Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi
I BOB. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari
Download 388.43 Kb.
|
parazit (2)
I BOB. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari.
1.1. Chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qisqacha o‘rganilish tarixi Turkistonda chorva mollari gelmintlarini o‘rganishni rus olimlari P.P.Fedchenko (1878) va K.I.Skryabinlar (1924) boshlab bergan. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlarini o‘rganishni 5-nchi (1921) va 36-nchi (1926) Butunittifoq gelmintologik ekspeditsiyalar amalga oshirgan. O‘zbekistonda gelmintologiya maktabining asoschisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi N.V.Badanin hisoblanadi. N.V.Badanin O‘rta Osiyoga 1928 yilda kelgan va butun umrini shu o‘lkaning qishloq xo‘jaligi va yovvoyi hayvonlari gelmintlarini o‘rganishga hamda ularga qarshi kurash chora-tadbirlarni olib borishiga bag‘ishladi. Ammo respublikamizda hayvonlarning, jumladan, chorva mollarni gelmintlarini har tomonlama chuqur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli zoologiya institutining tashkil etilishi bilan bog‘liq O‘zbekistonning turli viloyatlarida, mintaqalarida va hududlarida chorva mollarning gelmintlarini o‘rgangan yirik olimlar qatoriga V.S.Yershov, 1933; N.V. Badanin, 1949; Q.S.Samadov, 1954,1963; N.X.Shevchenko, 1958; Ya.D.Nikolkiy, 1959; A.Ye.Shaxurina, A.A.Tuxmanyans, 1960, 1969; G.X.Xaitov, 1960; D.A.Azimov, 1963, 1971, 1975, 1978, 1986; X.Nasimov, 1964; Sh.A.Azimov, 1965; V.I.Gextin, 1967; Z.I.Obuxov, 1969; V.M.Sodiqov, 1969; N.M.Matchonov, 1969; M.A.Sultonov va bosh., 1969, 1971, 1975; Sh.M.Ro‘ziev, 1970; Ya.S.Safaev, 1973; V.I.Golovanov, 1973; M.G.Jdanova, 1974; B.Salimov, 1974; M.A.Aminjanov, 1978; B.S.Salimov, A.Nurullaev, Z.Izzatullaev, 1990,1994; A.Nurullaev, 1990; S.Dadaev,1978,1997; Yu.M. Zimin, 1982; Q.A.Saparov 2007 va boshqalar kiradi. Shuningdek, O‘zbekistonda mahsuldor hayvonlarning, shu jumladan chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning rivojlanishda mollyuskalar hamda hasharotlarning oraliq xo‘jayinlar sifatidagi ishtrokini o‘rganishda ham bir qator olimlar respublikamizning turli mintaqalaridagi chorvachilik xo‘jaliklarida tadqiqot ishlarini olib borishigan. Bunday olimlar qatoriga V.P.Matekin, Ye.S.Turlыgin, N.I.Shalaeva,1954; T.V.Katayseva, 1969; J.A.Azimov, Ya.U.Ubaydullaev, 1973,1974; V.I.Golovanov, 1973; J.A.Azimov, S.Dadaev va bosh., 1976; M.A.Sultonov, V.I.Gextin,1976; E.N.Kulmamatov, 1977,1978,1979; A.Ruzimurodov, 1978; S.Dadaev, 1978,1997; M.A.Sultonov, T.Qobilov va bosh., 1979; A.Pozilov, A.Kuchbaev, 1998; B.O.Davronov, 1999; A.Kuchbaev va bosh.,2000; A.Pozilov va bosh., 2001; F.D.Akramova, 2003; A.Pozilov, 2005; S.Dadaev, Q.A. Saparov va bosh., 2005, 2006; Q.A.Saparov, S.Dadaev, 2005, 2006 va boshqa olimlarning ishlarini ko‘rsatish mumkin. O‘zbekistonda gelmintolog olimlarning uzoq yillar davomida Respublikamizda chorva mollarning gelmintlarini har tomonlama chuqur o‘rganishlari natijasida hozirgi vaqtda O‘zbekistonda chorva mollarda 200 dan ortiq tur gelmintlar parazitlik qilishi aniqlagan. Shulardan 101 ta turi qo‘ylarda, 72 ta turi echkilarda, 70 ta turi qoramollarda, 66 ta turi otlarda, 51 ta turi eshaklarda, 47 ta turi tuyalarda va 30 ta turi cho‘chqalarda parazitlik qiladi. O‘zbekistonda chorva mollarda uchraydigan gelmintlarning rivojlanishida umurtqasiz hayvonlarning, shu jumladan mollyuskalar va hasharotlarning roli beqiyosdir. Chunki ko‘pgina hasharotlar (pashshalar, chivinlar, chumolilar, qo‘ng‘izlar va boshqalar) hamda chuchuk suvda va quruqlikda yashaydigan mollyuskalar odam va chorva mollar jigarida parazitlik qiluvchi ayrim tur gelmintlarning oraliq va qo‘shimcha xo‘jayinlari sifatida gelmintoz kasalliklarni qo‘zatuvchilarini tarqatishda muhim ahamiyatga ega. Download 388.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling