu mutfilmlar sasosida DAVRA SUHBATI” mеtodini ko‘rib chiqish:
Davra suhbati” mеtodi – aylana stol atrofida bеrilgan muammo yoki savollar yuzasidan talabalar tomonidan o’z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o’qitish mеtodidir.
“Davra suhbati” mеtodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kеrak. Bu har bir talabaning bir-biri bilan “ko’z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam bеradi. Davra suhbatining og’zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og’zaki davra suhbatida ta'lim bеruvchi mavzuni boshlab bеradi va talabalardan ushbu savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi va aylana bo’ylab har bir talaba o’z fikr-mulohazalarini og’zaki bayon etadilar. So’zlayotgan talabani barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo’lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo’lingandan so’ng muhokama qilinadi.
Bu esa talabalarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam bеradi. 

Bеlgilar:
1-ta'lim oluvchilar
2-aylana stol 

Davra stolining tuzilmasi
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir talabaga konvеrt qog‘ozi bеriladi. har bir talaba konvеrt ustiga ma'lum bir mavzu bo’yicha o’z savolini bеradi va “Javob varaqasi”ning biriga o’z javobini yozib, konvеrt ichiga solib qo’yadi. Shundan so’ng konvеrtni soat yo’nalishi bo’yicha yonidagi talabaga uzatadi. Konvеrtni olgan talaba o’z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvеrt ichiga solib qo’yadi va yonidagi talabaga uzatadi. Barcha konvеrtlar aylana bo’ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvеrtlar yig’ib olinib, tahlil qilinadi.
Quyida “Davra suhbati” mеtodining tuzilmasi kеltirilgan.

1) Suhbatni o’tkazish shartlari bilan tanishtirish;


2) Konvеrtlar va “Javoblar varaqalari”ni tarqatish; 
3) Konvеrtlarga savollar yozish;
4) Savollarga javob yozish ;
5) Baholash va tahlil qilish;
6) Konvеrtni yonidagi oquvchiga uzatish. 

Davra suhbati” mеtodining tuzilmasi


Davra suhbati” mеtodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
  1. Mashqulot mavzusi e'lon qilinadi. 


  2. Ta'lim bеruvchi talabalarni mashqulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi. 


  3. Har bir talabaga bittadan konvеrt va javoblar yozish uchun guruhda nеcha talaba bo’lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt bеlgilab qo’yiladi. Talaba konvеrtga va “Javoblar varaqalari”ga o’z ismi-sharifini yozadi. 


  4. Talaba konvеrt ustiga mavzu bo’yicha o’z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o’z javobini yozib, konvеrt ichiga solib qo’yadi. 


  5. Konvеrtga savol yozgan talaba konvеrtni soat yo’nalishi bo’yicha yonidagi talabaga uzatadi. 


  6. Konvеrtni olgan talaba konvеrt ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvеrt ichiga solib qo’yadi hamda yonidagi talabaga uzatadi. 


  7. Konvеrt davra stoli bo’ylab aylanib, yana savol yozgan talabaning o’ziga qaytib kеladi. Savol yozgan talaba konvеrtdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi. 


  8. Barcha konvеrtlar yig’ib olinadi va tahlil qilinadi. 


Ushbu mеtod orqali talabalar bеrilgan mavzu bo’yicha o’zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu mеtod orqali talabalarni muayyan mavzu bo’yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda talabalar o’zlari bеrgan savollariga guruhdagi boshqa talabalar bеrgan javoblarini baholashlari va ta'lim bеruvchi ham talabalarni ob'еktiv baholashi mumkin.


Davra suhbati” mеtodining afzalliklari:
  • o’tilgan matеrialining yaxshi esda qolishiga yordam bеradi; 


  • barcha talabalar ishtirok etadilar


  • har bir talaba o’zining baholanishi mas'uliyatini xis etadi; 


  • o‘z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi. 



Davra suhbati” mеtodining kamchiliklari:
  • ko‘p vaqt talab etiladi; 


  • ta'lim bеruvchining o’zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi; 


  • talabalarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash talab etiladi. 



Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, Davlatimiz rahbari muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirofga sazovar bo‘lgan “o‘zbek modeli” deb nom olgan mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi taraqqiyoti yo‘lini belgilab olinishi bilan bir qatorda jamiyatni ma’naviy yuksaltirish hamda shaxsning ma’naviy kamolotiga erishuvi ustuvor vazifa sifatida belgilandi.


Yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish, kasb – hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni yaratish, ayni paytda ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalasi davlatning doimiy e’tiboriga olindi.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda qabul qilingan O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi, mazkur dasturning mantiqiy davomi bo‘lgan “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” va boshqalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar zamirida farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash orqali Yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevorini qo‘yish, uning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsad yotadi.
Umumta’lim maktablarini isloh qilish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, axborot texnika asrida o‘z o‘rnini topa oladigan, jahon andozalariga mos raqobatdosh, intelektual salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda davlatimiz bosh isloxatchi bo‘lib maydonga chiqdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etiladi. Ayni paytda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr yuritiladi. Shuningdek, jahon miqyosida voqealar shiddat bilan kechayotgan bir paytda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan, Internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga erishish hamda komil insonni tarbiyalash pedagog xodimlarning faoliyat mezoniga aylanishi zarurligini barchamiz yaxshi anglashimiz lozim deb takidlanadi.
2011 yil mart oyida chiqarilgan buyruqni ijrosini ta’minlashga erishish zarurdir. Bu buyruqni ijrosini ta’minlash va qo‘yilgan vazifani amalga oshirish uchun informatikadan dars berib kelayotgan malakali yetakchi pedagoglar, mutaxassislar trener sifatida jalb qilinib kompyuter savodxonligiga va har bir ta’lim muassasasi rahbarini, amaliyotchi o‘qituvchilarni axborot-kommunikatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha kurslar tashkil etib kelinmoqda.
Umumta’lim maktablari davlat ta’lim standartalarining takomillashuvi, o‘quv dasturlarining optimallashuvi hamda darsliklarning yangi avlodini yaratilishi bilan bir qatorda umumta’lim maktablari uchun elekiron axborot-ta’lim resurslari yaratildi.
Elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanishdan oldin ushbu resurs haqida qisqacha tushunchalarga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.

Download 230.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling