Mundarija: kirish I bob. O’rta osiyo xalqlari turk xoqonligi tarkibida


II BOB. G’ARBIY TURK XOQONLIGINING DAVLAT BOSHQARUVI HAMDA IJTIMOIY‑IQTISODIY VA MADANIY HAYOT


Download 196 Kb.
bet5/7
Sana21.04.2023
Hajmi196 Kb.
#1373888
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI1

II BOB. G’ARBIY TURK XOQONLIGINING DAVLAT BOSHQARUVI HAMDA IJTIMOIY‑IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
II.1.G’arbiy Turk xoqonligining davlat boshqaruv tizimi va mamuriy tuzilishi
Turk xoqonligining asosi turkiy qabilalar ittifoqidan iborat bo’lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Davlat boshqaruvi urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy-mamuriy boshqaruvga asoslangan.
Qadimgi turklarda hukmdor butun davlat tashkilotining boshi va jamoaning lideri sifatida eng katta kuch va vakolatlarni oʼz shaxsida mujassamlashtirar edi. Uning har bir buyrugʼi qonun hukmi hisoblanar va qadrlanardi. Davlat boshqaruvining barcha jabhalaridagi vazifador shaxslar va butun xalq hukmdorning buyruq va farmonlariga boʼysunish majburiyatida edi 1.
Taxt otadan‑bolaga emas akadan‑ukaga yoki amakidan‑jiyanga meros bo’lib o’tgan. Ammo ko’p hollarda taxt otadan-o’g’ilga o’tganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan Bumin xoqon vafot etgach taxtga Istami emas, balki Bumin xoqonning o’g’li Qora xoqon (552-553) o’tiradi. Lekin Qora xoqondan so’ng taxtga o’g’llari emas ukasi Muqan xoqon (553-572) o’tiradi. G’arbiy xoqonlikda ham goh otadan-o’g’ilga, goh akadan-ukaga o’tganini ko’rishimiz mumkin.
Aslida Turk qonuniga binoan taxtga xonadaonning eng yoshi kattasi, keyin uning ukasi, ana undan keyin vafot etgan akaning o’g’litaxtga o’tirishi kerak edi. Taxt merosxo’rlari tegin deb yuritilgan. Ular taxtga o’tirgunga qadar o’zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar.
Taxtga chiqqan paytdan boshlaboq xoqon davlatning oliy boshqaruvi manfaatlaridan kelib chiqib, xoqonlikka va aymoqlarga tegishli ma’muriy uluslarni qaytadan taqsimlash, turli ma’muriy va davlat avozimlariga o‘z yaqinlari‚ qarindoshlari va aslzoda ikki qabilaga–ashina va ashidaga mansub vakillarni tayinlash vakolatni qo‘lga kiritardi.1
O’rta Osiyodagi mahalliy hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, xoqonning nazoratchsi ‑ “tudun” deb atalgan. Turkiylar o’z yurtini “el” deb atashgan. Shuning uchun ham birinchi turk xoqoni Buminxon elxon unvoniga ega bo’lgan edi. Boshqaruvchi xonadon (Ashina sulolasi)ga mansub xoqon‚ yabg‘u‚ shad va tegin (shahzoda)lar hukumatning doimiy a’zolari edi. Shu bilan birgalikda, hukmdorning ayoli xotun ham ular qatoridan joy olardi.
Xoqonlikda xoqon va xotun udum bo‘yicha yonma-yon, lekin alihida shaharlarda yashagan. Xoqon xotinlari va xoqonga uzatilgan xitoyli malikalar alohida qarorgohlar-o‘rdu va shaharlarda yashagan. Ushbu qarorgohlar ham o’z maqomiga ko’ra 1) Xotun-o’rdu (chodir-o‘tog’laridan iborat o‘ziga xos ko’chma shahar), 2) Xotun-baliq yoki Xotun-kat (xoqon qarorgohi yoki poytaxti yaqinida qad ko’targan “Ulug’ xotun”ning statsionar shahri) va 3) Kuy (turk xoqonlariga uzatilgan xitoylik malikalar manzilgohi) shaklida bir-biridan farqlangan.2 Shuningdak boshqaruvda vazirlar ham alohida mavqega ega bolgan.
G’arbiy Turk xoqonligining davlat boshqaruv tizimi to’rtga bo’lingan. Bular qarindoshlar; xoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va xalqlar; xoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi amaldorlar va xodimlar; xoqonning chap tomonida o’tiruvchi amaldor va xodimlardan iborat bo’lgan. Manbalarga koʼra, Gʼarbiy Turk xoqonligi maʼmuriy boshqaruvida: yabgʼu (jabγw), tegin (tegin), shad (šad), eltabar (eltäbär), xatun (xatun/qatun), tudun (tudun/tuδun), tutuq (tutuq/tutuγ), tarxon (tarxan/tarqan), choʼr (cur), erkin (irkin), chabish (caβiš) kabi unvon va mansablari amalda boʼlgan3.
Mamlakatni boshqarishda xoqon chet el maslahatchilaridan ham foydalangan. Xitoy, Yettisuv,Sharqiy Turkiston va So’g’ddan yetishib chiqqan bilimdonlar doim xoqon qarorgohida yashagan.
O’rta Osiyoda hukumronlik o’rnatgan dastlabki davrda turk xoqonlari mamlakatning o’troq aholi yashaydigan qismini ko’chmanchilar ixtiyoriga topshirgan bo’lsada, aholining ichki hayotiga deyarli aralashmaydi. Ularning boshqaruvi yerli hukumdorlar qo’lida bo’lib, ular turklarga boj to’lab turgan.
Turk xoqonligi jinoiy qonunchilikka ham ega edi. Sodir etilgan jinoyat uchun jazoning asosiy turlari-qatl qilish, odam tana a’zolarini kesib tashlash, zararni to’lash, mol-mulk tarzida tovon to’lashdan iborat edi. O’lim jazosi davlatga qarshi isyon ko’tarish, sotqinlik, nohaq yoki qasddan odam o’ldirish kabi jinoyatlarga berilgan. Og’irlik yoki buzuqlik qilgan shaxshsning qo’li yoki oyog’i kesilgan. Shaxsga qarshi qaratilgan boshqa jinoyatlar yetkazilgan zararni o’n barobar qilib to’lash, jarohat yetkazgani yoki mayib qilgani uchun mol-mulk tarzida tavon to’lash, qizi, xotinini qullikka berish, suyagini sindirgani uchun ot berish yo’li bilan jazolanardi.G’arbiy Turk xoqonligining mamuriy tuzilishi haqida o’sha davr manbalarida aniq malumotlar uchramaydi, asosan xitoy yilnomalarida va boshqa tillardagi malumotlar orqali topishimiz mumkin.
Turk xoqonligining ikki qismga bo’linishi Markaziy Osiyolik qadimgi ko’chmanchilar, shu jumladan, qadimgi turklar davlatchiligiga xos anana edi. Bu ananaga ko’ra mamlakat Sharqiy va G’arbiy qismlarga ajratilgan holda boshqariladi. Sharqiy qism chap qanot hisoblanib, boshqaruvchisi oliy hukumdor hisoblansa, G’arbiy qism o’ng qanot bo’lib, markazga boysungan. Boshqaruvchisi ham tobe hukumdor hisoblangan. Sharqiy qanotni Ashina sulolasining yoshi eng katta vakilining avlodi, o’ng qanotni xoqon inisining avlodlari boshqarar edi. Xususan, Sharqiy xoqonlikni Bumin xoqon avlodlari, o’ng qanotni uning inisi bo’lgan Istami avlodlari Yabg’u unvonida boshqargan.
Sharqiy xoqonlik Mo’g’ulistonda tashkil topgan bo’lsa,G’arbiy xoqonlik Yettisuv, O’rta Osiyo, Jungariya va Sharqiy Turkistonning bir qismini o’z ichiga oladi.
G’arbiy xoqonlikning markazi Yettisuv edi. Xoqonning yozgi qarorgohi Mingbuloqda, qishgisi Siyobda edi. Aslida, xoqonlikni “Sharqiy Turk xoqonligi” yoki “G‘arbiy Turk xoqonligi” tarzida atash o‘z davri manbalarida keng o‘rin olmagan Asosan, xitoy yilnomalarida Turk xoqonligi Dong Tu-jue (“Sharqiy turklar”) va Xi Tu-jue (“G‘arbiy turklar”) shaklida ikkita nom ostida beriladi. Shuningdek, yilnomalarda G‘arbiy Turk xoqonligi “O‘n qabila turklari” yoki “Yabg‘u turklari” kabi nomlar bilan ham qayd etiladi. VIII asr birinchi yarmiga ta’luqli qadimgi turk bitiktoshlarida esa xoqonlikning g‘arbiy qismiga nisbatan O’n O’q (“O‘n o‘q qabila”) yoki O’n O’q budun (“O‘n qabila xalqi”) iboralari ishlatilib, hukmdorlari O’n O’q qagani (“O‘n o‘q xoqoni”) tarzida tilga olinadi.1
G’arbiy Turk xoqonligi mamuriy jihatdan quydagi hududdan iborat bo’lgan;
1) Harbiy-mamuriy hududlar-xoqonlikning asosan ko’chmanchi aholisidan iborat bo’lib, u markaziy hududni tashkil etgan. Yani Yettisuv-Yulduz vodiysi Jung’oriya tekisligi. Ushbu mamuriy birlik o’nta qabiladan iborat bo’lib, “O’n O’q” dab atalardi hamda Dulu va Nushibi kabi ikki qanotga bo’linardi. Markaziy hududda yashovchi aholining mamuriy bo’linishi hududiy emas, urug’-qabilaviy edi. Ularni shartli ravishda quydagi mamuriy-giografik hududlarga bo’lish mumkin:
Markaziy Yettisuv, Talas daryosining g’arbi- Sirdaryoning o’rta havzalari, Talas daryosi havzalari, Chu daryosining shimoli-sharqiy havzalaridan Ili daryosigacha, Ili daryosi havzasi, Oltoy tog’larining janubi-g’arbiy etaklaridan g’arbdagi hududlar, Tarbag’atay tog’lari etaklari, Tyanshan tog’larining shimoli-sharqiy chekkasidagi hududlar, Yulduz vodisini o’z ichiga oluvchi, Tyanshan tog’larining shimolidan boshlanib, g’arbda Issiqko’lgacha, sharqda Jung'oriyav tekisligigacha bo’lgan hudud, Balxash ko’lining shimoli-Irtish daryosining havzalarida yashagan Kimak qabilalari.
2) Tobe hududlar. Ular asosan xoqonlikka bo’ysunuvchi vassallar bo’lib, har biri o’z boshqaruvchi sulolasiga ega voha hukumdorliklari va qisman ko’chmanchi siyosiy uyushmalar edi. Ya’ni Janubi-G’arbiy Oltoy, Tyanshanning shimoli qismi Irtish havzasi, Sirdaryoning o’rta va quyi havzasi, Volga-Urol bo’ylari, Shimoliy Kavkaz, Qora dengizning shimoliy havzasidagi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabila boshqaruvi. Ular mavqeyiga qarab, xoqonlik tomonidan eltabar yoki erkinlar vositasida nazoratda tutilardi.
3) Vassal vohalar hukumdorlari. Har biri o’zining mahalliy boshqaruvchi sulolalariga ega Sharqiy Turkiston, Amudaryo-Sirdaryo oralig’i va unga tutash hududlar, Xuroson va Shimoli Hindistondagi o’troq voha hukumdorliklari mustaqil o’z ichki boshqaruvini saqlagan bo’lib, hoqonlik tomonidan tobe hukumdorlarga eltabar unvoni berilib, ular tudun unvonli vakillar orqali nazoratda tutadilar.
G’arbiy Turk xoqonligining markaziy hududida yashovchi aholining mamuriy bo’linishi hududiy emas, urug’-qabilaviy edi. Ularni noiblar boshqarardi.
Ko’chmanchi etnoslarni shartli ravishda quydagicha mamuriy-giografik hududlarga bo’lish mumkin:
Markaziy Yettisuv: Tyanshan tog’larining shimoliy etaklarining o’rta qismi, markazi-Suyob. Ushbu hudud Issiqko’lning g’arbiy havzasidan Talasgacha cho’zilgan edi.
Talas daryosining g’arbi-Sirdaryoning o’rta havzalari.Talas daryosi havzalari. Chu daryosining shimoli-sharqiy havzalaridan to Ili daryosigacha bo’lgan hudud. Ili daryosi havzasi. Oltoy to’g’larining janubi-g’arbiy etaklaridan g’arbdagi hududlar. Tarbag’atay tog’lari etaklari.Tyanshan tog’larining shimoli-sharqiy chekkasidagi hududlar. Yulduz vodiysini o’z ichiga oluvchi, Tyanshan tog’larining shimolidan boshlab, g’arbda Issiqko’lgacha, sharqda Jung’oriya tekisligigacha cho’zilgan hudud. Balxash ko’lining shimoli-Irtish daryosi havzalarida yashagan Kimak qabilalari ittifoqi hududi.
Ushbu mamuriy-hududiy bo’linish nisbiy bo’lib, chegaralar tabiiy-geografik obektlar orqali belgilangan.
Har biri 5 qabilani o‘z ichiga oluvchi Dulu va Nushibi qabilalar ittifoqi asosida tashkil etilgan va “O‘n O‘q” deb nomlangan ikki qanotdan iborat harbiy-ma’muriy tuzilma G‘arbiy Turk xoqonligining markaziy hududi–“davlat ulusi”ni tashkil qilib‚ ular xoqonlikning harbiy-siyosiy tayanchi bo’lgan deb hisoblash lozim. Mazkur qanotlarning birinchisida 5 nafar cho‘r va ikkin-chisida esa 5 nafar erkin xoqonlar nomidan boshqaruv ishlarini amalga oshirardi.Ushbu qabilalar xoqon saylashda ham o‘z ta’sir doirasiga ega bo‘lib‚ bu keyinchalik har ikkala qanotga mansub qabilalarning o‘zlariga tarafdor xoqonni taxtga o‘tqazish uchun o‘zaro nizolashuvga borishlariga olib kelgan.
G’arbiy Turk xoqonligining “O’n O’q” mamuriy boshqaruvining asosida Markaziy Osiyolik ko’chmanchilarga xos anana- qoshinni o’nliklar asosida tashkil etish yotadi. G’arbiy Turk xoqonligidagi mazkur ikkala qanotning har biri 5 nafardan qabilani o‘z ichiga olib, o‘zining muayyan hududiga ega bu qabilalar cho‘r yoki erkin unvonli amaldorlar tomonidan boshqarilgan bo‘lsada‚ o‘z navbatida har ikkala qanot tepasida boshqaruvchi xonadonga mansub shad unvonli shahzodalar turardi. Ya’ni tarkibiga 5 tadanqabilani biriktirgan Nushibi va Dulu qabilalar ittifoqining boshiga 1 nafardan shad tayinlangan edi. Shu tariqa ikkala qanot 2 nafar shahzoda shad orqali bevosita yabg‘u, yabg‘u-xoqon, xoqon boshchilik qiladigan markaziy apparat–ichrakiga bo‘ysunardi. Shu bilan birgalikda‚ bir muddat ushbu qabilalar ittifoqi tarkibidagi har bir qabilaga 1 nafardan shad tayinlangani va shu sababli ular “O‘n shad” yoki “O‘n O‘q qabila” deb atalgani haqida ma’lumot esa mazkur qanotlardan har birini biror shahzodaga biriktirishga urinish bo‘lganidan darak beradi.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling