Mundarija: kirish I bob. O’rta osiyo xalqlari turk xoqonligi tarkibida
Download 196 Kb.
|
KURS ISHI1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining maqsadi
- Kurs ishi mavzusining vazifalari
- Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
Kurs ishi mavzusining obekti: Markaziy Osiyoda G‘arbiy Turk xoqonligi davlatchiligi tarixi va davlat boshqaruvi asoslarini tadqiq etish hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining predmeti: Turk xoqonligining ijtimoiy-siyosiy hoyti va davlat boshqaruvida yuz bergan jarayonlarni ochib berishdan iborat etib belgilandi. Kurs ishi mavzusining maqsadi: Vatanimiz tarixidan alohida o’rin egallagan G‘arbiy Turk xoqonligi davlat tizimini tadqid qilishdan iborat bo’lib, unda VI ‑ VIII asrlarda Markaziy Osiyo yuz bergan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni o‘zida aks etgan manbalar va tadqiqotlar tahlili orqali ochib berish. Kurs ishi mavzusining vazifalari: Turk xoqonligining davlat bioshqaruvi siyosiy,ijtimoiy‑iqtisodiy va madaniy hayotini turli manbalar va tadqiqotlar asosida o‘rganish maqsadida quydagi vazifalar belgilab olindi: -Turk xoqonligining tashkil topishi va Markaziy Osiyoga kirib kelishi jarayonlarini batafsil ochib berish; -Turk xoqonligining davlat boshqaruvini o’rganish natijasida vujudga keltirilgan bilimlarni tahlil qilib, o’zbek xalqi davlatchiligi tarixini batafsil tahlil etish; -To‘plangan malumotlarni qiyoslagan holda ba’zi munozarali masalalarga oydinlik kiritish. Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kirish, 2 ta bob, 5 ta bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovadan iborat bo‘lib, Kurs ishi umumiy 28 betni tashkil etadi I BOB. O’RTA OSIYO XALQLARI TURK XOQONLIGI TARKIBIDA I.1.Turk xoqonligining tashkil topishi va O’rta Osiyoning turklar tomonidan egallanishi Turk atamasining ilk marotaba tilga olinishi 542-yilga to‘g‘ri keladi. Turli manbalarda turklar “turk el”, “turkash”, “tukdus” kabi nomlar bilan tilga olingan. Aslida turk so’zi kuchli, baquvat, botir kabi manolarni bilirib, dastavval etnik xususiyatga emas ijtimoiy manoga ega bo’lgan. Turklarning kelib chiqishi xususida ko‘plab afsonalar mavjuddir. Ayrim afsonalada turklarning kelib chiqishi Nuh payg’ambarga borib taqalsa, ayrimlarida o‘n yashar bola va ona bo‘ridan tarqalganligi ta’kidlanadi 1. Quyida shu afsona keltiriladi Gʼarbiy dengiz qirgʼogʼida yashagan turkiylarning ota-bobolari qoʼshni qabilalar tomonidan qirib tashlandi. Faqat oʼn yoshli bola yashirinib tirik qoldi. Usha yerda yashaydigan urgʼochi boʼri unga xotin boʼldi. Ochlikdan qutqarish, dushmanlardan yashirinish uchun boʼri oʼsha bolani olib Turfon togʼlariga qochib ketdi. Togʼda bir gʼor bor edi. U yerda urgʼochi boʼri o‘nta bola tugʼdi. Bolalarning otasi oʼsha qutqarilgan turk edi. Boʼri bolalari Turfondagi ayollarga uylandi. Har bir boladan bir urugʼ kelib chiqdi. Ugʼillaridan birining ismi Аshin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan boʼldi 2. O‘z nasabini bilish va o‘rganish Markaziy Osiyo xalqlarida azaliy bir udum edi. Qizig‘i shundaki, ularning aksariyati o‘z nasl nasabini u yoki bu jonivorga taqardi Tarixiy matn butun turk xalqining kelib chiqishi haqida hech narsa demaydi, u faqat uning hukumron urug‘ining kelib chiqishi haqida so‘zlaydi. Turklarning kelibchiqishi ushbu rivoyat afsonalardan holi. Aftidan Ashina noaniq sabablarga ko‘ra ko‘plab sanbiy vax un beklari bilan chiqishmagan qochoqlardan iborat to‘da boshlig‘i bo‘lgan. Xitoyilar Ashina xonlari qo‘l ostidagilarni tu‑kyu deb atashardi. Bu so‘zni P.Pelo turk‑ut shaklida aniq tiklagan. Turkut so‘zi turklar degan manoni beradi1. Turk xoqonligi tashkil topishi arafasida Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy qismida Juan-juan imperiyasi, Amudaryo-Sirdaryo oralig’i va uning janubiy tutash hududlarida Eftaliylar davlati mavjud edi. Hududning sharqiy qo’shnisi bo’lgan Xitoyda Shimoliy Vey sulolasi, Janubi-sharqiy qo’shnisi bo’lgan Eronda Sosoniylar hukumronlik qilayotgan edi. Turk xoqonligini tashlik etgan ashina qabilasi o’sha vaqtlari Juan-juan xoqonligi tobeligida bo’lgan. Xitoy yilnomalarida ular IV-VI asrlarda Juan-juan xoqonligi tobeligida bo’lgan temirga ishlov beruvchi konchi xalq bo’lganligi haqidagi malumotlar bor. Turk xoqonligining tashkil topishida quyidagi to’rt omil katta ro’l o’ynagan; 1) mustaqillik uchun kurash natijasida o’zaro yaqinlashuv; 2) iqtisodiy erkinlik (temir eritish va uning savdosini yo’lga qo’yish, mustahkam qurollarga ega bo’lish); 3) xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish( Xitoy bilan diplomatik aloqalar o’rnatish); 4) Iqtidorli shaxslarning yetishib chiqishi (Bumin, Istami). Aynan ashina turklarining qo’shinlari Bumin yetakchilik qilgan vaqtida kuchaydi va Bumin yabg’u unvonini qo’lga kiritadi. 551 yilda Bumin Turk elining xoqoni sifatida oq kigizga o‘tqazilib ko‘tariladi. 552-yilda Bumin vafot etib taxtga “Bugʼut yodgorligi”da keltirilgandek, voris Qora xoqon (xit. Kolo-kexan) keldi. U garchi yurtni bir yil boshqarsa-da, xitoy manbalariga koʼra, Isigʼi-kexan, Аi-kexan, I-kexan nomlari ostida 553 yilda avarlarga ikkinchi bor zarba berdi1 Uning vorisi bo’lgan Mukan xoqon ham davlat tarixida sezilarli iz qoldirdi. Xoqonlikning ilk “oltin davri” Uning davriga to’g’ri keladi. 3 yllik muddat ichida juan-juanlarning tor-mor etilishi, sharqda qoraxitoy, tatabi, shivzy kabi qabilalarning, shimolda Yenisey qirg’izlarining bo’ysundirilishi, janubda Sharqiy Turkistondagi voha hukumdorlarining bo’ysundirilishi, g’arbda Eftalitlar davlatiga qarshi harbiy yurushlar uyushtirishi Mukan xoqon tashabbusi bilan amalga oshirildi. Shimoliy Xitoy ham bosib olingach, Xitoy hukumdori turklarga har yili o’lpon to’lab turishga majbur bo’ladi. 558-yil Yoyiq va Itil bo’ylari egallanadi. Bu paytda Shimoliy Kavkazda avarlar hukumronlik qilayotgan edi. Ularning hududlarini egallab olishda turklar Eron va Vizantiya bilan yaqinlashishga harakat qiladi. O’z navbatida Eronda hukumronlik qilayotgan sosoniylar ham turklar bilan ittifoq tuzib eftaliylarni inqirozga uchratmoqchi bo’ladi. Chunki ancha vaqtdan beri sosoniylar eftaliylar taziyqi ostida yashayotgan edi. Sosoniylar va turklar o’rtasidagi ittifoq sosoniylar hukumdori Xusrav I Anushervonning Istemiga kuyov bo’lishi bilan mustahkamlandi. 563-yili sosoniylar Balxga hujum qiladi. Bundan foydalangan turklar eftallar hududiga bostirib kiradi. Samarqand, Kesh va Naxshab egallanadi. Buxoro yaqinida sakkiz kun davom etgan og’ir jangda eftallar mag’lubiyatga uchraydi. Shunday qilib, Janubdan eron sosoniylari, Shimoldan esa turklardan hujumga uchragan eftallar davlati tanazulga uchradi. Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan hudud sosoniylar, uning shimoliy qirg’og’i bo’ylab Jarkon dengizigacha bo’lgan hududlar Turk xoqonligiga tegdi. Shundan so’ng O’rta Osiyo Turk xoqonligi tarkibi kirdi. Endi Eron Amudaryodan Suriyaga qadar Buyuk ipak yo’li ustida hukumronlik qila boshladi. Yo’lning Uzoq Sharqdan Eron hududigacha bo’lgan qismini o’z nazoratiga olgan turklar Eron orqali Vizantiya bilan savdo qilishni rejalashtiradi. Ammo eronliklar buni hohlamay bunga to’sqinlik qiladi.Shu boisdan ikki itifoqchi o’rtasida adovat kelib chiqadi. Buning natiijasida turklar bir necha bor Eron hududiga qo’shin tortib keladi. 588-yil turklarning Chur Bag’a xoqon boshchiligidagi qo’shini Hirotga bostirib kiradi. Hirot yaqinida bo’lgan jangda turklar Eronning mashhur sarkardasi Bahrom Chubindan yengiladi va jangda turk xoqoni vafot etadi va o’rtada sulh tuziladi. 574‑yilda Mukan xoqon vafot etgach, taxtga uning ukasi Toboxon o’tiradi. Oʼzining muvaffaqiyatli yurishlari, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotdagi barqaror siyosati tufayli turli qabila va elatlardan iborat saltanatni qoʼl ostiga birlashtirdi. Shu bilan birga qoʼshnilari, Shimoliy Chjou, Shimoliy Si hukmdorlarini ham oʼz tizginida ushlab turardi1. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling