Mundarija: kirish I bob. O’rta osiyo xalqlari turk xoqonligi tarkibida
Kurs ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)
Download 196 Kb.
|
KURS ISHI1
Kurs ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Kurs ishi mavzuning tarixshunoslik masalalariga bag’ishlangan tadqiqotlarni ikki guruhga: 1) Yozma manbalar va arxeologik materiallar 2) Xoqonlik tarixiga doir tadqiqotlarga ajratilib o‘rganildi.
Birinchi guruhga oid. yozma manbalar va arxeologik materiallar asosan, qadimgi turk bitiktoshlari, soʼngra yaqin yillarda amalga oshirilgan arxealogik topilmalarga e’tibor qaratildi. Bitiktoshlardagi malumotlar xoqonlikning nisbatan keyingi davrlariga to‘g‘ri keladi. Bular ichida eng mashhuri Kultegin va To‘nyuquq sha’niga qo‘yilgan qabr toshlariga yozilgan yodgorlikdir. Bu toshlar O‘rxun (Mo‘guliston) va Yenisey daryolari bo‘ylaridan topilganligi sababli fanda “o‘rxun-yenisey yozuvlari,, deb nomlanadi. To‘nyuquq bitigi. Mazkur yodgorlik ikkinchi turk hoqonligi davrida yashab o‘tgan davlat arbobi va sarkarda To‘nyuquq xotirasiga tiklangan. Bitig muallifi To‘nyuquqning o‘zidir. U.Sertkayaning fikricha, bitig taxminan 732-734- yillar oralig‘ida yozilgan. To‘nyuquq shu kezda 85 yoshda bo‘lgan. Yodgorlik Mo‘g‘ulistondagi Bain Sokto manzilida topilgan. Hozir ham tiklangan joyida turibdi. U 62 satrli bo‘lib, bir-biriga qaratib tiklangan ikki to‘rt qirrali toshga yozilgan2. Gʼarbiy xoqonlikning markaziy hududida joylashgan Chu va Talas daryolari havzasidagi Jaysan‚ Merke kabi mavzelarda yaqin yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida bir necha oʼnlab balballar‚ qoya rasmlari topilgan boʼlib‚ ular orasida amaldor va jangchi haykallari hamda boshqa tasvirlar uchraydi. Devoriy rasmlar va boshqa tasviriy sanʼat asarlarida asosan xoqonlikning boshqaruvchi toifasi aks etgan boʼlib, ular aslzodalarning kiyinish tarzi va urf-odatlari boʼyicha muayyan tasavvur hosil qilish imkonini beradi1 Ikkinchi guruhni G‘arbiy Turk xoqonligi tarixi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar tashkil qiladi. Tadqiqotlar orasida L.N. Gumilevning ishlari diqqatga sazovor. U Turk xoqonliklari tarixini Xitoy, Eron, Old Osiyo, Yevropa tarixi bilan bog‘lab o‘rganish bilan birga, ularni bog‘lab turuvchi iplarni topib ko‘rsata2 olgan. Bu borada G‘aybulla Boboyorovning amalga oshirgan bir qator tadqiqotlari muhim hisoblanadi. Tadqiqotchi yangi topilgan yozma manbalar, numizmatik va boshqa arxeologik materiallar asosida Gʼarbiy Turk xoqonligining boshqaruv tuzumini yoritish orqali turkiy xalqlar, shu jumladan, oʼzbek xalqi davlatchiligi tarixi boʼyicha muayyan tasavvur hosil qilish3 imkoniyatlarini asoslab bergan. Hotamova Munira Matkayumovna ham o‘zining tаrix fаnlаri boʼyichа fаlsаfа doktori dissertаtsiyasida eski turklar “shahar” tushunchasi ostida sof turkcha balïq atamasini, oʼz davlatlari “poytaxti” deb esa hukmdorlik ramzi sanalgan, mavqei doimiy poytaxt shahardan yuqori turgan “Oltin Oʼrdu”ni tushunishgani asoslagan4. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling