Mundarija: kirish I bob. O’rta osiyo xalqlari turk xoqonligi tarkibida
I.2. G‘arbiy Turk xoqonligi davrida siyosiy jarayonlar
Download 196 Kb.
|
KURS ISHI1
I.2. G‘arbiy Turk xoqonligi davrida siyosiy jarayonlar
563-yilda Turk xoqonligining bosh hukumdori Mukan xoqon markaziy boshqaruvni O‘tukanga ko‘chirgach, bu yer poytaxtga aylanadi. Ayni yilda g‘arbiy qanotga ma’sul Istami esa Yulduz vodisini qarorgoh sifatida tanlab xoqon unvonini oladi. Bu jarayon Istami davrida boshlanganini xitoy yilnomalaridagi ushbu maʼlumot ham tasdiqlaydi: “Shidyanmi (Istami) bir vaqtlar shanyuy (buyuk xoqon)ga hamrohlik qilar ekan, oʼn nafar yirik qoʼmondonni boshqarar edi. Yuz ming qoʼshini bor edi. Gʼarbiy oʼlkalardagi turli Xu hukmdorliklarini itoatiga oldi. Xoqon boʼldi va uning hokimiyatiga “Oʼn qabila” nomi berildi. Аvlodlari nasldan-naslga ushbu xalqni boshqardi”2. G’arbiy Turk xoqonligi 630-yillarga kelib alohida xoqonlikka aylanib, 657-yilgacha mustaqil davlat sifatida faoliyat yuritadi. Undan oldin Buyuk Turk xoqonligining G’arbiy qanoti-Yabg’u xoqonligi davrida siyosiy jihatdan yuksalish davrini boshdan kechirdi. Istami yabg’u (568-576) davrida davlat chegarasi Amudaryogacha o’g’li Tardu (576-583) davrida g’arbda Qora dengiz bo’ylariga boradi. 576-yilda Istami yabg’u vafot etgach, o’g’li Tardu hokimyatni o’z qo’liga oladi. Uning siyosiy faoliyatini ikki bosqichga bo’lish mumkin: 1) G’arbiy o’lkalarga qaratilgan siyosat-576-583-yillarda xoqonlik qo’shinlari ikki yo’nalishda – biri janubiy-g’arbiy yo’nalish bo’ylab, Amudaryoni kechib o’tib, Shimoliy Afg’oniston va Xuroson hududlariga uyushtirgan hujumlar; 2) Sharqqa qaratilgan siyosat – 583-yildan boshlab to 603-yilgacha uning Sharqiy xoqonlik taxti uchun kurashi va o’zini ikkala xoqonlikni birlashtirgan hukmdor sifatida ko’rishga harakat qilgan davri. G’arbiy Turk xoqonligining kuchaygan davri VII asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. O’sha davrda uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubiy chegarasi esa Hind daryosi bo’ylariga boradi. Istami va Tarduning yangi o’lkalarni bosib olish siyosati oradan o’n yildan ko’proq vaqt o’tgach Sheguy (611-618) va To’n yabg’u-xoqon (618-630) hukumronliklari davrida yana jonlandi. Xoqonlar Sheguy va To’n yabg’u davrlarida G’arbiy Turk xoqonligi vaqtinchalik rivojlandi. Bu davrda hoqonlik chegaralari kengaydi, davlat boyidi va harbiy qabila zodogonlarining mavqeyi kuchayib ular xoqonlar hokimyatidagi harbiy muvafaqiyatlarini taminlab turdilar. Xususan 616-yil Isfahon va Ray shaharlari boshib olinadi. Mamlakatning sharqiy chegarasini Shaguy Oltoyga kelib belgilaydi va o’z hokimyatini Tarim havzasi va Sharqiy Pomir oldigacha cho’zadi. Xoqonlikning g’arbiy hududlarida faol siyosat olib borgan To’n yabg’u qishgi qarorgohni yuqorida aytilganidek, Chu daryosi vohasidagi yirik savdo hunarmandchilik markazi bo’lgan Suyobga (hozirgi To’qmoq yaqinidagi Oqbeshim ko’hna shahri), yozgisini Isfijib yaqinidagi Mingbuloqqa (hozirgi Turkiston shahri yaqinida) ko’chiradi. To’n yabg’u davrida xoqonlik chegarasi Amudaryoning yuqori oqimlaridan Hindikushgacha cho’ziladi. To‘n yabg‘u hukmronligi davrida amalda mustaqil bo‘lgan O‘rta Osiyo davlatlari ustidan nisbatan qattiq siyosiy nazorat o‘rnatiladi. Chunki bu davlatlarning vassalligi faqat o‘lpon to‘lash bilan chegaralanar edi. Isfijobdan Toshkent vohasigacha, shimolda Janubiy Afg‘oniston va shimoli-g’arbiy Pokistongacha bo’lgan hududlarga hoqon To‘n yabg‘uning ishonchli vakillari-tudunlar yuborilib, ular soliqlar yig‘ish va hoqon qarorgohiga yuboriladigan o‘lponlarni qattiq nazoratga oldilar. Mahalliy hokimlarga ularni hoqonlik ma’muriy boshqaruviga qo‘shilganlik ramzsifatida turk unvonlari berildi. Shu bilan birgalikda To‘n yabg‘u nisbatan kuchli bo‘lgan mahalliy hukmdorlar bilan shaxsiy munosabatlarini mustahkamlashga harakat qildi. Manbalarda To‘n yabg’uning Samarqand hokimiga o‘z qizini xotinlikka berganligi xaqida ma’lumot bor. Xitoy manbasi To‘n yabg‘u haqida ma’lumot berar ekan shunday xabar beradi: “G‘arb varvarlari hali hech qachon bunchalik qudratli bo‘lgan emas”. G‘arbiy Turk xoqonligining yangi o‘lkalarni qo‘lga kiritishga bo‘lgan ntilishi Kavkaz bo‘ylab yana davom ettira boshlaydi. Bu vaqtda Albaniya (Ozarbayjon) va Armaniston Sosoniylar qo‘l ostidagi mahalliy sulolalar tomonidan boshqarilayotgan edi. Sosoniylarga qarshi eski ittifoqchilar bo‘lmish Vizantiya va xoqonlik aloqalari Tun yabg’u-xoqon davriga kelib yana jonlana boshlaydi. “Agvan tarixi” asaridan ma’lum bo‘lishicha, 626-yilda Vizantiya imperatori Irakliy Sosoniylarga qarshi ittifoqni yanada kuchaytirish maqsadida Andrey boshchiligida turklarga navbatdagi elchilik hay’ati yuboradi. Andrey G‘arbiy turk xoqoni Jebu-xoqon (ya’ni Tun yabg’u-xoqon) bilan uchrashib, uning roziligini olgach, 1000 ga yaqin turk jangchi bilan birgalikda orqaga qaytgan Vizantiya elchilik hay’ati yo‘l-yo‘lakay oldilaridan chiqqan xavf-xatarni mazkur jangchilar yordamida bartaraf etib, Darband orqali Kura daryosiga yetib kelgach, bu yerdan dengiz yo‘li bilan imperator huzuriga yetib oladilar. Vizantiyaning ushbu elchilik hay’atiga qo‘shib yuborilgan kishilar sonining bu darajada ko‘p bo‘lishi xoqonlik uchun ham mazkur ittifoq muhim bo‘lganidan darak beradi. Bundan tashqari, 1000 kishidan iborat jangchining hammasi harbiy bo‘lmay, ularning bir qismi tujjorlarb o‘lishi ham mumkin. Chunki har bir elchilik missiyasi bilan birgalikda, ko‘p hollarda tijorat karvonlarining birga qo‘shib yuborilganiga doir ma’lumotlar talay.1 To’n yabg’u hukumronligi davrida qabila zodogonlari o’rtasida norozilik harakatlari kuchayib ketadi. Bu norozilik kayfiyatini bostirish maqsadida To’n yabg’uni tog’asi Qo’l Bahodir o’ldirib, o’zini Qo’l Elbilga xoqon deb e’lon qiladi. Shundan so’ng yana qabilalar aro nizolar kuchayib ketadi. 630-634-yillarga kelib xoqonlik Sirdaryoning g’arbidagi O’rta Osiyo mulklaridan mahrum bo’ldi. G’arbiy xoqonlikning asosi bo’lgan dulu va nushibi qabilalari o’rtasida o’zaro kurashlar avj olib ketdi. 634-yili nushibi qabilasi qo’llab-quvvatlagan Ishbara Elterish Sher xoqon hokimiyat tepasiga keldi. Uning davrida ham mamlakatda barqarorlik o’rnatilmadi va xoqonlik ikki qisimga bo’linib ketdi. Qabilalararo va sulolalar aro urushlar 17 yil davom etdi. VII asrning o’rtalarida G’arbiy turk xoqonligi zaiflashib bir necha qismlarga bo’linib ketdi. Bundan foydalangan Xitoyning Tan imperiyasi 657-659-yillarda Yettisuvga bostirib kiradi. Ular bilan kurash uzoq yillar davom etib VII asrning oxiriga kelib xoqonlik mustaqil bo’lib, xitoyliklarning vakili-Xusrav Bo’rishod quvib yuborildi. Xuddi shu pallalarda Mo‘g‘uliston, Janubiy Sibir, Uzoq Sharq va Shimoliy Xitoyda o‘z hokimiyatini yoygan II Sharqiy Turk xoqonligi (628–744) navbatdagi diqqat e’tiborini g‘arbga, bir vaqtlar o‘z qarindoshlariga-Ashina sulolasining Istami xonadoniga qarashli bo‘lgan joylarga qarata boshlaydi. Aynan 699-700 yillar orasida, ya’ni G‘arbiy xoqonlikda Turgash sulolasi hokimiyati barpo qilingan bir paytda Sharqiy xoqonlik qo‘shinlari g‘arbga yurish qiladi. O‘rxun bitiktoshlarida ushbu yurish ”O‘n O‘q xalqi–Turgash xoqoniga (ularni tartibga solish maqsadida) qilingan” harakat sifatida tavsiflanadi. Jumladan, Bo‘gucho‘r Qapg‘an xoqon davrida ushbu xoqonlik qo‘shinlari Sharqiy Turkiston shimolidagi, Gaochan (Turfon)ga yaqin joylashgan va ayni paytda Xitoy qo‘l ostiga o‘tib qolgan Besh-baliq shahriga muttasil ravishda hujumlar uyushtirib, uni xitoyliklar qaramog‘idan chiqarib olishga harakat qilishadi. Bitiktoshlarda qayd etilishicha, xoqonlik qo‘shinlari to To‘qqiz Ersen (Sharqiy Turkistondagi voha hukmdorliklari) va Qo‘rdan (Xo‘tan)gacha yetib borib, Tibet hududlariga yaqinlashgan hollar ham bo‘lgan edi.1 Xullas, G’arbiy Turk xoqonligi G’arbiy qanot sifatida 560-yillarda shakllana boshlagan. 630-yillargacha bo’lgan Yabg’ulik maqomidagi dastlabki 60 yilini “yuksalish davri”, 630-657-yillar oralig’ini “mustaqil xoqonlik” davri, 657-740- yillar esa “tanazzul davri” shaklida tasniflash mumkin. Birinchi Turk xoqonligi ellik yil (552-603) butun mintaqada yetakchi boʼlib oʼz boshidan sakkizta hukmdorni oʼtkazgan boʼlsa, Sharqiy Turk xoqonliginingda 140 yillik (603-745) tarixida 21 hukmdor almashdi. Gʼarbda xoqonlik Istemi yabgʼu xoqondan (552-576) to Аshina Oʼn Oʼq (738-742) davrigacha 24 hukmdor almashib, bu davlat 190 yil yashadi. VIII asr 40-yillarida bir paytlar yagona boʼlgan Birinchi Turk xoqonligi va uning vorislari Sharqiy va Gʼarbiy Turk xoqonliklari tarix sahnasidan tushdi. Аmmo mintaqa siyosiy maydoniga yangi turk davlatlari kirib keldi.2 Shunday qilib, Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda o‘z hokimiyatini o‘rnaUli, VII asming 2-choragida Xitoyga qaram bo‘lib qoladi. 681-yilda Bilga xoqon qutlug‘ (Ilterin) va uning maslahatchisi Tonyuquq mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Sharqiy turk xoqonligining keyingi kuchaygan davri 682‑745-yilIarga to‘g‘ri keladi. Qapog‘on xoqon (691-716-yillar) davrida turklar Samarqandgacha borib yetdilar. Xoqon Bilga vafoti (734-yil)dan keyin kuchaygan o‘zaro urushlar natijasida Sharqiy turk xoqonligi parchalanib ketdi, 745-yilda esa uyg‘urlar tomonidan bosib olindi. Markazi Yettisuv bo‘lgan G‘arbiy turk xoqonligi esa mustaqil davlat sifatida VII asrning 1 -yarmida Sharqiy Turkistondan Kaspiy dengizgacha bo‘lgan yerlarda o‘z hukmronligini o‘ratdi. Qo‘shni davlatlar bilan savdo‑sotiq aloqalari rivojlanadi. Samarqand, Buxoro, Choch (Toshkent), Marv, Chorjo‘y kabi katta shaharlar obod bo‘ladi. Ammo Xitoy va shimoliy qo‘shni davlatlaming hujumi, ichki o‘zaro feodal urushlar natijasida G‘arbiy turk xoqonligi tugatildi. Turklarning bir qismi Sharqiy Turkistonda o‘zlarining ittifoqini barpo qildi, Yettisuv va uning atroflarini esa turgeshlar qo‘lga kiritadi. Keyinroq bu yerlar Oltoydan ko‘chib kelgan qarluqlar qo‘liga o‘tdi. O‘g‘uzlar esa g‘arbga tomon yurish qilib, VIII asrda Sirdaryoning quyi qismi, Qoraqumgacha bo‘lgan hududda o‘z davlatlarini bаrpо qildilar1. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling