Mundarija: kirish I bob. O’rta osiyo xalqlari turk xoqonligi tarkibida
II.2.G’arbiy Turk xoqonligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot
Download 196 Kb.
|
KURS ISHI1
II.2.G’arbiy Turk xoqonligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
Turk xoqonligi vujudga kelish arafasida O’rta Osiyo aholisining bir qismi o’troq dehqon, bir qismi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvador bo’lgan. Hozirgi Qozog’iston, Janubiy Rossiya, Oltoy va Tangritog’ etaklarida, Mo’g’uliston va Shimoliy Xitoy hududlarida ko’proq ko’chmanchilik, Sharqiy Turkiston, Amudaryo-Sirdaryo oralig’i, Pokiston, Afg’oniston, Xuroson kabi hududlarda o’troq vohalar mavjud boʼlib, aholisining aksariyati shahar va qishloqlarda istiqomat qilgan va xoʼjalik hayotida dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat katta oʼrin tutgan. Mintaqaning har ikkala qismida ham sersuv daryo havzalari, ham dasht va choʼllar boʼlib, ulardan biri doimiy ravishda oʼtroq aholini oʼziga jalb qilsa, ikkinchisida esa qadimdan koʼchmanchi aholi oʼz chorvalari bilan koʼchib yuradigan maskanlar edi.1 O’lkani janubiy hududlari aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan. G’arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan ajralib turgan. Sharqiy xoqonlikning asosiy aholisi cho’chmanchi chorvador bo’lganligi uchun shunga yarasha madaniy hayot vujudga keldi. G’arbiy xoqonlikning asosiy aholisi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi dehqon va savdogarlar edi. VII asrning birinchi yarmida g‘arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalar ayniqsa gavjumlashdi. Bu davrda Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchiligi yuborildi. Birgina 637-yilning o‘zida Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga boradi.2 Yer va suv mulkchiligi munosabatlari rivoj topib borayotgan G’arbiy xoqonlikning ijtimoiy tarkibi ham, siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. yarim asrlik hukumronlik jarayonida turklarning bir qismi o’troqlashadi, qolganlari yerli savdogarlar bilan qorishib ketadi.O’troq hayotning ananaviy mamuriy udumlari ta’sirida boshqaruv tartiblari asta sekin o’zgarib, turklarning ijtimoiy va siyosiy mavqeyi mustahkamlanib boradi. Xoqonlikning vohalarida shahar va qishloqlar ko’p edi. Ularning aholisi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullangan. Dehqonchilikda asosan bug’doy, arpa, sholi va tariq ekilardi. Bundan tashqari paxta yetishtirish, uzumchilik va tut ekish bilan ham shug’ullanar edi. Shaharlarda esa aholi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Turklar metall qazib olish va undan qurol-yarog’ ishlab chiqarishda ayniqsa mohir edilar. Farg’ona va So’g’dda oltin, mis, temir va simob, Eloqda qo’rg’oshin, kumush va oltin olinardi. Ichki va tashqi savdoda So’g’d savdogarlarining mavqeyi baland edi. Eron bilan munosabatlarning keskinlashuvi oqibatida karvon yo’llari janubdan shimolga tomon ko’chgan edi. G’arbiy Osiyo va Erondan kelgan karvonlar Marv, Omul, Poykant, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob, Talos va Suyobni bosib o’tib, undan Sharqiy Turkiston vohalariga o’tib ketardi. Savdo yo’li bo’ylab to Labnorgacha, ayniqsa, Talos vodisi hamda Chu daryosining so’l sohillari bo’ylab qator so’g’diylar mavzelari joylashgan edi. Bu savdo-sotiqda ular asosiy vositachi edilar. Shunday qilib, g’arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholining dehqonchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan o’troq qismi madaniy jihatdan ilg’or bo’lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida yetakchi o’rinni egallagan. Aholining bu qismi hayotda mulkchilik munosabatlari rivoj topib, mulkiy tabaqalanish tobora kuchayib bormoqda edi. O’rta Osiyoning obod ziroatkor vohalaridagi yer maydonlari va suv manbalarining katta qismi yirik mulkdor zodagon dehqon edi. Ko’chmanchilarning asosiy qismi kambag’al charvador va ovchi edi. Boylarining juda ko’p miqdorda xususiy chorvasi, oltin-u kumush buyumlari va qul, xizmatchi-cho’rilari bor edi. Lekin qulchilik ijtimoiy hayotga keng kirib kelmagan. Manbalar qul mehnatidan keng foydalanilgani haqida hech qanday malumot bermagan, asosan ayollar mehnatidan foydalanilgan va qullar asosan uy ishlariga ishlatilgan. Bu davrda Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy qismlari asosan oltoy til oilasiga mansub xalqlar: aksariyati turkiy etnoslar va qisman mo’g’ullardan iborat bo’lgan, janubi-g’arbiy qismlari asosan sharqiy eroniy tili xalqlar: sug’diylar, xorazmliklar, baqtiriylar, xo’tan-saklar tashkil qilardi. Tyanshan tog’larining janubiy-sharqiy qismida toxarlar yashagan. Ulardan tashqari bu hududda so’g’dlar va turkiylar ham ham yashagan. Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyo xalqlari zardushtiylik,buddaviylik, nasroniylik, moniylik, shomonlik kabi dinlarga etiqod qilgan. Zardushtiylik dini Xorazm, So’gd va Choch viloyatlarida keng tarqalgan bo’lsa, Toxariston, Farg’ona, Yettisuv,va Sharqiy Turkiston shaharlari aholisi buddaviylik dini keng tarqalgan. Turkiylarning dini haqida ”Bey-shi” va “Suy-shi” Xitoy yilnomalarida qayd etiladi. Ularda turkiylarning diniy odatlari haqida quyidagi ma’lumotlar bor: 1) Hoqon qarorgohiga Sharqt omonda kirilgan va bu bilan kun chiqish tarafga hurmat ma’nosi ifodalangan. hamda ayni paytda quyoshga sig‘inishni ham bildirgan. 2) Har yili hoqon o‘z amaldorlari bilan g‘orga borib, ota-bobolari ruhiga qurbonlik keltirgan. 3) Har yilda 5 marta hoqon oy chiqishida yaqinlarini yig‘ib, daryo bo’yiga brogan va osmon ruhi (Tangri)ga qurbonlik keltirgan. Qabilalar uchun yagona asosiy xudo bo‘lib, unga doimiy ravishda qurbonlik keltirib turganlar. Ular ruh abadiyligi, narigi dunyo borligiga ishonganlar.1 Turk xoqonligi davrida So’g’d, Xorazm va Toxaristonning alohida yozulari bo’lgan. So’g’d va Xorazm yozuvlari oromiy yozuvi asosida paydo bo’lgan bo’lsa, bu yozuvlar asosida toxariston yozuvi paydo bo’lgan. Bu yozuvlar ichida keng tarqalgani So’g’d yozuvi edi. Bu so’g’diylarning yangi yerlarni o’zlashtirish va ipak yo’lidagi faoliyati bilan bo’g’liq edi. So’g’d yozuvi Qadimgi uyg’ur, mug’ul va manjurlar yozuvlari paydo bo’lishiga asos bo’ldi. XULOSA Turkiy xalqlarning Аshina qabilasi tomonidan asos solingan Buyuk Turk xoqonligi (552-630; 682-744) qisqa vaqtda Yevroosiyoning markaziy qismidagi turli-tuman etnoslar ustidan oʼz hukmronligini oʼrnatib, ushbu mintaqaning yirik imperiyasiga aylanadi. Uning tarkibiy bir qismi sifatida markazi Yettisuv boʼlgan Gʼarbiy Turk xoqonligi (568-740) eng kuchaygan paytda sharqda JanubiGʼarbiy Oltoydan to gʼarbda Qora dengiz shimoligacha, janub va janubi‑gʼarbda Shimoliy Hindiston hamda Shimoli-Sharqiy Eron (Xuroson)gacha boʼlgan hududlarni oʼz ichiga olardi1. Gʼarbiy Turk xoqonligining davlat tuzumi bilan tanishib chiqish shundan darak beradiki, xoqonlik oʼzidan oldin Markaziy Osiѐ mintaqasida mavjud boʼlgan koʼchmanchi va yarim koʼchmanchi vasfdagi qadimiy davlatlar uyushmalari; Xun, Yuechji kabi davlatlarga xos boshqaruv anʼanalarni davom ettiradi. Xususan, koʼchmanchi qabilalarni boshqarishda ularning mavjud boshqaruvchi toifasiga tayanish barobarida, ular ustidan oʼz vakilini nazoratchi sifatida tayinlashi, harbiy harakatlarda ushbu davlatlarga xos “oʼnlik tizim”ni davom ettirishi, qadimiy boshqaruv markazlari oʼrnida oʼz qarorgohlarini barpo etishi, boshqaruv apparatida qadimiy davlatlarga xos unvonlardan maʼlum darajada foydalangani kabi holatlarda oʼz tasdigʼiga ega.2 G’arbiy Turk xoqonligining davlat tuzumi Markaziy Osiyo xalqlari davlatchilik ananalari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. Ashina qabilasi tomonidan asos solingan Buyuk Turk xoqonligining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelgan bu xoqonlik kuchaygan vaqtida sharqda Sharqiy Turkiston, Janubi-G’arbiy Oltoy, g’arbda Shimoliy Qora dengiz bo’ylari, Shimoliy Kavkaz, shimolda Valga-Urol bo’ylari, janub va janubi-g’arbda Amudaryo-Sirdaryo oralig’i, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston, Shimoli-sharqiy Eron hududlarinio’z ichiga olgan edi. G’arbiy Turk xoqonligi markaziy xoqonlikning tarkibi qismi sifatida shakllanar ekan Yabg’ulik (VI asr 60 yillaridan oxiriga qadar), Yabg’u-xoqonlik (VII asrning boshlaridan 30 yillariga qadar) va xoqonlik (630-yildan 740-yilgacha) bosqichlarini bosib o’tdi. O’troq dehqon va kochmanchi chorvador xalqlarning daavlatchilik ananalarini o’zida mujassamlashtirgan bu xoqonlik o’ziga xos davlat tuzumini barpo etdi. G’arbiy Turk xoqonligi boshqaruv tizimi quydagicha davlat bo’lgan: -mohiyatan imperiya bo’lgan xoqonlik syuzeren va vassallardan iborat bo’lib, u markaz-“davlat ulusi” (Yettisuv-Jung’oriya) hamda unga tobe-qabila uyushmalari (asosan, Markaziy Yevroosiyoning dasht qismi-Qora dengizning shimoli, Shimoliy Kavkaz, Volga-Urol bo’ylari) va voha hukumdorliklari (Sharqiy Turkiston, Amudaryo-Sirdaryo oralig’i, Shimoliy Hindiston, Xuroson)dan tarkib topgan edi; -“davlat ulusi” markaz va 10 ittifoqdosh qabila ya’ni “O’n O’q” yashaydigan hududni o’z ichiga olgan. “O’n O’q” Dulu va Nushibi kabi o’ng va so’l qanotga bo’lingan. Hukumdor qarorgohi shu ikki qanot oralig’ida joylashgan. G’arbiy Turk xoqonligi voha hukumdorliklarini boshqarishda mahalliy sulolalarni saqlab qolgan holda, ularni vassal hukumdorliklarga aylantirgan. Ularni nazorat qilish uchun o’z noiblarini-tudunlarni yuborgan. Demak, ibtidosida koʼchmanchi muhit ustuvor boʼlgan Gʼarbiy Turk xoqonligiga qariyb ikki yuz yil mobaynida butun Markaziy Osiyo va unga qoʼshni hududlarda oʼz ustunligini oʼrnatib, boshqaruvda muayyan bir tizim joriy etgan, qisqa muddatda uni koʼchmanchilar va oʼtroq vohalarga mohirlik bilan tatbiq qilgan hamda davlat tuzumida harbiylik ustuvorlik qilgan. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling