Mundarija: Kirish. I bob. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini o‘stirish


Kichik guruhlarda ishlash 1-guruh


Download 230.02 Kb.
bet4/11
Sana26.03.2023
Hajmi230.02 Kb.
#1297284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 Daminova Sevara

Kichik guruhlarda ishlash 1-guruh
1.“O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifalarini yoriting.

Vazifa

Qisqa izoh

Amaliy ahamiyati

Fanning maqsadi







Fanning maqsadi







Fanning maqsadi







Fanning maqsadi







Ma’lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi1.
2-guruh
1. Imlo qoidalarining bo‘limlar bo‘yicha qisqa izohi.



Imlo qoidalari qachon tasdiqlangan




Harflar imlosiga misollar




Asosiy qo‘shimchalar imlosiga misollar




Qo‘shib, ajratib, chiziqcha bilan yoziladiga misollar






3-guruh
1. Davlat tili haqidagi qonunning quyidagi moddalarining qisqa izohi



Qonunning moddasi

Qisqa izohlash

1-modda




7-modda




9-modda




10-modda




1.2. Ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quvchilarga ahamiyati.

Texnologiyalar:
“Bumerang”
“FSMU”
“Venn” diagrammasi
“Yelpig’ich”
“Zanjir”
“Zinamazina”
“6x6x6”
“Didaktik o`yinlar”
“Mini leksiya”.


Usullar:
“Aqliyhujum”
“Rollio`yin”
“Refleksiya”
“Taqdimot”
“Galereya”
“T”jadvali
“SVOT”
“Rezyume”
“Zinama-zina”
An’anaviy yo`nalishdagi dars didaktik maqsadiga ko`ra: yangi bilimlarni o`zlashtirish; o`rgatilgan bilimlarni amaliy tatbiq etish orqali mustahkamlash; o`tilganlarni takrorlash; bilim va malakalarni mustahkamlash; talaba bilimini nazorat qilish va baholash; ularni bir tizimga keltirish kabi turlarga ega ekanligi pedagogika fanidan yaxshi ma’lum. Ammo bashariyatning iqtisodiy -ijtimoyiiy ravnaqi, ilmu fan sohalaridagi yangi-yangi yutuqlar ta’limning asosiy vositasi bo`lgan dars (mashg`ulot) va uning turlarining ko`payishiga, takomillashuviga olib keldi. Ilg`or pedagogik texnologiyaga asoslangan zamonaviy dars turlari va shakllarini qo`llash, o`quvchining ta’lim jarayonidagi o`rnini belgilash, unga yangicha yondoshuvi, yangicha munosabatni ta’minlash, mazkur jarayonni mohirlik va idrok bilan boshqarish demakdir. Ona tili darslarida musobaqa mashqlarini o`tkazishdan maqsad o’quvchining til darsida olgan bilimlarini sinab ko`rish, o`zaro munozara-muloqot jarayonida til imkoniyatlaridan foydalana bilish, nutqiy mahorat, tez va aniq fikrlash darajasini, muammoli vaziyatlardan chiqa olish malakasini baholashdan iboratdir. Musobaqa darslari o`quvchilarda faollik, topqirlik, zukkolik fazilatlarini shakllantiradi, ularni mustaqil ijodiy mushohada yuritishga odatlantiradi, zarur va foydali ko`nikmalarni hosil qilishga yordam beradi. Samarali dars shakllaridan biri bo`lgan musobaqa darsi til mashg`ulotlarining qiziqarli o`tishi va o`quvchilarning faol ishtirokini ta’minlovchi vositadir. Musobaqa darslari uchun mavzular: “Qiziqarli alifbo”, “So`zdan gaplar yasang”, “Nutq tovushlari musobaqasi”, “Zakovat” darslari va hakazolar. Bahs- munozara darslari musobaqa darslaridan yechib ulgurmagan, biror to`xtamga kelinmagan masalalarni oydinlashtirish, to`g`ri, aniq xukm va muxtasar xulosalar chiqarishi bilan farqlanadi. Bahs – munozara o`quvchilardan hushyo`rlikni talab etadi. U mustaqil va jadal fikrlashga , hozirjavoblikka, aytilgan fikrning to`g`ri yo`ki noto`g`riligi haqida va o`z fikrini mantiqli va izchil isbotlashga o`rgatadi. O`zaro tortishuv va bahs oqibatida eng to`g`ri va ma’qul yechimga kelinadi.
Pedagogik texnologiya-o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo'llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy - uslubiy vositalaridan iborat (B.T. Lixachev).
Pedagogik texnologiya o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P. Bespalko).
Pedagogik texnologiya-ta‘limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I. P. Volkov).
Pedagogik texnologiya — bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir (Sakomoto).
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida «O‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish» bugungi kundagi asosiy masalalardan biri, deb ko‘rsatilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz». Shunday ekan, turli fanlar, jumladan, o‘zbek tili fanidan zamon talabiga javob beradigan darslar o‘tkazish, ularda axborot texnologiyalarini qo‘llash dolzarb vazifadir.
Taraqqiy etib borayotgan axborotlar oqimi jamiyatida ijtimoiy rivojlanishning asosini an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intellektual faoliyati, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatining turli sohalarida kompyuter texnologiyalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi 
Inson tafakkuri shu Qadar taraqqiy etib bormoqdaki, texnikalashtirish, kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki madaniyat va ta’lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi.
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-mayda e’lon qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnolo-giyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonida umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallash va ulardan faol foydalanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini tadbiq etish axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning eng muhim va birinchi navbatdagi vazifalaridan deb ko‘rsatilgan.
Ta’lim sohasini texnikalashtirish, ko‘rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan holda dars o‘tish uchun bundan bir necha yil avval, o‘qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanish ommaviy tus olgan paytda asos solingan edi. Ushbu yo‘nalishda turli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, o‘qitishning audiovizual vositalari o‘rganilgan, o‘zbek tilidan dasturlashtirilgan topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan, test asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun maxsus qurilmalaridan foydalanish tavsiya etilgan, dasturiy boshqariladigan o‘quv mikro-EHMning tuzilishi va ishlash tamoyillari o‘rganilgan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ta’lim tizimida axborot texnologiyalari, kompyuter vositalaridan foydalanish muammosining o‘rganilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda, ta’limiy-elektron materiallar tayyorlash borasida muayyan ishlar boshlab yuborilgan.
Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni kompyuter texnologiyalari vositasida tashkil etish, xususan, multimedia darslarini yaratish asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanib qolmoqda.
Multimedia kompyuterning imkoniyatlar majmui bo‘lib, axborotni turli ko‘rinishlarda – matn, jadval, grafika, ovoz, animasiya (harakatlanuvchi rasm), videotasvir, musiqa yordamida yig‘ish, saqlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia «inson-kompyuter» interfaol muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Mutaxassislarning fikricha, multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida o‘quv materiallarini ta’lim oluvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir. 
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Bunda quyidagi muhim natijalarga erishiladi:
- o‘quv-tarbiya jarayoni faollashtiriladi,
- ta’lim samaradorligi oshadi;
-  axborotning turli shaklda berilishi o‘quvchilarning diqqatini tortadi,
- yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik ularda katta qiziqish uyg‘otadi,
-  mavzuning uzoq vaqt xotirada saqlanishini ta’minlaydi;
- talaba dars davomida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi;
-  mustaqil ta’lim olish imkoniyati, sohalari ko‘payadi; kompyuter savodxonligi oshib boradi;
-  o‘qituvchi tomonidan bajariladigan ko‘pgina tashkiliy vazifalarni kompyuter amalga oshiradi;
- dars davomida bajarilishi mumkin bo‘lgan mashq, vazifalar soni keskin ortadi;
- o‘yinli texnologiyalar, rolli o‘yinlar o‘tkazish imkoniyati ortadi.

II BOB. Kichik guruhlar bilan ishlashning ahamiyati.

Download 230.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling